-
Tarix. Tarix fanlari
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
-
-
-
-
-
-
Dala etnografiyalıq izertlew usılları
Oqıw qollanba studentler, magistr,doktorantlar hám basqa da etnografiya ilimi menen qızıǵıwshılarda dala etnografiyalıq ekspediciyalar shólkemlestiriw hám olardı ótkeriwge baylanıslı bilim, tájiriybe qáliplestiredi.
-
Маkroiqtisodiyot
"Makroiqtisodiyot" fanidan darslik O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim standarti talablari va fan bo'yicha namunaviy dastur asosida yozilgan. Darslikda Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotining hozirgi rivojlanish bosqichini hisobga olgan holda makroiqtisodiy masalalarni ko'rib chiqishga alohida e'tibor qaratilgan. Darslikda "Raqamli iqtisodiyot", "Yashil iqtisodiyot"ning mohiyati va ularning makroiqtisodiy koʻrsatkichlarga ta'siri yoritilgan. Darslikning har bir bobida xulosalar, mavzuni mustahkamlash uchun masalalar berilgan. Darslikning oxirida asosiy iboralari boʻyicha glossariy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari ilova shaklida berilgan. vaUshbu darslikdan Oliy ta'limning iqtisodiyot yo'nalishlarida ta'lim olayotgan bakalavr, magistrlar va dars berayotgan o'qituvchilar foydalanishlari mumkin.
-
Отраслевая экономика
Основу учебного пособия составляют лекции по отраслевой экономике, читаемые в высших образовательных учреждениях для студентов бакалавриата по экономическим направлениям. В учебном пособии подробно изложены теоретические знания и практические примеры состояния развития отраслей в стране, влияние развития отраслей на социально-экономическую среду, инновационного развития отраслей. Широко приведенные теоретические и практические информации послужат читателям понять отраслевую экономику, а также эффективню применять свои знания на практике
-
Dasturlash 1, 2
Ushbu darslik oliy ta’lim muassasalarining axborot texnologiyalari yо‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mо‘ljallangan bо‘lib, C++ dasturlash tilining nazariy asoslari va amaliy jihatlarini о‘z ichiga oladi. C++ dasturlash tili о‘zining universal imkoniyatlari, yuqori samaradorligi va keng qо‘llanilish doirasi bilan ajralib turadi. Bu til tizimli dasturlash, kompyuter о‘yinlari yaratish, ilmiy hisob-kitoblar, ma’lumotlar bazalari bilan ishlash kabi turli sohalarda keng qо‘llaniladi.
-
English for Sports and Physical Education
Mazkur o‘quv qo‘llanma “61010200-Sport faoliyati” ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar hamda faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, Xorijiy til (ingliz tili) fanidan nazariy va amaliy jihatdan foydalanishlari mumkin. Ushbu o‘quv qo‘llanma Oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan amaldagi dasturlar asosida tuzilgan. Unda talaba mavzular bo‘yicha turli mavzularda muloqot qilish, matnlarni tahlil qilish, eshitish ko‘nikmalarini mustahkamlash va yozma ishlarni bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar, tayanch tushunchalar, nazorat savollari, glossary berilgan.
-
Python kutubxonalari
Ushbu o‘quv qo‘llanma Python dasturlash tilining eng mashhur va talab yuqori bo‘lgan kutubxonalarini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, ular fan, texnika va axborot texnologiyalarining turli sohalarida qo‘llaniladi. Kitobda ma’lumotlar, tasvirlar, grafikalar, mashinali o‘qitish, vebilovalar yaratish, shuningdek, avtomatlashtirish va ko‘p oqimli (multithreading) ma’lumotlarni qayta ishlash imkoniyatiga ega boʻlgan kutubxonalar haqida batafsil ma’lumot berilgan.
-
Yarimoʻtkazgichlarda kinetik jarayonlar
Ushbu darslik talabalarga yarimo‘tkazgich materiallarini o‘rganishning mavjud usullarini o‘zlashtirish, shuningdek, nazariy bilimlarni diplom va magistrlik dissertatsiyalarini yozishda, amaliy masalalarni yechishda qo‘llashda yordam berishga mo‘ljallangan. O‘quvchilar hukmiga havоla etilayotgan ushbu darslik оliy ta’limning fizika, qattiq jismlar fizikasi, kondensirlangan holat fizikasi, yarimo‘tkazgichlar fizikasi, elektronika va mikroelektronika mutaxassisligi, magistratura va tayanch doktorantura mutaxassisliklari uchun mo‘ljallangan. Ushbu adabiyotni yozishda, INTERNET оrqali оlingan o‘zbek, rus va ingliz tillarida chоp etilgan materiallardan ijodiy fоydalanilgan bo‘lib, u kamchiliklardan hоli emas. Shu sababli uning mazmunini, ma’nоsini bоyitish maqsadida berilgan fikr-mulоhazalarni mualliflar minnatdоrchilik bilan e’tiborga olishadi.
-
Trenerlik kasbi
O'quv qo'llanma sport pedagoglari va murabbiyining kasbiy tayyorgarligida jismoniy tarbiya va sport faoliyatining xususiyatlarini ochib beradi,uning sport sohasida, umumta'lim muassasalarida , oliy o'quv yurtlarida ,ish joyida,aholining yashash joyidagi, nogironligi bo'lgan shaxslar bilan bog'liq konseptual asoslarini belgilaydi va asoslaydi.
-
Gastronomiya turizmi
Ushbu dаrslikdа gаstrоnоmiyа turizmi fаnining mаqsаd vа vаzifаlаri, аgrоturizmni shаkllаntirish vа rivоjlаn-tirishdаgi tutgаn o’rni аsоslаngаn. Gаstrоnоmiyа turizmi fаni turistlаrgа оvqаtlаnish xizmаtini ko‘rsаtuvchi kоrxоnаlаr vа ulаrni tаvsiflаnishi, turistlаrni оvqаtlаntirishning eng mаqbul tizimlаri, turistlаrni оvqаtlаnti-rish kоrxоnаlаrini tаshkiliy-bоshqаruv tuzilmаsi va shu kabi masalalar yoritilgan.
-
Matematik analiz kursidan misolvamasalalar to'plami i
Darslikda matematik analiz fanida uchraydigan dastlabki tushunchalar, sonli ketma-ketlik va uning limiti, funksiya va uning limiti, funksiya uzluksizligi va tekis uzluksizligi, funksiyaning hosila va differensiali, differensial hisobning asosiy teoremalari va tatbiqlari, aniqmas va aniq integrallar, aniq integrallarning ba’zi bir tatbiqlari va sonli qatorlar mavzulari keltirilgan. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi “Matematik analiz” fani o‘qitiladigan barcha ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan.
-
Τoponimika
Mazkur uslubiy qo'llanma 60530400-Geografiya ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda Toponimika fanidan o'quv rejada moʻljallagan amaliy mashg'ulotlarni bajarishga qaratilgan. Uslubiy qo'llanmada toponimik atamalar jadvalini tuzish, O'zR Vazirlar Mahkamasining geografik nomlar haqidagi qarorlari va Respublika toponimiya komissiyasining ish faoliyatini o'rganish, turli olimlarning geografik nomlar bo'yicha tasniflarni o'rganish, toponimlarning paydo boʻlishiga va mazmuniga ko'ra turlari jadvalini tuzish, turli tillardagi shahar termini yordamida tuzilgan toponimlar jadvalini tuzish.
-
Oʻzbekiston geografiyasi (O'zbekiston tabiiy geografiyasi)
Darslikda insonning xoʻjalik faoliyati ta'sirida tuproqlarning eroziyaga uchrashi, ifloslanishi, ba'zi o'simlik va hayvon turlarining noyob turga aylanib qolishligi, binobarin, ulardan oqilona foydalanish, muhofaza ostiga olish zarurligi ko'rsatilgan. Darslikning umumiy tavsifi so'ngiida O'zbekiston tabiati va tabiiy resurslarining holati, ularga ta'sir etuvchi omillar, oqilona foydalanish masalalari, muhofaza ostiga olishga qaratilgan chora-tadbirlar, bu sohada respublikamizda tashkil qilingan qo'riqxonalar, milliy bog'lar, buyurtmalarining ahamiyati ko'rsatilgan.
-
ELEKTROTEXNIKA, ELEKTRONIKA VA ELEKTROYURITMALAR
BUGUNGI KUNDA TEXNIKA VA TEXNOLOGIYALARNING SHIDDATLI RIVOJLANISHI, ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARI AVTOMATLASHTIRISH HAMDA SANOAT TARMOQLARINI INNOVATSION MODERNIZATSIYA QILISH SHAROITIDA OLIY MUHANDISLIK TA'LIMINI YANGI BOSQICHDA OLIB CHIQISH MAQSADIDA YARATILGAN.
-
ELEKTROTEXNIKA, ELEKTRONIKA VA ELEKTROYURITMALAR
ZAMONAVIY TA'LIM TIZIMINI MODERATSIYA QILISH SHAROITIDA PEDAGOGIKA OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA TEXNIK FANLARNI O'QITISH JARAYONI NAFAQAT NAZARIY BILIMLARNI BERISH, BALKI ULARNING AMALIY FAOLIYTAI BILAN UZVIY BOG'LANISHNI HAM TALAB ETADI. BUGUNGI KUNDA ELEKTR ENERGIYASI ISHLAB CHIQAREISH VA UNDAN SAMARALI FOYDALANISH MASALALARI GLOBAL MIQYOSIDA DOLZARB AHAMIYAT KASB ETMOQDA.
-
Uzumchilik
"Uzumchilik" kitobi vino (sharob) ishlab chiqarishga mo'ljallangan uzumchilik sohasi bo'yicha asosiy qo'llanmalardan biri hisoblanadi va vinochilik hamda vino savdosini jiddiy o'rganayotganla uchun mo'ljallangan.
-
Noorganik va analitik kimyodan amaliy mashg'ulotlar
Ushbu o'quv qo'llanmada noorganik va analitik kimyo fanining nazariy va amaliy asoslari batagsil yoritilgan.Qo'llanmada dastlab kimyo laboratoriyasida ishlashning umumiy tartibi va qoidalari bayon qilinib, uning asosiy qismida kimyoning mavzularini to'liq qamrab olgan amaliy mashg'ulotlar keltirilgan. Qo'llanmaning birinchi qismida umumiy va noorganik kimyoning nazariy masalalariga, biogen elementlarning qishloq xoʻjaligidagi roli va mutaxassisliklarga mos laboratoriya ishlari keltirilgan. Ikkinchi qismida analitik kimyoning sifat va miqdor analizlari asosida kationlarni, anionlarning reaksiyalari va bularning miqdorlarini aniqlash usullari oʻz aksini topgan.