-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Tarix. Tarix fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
Ichki savdo. Turistik va ekskursiya xizmati
-
Descartes-Agonistes. Physico-mathematics Method & Corpuscular-Mechanism
This book reconstructs key aspects of the early career of Descartes from 1618 to 1633; that is, up through the point of his composing his first system of natural philosophy, Le Monde, in 1629-33. It focuses upon the overlapping and intertwined development of Descartes’ projects in physico-mathematics, analytical mathematics, universal method, and, finally, systematic corpuscular-mechanical natural philosophy. Descartes’ technical projects, agendas and senses of identity shifted over time, entangled and displayed great successes and deep failures, as he morphed from a mathematically competent, Jesuit trained graduate in neo-Scholastic Aristotelianism to aspiring prophet of a systematised corpuscular-mechanism, passing through stages of being a committed physico-mathematicus, advocate of a putative ‘universal mathematics’, and projector of a grand methodological dream. In all three dimensions—projects, agendas and identity concerns—the young Descartes struggled and contended, with himself and with real or virtual peers and competitors, hence the title Descartes-Agonistes.
-
Iste'molchi xulq-atvori
Ushbu o'quv qo'llanmaning asosiy maqsadi iste'molchi xulq-atvorini zamonaviy marketing texnologiyalari asosida tahlil qilish, talabalarda iste'molchi xulq-atvorining ilmiy nazariy asoslari, iste'molchini o'rganish metodologiyasi bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Ushbu o'quv qo'llanmada iste'molchi xulq-atvori harid modeli, sotsial-psixologik omillar va uning harid jarayoniga ta'siri, ehtiyojlar va motivatsiya, iste'molchi tomonidan qaror qabul qilish jarayonlari, ehtiyojlarni anglash va izlash, harid oldidan variantlarni baholash, harid qilish va qaror qabul qilish, iste'mol, haridorning harid jarayoniga psixologik ta'sir o'tkazish jarayonlari, bevosita harid bilan bog'lik psixologik jarayonlar, atrof muhit ta'siri keng bayon qilingan. Zikr etilgan o'quv qo'llanma 60412500-Marketing (tarmoqlar va sohalar bo'yicha) ta'lim yo'nalishi bakalavrlari uchun mo'ljallangan.
-
Pedagogika nazariyasi: darslik
Pedagogika ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda pedagogika nazariyasi fanining asosiy tushunchalari va tamoyillari yoritilgan. Ushbu darslikni o‘rganish orqali talabalar pedagogik jarayonni ilmiy asosda tahlil qilish, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning nazariy asoslarini tushunish, shuningdek, ta’lim muassasalarida samarali pedagogik faoliyatni rejalashtirish va amalga oshirish ko‘nikmalarini shakllantirib boradilar.
-
Ijtimoiy iqtisodiyot
Mazkur o'quv qo'llanmada bozorni boshqarish erkinligi tamoyili bilan iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish va ijtimoiy taraqqiyot uyg'unlashgan bozor iqtisodiyotining eng rivojlangan shakli iqtisodiyot masalalari yoritilgan. ijtimoiy O'quv qo'llanmada ijtimoiy iqtisodiyotning nazariy asoslari, uning modellari, O'zbekistonda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish va rivojlantirishning o'ziga xos xususiyatlari bayon etilgan. O'quv qo'llanmada kurs mavzulari bo'yicha keltirilgan nazariy va statistik materiallar ijtimoiy iqtisodiyotning asosiy xususiyatlarini tavsiflaydi va talabalarga ijtimoiy iqtisodiyotning shakllanishi, rivojlanishi haqida yaxlit tushunchaga ega bo'lish imkonini beradi. Matnda iqtisodiyotda sodir bo'layotgan iqtisodiy jarayonlarni vizual ko'rinishda tasvirlash imkonini beradigan ko'plab chizmalar, diagrammalar va grafiklar keltirilgan.
-
Atletik gimnastika
Mazkur o‘quv qo‘llanma Farg‘ona davlat universitetining barcha yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u zamonaviy Davlat ta’lim standartlari (DTS) talablariga to‘liq muvofiq ravishda ishlab chiqilgan. Qo‘llanma talabalarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, shuningdek, o‘z-o‘zini nazorat qilish va mustaqil mashg‘ulot olib borish malakasini rivojlantirishga qaratilgan.
-
Moliya huquqi
Mazkur darslik “60420100 – Yurisprudensiya (barcha ta’lim shakllar uchun)” tа’lim yо‘nаlishidа tаhsil оlаyоtgаn tаlаbаlаr hаmdа faоliyаt yuritаyоtgаn prоfessоr- о‘qituvchilаrgа mо‘ljаllаngаn bо‘lib, Moliya (iqtisodiy) huquqi fаnidаn nаzаriy vа аmаliy jihаtdаn fоydаlаnishlаri mumkin. Ushbu darslik Оliy tа’lim muаssаsаsi tоmоnidаn tаsdiqlаngаn аmаldаgi dаsturlаr аsоsidа tuzilgan. Unda talaba mavzular bo‘yicha ma’ruza va amaliy mashg‘ulot rejalari, darslarga tayyorlanish davomida foydalaniladigan ma’ruzalar matni, qo‘shimcha ma’lumotlar, zarur adabiyotlar ro‘yxati, nazorat savollari, tayanch tushunchalar, glossariy berilgan.
-
Ijtimoiy pedagogika: darslik
Ushbu darslik barcha pedagogika, tarbiya fani o‘qituvchilari ta’lim yo‘nalishlarida tahsil oluvchi bakalavr talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlangan Davlat standarti va namunaviy o‘quv dasturlariga asosan tayyorlangan fan sillabusiga to‘liq mos keladi.
-
International standards in teaching and assessing English
Mazkur o‘quv qo‘llanma 60111800 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, “Ingliz tili o‘qitish va baholashning xalqaro standartlari” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni samarali tashkil etishga xizmat qiladi. Qo‘llanma ingliz tilini o‘qitish va baholashning xalqaro standartlari, zamonaviy metodlar va strategiyalarni, shuningdek, grammatika, leksika, talaffuz, og‘zaki nutqni baholash va xatolarni tuzatish kabi asosiy yo‘nalishlarni yoritadi.
-
Ma’muriy huquq sub’yektlari
Ushbu o‘quv qo‘llanma huquqni qo‘llash amaliyoti natijalari tahlili hamda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida tayyorlangan bo‘lib, unda ma'muriy huquq sub’yektlarining umumiy tavsifi.Jismoniy shaxslar - ma'muriy huquq sub’yekti sifatida. O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining ma'muriy-huquqiy holati, fuqarolar huquq va erkinliklarining kafolatlari.Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar ma'muriy-huquqiy holatining o`ziga xos xususiyatlar haqida fikr yuritilgan. Mazkur o‘quv qo‘llanma oliy yuridik ta’lim muassasalari talabalari, tinglovchilari (kursantlari), professor-o‘qituvchilari, doktorant va mustaqil izlanuvchilari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining vakolatli davlat organlari tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun mo‘ljallangan.
-
Turizm va mehmonxona xo‘jaligi menejmenti
Turizm va mehmonxona xo‘jaligi menejmenti jahon miqyosidagi iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishda muhim o‘rin tutadi. Bu sohaning iqtisodiy ahamiyati shundan iboratki, u davlat va mintaqalarning iqtisodiyotiga katta hissa qo‘shadi, ko‘plab ish o‘rinlari yaratiladi va mahalliy infratuzilma rivojlanadi. Turizm madaniy almashinuvni rag‘batlantiradi va jahon miqyosida madaniy boyliklarni saqlab qolishga yordam beradi. Barqaror rivojlanish nuqtai nazaridan, turizm sohasidagi innovasiyalar va samarali menejment ekologik barqarorlikni ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. Globallashuv va raqamli texnologiyalar rivojlanishi bilan turizm va mehmonxona xo‘jaligi yangi imkoniyatlar va muammolarga duch kelmoqda. Bu sharoitda samarali menejment va strategik qarorlar qabul qilish sohaning barqaror rivojlanishini ta'minlashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
-
Aqlli ta'limga kirish
Mazkur mahalliylashtirilgan o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi xulosasi asosida takom illashtiriidi. Ushbu nashr mualliflik huquqi bilan himoyalangan. “Sharqiy Xitoy pedagogika universiteti” nashriyoti ham da Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining yozma ruxsatisiz biron-bir qismni qayta chop etish mumkin emas.
-
Qaraqalpaqstan tariyxı (Áyyemgi dáwir)
Oqıw qollanbada tariyxıy waqıyalıq Qaraqalpaqstannıń eń áyyemgi dáwirlerinen baslap erte orta ásırler dáwirindegi rawajlanıwlarına shekemgi dáwirdi óz ishıne qamtıydı. Qaraqalpaqstan tariyxı páni hám pánniń aldına qoyǵan wazıypası, onıń áhmiyeti, jaslar tárbiyasındaǵı ornı kórsetilip beriledi. Qollanbada áyyemgi dáwirdegi Qaraqalpaqstannıń aymaǵı, arxeologiyalıq izertlewler, tas ásıri, qola dáwiri, temir ásıri, antik dáwiri tariyxı hám Ullı jipek jolınıń úlkemiz arqalı ótiwi hám onıń áhmiyeti, mádeniy turmısı, mámleketshıligi hám usı dáwirdegi tariyxıy waqıyalar máselelerine itibar berilgen. Qollanba joqarı oqıw orınları “Tariyx” baǵdarı studentlerine arnalǵan. Sonday-aq, basqa da baǵdardaǵı studentler hám magistrantlar, aspirantlar, izertlewshıler, ilimiy xızmetkerler hám de usı taraw boyınsha qızıǵıwshılardıń paydalanıwına boladı.
-
Bank risklari
Bank risklari. O'quv qo'llanma. O'quv qo'llanma Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi "O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari" ilmiy tadqiqot markazi kengashida muhokama qilingan va chop etishga tavsiya qilingan. O'quv qo'llanma PZ-20170929159-raqamli "Markazlashmagan boshqaruv sharoitida mintaqaviy rivojlanishni tartibga solishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish" mavzusidagi amaliy loyihalarning "Fan va ta'lim integratsiyasi" doirasida ishlab chiqilgan.Ushbu o'quv qo'llanmada tijorat banklari faoliyatidagi risklarni baholash va boshqarish usullari, prinsiplari, risklarning tijorat banklarining moliyaviy holatiga va likvidliligiga ta'siri o'z ifodasini topgan. Shuningdek, o'quv qo'llanmada Bazel qo'mitasining bank risklarini baholash va boshqarish bo'yicha yangi talablari, xalqaro reyting agentliklari tomonidan tijorat banklari faoliyatidagi risklarni baholashda qo'llaniladigan metodikalar o'z aksini topgan.
-
Profayling (vizual materiallar atlasi)
Mazkur darslik XX asrning 80-yillaridan boshlab, biznes va oilaviy munosabatlarni o‘rganishda qo‘llab kelinayotgan profayling – inson va uning xususiyatlarini o‘rganishning psixologik usullari metodikasiga oid vizual materiallar atlasi bo‘lib, undagi ilmiy materiallar noan’anaviy tarzda taqdim etilgan. Mazkur darslik vizual materiallar asosida to‘ldirilgan bo‘lib, uning tarkibida operativ psixodiagnostika (inson psixotipini aniqlash), yolg‘onni aniqlash va emotsiyalarni o‘qiy bilish (nutq, imo-ishora, mimikaga asoslangan yolg‘onni instrumentlarsiz fosh etish), qat’iy muzokaralar olib borish, manipulyatsiya bilan ishlash (“qat’iy” shakldagi muzokaralarni bostirish), yollash va netvorking (aloqalarni o‘rnata bilish san’ati), yuz xususiyatlariga oid tahlil, ijtimoiy muhandislik (ma’lum harakatlar yoki konfidensial ma’lumotni olish uchun psixologik manipulyatsiya qilish) kabi bilimlarni o‘zlashtirish masalalari ochib berilgan. «Profayling (vizual materiallar atlasi)» darsligi oliy ta’lim psixologiya yo‘nalishining bakalavr va magistratura talabalari uchun tavsiya etiladi. Sotsiologiya, iqtisodiyot bakalavr yo‘nalishi talabalariga mutaxassislik fanlarini o‘qitishda ushbu darslikda berilgan ma’lumotlardan foydalanishlari mumkin.
-
Иқтисодий билим асослари
Иктисодий билим асослари. Ўқув қўлланма Тошкент давлат иқтисодиёт университети ҳузуридаги "Ўзбекистон иктисодиётини ривожлантиришнинг илмий асослари ва муаммолари" илмий тадқиқот маркази кенгашида муҳокама килинган ва чоп этишга тавсия қилинган. Ўқув қўлланма ОТ-Ф1-022-рақамли "Иктисодиётни баркарор ривожланишини таъминловчи ички имкониятларни аниклаш ва заҳираларни сафарбар килишнинг илмий-методик асослари” мавзусидаги фундаментал илмий лойиҳанинг "Фан ва таълим интеграция"си доирасида ишлаб чикилган.
-
Turistik destinatsiyalarni loyihalashtirish
Mazkur o'quv qo'llanmada ilg'or xorijiy tajribalardan foydalangan holda turistik destinatsiyalarni loyihalashtirishning nazariy va amaliy asoslari yoritilgan bo'lib, o'quvchilarga turistik destinatsiyalarni loyihalashtirish o'quv qo'llanmasi turistik resurslarning joylashgan o'rni va jozibadorligini oshiruvchi jihatlarni ko'ra olishini o'rgatadi.