-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Tarix. Tarix fanlari
-
-
-
Диагностика и коррекция в образовании детей с задержкой психического развития
Рассмотрена психолого-педагогическая характеристика детей с задержкой психического развития; особенности их мышления, памяти и внимания, поведения, речи, моторики, а также учебная мотивация, эмоциональная сфера. Дан комплекс приложений, содержащих ценный практический материал прикладного характера.
-
Ҳинд адабиёти классиклари.
Ҳиндистон ярим ороли башарият маданиятининг кўҳ- на бешикларидан биридир. Ҳиндистон мустақилликка эришаётган вақтда унинг территорияси икки алоҳида давлатга, яъни аҳолиси асосан мусулмонлар бўлган По- кистон ва аҳолисининг кўпчилиги ҳиндулар бўлган Ҳин- дистон давлатларига бўлиниб кетди. Бу иккала давлат халқларининг тарихий тақдирлари бир-бирлари билан чамбарчас боғлиқдир. Ҳиндистоннинг сиёсий томондан иккига бўлинишига қарамай, ҳар иккала мамлакат халқ- лари бир-бири билан қон-қардош.
-
Musiqa to`garaklarini tashkil etish
Mazkur qo`llanma umumiy o`rta ta'lim maktablarida sinfdan tashqari tashkil etiladigan musiqa to`garaklari rahbarlariga mo`ljallangan bo`lib, musiqa to`garaklari rahbarlarini nazariy amaliy bilimlar bilan tanishtirish, musiqa san'at turlari bo`yicha to`garaklar faoliyatini tashkil etishda uslubiy ko`nikma hamda tajribalarini tarkib toptirishga yaqindan yordam beradi.
-
Noorgajsik kimyo
Qo‘llanmada xorijiy manbalarga asoslanib, kimyoning asosiy tushunchalari va qonunlari, atom tuzilishi, molekulalar tuzilishi, molekulalar simmetriyasi, kimyoviy bog‘lanish, qattiq jismlar strukturasi, kristall panjara turlari, kislota va asoslar haqidagi yangi ma’lumotlar jamlangan.
-
KARTASHUNOSLIK
Ushbu darslik oliy ta'lim muassasalarining 5311500- Geodeziya. kartografiya va kadastr yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan talabalariga mo'ljallangan bo'lib, unda kartografiya va geografik kartalar, kartalaraing matematik asos, kartografik belgilar va kartografik tasvirlash usullari, kartografik generalizatsiya hamda uning mohiyati va omilları, generali zatsiya turlari, shuningdek geografik karta va atlaslarning ta'rifi, tasaifi, turlari, taplari, ularni loyihalash va tuzish, bunda zarur bo'lgan manbalar. tuzilgan kartalardan foydalanish, ular orqali geografik tadqiqotlar olib borish, kartografiyaning geoinformatika hamda telekommunikatsiya tarmoqlari bilan aloqalari bayon qilingan. Darslikda kartografiyaning rivojlanish tarixi atroflicha ko'rib chiqilgan.
-
Жахолатга қарши маърифат
Ўқув қўлланмада ислом динининг тинчликпарварлик, бағрикенглик мохияти, мутаассиблик, экстремизм хамда терроризмнинг салбий жихатлари кенг қамровли маълумотлар ва далиллар асосида ёритилган. Шунингдек, давлат ва дин орасидаги муносабатлар, унинг Ўзбекистонда намоён бўлишининг ўзига хос хусусиятлари атрофлича баён қилинган.
-
Дефектология ва логопедия асослари
Аномал болаларнинг психофизиологик ривожланишидаги ўзига хос хусусиятлар, уларни махсус муассасаларга саралаш йўллари, тўғри ёрдамни ташкил этиш шакллари, нутқдаги нуқсонлари бартараф этиш ҳақидаги маълумотлар, самарали ва малакалар ҳосил қилишга доир маслаҳатлар қўлланмада каттагина ўрин олган.
-
Практическая направленность обучения ботанике.
В куурсе ботаники учащиеся пятых классов знакомятся с такими физиологическими процессами, как дыхание, питание, рост растений.
-
Девону Луғатин Турк
Узбек миллий маданиятининг тобора гуркираб ўсиши миллий маданият тарихини янада чуқурроқ ўрганиш талабини қўяди. Бой маданий меросга эга бўлган ўзбек халқининг тарихида «Де вону луғотит турк» асари алоҳида аҳамиятга эгадир. ХI асрнинг машҳур олими, тилшунос Маҳмуд Кошғарийнниг «Девону луғотит турк» («Туркий сўзлар девони») асари ўз дав ридаги туркий қабилаларнинг луғатини изоҳлашга бағишланади. Маҳмуд Кошғарий сўзларнинг турли маънолари ва маъно от тенкаларини изоҳлаш билан чегараланиб қолмай, турли қабила тиллари ўртасида бўлган характерли фонетик ва морфологик фарқларни ҳам кўрсатиб ўтади. Бу жиҳатдан девон фақат изоҳли луғатгина бўлиб қолмай, ХI аср тилининг фонетика ва грамматикаси ҳамдир.
-
Tumanni rejalashtirish va hududiy joylashtirish
Ushbu darslikda tumanni rejalashtirishning shaharsozlik asoslari, hududni tabiiy shart-sharoitlar va antropogen omillar bo’yicha baholash, demografik sig'imni hisoblash, aholi va mehnat resurslari, xo‘jalikning rivojlanish kelajagi, aholi joylashuvi turlari, shakllari va sistemalari, hududning tarixiy tarkibi va funksionai qismlarga bo'lish kabi masalalar yoritib berilgan. Bundan tashqari aholiga madaniy-maishiy xizmat ko'rsatish, ommaviy dam olish, kurorot davolanish va turizmni tashkil etish, atrof-muhitni muhofaza qilish, tarixiy va madaniy yodgorliklarni saqlash, transport va injener-texnik infrastrukturasi kabi muhim masalalar ham ochib berilgan. Ushbu darslik «Shaharsozlik va qishloq aholi yashash joylarini kompleks qurish» ixtisosligi bo'yicha magistr malakasini oluvchilar uchun mo`ljallangan.
-
O`rmon fitopatologiyasi
O‘quv qo‘llanma o‘rmon xo‘jaligi ekinlari kasalliklariga qarshi qo‘llaniladigan zamonaviy preparatlar, ularni qo‘llash usullari va me’yorlari, shuningdek sohaga oid ilg‘or tajribalar ham yoritilgan.
-
Chorvachilik chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasi.
O`quv qo`llanmada chorvachilik chiqindilarini qayta ishlash texnologiyasi, mohiyati, rejimlari, mahsulotlar tasnifi haqida ma`lumotlar berilgan.
-
Zumrad shahar parisi.
Elli Smit ilk bor Sehrli shaharga sayohat qilganiga ham yarim asrdan oshdi. U keksayib, kampirga aylangan paytida vataniga Kanzasga qaytdi va uyida uchratganlari elflar boldi! Ular Ajalvor Kulbachaning sobiq parisidan Afsonavor xalqqa Sehrli oʻlka tomon olib boradigan yo'lni ko'rsatishni iltimos qilishdi. Buning evaziga unga yoshligini tuhfa etishdi. Lekin besh kunginaga, xolos.Ular Aylana Dunyo tog'lari ortidagi mamlakatga yo'l topa olarmikanlar? Abadiy yoshlik sirining sohibasi go'zal sohira Stellaning huzuriga yetib borishga ulgurisharmikan? Vaqt esa shunchalik tez o'tib borardiki
-
Бухоро тарихидан лавхалар (XIX-XX асрлар)
Ушбу китобда XIX асрнинг охири XX аср биринчи ярмида Бухорода кечган тарихий воқеалар ҳақида мустақил лавҳалар орқали фикр юритилади. Муаллифлар архив манбалари, даврий матбуот маълумотлари ва истиқлол йилларида чоп этилган адабиётларга таянган ҳолда тарихий ҳақиқатни ёритишга уринганлар.
-
Tilshunoslikka kirish
Darslikda til va uning ijtimoiy hodisa sifatidagi o'rni, tilning barcha egallagan bilimlarimizning asosi ekanligi va u orqali tariximiz, o'tmishimiz haqida tasavvurga ega bo'lishimiz, xullas, uning barcha xususiyatlari, ahamiyati hamda boshqa jihatlar haqida so'z boradi. Kitob filologiya fakultetlari talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan.
-
Глобаллашув ва хавфсизлик
Ушбу илмий-оммабоп рисолада ҳозирги замоннинг энг долзарб муаммосига айланиб бораётган глобаллашувнинг моҳияти очиб берилади, унинг иқтисодий хавфсизликка турлича таъсири, глобаллашув шароитида очиқ иқтисодиётнинг афзалликлари ва салбий жиҳатлари кўрсатилади.