-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
YULDUZLI TUNLAR
«Yulduzli tunlar» dunyoga mashhur o'zbek hukmdori, atogli shoir, o'z davrining qomusiy bilimlari bilimdoni Zahiriddin Muhammad Bobur hayotiga bag'ishlangan asar. Asarda shoir va shoh Bobur hayotini tasvirlash muhim o'rin tutadi. «Yulduzli tunlar» keng hamrovli asardir. Unda Boburning shaxsiy xislatlari, oilaviy hayoti onasi Qutlug' Nigor xonimga chin farzandlik tuyg'usi, opasi Xonzodabegimga inilik, farzandlaridan Humoyun va Gulbadanga otalik mehri, birinchi umr yo'ldoshi Oyshabegim bilan o'tkazgan ko'ngilsiz damlar dramasi, Mohim bilan g'aroyib tanishuv daqiqalari, Mohimning Boburga cheksiz sadoqati, Panipat jangida halok bo'lgan Ibrohim Lodining onasi Malika Bayda (u Boburni zaharlashga erishgandan so'ng, ikki raqib ro'para keladi
-
TEMIRBETON VA TOSH-GʻISHT KONSTRUKSIYALARI
Darslik (Temirbeton va tosh-gʻisht konstruksiyalari» T. O'zbekiston, 2003-yil, 2-nashr) oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi ta'sis etgan 00Yu uchun chiqarilgan o'quv adabiyot-darsliklar o'rtasida 2004-yilda oʻtkazilgan «Yilning eng yaxshi darsligi va o'quv adabiyoti muallifi tanlovida g'olib chiqqan. U konkursda sovrinli II o'rinni egallab, «Iste'dod Respublika jamg'armasining diplomi bilan taqdirlangan. Rus va chet tillarida chiqqan boshqa darsliklardan farqli o'laroq, ushbu darslikda temirbeton konstruksiyalariga Markaziy Osiyoning quruq issiq iqlim sharoiti, shuningdek kuchli zilzilalar ta'sirini hisobga olish muammolari ham alohida ko'rib o'tilgan. Nazariy mavzular yanada tushunarli bo'lishi uchun darslikda misol va ma-salalar yechishga keng oʻrin berilgan va shularga tegishli bo'lgan rasm, jadval va grafiklar keltirilgan.
-
O'quv faoliyatida talabalar o'zini o'zi faolllashtirishining psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi
"O'quv faoliyatida talabalar o'zini o'zi faolllashtirishining psixodiagnostikasi va psixokorreksiyasi" nomli uslubiy qo'llanmada shaxsning o'zini o'zi faolllashtirish tushunchasining mohiyati, o'quv faoliyatida o'zini o'zi faolllashtirish va unga ta'sir qiluvchi omillar psixodiagnostikasi, shuninigdek, talaba shaxsida ushbu jihatni rivojlantirishga qaratilgan psixokorreksion mashg'ulotlar yoritib berilgan.
-
ALVIDO qurol
Asarning yaralish tarixiga nazar tashlar ekanmiz, bir ji-hat e'tiborimizni tortdi. Yozuvchi «Alvido, quroll romanining tugallanish qismini ko'ngli to'lguniga qadar - o'ttiz to'qqiz marta qayta yozgan ekan. Adib xotiralarida qayd etilgan ush-bu ma'lumotdan ko'rinib turibdiki, yozuvchi nafaqat mavzu tanlashda, balki tahrirda ham o'z-o'ziga nihoyatda talabchan bo'lgan. Alvido, qurol romani qahramonlarning fikr-xayollari, kechmishlari, urushning insoniyat boshiga solgan mudhish kulfatlari haqida o'ylashga, tinchlikning qadriga yetishga chorlaydi
-
Қурилиш конструкциялари, бино ва иншоотлар» 5А580201 мутахассислиги магистрларининг илмий-тадқикот амалиётининг қўлланмаси, тартиби ва мазмуни
«Бино ва нншоотлар курилиши» факультети «Бинолар, иншоотлар ва қурилиш конструкциялари» кафедрасининг «Қурилиш конструкциялари, бино ва иншоотлар» 5А580201 ихтисослиги магистрларининг илмий-тадқикот амалиётининг қўлланмаси, тартиби ва мазмуни. Ўзбекистон Республикасининг «Таълим тўғрисида»ги, «Кадрларни тайёрлаш бўйича миллий дастур тўғрисида»ги қонунлар (1997), Узбекистон Республикаси Президентининг «Таълим тизими ва кадрларни тайёрлаш, баркамол ав- лоди тарбиялашни тубдан ислох қилиш тўғрисида»ги Фармонига (1998) муво- фик, Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Махкамаси томонидан Давлат таълим стандартлари тасдиқпанган, улар: кадрларни тайёрлаш сифати ва таълим мохиятига; кадрлар тайёрлаш ва улар малакасига талаблар; ўқув хажмлари мохияти кўлами ва тақсимланиши; олий ўқув таълим муассасалари фаолияти ва кадрларни тайёрлаш сифатини бақолаш механизмларини белгилаб беради
-
AZOT DUNYOSI
Siz bilan bizning tanamizni tashkil qiluvchi moddalar, boshqa ko‘plab jismlarni, masalan, oddiy toshni tashkil qiluvchi moddalardan ko‘p jihatdan farq qiladi. Bizning va boshqa har qanday tirik organizmning tarkibiga kiruvchi moddalarning aksar qismi juda beqarordirlar. Agar ularni biroz qizdirilsa, Quyosh nuri ostida qoldirilsa, yoki, boshqa kimyoviy moddalar bilan ta’sirlanrtirilsa, ular ko‘pincha organizm uchun keraksiz bo‘lgan boshqa moddalarga aylanib qoladi. Tosh, suv, metall, tuz, shisha kabi moddalar esa, tirik organizmlarni tashkil etuvchi moddalardan farqli o‘laroq, turli xil tashqi ta’sirlarga chidamliroq bo‘lishadi. Bunday tarzdagi yondoshuv, ya'ni, moddalarning tirik organizmlarga, yoki, notirik tabiat vakillariga xosligiga ko‘ra tasniflash, kimyogarlar uchun, kimyoviy moddalarni ikki asosiy guruhga: «organik birikmalar» va «noorganik birikmalar»ga bo‘lib o‘rganish imkonini berdi. Tez orada, kimyogar olimlar tomonidan, aksariyat tirik to‘qimalar o‘zining kimyoviy tuzilishiga ko‘ra, tarkibida uglerod atomlari tutishini; aksariyat noorganik moddalar esa uglerod atomlari tutmasligini sezib qolishdi. Shu tufayli ham, aynan tarkibida uglerod atomlari tutgan moddalar kimyosi – organik kimyo deb hisoblanadi, hatto ushbu birikmalar tirik organizmlar to‘qimalari tarkibiga kirmasa ham. Ko‘mir parchasini biror marotaba bo‘lsa ham ko‘rgan bo‘lsangiz, o‘zingiz uchun, uglerodning qanday ekanligini tasavvur qilishingiz mumkin. Ko‘mir deyarli to‘laligicha uglerod atomlaridan tashkil topgan.
-
MENING HAYOTIM Men ona Hindistonimning jonli timsoliman
Hindiston mustaqillikka erishgach, ingliz hukumati milliy ozodlik kurashining otashqalb namoyandasi Mahatma Gandidan Angliyaga tashrif buyurishni iltimos qiladi. Hindistonni asriy mus-tamlakachilik asoratidan xalos qilgan buyuk rahnamoning qiyofa-sini o'zlaricha tasavvur qilgan minglab ingliz fuqarolari uni qarshi olgani temiryo'l vokzaliga keladilar. Vagondan sochi taqir olingan, boshyalang, egniga oq matoni o'rab olgan, oyog'iga shippak ilib, qo'-lida aso tutgan mushtdekkina, ozg'in chol tushganini ko'rib, hamma dong qotib qoladi.
-
FIZIKA KURSI
Ushbu darslik fizika kursining “Elektr va magnetizm” bo’limini o’z ichiga olib “Elektrostatika”, “O’zgarmas elektr toki”, “Magnetizm” va “Elektr tebranishlar” boblaridan tashkil topgan. Mavzular so’ngida test va tayanch iboralarga asoslangan nazorat savollari ham berilgan bo’lib, fizik qonunlarning ko’rgazmali tasvirlanganligi talabalarga qulaylik yaratadi.
-
Handbook of eating disorders and obesity
The handbook is intended as a reference work for clinics and practices, as well as for systematic review by all professional groups involved and interested in the care and research in the field of eating disorders and obesity.
-
Intellektual transport tizimlari
Ushbu qo’llanmada zamonaviy intellektual texnologiyalar asosida transport oqimlari va yo’l xarakatini optimal va xavfsiz tashkil etishda axborot-kommunikatsion texnologiyalarining qo’llanilishi ifodalangan.
-
Инсонпарварлик, эзгулик ва бунёдкорлик — миллий ғоямизнинг пойдеворидир
Республика маънавият ва маърифат кенгашининг бугунги йигилишида жуда муҳим масалани — мамлакатимизда маънавий-маърифий ишлар тизимини тубдан такомиллаштириш, бу борада давлат ва жамоат ташкилотларининг хамкорлигини кучайтиришга оид долзарб вазифаларни атрофлича муҳокама қилишимиз зарур.
-
FIZIKAVIY KIMYO
“Fizikaviy kimyo” fani zamonaviy kimyoning nazariy asosini tashkil etadi. Juda ham jadallik bilan rivojlanayotgan ushbu soha kimyo va fizika o‘rtasida chegaraviydir.
-
Ta'lim resurslarini raqamli loyihasi
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
-
MEHROBDAN CHAYON
Turkiston feodallarining keyingi vakili bo'lg'an Xu-doyorning o'z xohishi yo'lida dehqon ommasi va mayda hunarmand kosib sinfini qurbon qilishi, mamlakat xotin-qizlarini istagancha tasarruf etishi, bunga qarshi kelguchilar tilasa kim bo'lmasin, rahmsiz jazo berishi ro'monning mavzui'dir. Xudoyorning bu yo'ldag'i birinchi istinodgohi bo'lg'an ulamolar, ularning ichki-tashqi ahvoli, axloqi, madrasa va oila hayoti, ulamoda insoniy his bitkanligi va qolg'ani ham xabosat¹ pardasi ostida sezilmas darajaga yetkanlini mundarija sig'dirg'an qadar bayon qilinadir. Bular ro'monning nomarg'ub manfiy qahramonlari. Ikkinchi tarafda mazkur qora kuchlarga qarshi "tuban" sinf kambag'allar, ularning xonliq tuzilishiga, qora kuch - ulamo alayhiga chiqishi. Mehnatkash kambag'allarning axloqi, sajiyasi, oilasi, turmushi va bir-biriga aloqasi, samimiyati
-
Emergencies in neuro-ophthalmology : a case based approach
This book is designed to be a quick read and not to be all inclusive or comprehensive.
-
FORTEPIANO darsligi
Mazkur darslik 1971 yilda chop etilgan „Fortepiano darsligi“ kitobining to‘ldirilgan va qayta ishlangan nashri bo‘lib, asosan o‘zbek xalq kuy-ohanglari negizida yaratilgan asarlardan tuzilgan. Ular yosh sozandalaming fortepiano chalish ko‘nikmalarini hosil qilishiga, ijro malakalarini tobora oshirib borishiga qaratilgan. Darslik bolalar musiqa va san’at maktablarining maxsus fortepiano ixtisosligi .bo'yicha bilim olayotgan quyi sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan. Undan umumiy fortepiano fanidan tahsil ko‘ruvchi yuqori sinf o‘quvchilari ham foydalanishlari mumkin.