-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
San’at. San’atshunoslik
-
-
-
-
-
BOSHLANG'ICH MATEMATIKA KURSI NAZARIYASI
Ushbu o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Oliy o'quv yurtlari 60110500- «Boshlang'ich ta'lim>> bakalavr yo'nalishi talabalari uchun o'quv dasturlari talablari asosida tayyorlangan bo'lib, nazariy va amaliy mashg'ulotlarga mo'ljallangan ma'lumotlar berilgan. O'quv qo'llanma universitet va pedagogika oliygohlarining Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabalari uchun «Boshlang'ich matematika kursi nazariyasi» fanining xususiyatidan kelib chiqib, unda asosan matematika haqida boshlang'ich ma`lumotlar, ta'limda e'tibor qaratish zarur bo'lgan jihatlar va metodik tavsiyalar, metod va vositalar kiritilgan. Fanning mazmuni psixologik va didaktik nuqtayi nazardan ochib berilgan. O'quv qo'llanma pedagogika oliy ta'lim muassasalarining boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabalari, aspirantlar, matematika va boshlang'ich ta'lim o'qituvchilari hamda mazkur yo'nalishda ilmiy tadqiqot izlanishlarini olib borayotgan barcha xodimlar uchun mo'ljallangan.
-
Спутниковые навигационные системы
Учебное пособие посвящено изложению основных принципов построения спутниковых навигационных систем, формированию требований со стороны потребителей системы, описанию наземного и космических сегментов, описанию методов решения навигационных задач.
-
GEOMETRIYANI MUSTAQIL O'RGANISH UCHUN QO'LLANMA
Ushbu o'quv qo'llanmaga geometriyaning planimetriya qismini mustaqil o'rganuvchilar uchun o'quv jarayonida zarur bo'lgan masalalar kiritildi. Uslubiy qo'llanmada keltirilgan masalalar tizimli ravishda osonlik va murakkablık darajasi boʻyicha tuzilgan. Shu nuqtai nazardan o'quvchining matematikaga qiziqishini oshirish, geometrik masalalarni yechish orqali nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq qilishga imkoniyat yaratish uslubiy qoʻllanmani asosiy maqsadi hisoblanadi. Ikkinchidan, o'quvchining dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy va ijodiy fikrlashini shakllantirish va rivojlantirishni o'z ichiga oladi. Bu maqsadlarga erishishda tanlangan tizimli masalalar alohida o'rin egallaydi. Ushbu uslubiy qo'llanmadan oliy ta'lim muassasalari talabalari, pedagoglar va geometriyani mustaqil oʻrganuvchilar foydalanishi mumkin
-
Chet til o`qitish metodikasidan ocherklar
Qo`llanmada chet til o`qitish metodikasining asosiy masalalari qisqa, sodda bayon qilingan. Qo`llanma universitetlarning xorijiy filologiya fakultetlari talabalari, maktab o`qituvchilari, hamda chet til o`rganish va o`rgatish masalalari bilan qiziqqan kitobxonlar uchun mo`ljallangan.
-
-
Жамоада руҳий муҳит
Китобда синф ва педагоглар жамоаларида ижобий руҳий муҳит яратиш методикаси очиб берилган. Болаларнинг ҳиссий беҳбудлигини таъминлашда ўқитувчининг уларни маънавий-руҳий баҳолашининг аҳамияти, шунингдек болаларнинг фаолиятида (ўзини-ўзи бошқариш, меҳнат, билиш, ўйин фаолиятида) руҳий муҳитни яратиш воситалари кўрсатилган.
-
STEREOMETRIYANI MUSTAQIL O'RGANUVCHILAR UCHUN QO'LLANMA
Ushbu qo'llanmaga geometriyaning stereometriya qismini mustaqil o'rganuvchilar uchun o'quv jarayonida zarur bo'lgan masalalar kiritildi. Uslubiy qo'llanmada keltirilgan masalalar tizimli ravishda osonlik va murakkablik darajasi bo'yicha tuzilgan. Shu nuqtayi nazardan o'quvchining matematikaga qiziqishini oshirish, geometrik masalalarni yechish orqali nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq qilishga imkoniyat yaratish uslubiy qo'llanmani asosiy maqsadi hisoblanadi, Ikkinchidan, o'quvchining dunyoqarashini kengaytirish, mantiqiy va ijodiy fikrlashini shakllantirish va rivojlantirishni o'z ichiga oladi. Bu maqsadlarga erishishda tanlangan tizimli masalalar alohida o'rin egallaydi.
-
Ўзбек тили ўқитиш методикаси
Ўзбек тили ўқитиш методикаси курси учун бакалавриат йўналишибўйича яратилган мазкур ўқув қўлланма "Кадрлар тайёрлаш миллий дастури", "Она тили таълими Концепцияси", "Она тилидан давлат таълим стандартлари" талабаларига мувофиқ талаба ва ўқувчиларнинг коммуникатив саводхонлигини ошириш, она тили машғулотларини янги педагогик технология асосида ташкил этиш, дарс самарадорлигиниҳозирги замон талаблари даражасига олиб чиқиш, тилнинг сатхлараро ҳамда фанлараро алоқадорлик хусусиятларига таянган ҳолда нутқий салоҳиятини шакллантиришнинг интерфаол усулларини таълим жараёнида қўллаш, матн яратишнинг босқичли тизими устида ишлаш ҳақида методик тавсиялар берилди.
-
-
Бошланғич синф математика таълими самарадорлигини оширишда тарихий материаллардан фойдаланиш
Олий ўқув юртлари талабалари ва бошланғич синф ўқувчилари учун мўлжалланган ўқув қўлланма йиғилган тажрибалар асосида ёзилган бўлиб, ҳозирги замон ўқитиш методлари, янги педагогик технологиялар, шарқ мутафаккирлари меросидан фойдаланилган.
-
Избранные хоровые произведения без сопровождения и в сопровождении фортепиано
Он постиг в совершенстве все наитруднейшие тонкости музыкального искусства Если со временем он направит свой творческий полет мысли в область той мощной силы которая представляется полным оркестром и хоровыми массами то мы увидим и услышим нечто гигантское по замыслу нечто небывалое по мощи и законченности.
-
O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI
Ushbu «O‘zbekistonning eng yangi tarixi» fanidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanmada mustaqillikka erishish arafasida O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy jarayonlar, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi, o‘ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlashi, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati asoslarining barpo etilishi, O‘zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi, iqtisodiy islohotlar, ma’naviy va madaniy taraqqiyot, O‘zbekiston va jahon hamjamiyati, yangilanayotgan O‘zbekiston: Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari kabi masalalarning ilmiy va amaliy ahamiyati ochib berilgan.
-
Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitish metodikasidan labaratoriya mashg`ulotlari
Mazkur o`quv qo`llanma pedagogika universiteti, universitetlar va pedagogika insitutlarining "Boshlang`ich ta`lim va sport-tarbiyaviy ish" yo`nalishi bo`yicha tahsil olayotgan bakalavlariat talabalari uchun mo`ljallangan. "Boshlang`ich sinflarda matematikani o`qitish metodikasi" fanidan olingan nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash maqsadida foydalanishga tavsiya etiladi.
-
-
Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi
Ushbu darslik boshlang'ich sinf o'qituvchilar, talabalarga hamda pedagogika sohasida bilim olish istagida bo'lgan keng jamoatchilikka mo'ljallangan. Kitobda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, didaktik yondashuvlar va o'qitish metodlari haqida keng qamrovli ma'lumotlar berilgan. Boshlang'ich sinf o'quvchilari bilan ishlashning pedagogik asoslari, psixologik jihatlari, yosh xususiyatlariga mos o'qitish usullari atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, dars jarayonida bolalarning aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishiga ko'maklashuvchi pedagogik jarayonlarni to'g'ri tashkil etish uslublari ko'rsatilgan. Darslikda o'quvchilarning erkin fikrlashi, ijodiy yondashishi va mustaqil bilim olish ko'nikmalarini shakllantirishga yo'naltirilgan strategiyalar hamda pedagogik vositalar yoritilgan. Ta'lim jarayonida interaktiv usullardan foydalanish, o'yin texnologiyalari, hamkorlikda o'qitish metodlari ham ko'rib chiqilgan.
-
O'ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI
Mazkur o‘quv adabiyoti O‘zbekistonning mustaqillik davrida sodir bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va maʼnaviy-maʼrifiy jarayonlar hamda o‘zgarishlarni, ushbu davrda ro‘y bergan tarixiy voqeliklarni bevosita qamrab olgan. Ushbu darslik respublikada yuqorida nomi qayd etilgan fan bo‘yicha ilk bora tayyorlanib o‘quvchi eʼtiboriga havola qilinmoqda. Unda fan yuzasidan amalga oshirilgan innovatsiyalar, ilmiy tadqiqot xulosalari bevosita o‘rin olgan.