-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
-
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
Kutubxonashunoslik va arxivshunoslik
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
Chet til o`qitish metodikasidan ocherklar
Qo`llanmada chet til o`qitish metodikasining asosiy masalalari qisqa, sodda bayon qilingan. Qo`llanma universitetlarning xorijiy filologiya fakultetlari talabalari, maktab o`qituvchilari, hamda chet til o`rganish va o`rgatish masalalari bilan qiziqqan kitobxonlar uchun mo`ljallangan.Chet tillarini samarali o`rgatish uning metodikasini bilishni taqozo etadi. Bu birinchi navbatda, chet til o`qitish metodikasi kursi orqali ta`minlanadi.
-
Otasining ortidan Osvensimga ketgan bola
Vena, 1939 yil. Natsistlar politsiyasi oddiy hunarmand Gustav Klyaynman bilan uning o‘g‘li Fripni hibsga olib, ularni Buxenvaldga jo‘natadilar. Mahbuslar u yerda qiynoq, ochlik va konslager qurilishi bo‘yicha tinkani quritadigan og‘ir mehnatdan azoblanadilar. Bir yil o‘tgach, ular orasidagi rishtalar og‘ir sinovga duchor bo‘ladi. Gustavni Osvensimga jo‘natadilar, bu esa, mohiyatan o‘lim hukmini bildirardi, Fris o‘z jonini asrash haqida o‘ylamasdan, otasining ortidan ketadi. Gustavning maxfiy kundalik daftariga asoslanib va arxiv materiallarini sinchkovlik bilan tadqiq etgan xolda, ushbu kitob ilk bor aql bovar etmas jasorat va Xolokost tarixida o‘xshashi bo‘lmagan tirik qolish voqeasini bayon etadi. "Otasining ortidan Osvensimga ketgan bola" - odamlarda yaxshi va yomon jihatlar mavjudligi, yaqinlarning o‘zaro mehri hamda inson ruxining quvvatini eslatuvchi asardir.
-
Cho'l bo'risi
Hermann Hesse (1877-1962) XX asr olmon adabiyotining yirik namoyandalaridan biri, adabiyot sohasidagi xalqaro Nobel mukofoti sovrindori. Uning ko‘plab roman, qissa, hikoyalari, sheʼrlari, siyosiy va adabiy-tanqidiy ruhdagi asarlari chop etilgan. Ilk bor 1927 yilda bosilib chiqqan «Cho‘l bo‘risi» romani Hermann Hessega olamshumul shuhrat keltirgan teran psixologik asardir. «Cho‘l bo‘risi»da o‘z-o‘zini tahlil qilish va hal etilmagan maʼnaviy-ruhiy ziddiyatlarni yengish yo‘lidagi saʼy-harakatlar qalamga olinadi. Unda muallifning oldingi asarlarida ozmi-ko‘pmi aks ettirilgan Ruhga murojaat etish uslubi o‘zining yakuniy hamda to‘laqonli ifodasini topgan. Yozuvchi Tomas Mann ushbu roman haqida shunday deb yozgan edi: «Cho‘l bo‘risi» eksperimental dadillikda «Uliss», «Faux Monnayeurs» singari asarlardan qolishmaydigan roman ekanligini aytib o‘tirishga hojat bormikin? «Cho‘l bo‘risi» menga anchadan buyon ilk bor haqiqiy kitob mutolaasi ne ekanini qaytadan o‘rgatgan asardir»
-
Jahon miqyosidagi ta'lim.
Kitobda dunyo ta'lim tizimlari bo'yicha keltirilgan tahliliy ma'lumotlar va sharxlar ta'lim siyosatini olib borishda barcha mumkin bo'lgan xavf-xatar va ikkinchi darajali ta'sirlarni hisobga olish,ularning tizimga ta'sirini aynan qanday nazorat qilish va baholash mumkinligini,ilmiy asoslangan qarorlar qabul qilish naqadar muhimligini ishonchli tarzda korsatib beradi.
-
Masofali o`qitish nazariysi va amaliyoti
Ushbu kitobda masofali o`qitish bo`yicha masalalar mohiyati bayon qilingan.
-
Геодезия
Освоить методов создания карт, фототопографию (фотограмметрия), карт и планов по аэрокосмическим снимкам. Освоить методов геодезических работ при изысканиях в строительстве и эксплуатации инженерных сооружений при монтаже сложного оборудования, при эксплуатации природных ресурсов. (Кудратова Ш.)
-
Kompyuterni mustaqil o‘rganish
azkur o‘quv qo‘llanmada kompyuter texnikasi va uning tuzilishi, tarkibiy qismlari hamda dasturiy vositalaridan foydalanishni o ‘rganishga oid ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, qo‘llanma Microsoft Windows XP operatsion tizimi, Microsoft Word 2003 matn muharriri, Microsoft Excel 2003 jadval muharriri, Microsoft PowerPoint 2003 taqdimotlar muharriri, Internet va Internet Explorer dabtuii hainda elektron pochta va Outlook Express dasturlaridan foydalanishni mustaqil ravishda o ‘zlashtirishga yo‘naltirilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanma kompyuter va uning dasturiy vositalarini mustaqil о ‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan
-
Mikroprotsessor
Telekommunikatsiya sohasi uchun yuqori mutaxassislarni tayyorlash uchun mikroprotsessorlarni bilish, dasturiy boshqariladigan mikroprotsessorli tizimlarni yaratish, tahlil etish bo‘yicha bilimlar zarurdir. Mavjud davrda hisoblash tizimlari juda tez odimlar bilan rivojlanib kelmoqda. Shuning uchun “Mikroprotsessor” fani boshqa fanlarga qaraganda o‘zining tezkor o‘zgarishi bilan farqlanadi. Ushbu o‘quv qo‘llanmada mikrokontroller va uning arxitekturasi, tuzilishi, turlari, tashqi qurilmalar bilan ma’lumot almashishi, dasturlash asoslari, dasturiy va apparat vositalarini yaratishni o‘rganish masalalarini o‘z ichiga olgan. Mazkur fan talabalarga maxsus fanlarni o‘zlashtirishda, keyinchalik ishlab chiqarish, loyihalash va tadqiqot ishlarida kerak bo‘ladigan asosiy negiz tushunchalarini o‘rgatadi.
-
Axborot texnologiyalari atamalarining izohli lug‘ati
Mazkur lug'atda hozirgi raqamlashtirish davrida axborot texnologiyalari sohasi bo'yicha qo'llaniladigan termin va atamalar va ularning izohi berilgan. Mazkur lug'atdan axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida faoliyat yuritadigan mutaxassislar, ilmiy xodimlar hamda ATK sohasiga qiziquvchilar foydalanishi mumkin.
-
Kiberxavfsizlik asoslari
'quv qo'llanmada kiberxavfsizlik va uning asosiy tushunchalari, axborotning kriptografik himoyasi, foydalanishni nazoratlash, tarmoq xavfsizligi, foydalanuvchanlikni ta'minlash usullari, dasturiy vositalar xavfsizligi, axborot xavfsizligi siyosati va risklarni boshqarish, kiberjinoyatchilik, kiberhuquq, kiberetika hamda inson faoliyati xavfsizligining nazariy va amaliy asoslari muhokama etilgan. O'quv qo'llanma 5330300 "Axborot xavfsizligi”, 5330500 "Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi, AT-servisi, Multimedia texnologiyalari)", 5330600 "Dasturiy injiniring", 5350100 "Telekommunikatsiya texnologiyalari (Telemommunikatsiya, teleradiouzatish, mobil tizimlar)", 5350200 - "Televizion texnologiyalar (Audiovizual texnologiyalar, telestudiya tizimlari va ilovalari)", 5350300- "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment", 5350400 "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta'limi", 5350500 "Pochta aloqasi texnologiyasi" va 5350600 - "Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik" yo'nalishlari bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar uchun tavsiya etiladi, hamda faoliyati axborot xavfsizligini ta'minlash bilan bog'liq boʻlgan mutaxassislarning keng doirasi uchun ham foydali bo'lishi mumkin.
-
Sun'iy intellekt va neyron tarmoqlari
Xozirgi paytda eng samarali ishlayotgan dasturlash tillaridan biri bu Java dasturlash tilidir. Java dasturlash tilini chuqur o‘zlashtirish va uning imkoniyatlarini turli sohalarga qo‘llay bilish AT mutaxassislaming mehnat bozoridagi mavqiyesini keskin oshiradi. Zamonga mos, raqobatbardosh mutaxassis txrlib yetishish imkonini beradi. Ushbu darslikda aynan shu masalalarga e’tibor berilgan. Darslikda Java dasturlash tilining o‘ziga xos xususiyatlari, yuqori darajadagi boshqa dasturlash tillaridan farqi va bu dasturlash tilining ma’lumotlar bazasi, tarmoqlar obyektlarini dasturlash, hamda zamonaviy mobil vositalar va planshetlar uchun milliy ta’lim resurslarini tayyoriashdagi imkoniyatlari yoritilgan.
-
Hujum insidentlari va unga reaksiya
O'quv qo'llanma axborot xavfsizligi hodisalarni samarali yo'l bilan aniqlash va hal qilish xususan ularni qachon axborot insidenti sifatida tasniflash lozimligi haqida qaror qabul qilish aniqlangan axborot xavfsizligi insidentlarini baholash va ularga nisbatan eng maqbul va samarali tarzda chora ko'rish xususida ma'lumotlarni ifodalangan"hujum insidentlari va unga reaksiya nomi ostidagi fan bo'limiga bag'ishlangan. O'quv qo'llanma 5330300- Axborot xavfsizligi yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan bakalavriatura talabalari uchun tavsiya etiladi, hamda faoliyati axborot xavfsizligini ta'minlash, hujum insidentlari va unga reaksiya bilan bo'liq bo'lgan mutaxassislarning keng doirasi uchun ham foydali bo'lishi mumkin.
-
Umumiy bibliografiya: o‘quv qo‘llanma.
O‘quv qo‘llanmada axborot-kutubxona muassasalari faoliyatida muhim yo‘nalish bo‘lgan bibliografiya nazariyasi, tarixi, metodi va uni tashkil etish masalalarini o‘rganadigan va ishlab chiqadigan fan sohasi bo‘lgan bibliografiya asoslari ko‘rib chiqilgan. Kitobxonlarga axborotlami qidirish va to‘plashning asosiy qoidalarini o‘rgatish, kutubxonachilik-bibliografik manbalar bilan ishlash, tavsiyaviy bibliografiya yordamida adabiyotlami ajratish bibliografiyada alohida ahamiyat kasb etadi. Axborot-kutubxonada ma’lumot bibliografiya va virtual bibliografik xizmatlar ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratiladi. Shuning uchun ham ma’lumot bibliografiya apparati, bibliografik faoliyat, bibliografiyalash uslubiyoti, bibliografiya texnologiyasi, annotatsiyalash va referatlash jarayonlari zamonaviy yondashuvlar asosida yoritilgan. O‘quv qo‘llanma 5350600-«Axborotlashtirish va kutubxonashunoslik» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari va o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, axborot-kutubxona sohasi mutaxassislari ham o‘z faoliyatlarida qo‘llashlari mumkin.
-
INTERNET TARMOQLARI VA XIZMATLARI
Ushbu darslikda internet tarmog‘ining tuzilishi, komponentlari, foydalanuvchilarning internet tarmog‘iga ulanish usullari, ularning texnik tavsiflari, internet tarmog‘i texnologiyalari, internet tarmog‘ida ma’lumotlarni uzatish tamoyillari, internet tarmog‘ida OSI modeli, tarmoq protokollari va internet xizmatlarining tashkil etilishi atroflicha yoritilgan. Darslik axborot texnologiyalari universitetining barcha ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalari va O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi korxonalari muxandis xodimlari uchun mo‘ljallangan.
-
RAQAMLI KRIMINALISTIKA
O'quv qo'llanma raqamli kriminalistikaning asosiy tushunchalari, vazifalari va ko'rinishlari, kompyuter jinoyatlarini tadqiq qilish va ekspert faoliyatida kompyuter texnologiyalari va kompyuter texnikalarini nazariy va amaliy asoslarini qo'llanilishi ifodalagan Raqamli kriminalistika» nomi ostidagi fanning bo'limiga
-
КУРС ЛЕКЦИЙ ПО ДИСЦИПЛИНЕ «Теория перевода»
В лекциях изложены основные положения из лингвистической теории перевода, необходимые для теоретической подготовки начинающего переводчика: перевод как разновидность межъязыковой и межкультурной коммуникации, двуязычие, многоязычие и основы перевода, что такое перевод, явление интерференции в переводе, буквальный и свободный перевод, основные виды перевода по содержанию, восприятию и оформлению, закономерные соответствия в переводе, грамматические трудности при переводе, трансформации, используемые при переводе, работа со словарем, реферирование и аннотирование иностранной специальной литературы.