-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
-
-
-
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
Жахон тарихи II қисм
Қўлланма олий ўқув юртлари тарих факультетлари талабалари ва профессор-ўқитувчилари учун мўлжалланган. Шунингдек ундан ўрта махсус касб-хунар таълими муассасалари, умумтаълим мактабларининг тарих фани ўқитувчилари хам фойдаланишлари мумкин.
-
MOLIYAVIY HISOB VA HISOBOT
Mazkur o‘quv qo‘llanma talabalar uchun «Moliyaviy hisob va hisobot» fanidan asosiy o‘quv adabiyoti sifatida xorijiy tajriba asosida tayyorlangan bo‘lib, undan boshqa iqtisodiyot yonalishida tahsil olayotgan talabalar, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mutaxassislari, ushbu sohada ilmiy izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar ham foydalanishlari mumkin.
-
Аҳмад Фарғоний
Буюк бобокалонимиз Аҳмад ал-Фарғоний астрономия, физика, фалсафа каби аниқ фанлар бўйича ўз даврида оламшумул ишларни амалга оширган. Эвропада Ал-Фарангус номи билан машҳур бўлган бобомиз Испаниядаги Қардова университетининг биринчи профессори бўлган.
-
O`zbek adabiy tanqidchiligi tarixi
Darslikda o‘zbek adabiy tanqidining fan va san'at sifatidagi estetik mohiyati. paydo bo'lishi, shakllanishi va taraqqiyot tarixining o‘ziga xos tamoyillari bosqichma-bosqich o'rganilib umumlashtirilgan. O ‘zbek adabiy tanqidi rivojiga munosib hissa qo‘shgan qator yetakchi adabiyotshunos-munaqqidlar ilmiy-ijodiy faoliyati yoritilgan. Shuningdek, adabiy tanqidning janriy tarkibi tasnif etilib, taqriz, adabiy-tanqidiy maqola, adabiy portret, tanqidiy-biografik ocherk, esse, adabiy-tanqidiy maktub, adabiy suhbat kabi janrlar tahlil etilgan. Har bir mavzu reja, mavzuni mustahkamlovchi savollar, tayanch tushunchalar bilan ta’minlangan.
-
Diyetologiya
Darslikda unumli ovqatlanish va diyetologiyaning zamonaviy omillari, tamoyillari va ulami tashkil qilishda qo‘llaniladigan yangi texnologiyalar ifodalangan bo‘lib, alohida e’tibor O'zbekiston Respublikasi iqlimi, ob-havo sharoitlarini inobatga оlgan hoida dolzarb mavzular keng ko‘lamda yoritilgan. Alohida e’tibor parhez ovqatlanishning turli holatlar va kasalliklarda qoilanishi asoslariga qaratilgan.
-
Etnologiya
Ushbu o‘quv qo'llanma tanishtiruv xarakteriga ega bo'lib, ijtimoiy- gumanitar yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalarni etnologiyaning asosiy muammolari bilan tanishtiradi. Qolaversa, talabalarni tadqiqotchi sifatida etnografik materiallar yig'ish va to‘plangan ma’lumotlarni mustaqil tahlil qilishga o‘rgatadi.
-
Eksperimentni rejalashtirish va statistik tahlil (II qism)
Darslik ilmiy - tadqiqot ishlari eksperimental tadqiqotlari natijalarini ehtimollar nazariyasi va matematik statistika elementlari asosida statistik ishlash masalalariga bag'ishlangan. Unda magistrantlar laboratoriya va amaliy ishlari misolida tasodifiy miqdoning empirik taqsimot qonuni grafik tavsiflari (gistogrammasi va poligoni)ni qurish, eksperiment natijalarini qiyosiy statistik taxlil qilish, ularni korrelyatsion, regression va dispersion taxlili, eksperiment natijalarini approksimatsiyalash kabi masalalar ko'rib chiqilgan.
-
Geometriya
Geometriyaning vatani Bobil va Misr hisoblanadi. Qadimgi Misr matematikasi haqidagi ma’lumotlar matematik mazmunli ikkita papirusga tasvirlangan.
-
Orkestr sinfi
Estrada orkestri bilan ishlash uslubiyoti fani - Damli cholg'ularda o‘qitish uslubiyoti, musiqiy-nazariy fanlarni o‘qitish uslubiyoti va boshqa uslubiy fanlar bilan uslubiy jihatdan uzviy bog`liq va ulardan olingan bilimlarni ma’Ium darajada to‘ldirishga xizmat qiladi. O‘quv rejada ko‘rsatilgan semestrlarda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasidagi umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo'lishni talab etadi.
-
Ҳиндистонинг ўрта асрлар тарихи
Ўрта асрларда Хиндистонда кўплаб мамлакатларга намуна бўладиган илғор ва мукаммал иқитсодий, ижтимоий ва давлат тузуми вужудга келди. Хиндистон ўзининг қадимий ва бой маданияти боис жаҳон цивилизациясига улкан ҳисса қўшди.
-
Ekologiya huquqi
Mazkur darslik ekologiya qonunchiligiga oid so‘nggi o'zgartirish va qo‘shimchalarni inobatga olgan holda tayyorlangan. Unda ekologiya huquqi asoslari tizimli ravishda bayon etilgan, har bir tabiiy resursni muhofaza qilish va undan foydalanishning huquqiy holatiga alohida e’tibor qaratilgan, bu esa ekologiya huquqining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib bergan. Darslikda ushbu sohada ro‘y bergan nazariy va amaliy yangiliklar atroflicha qamrab olingan, unda bir qator yangi va dolzarb mavzular ham yoritilgan. Darslik ushbu mutaxassislik bo'yicha ta’lim olayotgan talabalar, magistrantlar, o‘qituvchilar, shuningdek tabiiy resurslardan maxsus foydalanuvchilar hamda tabiatni muhofaza qilish organlari xodimlari uchun mo‘ljallangan.
-
Ғўза селекциясида мураккаб дурагайлашнинг аҳамиятини ўрганиш
Битирув малакавий ишида мураккаб чатиштиришдан олинган дурагайларда хўжалик учун қимматли белгиларнинг ирсийланиши ва ўзгарувчанлиги ва бошқа маълумотлар берилган.
-
Жаҳоннинг илғор электрон илмий-таълим манбалари
Мазкур методик қўлланма жаҳоннинг етакчи нашриётлари ва улар томонидан чоп этилаётган илмий-таълим ресурсларининг ахборот-кутубхона муассасаларида қўлланилиши, жумладан, электрон илмий-таълим ресурслари ҳақидаги ва уларнинг қидирув тизимлари борасидаги қимматли маълумотларни мужассамлаштиради.