-
-
-
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
O‘rmon va yog‘ochga ishlov berish sanoati
-
O‘rmon va yog‘ochga ishlov berish sanoati
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Dasturlash 1, 2
Ushbu darslik oliy ta’lim muassasalarining axborot texnologiyalari yо‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mо‘ljallangan bо‘lib, C++ dasturlash tilining nazariy asoslari va amaliy jihatlarini о‘z ichiga oladi. C++ dasturlash tili о‘zining universal imkoniyatlari, yuqori samaradorligi va keng qо‘llanilish doirasi bilan ajralib turadi. Bu til tizimli dasturlash, kompyuter о‘yinlari yaratish, ilmiy hisob-kitoblar, ma’lumotlar bazalari bilan ishlash kabi turli sohalarda keng qо‘llaniladi.
-
English for Sports and Physical Education
Mazkur o‘quv qo‘llanma “61010200-Sport faoliyati” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar hamda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, Xorijiy til (ingliz tili) fanidan nazariy va amaliy jihatdan foydalanishlari mumkin. Ushbu o‘quv qo‘llanma Oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan amaldagi dasturlar asosida tuzilgan. Unda talaba mavzular bo‘yicha turli mavzularda muloqot qilish, matnlarni tahlil qilish, eshitish ko‘nikmalarini mustahkamlash va yozma ishlarni bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar, tayanch tushunchalar, nazorat savollari, glossary berilgan.
-
Python kutubxonalari
Ushbu o‘quv qo‘llanma Python dasturlash tilining eng mashhur va talab yuqori bo‘lgan kutubxonalarini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, ular fan, texnika va axborot texnologiyalarining turli sohalarida qo‘llaniladi. Kitobda ma’lumotlar, tasvirlar, grafikalar, mashinali o‘qitish, vebilovalar yaratish, shuningdek, avtomatlashtirish va ko‘p oqimli (multithreading) ma’lumotlarni qayta ishlash imkoniyatiga ega boʻlgan kutubxonalar haqida batafsil ma’lumot berilgan.
-
Yarimoʻtkazgichlarda kinetik jarayonlar
Ushbu darslik talabalarga yarimo‘tkazgich materiallarini o‘rganishning mavjud usullarini o‘zlashtirish, shuningdek, nazariy bilimlarni diplom va magistrlik dissertatsiyalarini yozishda, amaliy masalalarni yechishda qo‘llashda yordam berishga mo‘ljallangan. O‘quvchilar hukmiga havоla etilayotgan ushbu darslik оliy ta’limning fizika, qattiq jismlar fizikasi, kondensirlangan holat fizikasi, yarimo‘tkazgichlar fizikasi, elektronika va mikroelektronika mutaxassisligi, magistratura va tayanch doktorantura mutaxassisliklari uchun mo‘ljallangan. Ushbu adabiyotni yozishda, INTERNET оrqali оlingan o‘zbek, rus va ingliz tillarida chоp etilgan materiallardan ijodiy fоydalanilgan bo‘lib, u kamchiliklardan hоli emas. Shu sababli uning mazmunini, ma’nоsini bоyitish maqsadida berilgan fikr-mulоhazalarni mualliflar minnatdоrchilik bilan e’tiborga olishadi.
-
Gastronomiya turizmi
Ushbu dаrslikdа gаstrоnоmiyа turizmi fаnining mаqsаd vа vаzifаlаri, аgrоturizmni shаkllаntirish vа rivоjlаn-tirishdаgi tutgаn o’rni аsоslаngаn. Gаstrоnоmiyа turizmi fаni turistlаrgа оvqаtlаnish xizmаtini ko‘rsаtuvchi kоrxоnаlаr vа ulаrni tаvsiflаnishi, turistlаrni оvqаtlаntirishning eng mаqbul tizimlаri, turistlаrni оvqаtlаnti-rish kоrxоnаlаrini tаshkiliy-bоshqаruv tuzilmаsi va shu kabi masalalar yoritilgan.
-
ELEKTROTEXNIKA, ELEKTRONIKA VA ELEKTROYURITMALAR
BUGUNGI KUNDA TEXNIKA VA TEXNOLOGIYALARNING SHIDDATLI RIVOJLANISHI, ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARI AVTOMATLASHTIRISH HAMDA SANOAT TARMOQLARINI INNOVATSION MODERNIZATSIYA QILISH SHAROITIDA OLIY MUHANDISLIK TA'LIMINI YANGI BOSQICHDA OLIB CHIQISH MAQSADIDA YARATILGAN.
-
ELEKTROTEXNIKA, ELEKTRONIKA VA ELEKTROYURITMALAR
ZAMONAVIY TA'LIM TIZIMINI MODERATSIYA QILISH SHAROITIDA PEDAGOGIKA OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA TEXNIK FANLARNI O'QITISH JARAYONI NAFAQAT NAZARIY BILIMLARNI BERISH, BALKI ULARNING AMALIY FAOLIYTAI BILAN UZVIY BOG'LANISHNI HAM TALAB ETADI. BUGUNGI KUNDA ELEKTR ENERGIYASI ISHLAB CHIQAREISH VA UNDAN SAMARALI FOYDALANISH MASALALARI GLOBAL MIQYOSIDA DOLZARB AHAMIYAT KASB ETMOQDA.
-
Uzumchilik
"Uzumchilik" kitobi vino (sharob) ishlab chiqarishga mo'ljallangan uzumchilik sohasi bo'yicha asosiy qo'llanmalardan biri hisoblanadi va vinochilik hamda vino savdosini jiddiy o'rganayotganla uchun mo'ljallangan.
-
O‘qish va yozish amaliyoti
Mazkur o‘quv qo‘llanma “60110900 – xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 1-bosqich talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, O‘qish va yozish amaliyoti fanidan amaliy jihatdan foydalanishlari mumkin. Ushbu darslik Oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan amaldagi dasturlar asosida tuzilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanma o‘qituvchilar va talabalar uchun pedagogik jihatdan asoslangan, akademik qat’iylik va o‘rganish uchun qulay bo‘lgan manbalarni taqdim etadi.
-
Diskurs tahlili
Mazkur darslik 60111900 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishining uchinchi bosqich bakalavr talabalari uchun mo‘ljallangan. U “Diskurs tahlili” fanidan darslik sifatida ishlab chiqilgan bo‘lib, tilning turli ijtimoiy, madaniy va institutsional kontekstlarda qo‘llanilishini o‘rganishning tamoyillari, usullari va amaliy jihatlariga qaratilgan.
-
Cross-cultural communication etiquette
Mazkur qo‘llanma “60111800 – Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 4-kurs talabalariga “Madaniyatlararo muloqot etiketi” fanidan turli madaniyatlar doirasida muloqot qilish qoidalarini o‘rgatishga mo’ljallangan maqsadli adabiyotdir. Ushbu qo‘llanmaning asosiy maqsadi Oliy ta’lim muassasalari talabalariga qo‘yiladigan malaka talablarining amaliyotga tadbiq etilish, oliy ta’lim muassasalardagi chet tillar ta’limi sifatini oshirishni ta’minlashga xizmat qilish, talabalarda ijtimoiy lingvistik kompetensiyani rivojlantirish, xususan, madaniyatlararo nutq madaniyati qonun-qoidalari bilan tanishtirish, ommaviy nutq jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar bilan tanishtirish va ularning samarali yechimlari hamda oldini olish usullari haqida ma’lumot berish, shu bilan birga, nutq jarayonida ishlatiladigan qo‘shimcha materiallarni tanlash kabilarni o‘z ichiga oladi.
-
Kimyoda sinfdan tashqari ishlar
Mazkur o‘quv qo‘llanma pedagogika oliy o‘quv yurtlari, kimyo ixtisosligi bo‘yicha bakalavriyat tayyorlaydigan yo‘nalishlar uchun muvaqqat dastur asosida yozilgan bo‘lib, unda respublikada kimyo fanini rivojlantirish uchun sinfdan tashqari ishlar olib borish muammolari o‘rin olgan. Ushbu kitob oliy o‘quv yurtlari pedagoglari va talabalariga qo‘llanma bo‘lishi bilan birga, maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari pedagoglariga uslubiyiy qo‘llanma sifatida ham mo‘ljallangan.
-
Qayta tiklanadigan tuproq tizimlariga biologik yondashuvlar II jild
"Qayta tiklanadigan tuproq tizimlariga biologik yondashuvlar" asarida zamonaviy qishloq xo'jaligi sohasi tadqiqotchilari va amaliyotchilarining ishlari birlashtirilgan. Ushbu kitob 2006-yilda nashr etilgan "Barqaror tuproq tizimlariga biologik yondashuvlar" nomi avvalgi jildning yangilangan nashidir.
-
O'rmonchilik va tabiiy resurslarga kirish II jild
"O'rmonchilik va tabiiy resurslarga kirish" kitobining ikkinchi nashrida o'rmonchilik kasbi haqida har tomonlama va to'liq yangilangan ma'lumotlar taqdim etiladi. Kitobda o'rmonchilikning asosiy jihatlari, jumladan, o'rmon resurslarini boshqarish, iqtisodiyot, o'rmon siyosati, o'rmondan foydalanish va ushbu sohadagi kasbiy imkoniyatlar batafsil yoritilgan.
-
O'rmonchilik va tabiiy resurslarga kirish I jild
"O'rmonchilik va tabiiy resurslarga kirish" kitobining ikkinchi nashrida o'rmonchilik kasbi haqida har tomonlama va to'liq yangilangan ma'lumotlar taqdim etiladi. Kitobda o'rmonchilikning asosiy jihatlari, jumladan, o'rmon resurslarini boshqarish, iqtisodiyot, o'rmon siyosati, o'rmondan foydalanish va ushbu sohadagi kasbiy imkoniyatlar batafsil yoritilgan.
-
O'simliklar karantini: tamoyillar va konsepsiyalar I jild
Hindistonlik olim N.G.Ravichandra tomonidan yozilgan "O'simliklar karantini: tamoyillar va konsepsiyalar" o'quv qo'llanmasida ekzotik zararkunandalar, o'simlik kasalliklari va invaziv begona o'tlarning kirib kelishi hamda tarqalishining oldini olishga oid ma'lumotlar bayon etilgan.