-
-
San’at. San’atshunoslik
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
-
Texnika va amaliy fanlar
-
Qurilish. Arxitektura
-
Siyosat. Siyosiy fanlar
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Менежмент
Мазкур дарсликда менежментнинг умумий тавсифи ва услубий асослари, ривожланиши ва инфратузилмаси, ижтимоий омиллар ва ахлоқ, фирманинг стратегияси ва уни лойиҳалаш, ишлаб чиқариш жараёни ва лойиҳаларни бошқариш, менежмент тизимидаги ташкилотларнинг турлари, бошқаришда ахборот алмашиш, қарор қабул қилиш ва уни андозалаш, ташкилотни бошқаришда мансаб ва таъсир этиш, менежментнинг одати ва нуфузи, ташкилотда келишмовчиликларни бошқариш, мойиллик фаолияти кабилар ўз ифодасини топган. Шунингдек, унда менежмент вазифаларининг табиати ва таркиби, менежмент тиэимида устувор режалаштириш, фаолиятни тартибга солиш ва назорат қилиш, гуруҳларнинг ўзгариши ва раҳнамолик, меҳнат ресурсларини бошқариш, самарали бошқариш ва ишлаб чиқариш самарадорлигининг умумий ўсишини таъминлаш асосларига ҳам алоҳида ўрин берилган.
-
Mashina detallari
Ushbu darslik uch qismdan iborat bo‘lib, texnika oliy o'quv yurtlarining talabalari uchun mo‘ljallangan. Unda mashinalarning detal va uzellarini hisoblash, ularning issiqlikka, titrashga, yyeyilishga chidamliligini aniqlashga doir masalalar yoritilgan. Darslikda zarur chizmalar, jadvallar hamda namuna sifatida masalalar yechib ko‘rsatilgan.
-
Arxitekturaviy qalamtasvir,rangtasvir va haykaltaroshlik
Mazkur o`quv qo`llanmada tasvirlash ketma -ketligi, perspektiva, buyumlarning konstruktiv tuzilishi, tus munosabatlari, gipsli madellar chizishning nazariy va metodik qoidalari keltirilgan.
-
Moliyaviy menejment
Mazkur darslikda moliyaviy menejmentning iqtisodiy mohiyati, rivojlanish bosqichlari, konseptual asoslari, moliyaviy menejmentning funksiya va vazifalari, moliyaviy rejalashtirish, bankrotlik amaliyoti va uning tashkiliy xususiyatlari hamda aksiyadorlik jamiyatlarida tarkibiy o`zgartirishlarni amalga oshirish jarayonlarini boshqarish kabilar yoritilgan.
-
Ayrim qishloq xo`jalik ekinlari seleksiyasi va urug`chiligi
O`quv qo`llanmada Respublikamizda ekilayotgan asosiy ekinlarning seleksiyasi va urug`chiligi, ekinlarning xalq xo`jaligidagi ahamiyati, sistematikasi, morfologik xususiyatlari kelib chiqishimarkazlari, terqalishi, seleksiyanig vazifalari, yo`nalishlari, boshlang`ich ashyo, seleksiya usullari, tanlash usullari, seleksion ashyoni baholash, seleksiya jarayonini uslubi, texnikasi, ekinlar bo`yicha seleksiyani va urug`chilikning yutuqlari keltirilgan.
-
Bilish falsafasi
Istiqlol yillarda mamlakatimizda ulkan bunyodkorlik ishlari amalga oshirilmoqda, xalqimiz nihoyatda katta o'zgarishlar ro'y bermoqda. Ta'lim sohasida ijtimoiy fanlarning yangi tizimi shakllanmoqda.
-
Manzarali bog`dorchilik
Ushbu darslikda ko`kalamzor hududlar barpo etishda yer maydonlarini muhandislik asosida tayyorlash,yer osti va usti kommunikatsion tizimlarini,manzarali daraxt va buta ko`chatlarini ekish sxemalarini ko`rsatish,o`simliklarni joylashtirishda loyihalashtirish,aholi yashash hududlarini,istiroxat bog`lari,xiyobonlar atrofini ko`kalamzorlashtirish,shuningdek,rabatkalar va gulzorlar barpo etish ishlari to`liq berilgan.
-
Gidrotexnika inshootlari (1-jild)
Mazkur darslik (1-jild, to'ldirilgan qayta 2-nashri) da suv resurslari, suv xo'jaligi va uning tarmoqlari, gidrotexnika inshootlari haqida umumiy ma'lumotlar, ularning zaminlari va ishlash sharoitlari, gidrotexnika inshootlarining zaminlarda va qirg'oqqa tutashgan qismlaridagi filtratsiya, dimlovchi betonli gidrotexnika inshootlarini ustuvorlikka va mustahkamlikka hisoblashning umumiy masalalari, kanallar va ulardagi gidrotexnika inshootlari, gidrotexnika inshootlarining mexanik jihozlari, o'zanlarini rostlash, daryodan suv olish inshootlari, tindirgichlar haqida batafsil ma'lumotlar keltirilgan.
-
Фалсафа асослари
Фалсафий тафаккур ривожи ≪Авесто≫ замонларидан бугунги кунгача мураккаб тараккиёт йўлини босиб ўтди. Қарийб уч минг йилни қамраб олган бу даврда инсоният тарихида нихоятда катта ахамият касб этган ғоя ва таълимотлар яратилди, турли-туман фалсафий йуналишлар, оқим ва мактаблар вужудга келди, эзгулик ва адолатга хизмат қилган бунёдкор ғоялар билан бирга, халклар ва миллатларни қабохат ва жахолат томон бошлаган бузғунчи ва вайронкор мафкуралар хам шаклланди. Бутун дунё глобаллашиб, турли вайронкор ғоялар хуружи кучайиб бораётган бугунги кунда мамлакатимиз мустакиллигини янада мустахкамлаш, ахолининг турли катламлари, айникса ёш авлод калби ва онгида бунёдкор ғояларга садоқат туйғусини шакллантириш мухим ва устувор вазифалардан бирига айланди. Шунинг учун ҳам ≪Фалсафа қомуси≫ туркумига кирадиган тўрт китобдан иборат қўлингиздаги дарсликни бу соҳадаги тушунча ва атамаларнинг алфавит кетма-кетлиги тарзидаги изохи эмас, балки мазкур фаннинг йуналишлари ва мавзулари мазмун-мохиятини ифодалайдиган қўлланма сифатида баён этишга харакат қилинди. У Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Махкамаси хузуридаги Фан ва технологияларни ривожлантиришни мувофиклаштириш қўмитаси билан хамкорликдаги И-2012-45 рақамли инновацион лойиха асосида тайёрланди. Ўзбекистон Миллий Университети фалсафа факультета Илмий кенгаши томонидан нашрга тавсия этилган, бакалавр ва магистрлар, тадқиқотчи ва изланувчилар, соҳа мутахассисларига мўлжалланган мазкур китоб, бу борадаги илк тажрибалардан бири бўлгани боис, у хақдаги фикр-мулоҳазаларингизни қуйидаги манзилга юборишингизни сўраймиз.
-
Fizikaviy kimyo
Mazkur o‘quv qo llanmada termodinamika asoslari, Termodinamika I, II.Ill. qonunlari.Gibbs va gelmgols energiyasi eritmalar, kimyoviy kinetika va kataliz haqidagi ma'lumotlar to‘liq yoritib berilgan, shunindek.pedogogik lexnologiya elementlardan fovdalanib. dars o*tish usullari. fanga oid tavanch iboralar, glos- sariylar ham bayon etilgan
-
Selluloza-qog'oz ishlab chiqarish korxonalari asbob-uskunalari
Ushbu o'quv qo'llanma selluloza va qog'oz ishlab chiqarish sohasida ta'lim olayotgan bakalavrlarga mo'ljallangan. Unda seluloza va qog'oz ishlab chiqarishda qo'llanadigan tehnologik asbob-uskunalar haqida ma'lumotlar keltirilgan.
-
Pardozlash va issiqlik izolyatsiya materiallari
Ushbu o`quv qo`llanmada xalq xo`jaligida moddiy va energetik resurslarni iqtisod qilish omili sifatida issiqlik izolyatsiyasining samarasi, pardozlash va issiqlik izolyatsiya materiallarini ishlab chiqarishni rivojlantirish, mineral paxta va boshqa issiqlik izolyatsiya materiallarini hamda ularning ishlatilishi keng yoritilgan.
-
Тарихий хотира ва инсон омили-буюк келажагимизнинг гаровидир
Ўзбекистан Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг „Тарихий хотира ва инсон омили — буюк келажагимизнинг гаровидир“ рисоласи (2012 йил 9 май — Хотира ва кдлрлаш куни муносабати билан оммавий ахборот воситалари вакилларига берган интервьюси)да мамлакатимизнинг бугунги ва эртанги тараккиётига дойр ўта ходим ғоя хамда хулосалар илгари сурилди. Уларни хар томонлама чуқур ўрганиб, халкимиз, айниқса, ёшларнинг онгу тафаккурига сингдириш жамиятимизда тинчлик-барқарорлик, мехр-оқибат мухитини мустаҳкамлаш, бугунги мураккаб дунёда юз бераётган воқеа-ҳодисалар, халкдмиз эришаётган улкан ютуқ-марралар моҳиятини теран англаш, эркин ва озод хаётимизни кадрлаш, муқадддас Ватанимиз манфаатларини ҳимоя қилиш йулида фидойилик билан яшашдек эзгу максадларга хизмат қилади.
-
Чизматасвир
Ушбу ўқув қўлланма олий ўқув юртининг Тасвирий санъат йўналишидаги талабалари учун яратилган бўлиб, тавирий санъатнинг асоси ҳисобланган ҳолда чизматасвир бўйича амалий машғулотлар мазмуни ёритилган. Ўқув қўлланманинг асосий вазифаси талабаларнинг рангтасвир сирларини ўзлаштириш, мустақил фикрлаш ва ижодий фаолиятини ривожлантиришга ёрдам беради. Мазкур қўлланма чизматасвир фанидан яратилган дастур асосида тузилан ҳамда иллюстрациялар билан бойитилган. Олий ўқув юртлари учун мўлжалланган ушбу қўлланмадан шу соҳага алоқадор мутахассислар ҳам фойдаланишлари мумкин.
-
Odam anatomiyasi Atlas 1
Hozir tibbiyot sohasi mutaxassislari tayyorlaydigan oliy va o`rta maxsus ta`lim muassasalari zimmasiga bilimdon, zamon talablariga to`la javob beradigan kadrlar tayyorlash vazifasi yuklatilgan. Zero, talabalar chuqur bilim olishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, ularni davlat tilidagi o`quv adabiyotlari bilan ta`minlash dolzarb vazifalardan xisoblanadi. O`quv qo`llanma mana shu maqsadda nashr qilingan. Mazkur nashrning birinchi jildida suyaklar, ularning o`zaro birlashuvi, muskullar, ichki a`zolar, ikkinchi jildda esa yurak-qon tomirlari, nerv sistemasi va sezgi a`zolari haqida ma`lumotlar berilgan.
-
Marketingni boshqarish strategiyalari
Mazkur o'quv qo'llanma "Marketingni boshqarish strategiyalari" fanining deyarli barcha mavzularini qamrab olgan o'zbek tilidagi ilk kitob. Unda marketingni boshqarish strategiyalarining zamonaviy konsepsiyasi, marketingni boshqarishda strategik rejalashtirish, marketingda tovar siyosati, raqobat va raqobatbardoshlikni boshqarish strategiyalari kabi masalalar yoritilgan. O'quv qo'llanma oily o'quv yurtlarining marketing mutaxassisligi talabalari, tadqiqotchilar, professor-o'qituvchilar, marketingni boshqarish strategiyalarini o'rganishga qiziquvchilarga mo'ljallangan.