-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
Geodeziya. Kartografiya
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Bolalar adabiyoti antologiyasi
Mazkur boshlang'ich sinf o'quvchilariga tavsiya etiladigan she'rlar to'plami umumta’lim maktablarining boshlang'ich sinf o'qituvchilariga mo'ljallangan bo'lib, unda o'quvchilar yod olishi lozim bo'lgan she’rlar va ularni o'rgatish usullari amaliy ishlanma sifatida ko'rsatib berilgan. Shuningdek, she’r g'oyasi va mazmunining bolalar saviyasiga mos bo 'lishiga ham alohida e’tibor berildi. Ushbu uslubiy qollanma boshlang'ich sinf o'qituvchilari va talabalarga, shuningdek, barcha qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Jahon adabiyoti
Ushbu o'quv qo'llanma jahon adiblari haqida adabiy ocherklar, sharhlardan iborat bo'lib, unda adiblarni guruhlashda ularning qaysi adabiy metodga mansubligiga tayanildi, ulkan jahon adabiyoti ummonining eng muhim bosqichlari to'g'risida umumiy tasavvur berishga va uning yirik namoyondalari hayoti hamda ijodi bilan muxtasar tanishtirishga harakat qilindi. Mazkur o'quv qo'llanma Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Ta’limda multimedia texnologiyalaridan foydalanish
Ushbu darslik 5A111701 ˗ Ta’lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim) mutaxassisligi magistrantlari uchun moʻljallangan boʻlib, unda axborot texnologiyalari, uning tarixi, axborot texnologiyalaridan foydalanish mazmuni, turlari, boshlang‘ich ta’limda axborot texnologiyalaridan foydalanishning didaktik imkoniyatlari, innovatsion texnologiyalardan foydalanishning ahamiyati, turlari, ta’limda foydalaniladigan multimedialar mazmuni, Power Pointda turli animatsion taqdimotlar tayyorlash strukturasi, masofaviy ta’lim mazmuni, ahamiyati, uni ta’lim jarayoniga olib kirishning didaktik mohiyati, metodi va usullarini tashxis etish masalalari yoritilgan. Qolaversa, har bir mavzu bo’yicha ijodiy topshiriq, test, muammoli savol va keyslar ishlab chiqilgan.
-
Umumiy entomologiya va zoologiya
Mazkur darslikda Respublikamizda hasharotlar va hayvonot olami- ning sohaga tegishli ayrim vakillarining morfologiyasi, anatomiya va fiziolgiyasi, biologiyasi,ekologiyasi hamda sistematikasi sodda tilda bayon qilingan. Darslik asosan qishloq xo‘jalik institutlarining (5410300 - o‘sim- liklar himoyasi va karantini bakalavr yo‘nalishi) talabalari va magistrantlari uchun mo‘ljallangan.
-
Ekonometrika asoslari
O`quv qo`llanma o`quv dasturiga muvofiq yozilgan. Unda ekonometrik modellashtirish asoslari,ekonometrik modellarninga axborot ta`minoti, juft va ko`p omili ekonometrik tahlil,ekonometrik modellarni baholash,vaqtli qatorlar,tenglamalar tizimi ko`rinishidagi ekonometrik model,amaliy ekonometrik modellar,iqtisodiy ko`rsatkichlarni prognozlashda ekonometrik modellardan foydalanish mazmun mohiyati yoritilgan.
-
Социология
Қўлингиздаги ўқув қўлланма давлат ва жамият қурилиши, ижтимоий жараёнлар ва жамоаларнинг шаклланиши, тадрижий ўзгариши тенденцияларини илмий тадқиқ этиш йўллари, бу борада фаолият юритаётган дунёдаги мавжуд социологик мактаблар, улуғ мутафаккирларимизнинг социологик қарашлари ҳамда шу масалаларнинг бугунги ҳолати ва ривожланиш хусусиятлари ҳақидаги билимларни ўзида ифодалаган.
-
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish
Ushbu qo‘llanmada “Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish” faniga taalluqli bo‘lgan ma’ruza mashg‘ulotlari yoritilgan bo‘lib, bakalavriatning barcha ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, mazkur qo‘llanma 14 ta mavzuni o‘zida jamlagan bo‘lib, unda ekologiya fanining maqsad va vazifalari, tarixi, ekologik usullar, ekologik omillar, organizmlarning suv va tuproq muhitiga moslashishlari, atrof-muhitning ifloslaninsh darajalari, o‘simlik va hayvon turlari sonining qisqarish sabablari, “Qizil kitob” va ekologik ta’lim va tarbiyaga bag‘ishlangan mavzular aks ettirilgan.
-
Boshlang'ch matematika nazariyasi va metodikasi.
Mazkur uslubiy qo'llanma kollejlarning boshlang'ich ta'lim yo'nalishlarida tahsil alnvchi o'quvchilanga mo'ljallab yozilgan bo'lib, u bo'lajak boshlang'ich ta'lim o'qituvchilariga boshlang'ich matematika nazariyasi va metodikasi fanidan kasbiy malukularini egallashlariga yordam bcradi.
-
Kosmik geodeziya va global navigatsiya sun`iy yo`ldoshlar tizimi
Darslikda rossiya va amerika glonass va navstar gps yo`ldoshli radionavigatsiya tizimlari, tizim foydalanuvchilarning apparaturalari, qo`llaniladigan koordinatlar va vaqt tizimlari, harakat nazariyasining asoslari va kosmik apparatlar efemeridalari hisoblash, muhitning signallarining tarqalishiga ta`siri, geodezik kuzatishlarining asoslangan usullari, xatolar tahlili, dala ishlari texnologiyasi, hisoblash ishlari va boshqalar yoritib berilgan.
-
Adabiyotimiz sahifalari
Qo‘llanmada Navoiy adabiy -estetik qarashlari, an’analari va badiiy til mahorati va milliyligi Abdulla Qodiriy, G'afur G'ulom, Hamid Olimjon, Abdulla Qahhor, Mirtemir, Usmon Nosir va Zulfiya asarlari misolida yoritiladi.
-
Aholi daromadlari va turmush sifati
Ushbu o`quv qo`llanmada aholi daromadlari, uning turlari, shakllanish manbalari, aholi daromadlarini davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlari, aholi daromadlarining tabaqalashuvi, daromadlar siyosati va uning asosiy yo’nalishlari, turmush sifati va uning asosiy ko'rsatkichlari, iste’mol budjeti va uning shakllanishi, kambag‘allik muammosi va uni cheklash yo`llari yoritilgan.
-
O`simlikshunoslik
Ushbu darslik kasb ta’limining qishloq xo‘jalik, asosalari yo‘nalishi bo‘yicha kasb-hunar kollejlariga mo‘ljal lan gandir. Qishloq xo‘jaligida o‘simliklarni yetishtirish asoslarini o‘rgatishga mo‘ljallagan mavzularga tegishli dars materiallarini milliylik asosida mavjud darsliklardan, ensiklopediyalardan tarixiy va zamonaviy, ilmiy va uslubiy manbalardan foydalanib keltirishga harakat qilingan.
-
Ijtimoiy falsafa
Ushbu o‘quv qo'llanmada jamiyat, uning falsafiy tahlili, tamoyillari, jamiyat hayotining asosiy sohalari, unda kechayotgan harakat, o ‘zgarish, taraqqiyot jarayonlarining mohiyati, o‘ziga hos jihatlari, jamiyatda amal qilinadigan umumiy qonunlar, jamiyatni ilmiy anglash yo'llari va usullari, umuminsoniy muammolarga doir masalalar o‘z ifodasini topgan.
-
Rangtasvir
O`quv qo`llanma dastur asosida rangtasvir yo`nalishi bo`yicha akvarel bo`yoqlari bilan ishlash usullari, xomaki etyudlar, natyurmort chizish kabi mavzular bo`yicha talabaning kasbiy bilim va mahoratini oshirishga mo`ljallangan.
-
Узум етиштириш ва майиз қуритишнинг замонавий технологияси
Ушбу қўлланма USAID (Америка Қўшма Штфтлари Халқаро ривожлантириш агентлиги) томонидан молиялаштирилаётган Aglinks лойиҳаси ҳамда Р.Р.Шредер номли боғдорчилик, узумчилик ва виночилик илмий текшириш институти ҳамкорлигида тайёрланди.
-
Monopoliyaga qarshi boshqaruv nazariyasi
O`quv qo`llanma mazkur fan bo`yicha ma`ruza boblarining tayanch konspekti,mustaqil ta`limga oid topshiriqlar, oraliq nazoratga oid o`quv loyihalarning namunaviy boblari, yakuniy nazaratga oid namunaviy savollar va topshiriqlar har bir bob bo`yicha talabalarning mustaqil ishlashi uchun zarur bo`lgan adabiyotlar ro`yxatini hamda glossariylarni o`z ichiga olgan bo`lib u 5a230108 - Monopoliyaga qarshi boshqaruv va raqobatni rivojlantirish mutaxassisligida tahsil olayotgan talabalar uchun "Monopologiyaga qarshi boshqaruv nazariyasi" fanidan o`quv qo`llanma sifatida tavsiya etiladi.