-
Qurilish. Arxitektura
-
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
-
-
-
-
O`SIMLIKLAR SISTEMATIKASI (YUKSAK O`SIMLIKLAR)
Darslik “Dorivor o`simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi” ta`limy yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, unda yuksak o`simliklar zamonaviy sistematikaga muvofiq tasniflangan. Keng tarqalgan va tibbiyotga qo`llanilayotgan o`simliklarning sistematik o`rni, botanik tavsifi, dorivor turlarining tuzilishi, kimyoviy tarkibi, qo`llanilishi kabi ma`lumotlar aks ettirilgan. Bundan tashqari zamonaviy botanika nomenklatura tartib qoidalari, taksonomik guruhlarning evolutsion kelib chiqishi va qon-qarindoshlik aloqalari ham izohlangan. Darslikdan biologiya va ekologiya ta`lim yo`nalishi talabalari ham foydalanishlari mumkin
-
BINO VA INSHOOTLARNING YER OSTKI QISMINI BARPO ETISH TEXNOLOGIYASI
Ushbu o'quv qo'llanmada bino va inshootlarning yer ostki qismini barpo etish texnologiyasi, shu jumladan qoziqli poydevorlarni barpo etish, zaminlarni mustahkamlash, «tushiriladigan quduq», «gruntdagi devor» va boshqa maxsus yer qazish hamda himoyalash ishlari keltirilgan. O'quv qo'llanma 5A340202 - "Qurilishni tashkil etish texnologiyasi (bino va inshootlar)" mutaxassisligi bo'yicha ta'lim olayotgan magistrantlarga mo'ljallangan. Undan arxitektura va qurilish sohasidagi boshqa mutaxassislik magistrantlari, muhandislar, bakalavriaturaning iqtidorli talabalari va boshqalar foydalanishlari mumkin.
-
BINO VA INSHOOTLAR ARXITEKTURASI
Mazkur o'quv qo'llanma 5340400-Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (Issiqlik-gaz ta'minoti va ventilyatsiya) hamda 5340400 Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (Suv ta'minoti va oqova suvlarni oqizish); ta'lim yo'nalishlari talabalari, malaka oshirish va qayta tayyorlash kursi tinglovchilari uchun tavsiya etiladi.
-
BETON TO`LDIRUVCHILAR TEXNOLOGIYASI (NORUDA MATERIALLAR ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI)
O'quv qo'llanmada noruda materiallari turlari, xossalari va ishlab chiqarish texnologiyasi, tog' jinslarining turlari va sinflanishi, uni qazib olish, qayta ishlash, sayqallash, tashish va yuklash uchun ishlatiladigan asbob uskunalar va transportlar, mahalliy xomashyolar asosida noruda qurilish materiallari ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalari, to'ldiruvchilar turi, xorij va mamlakatimizda tabiiy tog jinslari va sanoat chiqindilari asosida noruda materiallar ishlab chiqarishning rivojlanishi, ularni qo'llanishi haqida batafsil ma'lumotlar berilgan.
-
Jahon jurnalistikasi tarixi
Darslikda jahon jurnalistikasi tarixi ilk bor o‘zbek tilida tizimli ravishda o‘z aksini topgan. Mualliflar ushbu yo'nalishda g‘arb mamlakatlarida chiqqan nazariy adabiyotlarni o‘rganib, Sharqdagi ommaviy kommunikatsiyalarga, Sharq madaniyatining eng muhim va asosiy tarkibiy qismlardan bo'lgan qadimiy va o‘rta asrlarda mazkur hududlarda mavjud kommunikatsiya turlariga ko‘proq e’tibor berganlar.
-
GIMNASTIKA VA UNI O`QITISH METODIKASI
Qo'llanmada gimnastikaninig rivojlanish tarixi, gimnastika atamalarining ahamiyati va qo‘llanilishi, gimnastika turlari, gimnastika mashg‘ulotlarining asosiy qoidalari, gimnastika mashqlarini o‘rgatish metodlari yoritib berilgan.
-
AMALIY MEXANIKA
Amaliy mexanika fanidan kurs loyihasi o'quv qo'llanmasida mexanizm va mashinalar nazariyasi va mashina detallaridan misollar yechib ko'rsatilgan. Mexanizm va mashinalar nazariyasida besh bo'g'inli mexanizmini strukturaviy va kinematikaviy tahlili berilgan. Mashina detallari fanidan tipaviy bir pog'onali reduktorlarni loyihalash asoslari keltirilgan
-
Мактабгача тарбия ёшидаги бололарни жисмоний тарбиялаш назарияси ва методикаси.
Дарслик педагогика институтларининг амалдаги программасига мувофик ёзилган ва уч кисмдан иборат.
-
Makroiqtisodiyot
“Makroiqtisodiyot” fanidan darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim standard talablari va fan bo‘yicha namunaviy dastur asosida yozilgan. Darslikda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining hozirgi rivojlanish bosqichini hisobga olgan holda makroiqtisodiy masalalarni ko‘rib chiqishga alohida e’tibor qaratilgan.’ Darslikda “Raqamli iqtisodiyot”, “Yashil iqtisodiyot”ning mohiyati va ularning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’siri yoritilgan. Darslikning har bir bobida xulosalar, mavzuni mustahkamlash uchun masalalar berilgan. (Лобар)
-
KOMPYUTER TA’MINOTI
O’quv darslikdan oliy o’quv yurtlarida, akademik littseylarda, kasb-hunar kollejlarida va kompyuter ta’minoti asosini mustaqil o’rganuvchilar foydalanishlari mumkin. Muallif ushbu o’quv darslikni yaratishda maslahatlar bergan va beg’araz yordamini ayamagan barcha insonlarga o’z minnatdorchiligini bildiradi.
-
AMALIY GEOFIZIKA
Darslikda geofizik usullarni (gravirazvedka, magnitorazvedka, elektrorazvedka, seysmorazvedka, radiometriya va yadro geofizikasi, termorazvedka, skvajinalarni geofizik tadqiqoti) tasnifi, nazariy asoslari, dala ishlari metodikasi, qo'llaniladigan apparaturalar haqida ma'lumotlar, geofizik ma'lumotlarni qayta ishlash va interpretatsiyasi metodikasi keltirilgan. Geologik va tog'-texnik vazifalarni yechishda geofizik usullarni komplekslash uslubiyatlari ko'rib chiqilgan.
-
Информатика.
Дарсликда информатика фанининг мазмуни, ривожланиш тарихи, IBM PC туридаги коьпьютерлар, унинг дастурий таъминоти келтирилган.
-
Biznesga kirish
Mazkur o‘quv qo‘llanma O‘zgaruvchan ishbilarmonlik muhitida tavakkal qilish va foyda olish, iqtisodiyot va uning biznesga qanday ta’sirini anglash, Global bozorda ish yuritish, Biznesni axloqiy va mas’uliyat jihatdan boshqarish, qanday qilib biznesni shakllantirish, biznes yuritishning shakllari, boshqaruv va yetakchilik, ishlab chiqarish va operatsiyalarni boshqarish, xodimlarni motivatsiyalash, kasaba uyushmalari va xodimlar bilan ishlash, strategik marketing, moliyaviy resurslarni boshqarish kabi nazariy va amaliy ma’lumotlar asosida boyitilgan. (Лобар)
-
AHOLI GEOGRAFIYASI
Mazkur "Aholi geografiyasi" darsligi mavzular bo'yicha nazariy bilimlar va ma'ruza mashg'ulotlarini o'zida qamrab olgan. Darslikda aholi geografiyasining asosiy tyermin va tushunchalari, yer shari aholisi joylanishining geografik qonuniyatlari, aholi tabiiy, mexanik harakatining hududiy va davriy o'zgarishlari tavsifi qarab chiqilgan. Aholi geografiyasi darsligi aholi tabiiy harakati, tarkibi va joylanishining hududiy xilma-xilligini tasvirlovchi, ifodalovchi juda katta hajmdagi ma'lumotlar, faktik matyeriallar (jadval, grafik, diagrammalar, kartosxemalar) bilan boyitilgan. Har bir asosiy bo'limdagi mavzulardan keyin o'zini-oʻzi nazorat qilish uchun savollar byerilgan.
-
MINERALOGIYA VA GEOKIMYO
Mazkur o'quv qo'llanma "Mineralogiya va geokimyo" o'quv dasturi asosida "Mineralogiya va geokimyo" fanidan "5140900 Geofizika" ta'lim yo'nalishida tahsil oluvchi bakalavr talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, Geologiya va geografiya fakultetining "Geokimyo va mineralogiya" kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan. "Mineralogiya va geokimyo" fani bo'yicha o'quv qo'llanma yaratishda yetakchi xorijiy davlatlar OTM lari o'quv dasturlaridagi asosiy adabiyotlaridan (William M. White. Geochemistry, Wiley-Blackwell, 2013., John A. Tossel, David J. Vaughan. Theoretical Geochemistry: Haldar. Introduction to mineralogy and petrology 2014) foydalanilgan.
-
Нетрадиционные и возобновляемые источники энергии
Рассматриваются основные виды нетрадиционных источников возобновляемой энергии — солнце, ветер, тепло Земли (геотермальная энергия), гидравлическая и биогазовая, а также проблемы их практического использования. Приводятся сведения об экологической особенности использования возобновляемых видов энергии. Учебник предназначен для студентов-гидроэнергетиков, а также может быть полезен студентам других специальностей, магистрантам и аспирантам.