-
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Texnika va amaliy fanlar
-
Texnika va amaliy fanlar
-
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
Texnika va amaliy fanlar
-
-
-
Pul nazariyasi
Ushbu o`quv qo`llanma bir-biri bilan mantiqan bog`langan 9 ta bobdan iborat bo`lib, ularda pul evolyutsiyasi, pul to`g`risidagi nazariy konsepsiyalar, tovar pul munosabatlari va pul-kredit tizimiga oid mavzular o`rin olgan. O`quv qo`llanma magistrlar uchun mo`ljallangan bo`lib, undan aspirantlar, bakalavrlar, malaka oshirish instituti tinglovchilari va pul muammolari bilan qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.
-
Psixodiagnostika va eksperemental psixologiya
O`quv qo`llanmada maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar hamda kattalarni psixologik tekshirish metodikalari bayon etilgan. Diqqat, xotira, tafakkur, nutq, xayol va shaxs xususiyatlarini o`rganishga oid xorijiy testlar, metodikalar o`zbek bolalariga moslashtirilgan holda berilgan.
-
Амалий механика
Мехнат унумдорлигини ошириш йўлидаги асосий омиллардан бири ишлаб чиқаришни техника жихатидан янада такомиллаштириш, ишлаб чиқаришга янги машина ва механизмлар жорий қилиб, унинг техника даражасини ошириб боришдан иборатдир.
-
Hayvonlar fiziologiyasi va patofiziologiyasi
Hayvonlar fiziologiyasi va patofiziologiyasi fani talabalarga sog`lom va kasal hayvonlar organizmida fiziologik va patologik jarayonlarni kechishi va ularning hayvonlar mahsuldorligiga ta`sirini tushuntirish hamda ularda o`z mutaxassisligiga oid bilim va ko`nikmalarni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
-
Сервис корхоналарида техник-технологик жиҳозлари эксплуатацияси
Бунда бугуни кунда мавжуд бўлган техникани ва технологик жиҳозларни конструкциялари яхшилаш, чидамлигини ошириш, самарадорлигини яхшилаш, энергия сарфини камайтириш, техника ва жиҳозларнинг иқтисодий кўрсаткичларини яхшилашга эътибор берилади.
-
Автомобил сервиси корхоналарининг ва транспорт воситаларининг ишончлилиги
Машиналар пухталиги фанининг асосий вазифаси ишламай қолиш конуниятларини ўрганиш натижасида, ҳамда мумкин қадар кам харажат қилган холда, машиналарнинг белгиланган вазифаларини бажаришини таъминлашга қаратилган чора - тадбирларни ишлаб чиқишдан иборат.
-
Олий математика 1қ.
Мажмуа олий математиканинг чизиқли ва векторлар алгебраси, аналитик геометрия, математик анализга кириш, дифференциал ва интеграл ҳисоб бўлимларини ўз ичига олган.
-
ОЛИИ ТАЪЛИМ МЕЪЁРИЙ- ҲУҚУҚИЙ ҲУЖЖATЛАР ТЎПЛАМИ II
Меъёрий-хукукий хужжатлар тўпламида узлуксиз таълим тизимидаги қўлланилаётган методологик асослари, Кадрлар тайёрлаш миллий дастури изчил тадбик этилишидаги таж- рибаларнинг тахлили, шунингдек олий таълим сохасида янгидан қабул қилинган ва такомил- лаштирилган хуқуқий, меъёрий ва услубий хужжатлар қамраб олинган.
-
Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish
Mazkur o`quv qo`llamnada investitsiyalarning iqtisodiyotda tutgan o`rni, investitsion faoliyatning moliyalashtirish manbalari, investitsion bozor tarkibi va uning bo`g`inlari, investitsiyalarning samaradorligini baholash mezonlari, portfelli investitsiyalar va ularning daromadliligini aniqlash, investitsion faoliyatdagi mavjud risklari kabi masalalar o`z ifodasini topgan.
-
Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar
Har bir tajriba ishining yozuvida ushbu ishga oid nazariy ma`lumotlar, ishning maqsadi, tajriba qurilmasining tuzilishi, ishni bajarish va ish bo`yicha hisobot tayyorlash tartibi hamda ishni bajarishga tayyorlanish uchun tavsiya qilinayotgan adabiyotlar ro`yxati kiritilgan.
-
Макроиқтисод
Мустақил мамлакатимизнинг ижтимоий-иқтисодий ривожланиши жараёнида вужудга келадиган номутаносибликларни таҳлил қилиб, ечиш йўлларини кўрсатадиган ушбу ўқув қўлланмада ҳар бир мавзуни ўрганишга аниқ мақсадлар қўйилган ва талабаларнинг гуруҳларда мустақил ишлашларига алоҳида эътибор берилган.
-
Муҳандислик компьютер графикаси ва уни ўқитиш методикаси
Ушбу ўқув қўлланма Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан 2008 йил 23 августда тасдиқланган дастур асосида ёзилган бўлиб, олий ўқув юртлари профессор-ўқитувчиларини қайта тайёрлаш курслари тингловчиларига мўлжалланган.
-
Lotin alifbosi va imlosini o`rganuvchilar uchun o`quv qo`llanma
Qo`llanmada o`zbek milliy adabiyotimiz, ma`rifiy-ma`naviyatimiz va madaniyatimizning zabardast adiblari, yozuvchilari va shoirlarining tarjimai holi, adabiy-ijodiy yo`li ixcham adabiy portret tarzida o`z ifodasini topgan.
-
Hayot faoliyati xavfsizligi
Ushbu qo’llanma fanning «Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish» bo’limini o’zlashtirishda talabalarga katta yordam beradi. Unda har qanday shoshilinch vaziyat-da qo`llaniladigan harakat rejasi haqida bilib olasiz. Ekstremal vaziyatga tushib qolganda xovliqmang va nima qilish kerakligini avval o`ylab oling. O`zingizga o`zin-giz savol bering: "Nima qilishim lozim, nima qilsam yordam bergan bo`laman". Ushbu qo`llanma talaba va o’quvchilarga, ya'ni bo`lajak otaonalarga juda kerakli va hayotida yordamchi bo`lib xizmat qilishiga ishonamiz.
-
Ўзбек ва рус тилларини қиёслаш
Ушбу қўлланмада ўзбек тили билан рус тилининг товуш тузумидаги, грамматик қурилишидаги ўзаро ўхшаш нуқталар таъкидланиб, асосий эътибор бу икки тил тузумидаги энг муҳим фарқларни қиёсан баён этишга қаратилди.
-
Elektrotexnikaning nazariy asoslari 1q.
Tavsiya etilayotgan qo’llanmada elektrotexnikaning nazariy asoslari 1-qismida hamda elektr zanjirlari nazariyasi bo’yicha laboratoriya ishlarini bajarish qoidalari va tajriba sxemalari berilgan. Bundan tashqari tajriba yo’li bilan topilgan qiymatlar orqali boshqa noma’lum qiymatlarni topish ham ko’rsatilgan.