-
Farmatsevtika ishini tashkil qilish
Darslikda respublikamizda farmatsevtika xizmati va sog`liqni saqlash ishlarini rivojlantirish asoslari, dorixonalar ishini, dori vositalarning reseptsiz savdosini tashkil qilish, dorixonalarda retseplarni qabul qilish va ular asosida dori vositalarini berish masalalari qamrab olingan.
-
Тўқима тузилиши назарияси
Дарсликда тўқима тузилиши, уларни тахтлашга ишлаб чиқариш масалаларига оид назарий фикрлар баён этилган. Китобни ёзшишда муаммоли ўқигиш тавсияпаридан кенг фойдаланилган Туқима тузилишига оид чоп этилган илмий адабиётлар, жумладан тадқиқотлар натижасида муаллиф томонидан яратилган тўқув ўрилишда!. ЭХМда тукув ўрилишларини лойҳалаш масалалари ҳам ёритилган.
-
-
Amaliy geodeziya
Mazkur darslikda injener-geodezik ishlarning quyidagi asosiy turlari : topografik-geodezik qidiruv, chiziqli inshootlarni trassalash, rejalash ishlari, qurilish konstruksiyalarini loyihaviy holarda o`rnatish va tekshirishning geodezik usullari, inshootlar deformatsiyasini kuzatish, yo`l-transport, gidrotexnik, yer osti hamda noyob inshootlarni loyohalash va qurishdagi geodezik ishlarning nazariyasi va amaliyoti bayon etilgan.
-
Audit asoslari
Darslikda auditorlik faoliyatining tarixiy va zamonaviy rivojlanish bosqichlarini o`rgangan holda muhim o`zgarishlar, o`ziga xos qirralar, ularning sabablarini auditorlik faoliyatining zamonaviy talablaridan kelib chiqqan holda bayon etilgan. Darslikda auditorlik faoliyatining rivojlangan g`arb davlatlaridagi nazariy va amaliy jihatlarga ham keng e`tibor qaratilganligi, milliy va xorijiy audit amaliyotidagi o`ziga xos farqli qirralar bayon etilganligi mazkur darslikning zamonaviylik talablariga javob berishidan darak beradi.
-
Jahon geografiyasi (O'rta Osiyo tabiiy geografiyasi)
Mazkur o'quv qo'llanma Jahon geografiyasi (O'rta Osiyo tabiiy geografiyasi) fanidan geografiya ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan.
-
-
Mashina detallari
Ushbu darslik uch qismdan iborat bo`lib, texnika oliy o`quv yurtlarining talabalari uchun mo`ljallangan. Unda mashinalarning detal va uzellarini hisoblash, ularning issiqlikka, titrashga, yyeyilishga chidamliligini aniqlashga doir masalalar yoritilgan. Darslikda zarur chizmalar, jadvallar hamda namuna sifatida masalalar yechib ko`rsatilgan.
-
Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlik
Mazkur darslikda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofazasini tashkil etish, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlari, favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhofazasi tadbirlarini rejalashtirish, aholi va hududlarni terroristik harakatlardan muhofaza qilish, ommaviy qirg'in qurollari, ularning ta'sir omillari va talofatlari, aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash bo'yicha bilim va malakalarini oshirish masalalari yoritilgan.
-
Ijro ishi yuritish
Darslik "Ijro ishi yuritish" fani o`quv dasturiga muvofiq va qonun hujjatlariga kiritilgan o`zgartish hamda qo`shimchalar etiborga olingan holda tayyorlangan. Darslikda Ijro ishi yuritish tushunchasi, mohiyati va predmeti: Ijro ishi yuritishning umumiy qoidalari; Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar; ijro harakatlarini amalga oshirishning umumiy shartlari; sud hujjatlariva boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etishga asosi va choralari; sud ijrochining maqomi kabi masalalar yoritilgan.
-
-
Issiqlik texnikasi
Darslikda jismning holati, holat o`garish parametrlari, issiqlik sig`imi, termodinamik jarayonlar, issiqlik uzatish turlari, issiqlik almashuv apparatlari, issiqlik dvigatellari, gaz va bug` turbina qurilmalarining sikllari bayon etilgan. Yoqilg`i va uning turlari, ichki yonuv dvigatellarining sikllari, sovitish va moylash tizimlari ko`rib chiqilgan.
-
Organik sintez mahsulotlari texnologiyasi
Darslikda organik sintez mahsulotlari kimyosi va ularni olish texnologiyasi haqida ma`lumotlar keltirilgan. Organok sintez mahsulotlari olish uchun xomashyo hisoblangan parafinlar, olefinlar, aromatik uglevodorodlar, atsetilen, uglerod oksidi va sintez-gaz olosh texnalogiyasi, galogenlash, gidroliz, gidratatsiya, eterifikatsiya, alkillash, sulfatlash va izopren ishlab chiqarish texnologiyasi va nazariy asoslari haqidagi ma`lumotlar keltirilgan.
-
Jahon geografiyasi (materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi)
Jahon geografiyasi oliy ta’lim tizimida yuqori malakali geograflar tayyorlashda katta ahamiyatga ega. Ushbu fan to‘rt qismdan iborat bo‘lib, u o‘z ichiga Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi, Jahon mamlakatlari iqiisodiy va ijtimoiy geografiyasi, o‘rta Osiyo tabiiy geografiyasi hamda O'rta Osiyo iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasini qamrab oladi. Mazkur o‘quv qo'llanma “Materiklar va okeanlar tabiiy geografiyasi” qismiga bag'ishlangan. Yevrosiyo, Shimoliy Amerika, Janubiy Amerika, Afrika, Avstraliya va Okeaniya, Antarktida materiklari haqida qisqacha ma’lumotlar, test topshiriqlari hamda nazorat savollari berilgan.
-
Pedagogik mahorat
Mahorat faoliyat jarayonida yuzaga chiqadi. Pedagogikada mahoratni aynan shunday tushunish qabul qilingan. U o’qituvchi belgilangan vaqt ichida erishishi mumkin bo’lgan optimal natijaga olib keladigan pedagogik faoliyatning oliy darajasi sanaladi.
-
Alibaba
Alibaba – необычное название для китайской компании, а ее основатель, бывший учитель английского Джек Ма, не похож на корпоративного титана.