-
Qurilish. Arxitektura
-
-
-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Kompyuter ko'rishi
Ushbu O'quv qo'llanma kompyuter injiniringi mutaxassisligi magistrlari uchun mo'ljallangan. O'quv qo'llanmada kompyuter ko'rishi fanining maqsad va vazifalari, kompyuter ko'rishi texnologiyasining amaliy tatbiqlari bo'yicha atroflicha ma'lumotlar berilgan. O'quv qo'llanma ikki qismdan tashkil topgan bo'lib, birinchi qismida kompyuter ko'rish fanining kelib chiqishi haqida atroflicha ma'lumotlar keltirilgan, hamda Matlab muhitining Image Processing Toolbox paketi asosida tasvirlarni turli tipdagi ishlash muammolari uslubiy misollar yordamida ko'rsatilgan. O'quv qo'llanmaning ikkinchi qismida tasvirlar va sahnalar OpenCV muhitida ishlash amaliyoti keltirilgan. Bunda tasvirlarni filtrlash, chegaralarini topish, tasvirlarni xalaqitlardan tozalash kabi mavzular uslubiy misollar vositasida ko'rsatib o'tilgan.
-
Axborot kutubxona katalogi va fondi
Ushbu o`quv qo`llanma Axborot kutubxona muassasalarining kataloglari, Axborot – kutubxonalar ish faoliyatida ularning tutgan o`rni, katalog turlari, tasvir prinsiplari, hujjatlarga ishlov bеrish, sistеmalashtirishning nazariy asoslari, tarixiy negizlari haqida tushuncha beradi. Xususan, kutubxona – bibliografik klassifikatsiyalari vujudga kelishi: Universal o`nlik klassifikatsiyaning yaratilishi, O`zbekiston Respublikasi kutubxona-bibliografik klassifikatsiyasi jadvalining tuzilishi, u bilan ishlash metodikasi masalalarini, axborot kutubxona fondi, uning belgi va xususiyatlari, fondni shakllantirish prinsiplari va jarayonlarini qamrab oladi.
-
Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi
"Ilmiy-tadqiqot metodologiyasi" nomli o'quv qo'llanma oliy ta'lim muassasalari texnika yo'nalishi magistratura mutaxassislik talabalari uchun mo'ljallangan.O'quv qo'llanmada fan, ilmiy bilish, ilmiy tadqiqot va uning metodologiyasi, ilmiy tadqiqot o'tkazish usullari va rasmiylashtirish tartibi, tajribaviy tadqiqot natijalari va ularni qiyosiy tahlili kabi aspektlar ko'rib chiqilgan.
-
Management and Cost Accounting. 8th Edition
The aim of the eighth edition of this book is to explain the principles involved in designing and evaluating management and cost accounting information systems. Management accounting systems accumulate, classify, summarize and report information that will assist employees within an organization in their decision-making, planning, control and performance measurement activities. A cost accounting system is concerned with accumulating costs for inventory valuation to meet external financial accounting and internal monthly or quarterly profit measurement requirements. As the title suggests, this book is concerned with both management and cost accounting but emphasis is placed on the former.
-
Raqamli axborot xizmati
O'zbekistonda oxirgi yillarda kutubxona va arxiv muassasalarining faoliyatini zamonaviy axborot texnologiyalari, jumladan, raqamli texnologiyalardan foydalanib, yangi darajaga ko'tarish borasida jadal ishlar olib borilmoqda. Hukumat tomonidan belgilangan maqsadlarni zabt etishning asosiy omillaridan biri yosh mutaxassislarni sifatli tayyorlash hisoblanadi. Xususan, talabalarga kutubxonalarda raqamli axborotlarni saqlash va qayta ishlashga oid bilimlarni berish talab etiladi. Ushbu o'quv qo'llanma "Raqamli axborot xizmati fani doirasida yaratilgan bo'lib, uning maqsadi talabalarga raqamli axborotlar turlari, xususiyatlari va ularni qayta ishlab multimedia mahsulotlari, elektron nashrlar yaratish, raqamli axhorotni avtomatlashtirilgan kutubxona tizimlaridan va Internetdan qidirish va foydalanuvchilarga taqdim etish, kutubxonalarda xizmat ko'rsatish jarayonida resurslarga bo'lgan mualliflik huquqlariga rioya qilish haqidagi bilimlarni berish hisoblanadi Mazkur qo'llanma Oliy ta'limning "Kutubxona-axborot faoliyati" yo'nalishi talabalari, magistrantlari va pedagoglar uchun mo'ljallangan.
-
Falsafa
Darslikda falsafa asoslari yangi metodologik yondashuvlar hisobga olingan holda tizimli bayon etilgan. Darslik mazmuni dunyoda ko'pchilik tomonidan tan olingan falsafiy bilim strukturasiga mos keladi. Unda falsafa tarixiga, Markaziy Osiyo xalqlari falsafasi, shuningdek, G'arb va Sharq falsafasiga keng o'rin berilgan.
-
Ҳаёт фаолият хавфсизлиги
Маърузалар курси фан бўйича намунавий дастур асосида тузилган бўлиб, унда фан учун ажратилган маъруза соатлари ҳажмида барча маърузаларнинг асосий мазмуни, мавзу бўйича таянч иборалар, ўқув-визуал материаллар (слайдлар), фойдаланиладиган адабиѐтлар, назорат саволлари ҳамда олинган назарий билимларни бойитиш учун тавсия этиладиган қўшимча мавзулар келтирилган.
-
O‘quv reja, baho va baholash
O‘quv qo‘llanmada ta’lim tizimini tashkil qilishda me’yoriy -xuquqiy xujjatlar ahamiyati, ta’lim sifati tushunchasi, baho sifatini boshqarish elementi, shuningdek, Kredit tizimi doirasida bilimlami baholash tartibi batafsil bayon etilgan. Shuningdek, bo‘lajak kasb ta‘limi o‘qituvchilarining pedagogik faoliyatida o‘quv reja, baho va baholash fanini o‘rgatishning zamonaviy yondashuvlari ifoda etilgan. O‘quv qo‘llanma 5350400 - АКТ sohasida kasb ta‘limi yo‘nalishi talabalarining o‘quv jarayonida foydalanishi uchun mo‘ljallangan.
-
HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI
Darslikda yashash muhiti va inson faoliyatiga taalluqli hamma maslalar, jumladan, mehnat qilishda aqliy va jiunoniy mehnat moslari zamonaviy texnologiyalar bilan ishlaganda melinat faoliyati muammolari, ob-have shansiti va uning mehnat qilishga va hayot faoliyatiga ta'sir darajasi, shuningdek, smont sanitariyasi, xavfizlikni ta'minlashning asosiy va zamonaviy vositalari, elektr savfsizligi masalalari, mehnatni muhofaza qilishning huquq awoudan, favqulodda hodnalar va fugam muhofazan yong'in xavfsizligi masalalari kiritilgan
-
Электр таъминоти тизимининг реле ҳимояси ва автоматикаси
Дарсликда электр таъминоти тизимида қўлланиладиган замонавий реле ҳимояси ва автоматиканинг замонавий қурилмалари ҳақида маълумотлар келтирилган. Ишлаб чиқариш корхоналарида ва электр таъминоти тизимида қўлланиладиган ҳимоя воситаларининг ишлаш принциплари, уларни схемалари ва конструктив тузилишлари ҳозирда амалда тадбиқ этила бошлаган ярим ўтказгичли материаллар ва асбоблардан тайёрланган элементлар, микропроцессорли қурилмалар асосида ишловчи ускуналар орқали ёритилган
-
-
Электр алоқа назарияси
Ушбу дарсликда ахборот, хабар ва сигнал; чизиқли, ночизиқли, параметрик ва ночизиқли параметрик, радиотехник занжирларни тахлил этиш усуллари ва уларга асосланган электр алоқа асосий қурилмалари; модуляция ва детекторлаш; автогенераторлар; сигналлар ва халақитларни элементар ташкил этувчиларга ёйиш ва қайта тиклаш; сигналларга ишлов бериш; халақит бардошлик назарияси асослари; рақамли сигналлар; кўп каналли электр алоқа асослари; ахборотларни кодлаш ва узатиш усуллари; электр алоқа тизимларининг самарадорлиги ва мутаносиблиги; ахборотларни криптоҳимоялаш асослари етарли даражада ёритилган,
-
Сигналларга рақамли ишлов бериш
Ў‘қув қўлланма олий ўқув юртларининг “Радиотехника”, ‘Телевидение, радиоалоқа ва радиоешиттириш”, “Мобил алоқа тизимлари” та’лим йўналишлари талабалари учун мўлжалланган.
-
Tadbirkor
Biznes faqat tadbirkorni boy qiladimi? Davlat va jamiyat farovonligida uning o'rni qanchalik muhim? Keyin paytda o'zbek tilida ham tadbirkorlik va biznes haqidagi kitoblar, motivatsiya berish ko'zlangan biznes-treninglar ancha ko'paydi. Lekin ular ko'proq umumiy-nazariy bilim berish bilan cheklanadi. Firuz Allayev "Tadbirkor" nomli kitobida mavzuni sodda tilda, taniqli tadbirkorlar hayotidan olingan va o'z tajribasida duch kelgan amaliy misollar yordamida tushuntirib bergan. Kitobdan muallifning sohani yanada rivojlantirishga doir taklif va mulohazalari, yuqoridagi savollarga javoblari ham o'rin olgan.
-
Respiratory sleep medicine
The book provides a valuable update, not only for experienced sleep specialists, but also for trainees, nurses and allied healthcare professionals.
-
Fotometriya va rangshunoslik
Darslikda kino va televideniya mahsulotlarini tasvirga olish jarayonlaida foydalaniladiganfotometriya va rangshunoslikka tegishli bo'lgan asosiy kattaliklar va o'lchov birliklari, ularni o'lchash usullari , yoritish manbalarining tavsiflarini o'lchash usullari, jismlarning fotometrik hossalari, yoritish sharoitini operator tomonidan baholashi, yoritish va ekspozitsiyani hisoblash va sozlash, rang nazariyasi asoslari, rangli kontrastlarning turlari, tasvirga olish obyektlari ranglarining tavsiflari, ranglarni his etish o'lchash usullari bayon qilingan.