-
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Tarjima nazariyasi va amaliyoti
Ushbu qoʻllanma Filologiya fakultetining III bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan "Tarjima nazariyasi va amaliyoti” fani o'quv dasturi asosida yaratilgan boʻlib, tarjimashunoslik fani haqida yalpi tasavvur hosil qilishi, uning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida muxtasar ma'lumot berishi, eng muhim qoida va talablari bilan tanishtirishi jihatidan undan filologiya sohasidagi barcha mutaxassislar, magistrant va talabalar ham foydalanishlari mumkin.
-
Talabalarning yozma tarjima koʻnikmasini til korpuslari vositasida takomillashtirish
Dunyoda tarjima sohasida korpus lingvistikasi vositalaridan ta'lim jarayonida samarali foydalanish boʻyicha ilmiy-amaliy izlanishlar soni ortib bormoqda. Ayniqsa, yozma tarjima ko'nikmasini korpus asosidagi topshiriqlar yordamida rivojlantirish boʻyicha o'tkazilayotgan tadqiqotlar tarjimonlik kompetensiyasini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Yozma tarjima bo'yicha parallel matnlar asosida mashq tuzish, ularning lingvodidaktik funksiyalarini aniqlash, tarjima mashqlarini korpus asosida modullashtirish, tarjimonlarning tahliliy va tanqidiy fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan mashq tizimini ishlab chiqish ustida izlanishlar olib borilmoqda. Ushbu tadqiqotlarda tarjima tilidagi ekvivalent birliklarni tanlash, kontekstga mos sinonimlar va stilistik vositalardan foydalanish, soʻzma-soʻzlikdan qochish, turlanuvchanlikni ta'minlash bo'yicha korpus asosida ishlab chiqilgan mashqlar muhim o'rin egallaydi.
-
Talabalarga xorijiy tillarni oʻqitishning muvaffaqiyatini belgilovchi psixologik omillar
Ushbu monografiyada oliy ta'lim muassasalari talabalarga xorijiy tillarni oʻqitishning muvaffaqiyatini belgilovchi psixologik omillar kabi ilmiy-nazariy ma'lumotlar aks ettirilgan. Talabalarda xorijiy tillarni oʻzlashtirishdagi oʻquv motivatsiyasiyasining professional-pedagogik, kognitiv-oʻquv, intellektual-rivojlantiruvchi, hissiy-qadriyatli, kommunkativ, majburiyat omillarini xorijiy tilni oʻqitish muvaffaqiyatini belgilovchi psixologik yondashuv emperik jihatdan tadqiq etilgan. Shuningdek, talabalarning xorijiy tilni oʻrganish motivatsiyasi, professional-pedagogik, hissiy-qadriyatli, identifikatsiya, shuhratparastlik, majburiyat motivlari ustuvorligida kommunkativ ustanovkalar, ya'ni dialogik, manipulyativ va avtoritar jihatlarning differensial farqlanishini ilmiy oʻrganilgan. Xorijiy tilni oʻzlashtirish jarayonida talabalarning shaxslararo va shaxsiy rivojlanishidagi empatiyaning darajaviy ifodalanishi, qadriyatli-mazmunli va axloqiy yo'nalganlik xorijiy tillarni o'qitish muvaffaqiyatini ta'minlovchi psixologik omil ekanligini tadqiq etilgan.
-
Sun'iy intellekt
Ushbu o'quv qo'llanma Toshkent amaliy fanlar universiteti "60610500-Kompyuter injiniring" bakavriat ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan boʻlib, o`z ichiga sun'iy intellekt bazaviy tushunchalar, tasniflash, klasterlash, taniqli algoritmlari, Python dasturlash tilida qo'llaniladigan kutubxonalar bilan ishlash bo'yicha nazariy bilimlar va amaliy mashqlani o'z ichiga oladi. Qo'llanma ikki bobdan iborat bo'lib, nazariy bilimlar ikki qismdan, oxirgi bobda esa kurubxonalarda masalalar yechimi izohi bilan keltirilib sun'iy intellekt sohasida boshlang'ich ma'lumotlarni amaliy yechimlar bilan o'rganishga imkon beradi.
-
Sotsiologik tadqiqot metodi va texnikasi
Amaliy sotsiologiya mantiqiy tarkibiga koʻra murakkab tizimli nazariy va empirik tadqiqotlarni oʻzida aks ettiradi. Bu ijtimoiy jarayonlar mohiyatini ochishda oʻziga xos ahamiyat kasb etadi va huquqiy demokratik davlat hamda fuqarolik jamiyati tartibotlarini mustahkamlashda empirik bazani shakllantiradi. Ushbu darslik shaxs va jamiyat oʻrtasidagi ijtimoiy munosabatlarni oʻrganish, ularning ichki qonuniyatlarini aniqlash va amaliy yechimlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Kitobda ijtimoiy munosabatlarning ijobiy yechimlarini topish yo'llari, ularning ilmiy asoslari va tadqiqot jarayonlari batafsil yoritilgan bo'lib, sotsiologiya ta'lim yo'nalishi talabalari, olimlar, aspirantlar va keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Siyosiy madaniyat
Ushbu o'quv qo'llanmada siyosiy madaniyat kategoriyasi, uning shakllanishida ommaviy axborot vositalarining o'rni, shaxs ma'naviy kamolotida siyosiy madaniyatning o'rni, shaxs siyosiy madaniyatining oʻziga xos xususiyatlari, siyosiy madaniyat va siyosiy ong tushunchalari mohiyati, siyosiy madaniyatning siyosiy taraqqiyot va siyosiy mafkura bilan o'zaro bogʻliklik jihatlari ochib berilgan. Qo'llanma siyosat-shunoslik yo'nalishi talabalalari, soha mutaxassislari va tadqiqotchilarga moʻljallangan.
-
Siyosiy madaniyat, mafkura va antropologiya
Ushbu qoʻllanma siyosatshunoslik yoʻnalishida ta'lim olayotgan talabalar hamda siyosiy madaniyat, mafkura va antropologiya masalalari bilan qiziquvchi tadqiqotchi o'qituvchilarga moʻljallangan. Bugungi globallashuv davrida siyosiy madaniyat, mafkura va antropologiyaning asosiy yoʻnalishlarini oʻrganish ilmiy zaruratga aylangan. Qoʻllanma turli davrlar va jamiyatlarda siyosiy qadriyatlarning tarixiy rivojini oʻrganish, siyosiy antropologiyaning ilmiy-nazariy asoslarini tadqiq etish, shuningdek, siyosiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan. Unda siyosiy madaniyat, mafkura va antropologiyaning nazariy tushunchalari ochib berilgan bo'lib, talabalarda tahliliy ko'nikmalar va tanqidiy tahlil qilish qobiliyatini shakllantirishni maqsad qiladi.
-
Read and write
Mazkur oʻquv qoʻllanma Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining 2-bosqich xorijiy til va adabiyoti, hamda ingliz tili filologiyasi yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalarga, shuningdek, ingliz tilida oʻqish va yozish ko'nikmalarini rivojlantirishni xohlovchilar uchun yaratildi. Uning maqsadi talabalarga kasbiy yoʻnalish doirasida tilning og'zaki va yozma shakllarini o'rgatish, ijtimoiy-madaniy muloqot malakalarini rivojlantirish, funktsional shakllar va uslublarni takomillashtirish, C1 daraja talabiga javob beruvchi matnlarni tushunish va yoza olish mahoratini ta'minlashdir. Qoʻllanma o'qish va yozish amaliyoti fani dasturi asosida yaratilgan bo'lib, o'qitishda shaxsga yoʻnaltirilgan ta'lim metodi va kommunikativ yondashuvdan foydalanadi.
-
Педагогика здоровья
В издании рассматриваются способы укрепления и сохранения здоровья детей и взрослых без использования медикаментов. Автор делает акцент на правильной организации режима дня, закаливании и использовании средств оздоровительной физической культуры с учетом биоритмов человека. Особое внимание уделено тому, как привить детям базовую культуру здорового образа жизни.
-
Psycholinguistics for language learners
Psycholinguistics for Language Learners introduces the cognitive and psychological mechanisms underlying language acquisition and use. This textbook helps learners understand how languages are learned, why certain aspects are challenging, and how scientific insights can lead to more effective learning strategies. It explores the brain, language, and learning relationship, empowering learners to approach language study with greater awareness and confidence. A central focus is the distinction between first (L1) and second/foreign (L2) language acquisition, with L1 being natural and L2 often requiring conscious effort. The book examines phenomena like language transfer, interference, and fossilization from a psycholinguistic perspective, showing how L1 can both aid and hinder L2 learning. It also addresses language comprehension and production, explaining why receptive skills often develop faster than productive ones by distinguishing between them and analyzing cognitive demands. Understanding these processes helps learners interpret their progress realistically. The textbook highlights the crucial roles of memory, attention, motivation, emotion, and identity in language learning, noting how factors like anxiety and low self-confidence can impede processing. By acknowledging emotional and psychological dimensions, it offers a holistic view. Theoretical concepts are supported by practical implications and evidence-based strategies. Each chapter encourages reflection and autonomous learning. Ultimately, this book presents language learning as a scientifically grounded process rooted in human adaptability, turning challenges into opportunities for learners to control their journey.
-
Kompyuter lingvistikasi ta'lim yoʻnalishi talabalari uchun "mantiq asoslari” fanidan tayyorlangan “predikatlar va kvantorlar” nomli uslubiy qoʻllanma
Ushbu uslubiy qoʻllanma Kompyuter lingvistikasi yoʻnalishi talabalari uchun "Mantiq asoslari" fanidan tayyorlangan boʻlib, predikatlar va kvantorlarga oid masalalarni qamrab oladi. U matematik mantiq tushunchalari, qoidalari va usullarini oʻzlashtirish, ratsional fikrlashni rivojlantirish hamda amaliy faoliyatda qoʻllashga qaratilgan. Qoʻllanmada koʻplab misollar keltirilgan boʻlib, talabalarning ilmiy tadqiqotlarda tahliliy yondashuvlarni qoʻllash koʻnikmalarini shakllantirishga yordam beradi.
-
Practicum on literary analysis
Practicum on Literary Analysis is a coursebook for MA students in English Literature and Literary Studies. It develops advanced practical skills in literary analysis through guided tasks, model analyses, and text-based exercises. Integrating theory with practice, it enables students to apply abstract concepts in independent analysis. The coursebook fosters close reading, critical thinking, and academic writing, with emphasis on argumentation, coherence, and scholarly style. It supports the development of analytical competence required for academic research and professional work in literary studies.
-
Practical grammar and phonetics
This textbook is devoted to the course "Practical Grammar and Phonetics" and is designed to develop students' practical competence in English grammar and phonetics. The textbook is intended for first-year students of the faculty of philology and language teaching and aims to improve their ability to communicate accurately and fluently in both spoken and written English. The textbook covers the English sound system, articulation of vowels and consonants, phonetic transcription, word stress, sentence stress, and intonation patterns. The grammar section focuses on parts of speech, verb tenses, sentence structure, word order, and the practical use of grammatical rules in communication. The textbook consists of 60 practical classes, each of which includes a variety of exercises, drills, and communicative tasks aimed at developing pronunciation accuracy and grammatical correctness. Through these practical sessions, students learn to distinguish speech sounds, apply grammatical rules appropriately, construct grammatically correct sentences, and reduce phonetic and grammatical errors in their speech. This textbook contributes to the formation of phonetic and grammatical competence, independent learning skills, and self-correction abilities, which are essential for students' future academic and professional activities, especially in the field of language teaching.
-
Pedagogik kasbiy kompetentlik va kreativlik moduli bo'yicha keyslardan foydalanishning nazariy asoslari
Mazkur "Pedagogik kasbiy kompetentlik va kreativlik moduli boʻyicha keyslardan foydalanishning nazariy asoslari” nomli monografiyada "Pedagogik kasbiy kompetentlik va kreativlik" modulini oʻqitishning nazariy asoslari, modul boʻyicha keyslar ishlab chiqish va ulardan foydalanishning amaliy jihatlari tahlil etilgan.
-
Oʻzbekiston ta'lim tizimida modernizatsiya jarayonlari va uning huquqiy-me‘yoriy asoslari
Mazkur monografiyada Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini yanada rivojlantirish masalalari, taraqqiyot strategiyasining adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish yoʻnalishi, ilm-fan, ilmiy va innovatsion faoliyat, oliy ta'lim tizimining joriy holatidagi islohotlar, ta'lim tizimi va uning turlari, Oʻzbekistonda taʼlim tizimi va uning boshqaruvi, maktabgacha taʼlim, umumiy o`rta va o'rta maxsus taʼlim, professional ta'lim, oliy ta'lim, malaka oshirish, maktabdan tashqari ta'limdada modernizatsiya masalalari, pedagogning maqomi hamda taʼlim tashkilotlari pedagog xodimlarining huquqiy maqomi yoritilgan.
-
O'zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida ayollar siyosiy faolligi
Mazkur monografiya Oʻzbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida xotin-qizlarga oid davlat siyosatida tub islohotlar amalga oshirilayotganligi, ayollarning siyosiy sohadagi ishtirokini oshirishdagi uzviy, bosqichma-bosqich, izchil va tadrijiy ravishda amalga oshirilayotgan islohotlarni rivojlantirish va takomillashtirish masalalariga bag'ishlangan boʻlib, ijtimoiy-siyosiy taʼlim sohasida ta'lim olayotgan talabalarb soha mutaxassislari, tadqiqotchilar va malaka oshirish kurslari tinglovchilariga moʻljallangan.