-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
San’at. San’atshunoslik
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Menejment, tashkilot va boshqaruv
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Ommaviy kommunikatsiya. Jurnalistika. Ommaviy axborot vositalari
-
-
-
Kurs loyihasi va bitiruv malakaviy ishini tayyorlash
Ushbu o'quv qo'llanma 5310500-Avtomobilsozlik va traktorsozlik, 5310600-Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (traktorlar, qishloq xo'jalik mashinalari) ta'lim yo'nalishlari davlat ta'lim standartlari talablari asosida tayyorlangan bo'lib, ushbu yo'nalishlar bakalavriat talabalari uchun mo'ljallangan. O'quv qo'llanmada qishloq xo'jaligi mashinalari (QXM), traktorlar va avtomobillarni loyihalash bo'yicha kurs loyihasi va bitiruv malakaviy ishlarini tayyorlashda zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlaridan foydalanishga asosiy e'tibor berilgan.
-
KOMPYUTER LINGVISTIKASI
Mazkur o'quv qo'llanma bakalavriat bosqichi talabalari, magistrantlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar hamda o'qituvchilarga mo'ljallangan bo'lib, unda kompyuter lingvistikasi yo'nalishining mohiyati, asosiy masalalari yoritilgan hamda ushbu sohaga doir terminlar va tayanch tushunchalar izohi keltirilgan.
-
Kimyoviy ekologiya
Ushbu «Kimyoviy ekologiya» fanidan o‘quv qo‘llanmasi pedagogika oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat 5140300 «Kimyo-ekologiya» ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Qo‘llanmada kimyo sanoati korxonalarining atrof-muhitga ta’siri, ekologik muammolar, ularning kelib chiqish sabablari va oldini olish choralari yoritilgan. Shuningdek, talabalarda ekologik madaniyat, tarbiya va ongni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan, nazariy bilimlar amaliy misollar va mintaqaviy ma’lumotlar asosida tushuntirilgan.
-
KIMYOVIY ALGORITMLARNING NAZARIY ASOSLARI
Ushbu ilmiy- metodik o‘quv qo‘llanmada organik kimyo fanida birinchi marta “kimyoviy algoritm”, “indeks-ifoda”, “izchillik koeffitsienti” va “koeffitsient qiymati ifodasi” kabi tushunchalarni tatbiq etishga harakat qilingan. Mazkur tushunchalar asosida ma’lum bir sinfga kiradigan umumiy formula bilan ifodalanadigan organik moddalar gomologlari vakillarining yonish reaksiya tenglamalarini tuzish va koeffitsientlar qo‘yib tenglashtirishning bir necha variantlari keltirilgan. Shuningdek, qo‘llanmada “Kimyoviy reaksiyalarda moddalar massalari miqdorlarining ma’lum bir izchillikda o‘zgarib, ortib yoki kamayib borishi” qonuni asoslab berilgan. Muallif tomonidan ishlab chiqilgan “kimyoviy algoritm”larga oid qoidalar ham kimyo fanini qiziqib o‘rganuvchi o‘quvchilarni befarq qoldirmaydi. Qo‘llanma maktab o‘quvchilari, talabalar, o‘qituvchilar va tadqiqotchi-kimyogarlarga mo‘ljallab yozilgan.
-
KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK
Ushbu o'quv qo'llanmada qishloq va suv xo'jaligi ishlab chiqarishida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining mazmuni, mohiyati, fanning vazifasi, predmeti va uslublari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining turlari va shakllari, xorijiy mamlakatlarda kichik va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi, kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish va boshqarish, qishloq va suv xo'jaligida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishning hozirgi holati, kichik biznes korxonalarining moliyaviy va ishlab chiqarish faoliyatini tahlil etish, kichik biznes va tadbirkorlarning bank, soliq va audit bilan o'zaro aloqasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari va ularni moliyaviy qo'llab-quvvatlash, agrar sohaning barcha tarmoqlarida xizmat qiluvchi kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish yo'llari, investitsiya va axborot, kichik biznes korxonalarida tijorat va bitimlar tuzish, marketing va reklama faoliyatini tashkil etish, tadbirkorning etikasi va madaniyati kabi dolzarb muammolarning nazariy va amaliy asoslari aks ettirilgan.
-
-
Jahon teatri tarixi (G‘arbiy Ovro‘po va AQSH teatri)
Qo'llanmada Ovro'po teatrining antik davrdan XXI asrgacha bo'lgan ikki yarim ming yillik tarixi bayon qilingan. Unda qadimgi yunon fojianavislaridan boshlab keyingi davrlar Ovro‘po teatri rivojida muhim o‘rin tutgan dramaturglar, aktyor va rejissorlar ijodi, turlicha badiiy uslublar, ijodiy maktablar va ularning o‘ziga xos xususiyatlari atroflicha tahlil etilgan. O‘quv qo‘llanma san’at, madaniyat, ma’rifat oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Jahon tarixi (Qadimgi Sharq, Qadimgi Yunoniston va Rim tarixi)
Ushbu o‘quv qo‘llanma jahon tarixining Qadimgi Sharqda ilk sivilizatsiya o‘choqlarining vujudga kelishi davridan boshlab, Yevropada G‘arbiy Rim imperiyasining qulashigacha bo‘lgan davrlarni o‘z ichiga oladi. Mazkur o‘quv qo‘llanma jahon tarixshunosligida so‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlarning umume’tirof etilgan natijalari bilan boyitilganligi, fan bo‘yicha innovatsiyalarni o‘quv jarayoniga joriy etilganligi bilan ilgarigi o‘quv adabiyotlaridan farq qiladi. Ushbu o‘quv qo‘llanma bakalavr talabalariga mo‘ljallangan bo‘lishiga qaramasdan, undan magistrlar, yosh tadqiqotchilar, tarixchi-olimlar ham keng foydalanishlari mumkin.
-
Історія української літератури XI—XVIII ст.
Давня українська література охоплює у своєму розвитку вісім століть (XI—XVIII), відомих історії як середні віки і доба бароко. Процес її творення був неоднорідним, неоднозначним, не раз — парадоксальним. Художній світ її багатогранний і самобутній, а найкращі твори вражають масштабністю філософського мислення, силою духовних осянь, яскравими сюжетами, оригінальним і пристрасним словом. Особливості її буття і розвитку зумовили зміст і структуру навчального посібника, автор якого намагався якомога органічніше поєднати сучасне прочитання творів давнього письменства з використанням цінних надбань у його інтерпретації вітчизняним літературознавством за всю історію його розвитку. Завдяки цьому студент-філолог матиме змогу глибше пізнати світоглядні пошуки, естетичну, моральну проблематику і дух тих часів, колорит словесності і специфіку творів, їхній вплив на письменників наступних епох.
-
Ishlab chiqarish menejmenti
Ushbu o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining 5340200 – «Menejment» ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda ishlab chiqarish menejmenti fanining nazariy-metodologik asoslari, O‘zbekiston iqtisodiyotining bozor iqtisodiyotiga o‘tishi bilan bog‘liq qonuniyatlar, korxonalarni boshqarishning zamonaviy usullari hamda ishlab chiqarish jarayonlarini samarali tashkil etish masalalari yoritilgan.
-
Макроэкономическое планирование и прогнозирование
Курс поможет читателю ознакомиться с таким сложным разделом макроэкономических знаний, как прогнозирование и планирование. Этот раздел позволяет выявить основные тенденции развития экономики, организовать процесс общественного производства для достижения поставленных целей, а также оценить эффективность реализации основных направлений экономической политики.
-
Iqtisodiy geografiya (jadvallarda)
Ushbu o'quv qo'llanma iqtisodiy geografiya fanining nazariy va amaliy asoslarini qamrab olgan bo'lib, unda ishlab chiqarish kuchlarining joylashuvi, dunyo xo'jaligi, xalqaro iqtisodiy aloqalar hamda O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy salohiyati jadvallar shaklida yoritilgan. Qo'llanma oliy ta'lim tizimidagi «Bojxona ishi» va «Bojxona huquqi» mutaxassisliklari talabalari, shuningdek, soha xodimlari va malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun mo'ljallangan.
-
Introducing Course Design in English for Specific Purposes
Introducing Course Design in English for Specific Purposes is an accessible and practical introduction to the theory and practice of developing ESP courses across a range of disciplines. The book covers the development of courses from needs analysis to assessment and evaluation, and also comes with samples of authentic ESP courses provided by leading ESP practitioners from a range of subject and global contexts. Included in this book are the basics of ESP course design, the major current theoretical perspectives on ESP course design, tasks, reflections and glossary to help readers consolidate their understanding, resources for practical ESP course development, and examples of authentic ESP courses in areas such as business, aviation and nursing. This book is essential reading for pre-service and in-service teachers, and students studying ESP and applied linguistics.
-
Intercultural Communication: A Reader
The Tenth Edition of Samovar and Porter's Intercultural Communication contains 44 readings of both enduring insight and immediate relevancy that introduce the practice and underlying theories essential to communicating with other cultures. This edition features 28 new essays, 15 of them prepared especially for this volume, covering a wide range of topics from perception and world views to verbal and nonverbal messages. The book also examines how co-cultures within the United States—including African Americans, Native Americans, Latinos, Asian Americans, Filipino Americans, the disabled, gays and lesbians, and the elderly—differ in their communication patterns.
-
Inson resurslarini boshqarish
O‘quv qo‘llanmada inson resurslarini boshqarish sohasida rivojlangan davlatlar, xususan, AQSh, Yaponiya va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarining ilg‘or tajribalari ilmiy tahlil etilgan. Shuningdek, korxonada resurslarni rejalashtirish, mehnat resurslari bozorining tendensiyasi, kadrlarni tanlash va yollash usullari, motivatsiya nazariyalari, boshqarish usullari, xodimlarning ish faoliyati baholash usullari yoritilgan. Olgan bilimlarni konkret amaliyotda, mahalliy sharoitni hisobga olgan holda menejmentni tashkil etish masalalari ham ko‘rilgan. O‘quv qo‘llanma talabalar, tadqiqotchilar, magistrant va shu soha bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarga mo‘ljallangan.
-
IJTIMOIY SIYOSAT
Ushbu o‘quv qo‘llanmada ijtimoiy siyosatning nazariy asoslari, uning mohiyati, rivojlanish bosqichlari hamda ijtimoiy himoya tizimining ahamiyati yoritilgan. O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy sohadagi taraqqiyot strategiyasi, bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, ijtimoiy adolat tamoyillari va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish masalalari ilmiy-amaliy tahlil qilinadi. Qo‘llanma ijtimoiy ish yo‘nalishidagi talabalar va soha mutaxassislari uchun mo‘ljallangan.