-
-
San’at. San’atshunoslik
-
-
-
Avtomatika. Hisoblash texnikasi
-
Avtomatika. Hisoblash texnikasi
-
Geodeziya. Kartografiya
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
Эксплуатационная надежность элементов систем железнодорожной автоматики и телемеханики
В книге рассмотрены вопросы надежности применительно к системам железнодорожной автоматики и телемеханики показаны методики выбора и оценки показателей надежности, сбора, регистрации, обработки и хранения информации об отказах, а также предупреждения отказов .
-
Anorchilik
Darslik Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida S-A-2018-004 Anor (Punica granatum L.) ning biotexnologik kolleksiyasini yaratish va patogensiz ko‘chatlarini olish texnologiyasini yo‘lga qo‘yish (Создание биотехнологическую коллекцию граната (Punica granatum L.) и разработка технологию получение безпатогенные саженцы) mavzusidagi hamda Jahon bankining Akademik Innovatsiyalar fondi, Oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha ajratilgan grantga asosan “Oliy ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirishda klasterli yondashuv”: Guliston davlat universiteti va ishlab chiqarish integratsiyasi tizimida “O‘quv-ilmiy kompleks” tashkil etish mavzusidagi loyihalar doirasida tayyorlandi. Darslikda, anorchilik o‘quv predmetining maqsad va vazifalari, anor (Punica granatum L.) ning biologiyasi, yetishtirish texnologiyasi, anorni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish bo‘yicha ma’lumotlar, mahalliy va xorijiy manbalar ma’lumotlarini tahlil qilish hamda olib borilgan tadqiqot natijalari berilgan. O‘zbekiston sharoitida anorchlikni rivojlantirish bilan bog‘liq holda yaratilgan biotexnologik kolleksiya asosida ma’lumotlar yoritilgan.
-
Qurilishda metrologiya, standartlashtirish va sifat nazorati
Darslik bino va inshootlarni loyihalash, konstruksiyalarni sinash va hisoblash, ularni qurilish jarayonida baholash (metrologiya,material va konstruksiyalarni tayyorlash jarayonida sifat nazoratini amalga oshirish, hamda standartlash ishlarini boshqarish va boshqa qurilishdagi dolzarb masalalarga bag`ishlangan).
-
Algebra va matematik analiz asoslaridan masalalar to’plami
Respublikamizda ta’lim sohasida ulkan о‘zgarishlar amalga oshirilayotgan hozirgi davrda akademik litseylarning matematika fani chuqur о‘rganiladigan guruhlari uchun amaldagi o'quv dasturiga to'liq mos keladigan va dasturdagi mavzular bo'yicha turli xil qiyinlik darajasiga ega bo'lgan misol va masalalarni qamrab oladigan masalalar to‘plamining mavjud emasligi ushbu «Algebra va matematik analiz asoslaridan masalalar to‘plami»ning yaratilishiga sabab bo'ldi. O'quv qo`llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan va 2000 yil o‘quv yilidan boshlab amalga kiritilgan о‘quv dasturiga qat’iy amal qilingan holda yozildi.
-
Algebra va matematik analiz asoslari II
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta ’lim vazirligi O'rta maxsus, kasb-hunar ta ’limi markazi tomonidan akademik litseylar uchun darslik sifatida tavsiya etilgan va undan kasb hunar kollejlari o‘quvchilari ham foydalanishlari mumkin.
-
Сборник текстов на Английском языке для самостоятельного чтения
Данное учебное пособие предназначено для организации самостоятельной работы студентов консерватории, совершенствования их знаний профессионального английского языка и развития навыков устной речи. Пособие включает тексты и упражнения для улучшения речи и повышения грамотности по английскому языку в неязыковом вузе.
-
Tibbiyot psixologiyasi
Ushbu darslik tibbiyot institutlarining barcha fakultetlarida tibbiyot psixologiyasini o`qitish uchun Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik sifatida tavsiya etilgan. Darslik klassik va zamonaviy tibbiyotning hamda psixologiya ilmining yetuk namoyandalari ma’lumotlariga asoslanib va O`zbekiston Respublikasi Davlat ta'lim standartlari talablariga mos ravishda tayyorlangan. Mazkur darslikdan, shuningdek, klinik tibbiyotdan dars beruvchi mutaxassislar, amaliy psixologlar tayyorlash fakultetlari, tibbiyot kollejlari talaba va o`quvchilari, magistrlar, shifokorlar va ilmiy xodimlar ham foydalanishlari mumkin.
-
Omixta yem ishlab chiqarish texnologiyasi
Ushbu o`quv qo`llanma "Donni saqlash va qayta ishlash texnologiyasi" qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyasi yo`nalishi bo`yicha ta'lim olayotgan talabalar hamda omixta yem zavodlarida faoliyat yurituvchi muhandis-texnologlar uchun mo`ljallangan. Unda omixta yem ishlab chiqarish texnologiyasi va fanning asosiy tushunchalari, omixta yem ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqariladigan mahsulotlar, uning retsepturali tarkibi va xossalari keltirilgan.
-
Maktabda standart va nostandart masalalar
Ushbu uslubiy qo`llanma maktab matematika kursida uchraydigan standart va nostandart masalalar va ulami o`rganish uslublariga bag`ishlangan. Qo`llanmada standart va nostandart masalalarning mazmun-mohiyati ochib berilgan hamda tenglamalar mavzusi bo`yicha yetarlicha standart va nostandart masalalar yechimlari biian berilgan. Ushbu uslubiy qo'llanmadan maktab, akademik litsey o`quvchilari hamda oliy o`quv yurtlarining matematika yo`nalishi talabalari foydalanishlari mumkin.
-
MathCad va MATLAB muhitini ishlash
O`quv-uslubiy qo`llanmasi MathCad va MATLAB muhitida ishlashga bag`ishlangan bo`lib, unda MathCad va MATLABning interfeysi, menyu buyruqlarining vazifalari, MathCadda oddiy matematik ifodalarni hisoblash, tenglamalrni sonli va simvolli yechish hamda MATLAB operatorlari va buyruqlari, imkoniyatlari, vektor va matritsalar, ikki va uch o`lchamli grafiklar qurish o`rganilgan.
-
Ma'lumotlar bazasi
Darslik talabalarga ma'lumotlar bazasining asosiy tushunchalari, ularning tuzilmasi, mohiyat-aloqa diagrammasini qurishni o`rgatadi. Shuningdek, darslikda ma'lumotlar bazasining SQL tili va uning so`rovlarini tuzish, ular ustida amallar bajarish va so`rovlarni amalga oshirish asoslari keltirilgan.
-
Kompyuter grafikasi va kartalarni jihozlash
Mazkur o`quv qo`llanma 6 bobdan iborat bo`lib, ularda kompyuter grafikasida kartalarni jihozlash fanining mohiyati va uning vazifalari, kartografik shriftlar va kartalardagi yozuvlar, kartalarni jihozlashda ranglarning ahamiyati, kartalarda rangli plastika va kartografik asarlarni umumiy jihozlashni loyihalashtirish masalalari muayyan misollar asosida bayon qilingan.
-
Ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil qilish va rejalashtirish
Ushbu darslikda ishlab chiqarishni tashkillashtirish va boshqarishni faqatgina tashkilotni butunligicha emas, balki bo`limlari (ishlab chiqarish joylari, bo`linmalari, ish joylari va qismlari) bilan o`rganiladi. Katta e'tibor asosiy va yordamchi ishlab chiqarishga qaratilgan bo`lib, ulardagi texnik qoidalar, me'yorlar, mehnatni ilmiy tashkillashtirish va mehnatga haq to`lash, zavod va depolardagi ishlab chiqarishning hajmli rejalari, ishchilarga oylik maosh to`lash fondlari kabi muammolar o`rganiladi.
-
Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o`rgatish
Mazkur o`quv qo`llanma pedagogika oliy ta’lim muassasalarining 5111800- "Maktabgacha ta’lim’ yo`nalishi, bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga orgatish" fani o`quv rejasi asosida tayyorlangan. Ushbu o`quv qo`llanmada maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarni ijodkorlik faoliyatini rivojlantirishga oid masalalar ochib berilgan bo`lib, bunda bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o`rgatish shakillari, bolalarni sahnalashtirish mashg`ulotlari keng yoritib berilgan.
-
Чрезвычайние ситуации и защита населения
Данное учебное пособие написана в соответствии с учебной программой утвержденной Министерством Узбекистан высшего и среднего специального образования Республики Узбекистан и многолетний опыт автора поведению дисциплины для студентов направления образования "5640100 - Безопасность жизнедеятельности" в Ташкентском государственном техническом университете.
-
Funksional qiymat tahlili
Mazkur o‘quv qo'llanma funksional qiymat tahlili (FQT)ga bag‘ishlangan bo'lib, unda FQTning mazmuni, predmeti, obyekti, vazifalari,metodi, turlari, bosqichlari, qo'llaniladigan usullari, ko'rsatkichlari, axborot manbalari yoritilgan. FQTning har bir bosqichi alohida yoritilgan. Shuningdek, FQTning boshqa ayrim nazariy va amaliy jihatlari ham ko'rsatib o'tilgan.Ushbu o‘quv qo'llanma Oliy o‘quv yurtlarining «Buxgalteriya hisobi va audit» o‘quv yo'nalishi bo'yicha ta'lim olayotgan bakalavrlar uchun mo'ljallangan bo'lib, undan mutaxassislar va FQT usullari bilan qiziquvchilar ham foydalanishlari mumkin.