-
-
-
-
Qurilish. Arxitektura
-
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALAR
Mazkur o‘quv qo‘llanmada texnik tizimlarda axborot texnologiyalarining nazariy asoslari va amaliy qo‘llanilishi yoritilgan.
-
Elektron hukumat
O‘quv qo‘llanma “Elektron hukumat” fanidan o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, talabalarni zamonaviy raqamli boshqaruv tizimlari bilan tanishtirish hamda davlat xizmatlarini raqamli platformalar orqali amalga oshirish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan.
-
English for oil and gas industry
Ushbu ingliz tili oʻquv qoʻllanmasi Qarshi davlat texnika universitetining 60720600 – “Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi” mutaxassisligi boʻyicha birinchi kurs talabalari uchun ishlab chiqilgan. Oʻquv qoʻllanma fan oʻquv dasturi asosida tayyorlangan hamda fan dasturiga muvofiq tuzilgan bo‘lib oʻttizta darsdan iborat. Har bir dars faol so‘zlar , leksik mashqlar, oʻqish va gapirish uchun matnlarni oʻz ichiga oladi. Ushbu oʻquv qoʻllanma talabalarga kelajakdagi faoliyati uchun juda muhim boʻlgan ingliz tilini oʻrgatishga qaratilgan. Shu maqsadda oʻquv qoʻllanmada har bir darsga mos keladigan koʻplab ixtisoslashtirilgan matnlar, neft va gaz atamalari, tinglash va oʻqishni tushunish uchun zamonaviy va qiziqarli topshiriqlar mavjud. Oʻquv qoʻllanmaning asosiy maqsadi talabalarning neft va gaz sohasidagi bilimlarini oshirish, oʻz taʼlim sohalariga asoslangan holda til koʻnikmalarini oshirishdir. Ushbu oʻquv qoʻllanma filologiyaga oid boʻlmagan universitetlarning birinchi kurs talabalari uchun moʻljallangan.
-
QATLAMLARNING UGLEVODOROD BERAOLISHLIGINI OSHIRISH
Darslikda fanda o‘rganiladigan masalalarning dolzarbligiga asoslanib, dunyo miqyosida neft va gaz bera olishlikni oshirish bora-sidagi tajribaga asoslangan holda, uglevodorod bera oluvchanlikka ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan.
-
Sifat auditi
Ushbu o'quv qo'llanmada sifat auditi tushunchasi, auditning maqsad va vazifalari, auditlarning turlari, auditorlarga qo'yiladigan talablar, audit dasturlarini rejalashtirish, o'tkazish, hujjatlashtirish, natijalarni baholash hamda takomillashtirish masalalari tizimli ravishda yoritib berilgan.
-
TABIIY GAZ VA GAZAKONDЕNSATNI QAYTA ISHLASH
Darslikda tabiiу gazni, kondеnsatni va qaуta ishlanadigan mahsulotlarning asosiу fizik-kimуoviу xossalari, gazni qaуta ishlaуdigan zavodlarning xomashуosi va mahsulotlari xossalarini aniqlash va ularning usullari o‘rganilgan.
-
Qurilish materiallari va buyumlari
Mazkur dasrlikda ilg‘or xorijiy adabiyotlardan foydalanilgan holda bino va inshootlar qurilishida keng qo‘llaniladigan qurilish materiallari - mineral va polimer bog‘lovchilar, ular asosida tayyorlanadigan betonlar, qorishmalar, kompozitsion materiallar hamda tabiiy tosh materiallari, yog‘ochlar, metall buyumlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, binolar qurilishida muhim ahamiyat kasb etuvchi energiya samarali issiqlik izolyatsiyalovchi materiallar haqida tahliliy m’lumotlar yoritilgan. Ushbu darslikda qurilish sohasidagi barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan ushbu soha muhandis-texnik xodimlari ham foydalanishlari mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim fan va innovatsiya vazirligi qurilish sohasi ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun o‘quv darslik sifatida tavsiya etilgan.
-
Kompyuter tizimlari va tarmoqlari
Bu dаrslik nаmunаviy vа ishchi о‘quv rejа hаmdа о‘quv dаsturgа muvоfiq ishlаb chiqilgаn bо‘lib fаnni о‘rgаnish uchun zаrur bо‘lgаn аsоsiy tushunchа vа mаsаlаlаrni о‘z ichigа оlаdi.
-
Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar
Mazkur darslik “Ma’lumotlar tuzilmasi va algoritmlar” fanining nazariy asoslari hamda ularning amaliy qo‘llanilishiga bag‘ishlangan. Darslikda ma’lumotlar tuzilmalari tushunchasi, ularning klassifikatsiyasi, massivlar, bog‘langan ro‘yxatlar, stek va navbatlar, daraxtsimon va graf tuzilmalari, shuningdek, qidirish, saralash, xeshlash va rekursiv algoritmlar batafsil yoritilgan.
-
Elektrotexnika va elektronika laboratoriya ishlari
O‘quv qo‘llanma 60720800 - Konchilik ishi ta`lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga kiritilgan “Elektrotexnika va elektronika” fan dasturiga muvofiq tuzilgan.
-
Kimyo va neft-gaz sanoati qurilmalarini hisoblash asoslari
Ushbu o‘quv qo‘llanma texnologik jarayonlar va apparatlarni hisoblash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda kimyo, oziq-ovqat, neft-gaz va boshqa texnologik sanoat korxonalarida qo‘llaniladigan asosiy apparatlar konstruksiyasini hisoblash usullari keltirilgan.
-
Elektr ta’minoti tizimida muqobil energiya manbalari
Darslik 60710600 – Elektr energetika (Elektr ta’minoti) ta’lim yo’nalishi o’quv rejasiga kiritilgan “Elektr ta’minoti tizimida muqobil energiya manbalari” fan dasturiga muvofiq tuzilgan. Darslikda fan dasturining asosiy qismida belgilangan qayta tiklanuvchi muqobil energiya manbalarining resurslari va ularning zahiralari, elektr energiyasini Quyosh fotoelektr, shamol, gidroelektr, geotermal va atom elektr stansiyalarida ishlab chiqarish, ularning tuzilishi va ishlash prinsiplariga oid nazariy ma’lumotlar batafsil yoritilgan.
-
Ko'tarish-tashish, yo'l qurilish mashinalari muhandisligi
Oʻquv qoʻllanmada avtomobil yoʻllarini, koʻtarish-tashish yoʻl qurilish mashinalaridan foydalanib qurishda, ta’mirlash va saqlash ishlarini amalga oshirishning zamonaviy texnologiyalari, mexanizmlari va texnikalari va ularni qoʻllash toʻliq yoritilgan. Oʻquv qoʻllanma 60730800- “Yo‘l muhandisligi”ta’lim yoʻnalishi boʻyicha tahsil olayotgan bakalavr talabalar, shuningdek yoʻl xoʻjaligi mutaxassislari va shu sohaga qiziquvchilar uchun moʻljallangan.
-
Biznes boshqaruv asoslari
Mazkur oʻquv qoʻllanma "Biznes boshqaruv asoslari" fanining predmeti, maqsad va vazifalari, missiyasi, fanni oʻrganish usullari, nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan.
-
Audit va turdosh xizmatlar
Audit va turdosh xizmatlar" fanidan mashgʻulotlar toʻplami namunaviy dastur asosida bakalavriat yo'nalishining buxgalteriya hisobi va audit yo'nalishi uchun moʻljallangan.
-
Memory and social movements in modern and contemporary history : remembering past struggles and resourcing protest
"Memory and Social Movements in Modern and Contemporary History" explores the dynamic relationship between collective memory and political activism. Edited by Stefan Berger and Christian Koller, this volume examines how social movements—ranging from labor and feminist groups to environmental and civil rights activists—use the past as a "resource" for current protests. The contributors analyze how historical narratives, symbols, and "sites of memory" are reclaimed to legitimize struggles, mobilize supporters, and challenge dominant power structures. By looking at diverse case studies across the 19th, 20th, and 21st centuries, the book highlights how the act of remembering is itself a form of resistance and a tool for shaping future political identities.