-
-
-
-
Qurilish. Arxitektura
-
Qurilish. Arxitektura
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Menejmentga kirish
Ushbu darslikda menejmentning rivojlanish tarixi va nazariy asoslari, boshqaruv jarayoni va korxonalarning rivojlanishidagi innovatsion jihatlari batafsil yoritib berilgan. Boshqaruv mehnatini tashkil etishda asosiy shaxs bo‘lgan – menejerga zamonaviylik nuqtai nazaridan qaralib, yning yetakchilik qobiliyati, o‘zini o‘zi boshqarishdagi o‘rni va tashkilot hodimlarini boshqarishga muhim o‘rin ajratiladi.
-
ARXITEKTURAVIY ASHYOSHUNOSLIK
Ushbu uslubiy qo‘llanma: 60730100-Arxitektura(turlaribo`yicha) ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha ta'lim olayotgan talabalar uchun “Arxitekturaviy ashyoshunoslik ” fanidan tajriba ishlarinini bajarish uchun mo‘ljallangan.
-
Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
“Arxitekturaviy bionika”darsligi oliy arxitektura maktabida o‘quv rejasiga muvofiq birinchi bosqich (kurs)magistrlarining birinchi va ikkinchi bo‘limi (semestri)da o‘tiladigan nazariy kursni o‘z ichiga oladi. Darslikning mazmuni 5340100 – “Arxitektura” mutaxassisligi bo‘yicha tuzilgan kompleks o‘quv dasturining bo‘limi hisoblangan “Arxitekturaviy bionika”kursining dasturiga to‘liq mos keladi.Ta’limning maqsadi–magistrlarni arxitekturaviy bionika fanida o‘rganadigan nazariy bilimlarni arxitekturaviy loyihalashda amaliy jihatdan qo‘llash, birgalikda to‘g‘ri ijodiy yondashishga o‘rgatishdir. Arxitekturaviy bionika arxitekturaviy loyihalashning umumiy masalalari bilan uzviy bog‘langan holda turar-joy, jamoat va sanoat ob’yektlarining hajmiy-rejaviy yechimlarini topish orqali amalga oshiriladi. Ushbu bilimlar zamonaviy turar-joy, jamoat va sanoat binolarining arxitekturaviy-kompozitsion yechimlarini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab masalalarni yechish imkonini beradi.
-
ARXITEKTURA ELEMENTLARINI LOYIHALASH
Mazkur metodik qo'llanma Oliy o'quv yurtlari 5110800- «Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi» bakalavriat yo'nalishi dasturlaridan o'rin olgan «Arxitektura elementlarini loyihalash» fanlari bo'yicha arxitekturaning kelib chiqishi, loyihalash qonuniyatlari, taqlidiy ishlar (imitatsiya) namunalari amaliy tasvirlar orqali ko'rsatilib, vazifalar variantlari byer ilib, hamda arxitektura elementlar atamalaming tasvirli lug'atlari keltirilgan. Qo'llanma pedagogik oliy o'quv yurtlari va kasb-hunar kollejlari talabalariga hamda maxsus shug'illanuvchilaming mustaqil tayyorlanishlari uchun mo'ljallangan.
-
«ARXITEKTURA VА SHAHARSOZLIK АSOSLARI»
O‘quv qo‘llanmaning mazkur ikkinchi qismi bino va inshootlarni loyihalash asoslariga bag‘ishlangan. Binolar haqida umumiy ma’lumot, ularning sinflanishi, ularga qo‘yilayotgan zamonaviy talablardan tashqari, bu qism konstruktiv sxemalarini ko‘rib chiqishni va binolar asosiy elementlarini, ularni hajmiy–rejaviy yechimlarini va shuningdek bino va inshootlarning arxitektonik o‘ziga xosliklarini me’moriy kompozitsiya “mantiqiy joylashuv shakllanish” ning muhim vositalaridan birini o‘z ichiga oladi. Ushbu bilim-ma’lumotlar talabalarda turar – joy va jamoat binolarining zamonaviy hajmiy–fazoviy va rejaviy sxemalarini va ular elementlarining o‘zaro zich bog‘liqligini aniq tasavvur etilishlarini shakllantirish uchun zarur.
-
Kasbiy kompetentlik
Ushbu qo'llanma kasbiy va pedagogik tayyorgarlikni takomillashtirishning turli masalalari bilan shug'ullanadigan talabalar, o'qituvchilar, aspirantlarga mo'ljallangan.
-
ARXITEKTURA
Ushbu oʻquv qoʻllanmada fuqaro binolarini loyihalash, hajmiy-tarhiy yechimlarini turlari, sinchlari, zamonaviy qurilish konstruksiyalari toʻgʻrisida ma’lumotlar berilgan. Zilzilaviy hududlarda quriladigan fuqaro binolarida koʻriladigan chora-tadbirlar ham oʻquv qoʻllanmada aks ettirilgan.
-
AVTOMOBILLARDA YUK TASHISH VA AVTOTRANSPORT LOGISTIKASI
Unda transport asosiy harakat vositasi, yuk va yuk oqimi, harakatlanuvchi tarkibdan foydalanishda yо‘l sharoitlari, harakatlanuvchi tarkibning texnik-ekspluatatsion kо‘rsatkichlari, harakatlanuvchi tarkibning ishini tashkil qilish, avtomobillarda yuk tashishni rejalashtirishda iqtisodiy-matematik usullar va EHM ni qо‘llash, yuk tashishni tashkil qilish va tijorat ishlari, yuk tashishda operativ rahbarlik qilish, avtomobil transportida yuk ortish-tushirish ishlarini tashkil qilish va mexanizatsiyalash, yuklarni konteyner va paket usulida tashish, shaharlararo va хalqaro yuk tashish, xalq xо‘jaligi va turli tarmoqlarning yuklarini tashish va logistikaning maqsadli hamda uslubiy asoslari, logistikaning tamoyillari, vazifalari, tizimlari, logistika usullarining uslubiy xususiyatlari, boshqaruv bо‘yicha logistik yondashuv, ishlab chiqarish logistikasi, logistikada axborot texnologiyalari, omborlar jarayonlarini logistika qismlari bilan tashkillashtirish, logistik xizmat kо‘rsatishning masalalari, me’yoriy ma’lumotnoma hujjatlari, о‘quvchilar bilimini tekshirishga oid mustahkamlash uchun savollar va testlar yoritilgan.
-
Нормал ва топографик анатомия.
Дарслик янги анатомия атамаларидан фойдаланган холда ёзилган ва тиббиёт олий билимгохлари талабаларига мулжалланган.
-
Pul va banklar
Darslikda pul, kredit va banklaming vujudga kelishi, rivojlanishi va takomillashuv jarayonining nazariy jihatlari, shuningdek, xalqaro moliyaviy tashkilotlaming maqsad va vazifalari bayon etilgan.
-
Sementlash agregatlari
Ushbu o'quv qo'llanmada talabalarga neft va gaz quduqlarini sementlashda qo'llaniladigan maxsus qurilmalar ya'ni sement qorishtirgich moslamalari sementlash agregatlari va nasoslar ularning turlari va texnik xususiyatlari ulanish sxemalari quduqlarni mustahkamlash va sementlash ishlari hamda bunday jarayonlarda sodir bo'lishi mumkin.
-
Бозор иқтисодиёти асослари
Мазкур дарсликда бозор иктисодиёти назарияси ва амалиётининг асосий масалалари тўла тахлил ва талқин этилади.
-
“INVESTITSIYA LOYIHALARI EKSPERTIZASI”
Ushbu uslubiy qo’llanma magistraturaning 5A230603 - “Investitsiyalarni boshqarish” mutaxassisligi magistrantlari uchun mo’ljallangan bo’lib, unda “Investitsiya loyihalari ekspertizasi” fanidan amaliy mashg’ulot uchun tayyorlanish va bajarish tartibi belgilab berilgan.
-
INVESTITSIYA LOYIHALARI EKSPERTIZA
Darslikda investitsiya loyihalarini ekspertiza qilishning mohiyati, ahamiyati va zarurligi, investitsiya loyihalarining moliyaviy va iqtisodiy ekspertizasi, investitsiya loyihasi bo‘yicha garov ta‘minotining ekspertizasi, investitsiya loyihalarining texnik ekspertizasi, investitsiya loyihalarining tijorat tahlili, investitsiya loyihalari qatnashchilarining institutsional tahlili, investitsiya loyihalarining ijtimoiy va ekologik ekspertizasi, investitsiya loyihasi bo‘yicha risklar va ularni baholash va shu kabi mavzular uzviylik va uzluksizlik nuqtai-nazaridan mantiqiy ketma-ketlikda o‘z aksini topgan.
-
IKKILAMCHI IPLAR
Kitobda ikkilamchi iplarni qayta ishlash texnologiyasi texnologik jarayonlarning maqsadi mohiyati hamda texnologik mashinalarning tuzilishi va ishlashi bayon etilgan.
-
Нормал ва патологик анатомия билан физиология.
Мазкур дарслик хозирги замон фан ютукларидан фойдаланиб ёзилди. Унда органлар тузилишига оид тушунчалар мумкин кадар узбекча терминлар билан ифодаланди.