-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Madaniyat. Madaniyatshunoslik
-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
Қимматли қоғозлар: 100 савол ва жавоб
Қўлланмада "Евразия" фонди орқали АҚШнинг халқаро ривожланиш Агентлиги (USAID) томонидан ажратилган грант (Т 95-0093) асосида Ш.Шоҳаъзамий томонидан олиб борилган ишлар натижаларидан фойдаланилган.
-
ILMIY IZLANISH ASOSLARI
O’quv qo’llanmada, ilmiy izlanish asoslari sifatida ilmiy izlanish, tadqiqot va ijodda falsafaning funksiyasi, ilmiy jarayon formasi, metodi, metodikasi, ilmiy izlanishda til, informatika va boshqalar keltirilgan. Shu bilan birga O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida ilmiy izlanishning o’rni, metodologiyasi, ta’lim jarayonida ilmiy izlanish texnologik uslubiyati, ilmiy izlanish natijalarining intellektual mulk ekanligi ko’rsatilgan.
-
LINGVOKULTUROLOGTYA
Ushbu darslik Alisher Navoiv nomidagi Toshkent o'zbek tili va adabiyoti universiteti "Lingvistika (o'zbek tili)" mutaxassisligi magistrant talabalari uchun, "Lingvokulturologiya" fani o'quv dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan. unda til va madaniyat, lingvokulturologiyaning asosiy maqsad ; yo'nalishlari, metodlari, lingvomadaniy birliklar tahlili, turli lingvomadaniyatlardagi ramzlar va stereotiplarning qiyosi madaniyatning tildagi o'ni kabi masalalar yoritilgan.
-
Ўзбекистонда маънавий-руҳий тикланиш
Ўқув қўлланма уч бобдан иборат бўлиб унда "Муаммонинг методологик ва назарий асослари" "Миллий маданият ва миллий ўзликни англаш жараёнларининг хусусиятлари" "Миллат барҳаётлигининг омиллари" мавзулари кенг ёритиб берилган. Китоб олий ва ўрта махсус ўқув юртлари талабаларига, миллий тараққиёт миллий ғоя миллий маънавият, миллий ўзликни англаш жараёнлари билан қизиқувчи кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
Jismoniy tarbiya
Jismoniy tarbiya O'zbekiston Respublikasi xalqlari milliy madaniyatining ajralmas qismi, jismoniy va ma'naviy kamolotining muhim vositasi bo'lib, respublika xalqlari o'rtasida do'stlikni mustahkamlash, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot ishiga xizmat qiladi. Mazkur o'quv qo'llanma jismoniy tarbiya va sport boʻyicha mutaxassislar tayyorlamaydigan oliy ta'lim muassasalari uchun mo'ljallangan boʻlib, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi muvofiqlashtirilgan kengashining 2003 yil 29 martdagi majlis qarori bilan tasdiqlangan DTS va namunaviy dastur asosida tuzilgan. Qo'llanmada oliy o'quv yurti bakalavriyati talabalarining jismoniy tarbiya faniga oid o'zlashtirishlari zarur bo'lgan nazariy bilimlar hamda dars vaqtida va darsdan so'ng talabalarning bo'sh vaqtlarida mustaqil shug'ullanishlari uchun amaliy maslahatlar o'z aksini topgan. Shuningdek, olimpiada o'yinlari, harakati va olimpiada falsafasi, O'zbekiston Respublikasi hududida Jismoniy tarbiya fanining tarixi va rivoj topishi, O'zbekiston sportchilarining jahon, Osiyo chempionatlari birinchiliklari va xalqaro musobaqalardagi ishtiroki to'g'risida batafsil ma'lumotlar berilgan.
-
VETERINARIYA FARMAKOLOGIYASI
O'quv qo'llanmada veterinariya farmakologiyasi fanining qisc rivojlanish tarixi va uning asosiy vazifalari, ilmiy yo'nalishlari, de lami olish manbalari va yo'llari, farmatsiya, dori moddalarining de lari va yuborish yo'llari hamda ularni organizmdan ajralib chiqish biotrans formatsiya, dorilarni ta'sir etish turi va mexanizmi, shunir dori moddalarining salbiy ta'sirlari hamda uni bartaraf etish chora. ko'rsatilgan
-
JISMONIY TARBIYA
Jismoniy tarbiya O‘zbekiston Respublikasi xalqlari milliy madaniyatining ajralmas qismi, jismoniy va ma’naviy kamolotining muhim vositasi bo‘lib, respublika xalqlari o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash, ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot ishiga xizmat qiladi. Mazkur o‘quv qo‘llanma jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislar tayyorlamaydigan oliy ta’lim muassasalari uchun mo'ljallangan bo‘lib, 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi muvofiqlashtirilgan kengashining 2003 yil 29 martdagi majlis qarori bilan tasdiqlangan DTS va namunaviy dastur asosida tuzilgan.
-
Патологик физиологиядан амалиёт дарслари учун қўлланма
Қўлланманинг биринчи қисмида даволаш ва педиатрия факультетлари талабаларининг мустақил ишлашлари учун 18 мавзу бўйича материаллар келтирилган. Иккинчи қисмида эса аъзолар ва тизимлар патофизиологияси баён қилинади.
-
BIOLOGIK KIMYO VA MOLEKULYAR BIOLOGIYA
Darslik pedagogika universiteti va pedagogika institutlarining biologiya yo’nalishi talabalariga mo’ljallanib yozilgan. Darslik juda sodda va ravon tilda yozilgan.
-
Эксплуатация, ремонт и испытание оборудования предприятий строительных материалов, изделий и конструкций
В учебнике изложен материал по износу, технической эксплуатации и ремонту машин, а также по технологии и организации ремонта и монтажа оборудования, применяемого в промышленности строительных материалов. Кроме того, рассматриваются методы испытания машин и даны основы проектирования ремонтных предприятий.
-
-
ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ НАЗАРИЯСИ ВА УСУЛИЯТИ
Жисмоний тарбия ва спорт мутахассисларини тайѐрлайдиган олий ўқув юртларининг талабалари, магистрлари, ўрта махсус таълим муассасаларининг ўқувчилари учун мўлжалланган ушбу дарслик жисмоний маданият ва жисмоний тарбия бакалаври ўқув дастури асосида ѐзилган бўлиб, жисмоний тарбия мутахассисига касб тайѐргарлигининг илмий, назарий ва амалий материалларини ўзида мужассамлаштирган ва жисмоний тарбия жараѐнини ташкил этиш масалаларида ѐрдам беради.
-
Ўқувчилар физиологияси ва гигиенаси
Физиология биологиянинг бир тармоғи бўлиб органлар органлар системасини ва организм функцияларини ҳамда ҳаёт жараёнларини ўрганади. Ёш физиологияси турли ёшдаги организмларнинг ривожланиши жараёнида органлар системаси ва бутун организмда содир бўладиган ўзгаришларни ўрганади.
-
Innovatsion iqtisodiyot
Mazkur uslubiy ko‘rsatma O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 29-apreldagi 136-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar mustaqil ta’limini tashkil etish bo‘yicha namunaviy tartib”ga muvofiq ishlab chiqildi hamda NamDU kengashi tomonidan 2024- yil 28-iyunda tasdiqlangan “Namangan davlat universiteti talabalari mustaqil ta’limini tashkil etish tartibi” asosida tayyorlandi. Ushbu uslubiy koʻrsatma “Innovatsion iqtisodiyot” fanidan talabalar mustaqil ta’limini bajarish jarayonida talabalarga metodik jihatdan yordam berishga moʻljallangan boʻlib, talabalar aynan mustaqil ta’limni qay tartibda bajarishi toʻgʻrisida yetarli ma’lumotlar berilgan.
-
ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯ НАЗАРИЯСИ ВА УСЛУБИЯТИНИНГ АМАЛИЁТИ
Ўзбекистон Республикасида мустақил ҳуқуқий, демократик давлат, эркин фуқаролик жамияти қуриш йўлидаги улкан ишлар инсон моҳиятини янгидан кашф қилишга, унинг ўзлигини англашда имкониятларни рўёбга чиқаришга ва маьнавий интеллектуал, ақлий-амалий ривожланиши учун янги шарт-шароитлар яратиб беради. Бу ўз навбатида инсоният яратган маънавийилмий бойликларга, инсоннинг ўзига янгича муносабат ёндашувини юзага келтиради. Президентимиз И. А. Каримов айтганидек: «Фуқаролар энди ижтимоий-иқтисодий жараёнларнинг иштирокчиси, бажарувчиси эмас, балки бунёдкори ва ташкилотчисидир». Бундай янгича ёндашишлар жисмоний тарбия назарияси ва услубияти фанининг объекти ва предметини кенгайтиради.
-
Harbiy-dala jarrohligi
Qo`llanmada harbiy-dala jarrohligiga taalluqli bo`lgan zamonaviy jangovar shikastlar to`g`risida ma`lumotlar, tibbiy saralash asoslari va yaradorlarga tibbiy ko`chirish bosqichlarida yordam ko`rsatish tamoyillari keng o`rin olgan.