-
-
-
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
-
-
-
Tarmoqlararo modellar
Mazkur o`quv qo`llanmada milliy iqtisodiyotni turli tarmoqlarida qo`llaniladigan iqtisodiy-matematik usullar va modellar,sanoat korxonalarida tirli xildagi yuklarni tashishning optimal rejasini aniqlash, oddiy va ko`p bosqichli transport masalasi va ularni yechishning Brudno,Lyambda usullari keltirilgan, milliy iqtisodiyotda qo`llaniladigan tarmoqlararo balans modellari har tomonlama yoritib berilgan.
-
Algebra vа sonlar nazariyasi
O‘quv qo‘llanma «Algebra va sonlar nazariyasi» fani Davlat ta’lim standard hamda dasturiga to‘la mos keladi. Tavsiya etilayotgan nazariy savollar va amaliy topshiriqlar modullarda jamlangan bo‘lib, ularda keltirilgan metodik tavsiyalar ushbu o ‘quv qo‘llanmadan foydalanuvchilarga keng imkoniyatlar yaratadi.
-
Jahon etnologiyasi asoslari
Milliy mafkuraning shakllanishi o'zbek xalqining, ayniqsa, yoshlar ongi, bilim darajasining o'sishi bilan bevosita bog'liq. Ularning jahon xalqlari etnik qiyofasini tasavvur qilishi, ayrim millat va elatlarning etnogenezi, etnik tarixi, moddiy-ma'naviy hayotini, milliy his-tuyg'ulari, tabiatini bilishi juda muhim zaruriyat desa bo'ladi. Ushbu kitobda jahon xalqlarining kelib chiqishi, etnik jarayoni, shakllanishi, joylashuvi, madaniy-maishiy turmushi, moddiy-ma'naviy madaniyati, urf-odat va bayramlari, diniy tasavvurlari xususida batafsil ma'lumotlar berilgan. Mazkur kitob 1985-yilda "O'qituvchi" nashriyotida chop etilgan "Jahon xalqlari etnografiyasi" darsligining tubdan qayta ishlangan va yangi manbalar bilan to'ldirilgan nashri bo'lib, unda hozirgi murakkab etnik va etnomadaniy jarayonlar, xalqlarning hozirgi hayotida bo'layotgan ayrim o'zgarishlar aks etgan. Ushbu kitob etnologiya va uning tarixini o'rganayotgan olimlar, talabalar va ushbu sohaga qiziqqan keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.
-
Jamiyat hayot xotin-qizlar va ularning ijtimoiy faolligi
Ushbu monografiyada O'zbekiston Respublikasida bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohatlar tufayli ayollarning jamiyatidagi o'rni va mavqiyini oshirish islohatlar borasidagi ishlardir.
-
Социология
Данная книга представляет обобщенное изложение социологического материала, куда входят анализ самой социологии как наука, определение основных категорий теоретической социологии, изложение основ отдельных конкретно-социологических дисциплин и раскрытие методологических основ прикладной социологии.
-
PHP 5/6
Рассмотрены самые последние версии языка разработки серверных сценариев PHP —5.3 и 6.0. Подробно описан язык PHP, в том числе вопросы объектно-ориентированного программирования на PHP, обработки исключительных ситуаций, взаимодействия c MySQL и многое другое. В книге обсуждаются все вопросы, с которыми может столкнуться Web-разработчик, начиная с создания инструментария для быстрой разработки Web-приложений и последних нововведений языка программирования PHP и заканчивая вопросами безопасности и особенностями программирования клиент-серверных приложений. Книга имеет практическую направленность, т. к. содержит множество примеров, взятых из практики разработки динамических Web-сайтов.
-
Gistologiya
“Gistologiya” bo’yicha amaliy mashg’ulotlar uchun o’quv qo’llanma oliy o’quv yurtlarning biologiya fakultetlari bakalavr-talabalari uchun yozilgan. Qo’llanma O’zbekiston Respublikasining Oliy ta’lim Vazirligi tasdiqlagan o’quv reja asosida tuzilgan. Tibbiyot va qishloq xo’jaligi oliy o’quv yurtlari va tabiiy yo’nalishdagi litseylarda mashg’ulotlar o’tkazishda foydalanish mumkin.
-
Axloq falsafasi
Qo'llanma bakalavriat ta’lim yo'nalishlarida falsafa, etika, estetika fanlaridan ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Mazkur qo'llanmadan tarbiyaviy ishlar va targ'ibot tadbirlarini amalga oshirishda foydalanishi mumkin. Inson borlig‘i bilan qiziquvchilarkitobxonlarga ham qo‘llanma tavsiya etiladi.
-
Tabiiy bilimlar zamonaviy konsepsiyasi
«Tabiiy bilimlar zamonaviy konsepsiyasi"ning maxsus fan sifatida insoniyat yaratgan ilmning eng yuksak pog'onasiga ko'tarilganligi, uning predmeti, maqsadi, vazifasi va o'qitish uslublari (kuzatish, eksperiment, modellashtirish va boshqalar). Ilmiy tadqiqotning emperik va nazariy nisbati. Analiz, sentez, umumlashtirish, induksiya, deduksiya, modellashtirish va klassifikatsiyalash; o'rganiladigan predmetni o'rtacha aniqlik kirituvchi, statistik va nihoyat tabiatshunoslikda matematik uslubni qo'llash va hokazo, o'rganishni taqazo etadi.
-
Milliy g‘oya, ma’naviyatning pedagogik asoslari
Bugungi kunda bo`lajak mutaxassislar oldiga qo`yiladigan yangi ma`naviy tafakkurni shakllantirish vazifasi bugungi “Milliy g`oya, ma`naviyatning pedagogik asoslari” fanining mazmun-mohiyatini tashkil etadi. Bu o`quv qo`llanma bakalavr ta`limy o`nalishiga mo`ljallangan bo`lib,unda milliy g`oya va ma’naviyatga oid fanlarni o`qitishning o`ziga xos xususiyatlari, ushbu fanlarni o`qitishda turli vositalardan foydalanish, o`quv jarayonida shaxs xususiyatlarini hisobga olish, milliy g`oya va ma’naviyatga oid fanlarni o`qitishning nazariy-huquqiy va pedagogik asoslarini, ma’naviy tarbiyaning asosiy yo`nalishlarini, milliy g`oya va ma’naviyatga oid fanlarni o`qitishda yangicha yondashuvlar va innovatsiyalarni qo`llashni, milliy g`oya va ma’naviyatga doir fanlar orqali yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishni ilmiy jihatdan ochib berishga oid barcha masalalar keng yoritib berilgan.
-
Tarix fanlaridan laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish usullari
Tarix o'qitish metodikasi yo ‘nalishi o'quv rejasiga kiritilgan “Tarix o'qitish jarayonini loyihalash”, “Arxeologiya” va “Tarix o'qitish nazariyasi va metodikasi” fanlaridan laboraioriya maslig'ulotlarini bajarish mobaynida talabalar, tarix fanlarini o'qitishni zamonaviy asosda tashkil etish uchun lozim bo ‘Igan uslubiy jarayonlarni o'zlashtirishlari talab etiladi.
-
O'zbek tili I-qism
Mazkur darslik tibbiyot institutlarining talabalariga mo'ljallangan. Unda sog'liqni saqlash ta'lim sohasining davolash ishi, kasbiy ta'lim, pediatriya ishi, tibbiy biologiya ishi ta'lim yo'nalishlarining xususiyatlari hisobga olingan holda matnlar, ish yuritish qog'ozlari kiritilgan.
-
Bino va inshootlar konstruksiyasi
Ushbu darslikda bino va Inshootlar kategoriyalari, turlari, ularning vazifaviy belgilari, olovbardoshlilik, zilzilabardoshlik ldasslari, imoratlarni loyihalash texnologiyasi - avtomatlashtirish tizimi, ijro etishda konstruktiv yechimlar topish, poydevor turlari va ularni loyihalash amaliyoti, turli materiallardan: mahalliy xomashyolardan, beton va temir-beton, po'lat, yog'och hamda kompozit materiallardan tayyorlangan konstruksiyalar xarakteristikalari, ulardan foydalanish haqida bilimlar berilgan.
-
IX - XIX асрлар рус фалсафаси
Ушбу қўлланмада жаҳон фалсафасининг ажралмас булакларидан бири бўлган рус фалсафаси ривожланишининг уч даври қамраб олинган бўлиб, ҳар бир давр (IX -XVII аср ҳар рус фалсафаси XVIII аср рус фалсафаси, XIX аср рус фалсафаси) тафаккур тараққиётининг асосий хусусиятлари изчил баён қилинган
-
Menejment
Menejmentning mohiyati va vazifalari, davlat boshqaruvi asoslari, hududiy menejment, personal boshqaruvi,bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyati, biznes va tadbirkorlik faoliyatini boshqarish, menejment nazariyasi va amaliyotining rivojlanishi, menejmentda tizimli-vaziyatli yondashuv, menejment qonunlari va tamoyillari, menejment jarayoni va uning vazifalari, menejmentning tashkiliy tuzilishi, boshqaruv usullari va ularning tavsiflanishi, axborot va kommunikatsiya boshqaruv qarorlarini qabul qilish va uni takomillashtirish.
-
Jismoniy tarbiya va sport (qo`l to`pi)
Ushbu o`quv qo`llanmada sport va harakatli o`yinlarni o`qitish metodikasi (qo`l to`ri) sportining paydo bo`lish tarixi, o`yin texnikasi va taktikasi, qo`l to`pi o`yin qoidasi, musobaqalarni tashkil etish va o`tkazish hamda mashg`ulotlarni tashkil etish haqida fikr yuritiladi.