-
-
-
Tarix. Tarix fanlari
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
KOMPOZITSIYA
Ushbu darslikda Rangtasvir (dastgohli) va Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi taʼlim yoʼnalishlari talabalari uchun “Kompozitsiya” fanida erishilgan eng soʼnggi yutuqlar nuqtai nazaridan yondashgan.
-
KOMPOZITSIYA
Ushbu oʼquv qoʼllanmada muallif hozirgi kunda “Rangtasvir (dastgohli)” taʼlim yoʼnalishi bakalavriyat talabalari uchun “Kompozitsiya” fanida erishilgan eng soʼnggi yutuqlar nuqtai nazaridan yondashgan. Tasviriy san’atning asosiy negizi hisoblangan, kompozitsiya fanini oʼqitish, uni talabalarga bosqichma-bosqich tushuntirish eng mashaqqatli jarayon hisoblanadi.
-
milliy g'oya tarixi va nazaryasi
Milliy g‘oya muayyan xalqning tarixiy tajribasi, milliy davlatchilik an’analari, ma’naviy merosi, qadriyatlari, manfaatlari va kelajak haqidagi umumiy maqsadlarini o‘zida mujassam etadigan murakkab ijtimoiy-ma’naviy hodisadir.
-
Медиаграмомотности информационной культуре
Исходя из этого принципа, ЮНЕСКО подчеркивает, что концепция медиаинформационной грамотности позволяет гражданам всех стран мира в полной мере пользоваться этим основным правом человека
-
Iqtisodiy xavfsizlik
Ushbu o'quv qo'llanmada iqtisodiy xavfsizlik shakllari, asosiy ko'rsatkichlari, tahdidlari, iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash mexanizmi, shaxs, korxona, sanoat tarmoqlari, mamlakat va mintaqa iqtisodiy xavfsizligi muammolari, axborot xavfsizligi, xufyona iqtisodiyot va unga qarshi kurashishning huquqiy asoslari kabi masalalarni o'z ichiga olgan. Mazkur o'quv qo'llanma oliy o'quv yurtlarining 5230100 Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha), 5232400 Iqtisodiy xavfsizlik ta'lim yo'nalishlari talabalari hamda shu sohaga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan
-
Iqtisodiyot nazariyasi
Ushbu "Iqtisodiyot nazariya" nomli o'quv qo'llanma hozirgi dunyoda yuzaga kelyotgan globallashuv sharoitidan kelib chiqib, iqtisoyotning mazmuni, mohiyati, iqtisodiy qonunlar mamlakatimizda iqtisodiyotni rivojlantirishga bog'liq strategik maqsadlar haqida umumiy tushuncha berilgan, shuningdek, mamlakatimizni jaxon iqtisodiyotida integratsiya jarayonidagi holati, eksport, import siyosati, ulaming shakllanishi, jaxon iqtisodiyotni rivojlanish bosqichlari ham bayon etilgan. O'quv qo'llanmada iqtsidoyot nazariyasini rivojlanishiga hissa qo'shgan mahalliy, xorijiy olimlarning qarashlari, iqtisodiyotni davlat tamonidan tartibga solish, uni boshqarish bo'yicha ustuvor yo'nalishlar, mamlakatimizni drayver sohalarini yanada rivojlantirish, soha va tarmoqlarni samarali faoliyatini ta'minlash shuningdek, mamlakatimizni raqamli iqtisodiyoti sharoitida ijtimoi-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha ustuvor maqsadlar bayon etilgan. O'quv qo'llanma materiallaridan "Makroiqtisodiyot", "Mikroiqtisodiyot", "Iqtisodiy ta'limotlar tarixi", "Institutsional iqtisodiyot", "Insdustrila iqtisodyof", "Jaxon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar", "Siyosiy iqtisodiyot" va boshqa fanlarni o'rganishda foydalanish mumkin.
-
Investitsiyalarni iqtisodiy baholash
nvestitsiyalamı iqtisodiy baholashbu kapital qo'yilmalaming samaradorligini, kelajakdagi iqtisodiy foydasını aniqlash va investitsiyalarning moliyaviy jihatdan maqsadga muvofiqligini baholash jarayonidir. Uning asosiy vazifasi investitsiyalami amalga oshirish orqali korxonalar, tarmoqlar yoki umumiy iqtisodiyotning rivojlanish istiqbollarini belgilashdan iborat. Shunday ekan investitsiyalarni jalb etishda qatnashayotgan investitsiya loyihalarını baholashning zamonaviy baholash usullarini bilish zarurati tug'iladi. Mazkur o'quv qo'llanmada investitsiyalami baholashning an'anaviy usullari bilan birga, zamonaviy baholash usullari yoritilgan.
-
Investitsiya loyihalari tahlili
Investitsiya loyihalari tahlili bu loyihaning maqsadga muvofiqligini, iqtisodiy samaradorligini va amalga oshirish imkoniyatlarini aniqlash uchun o'tkaziladigan jarayon, Bu tahlil loyihaga kiritilgan mablag'ning qaytarilish darajasi va muddatini, potensial foyda va risklami, shuningdek, loyihaning jamiyat va atrof-muhitga ta'sirini baholashni o'z ichiga oladi. Uning asosiy vazifasi loyihaning iqtisodiy samaradorligini, ijtimoiy va ekologik ta'simi, loyihaning raqobatbardoshligini va uning alternativ variantlarni baholash, risklami tahlil qilish va baholash, investitsiya qarorlarini qabul qilish, moliyaviy barqarorlikni ta'minlashdan iborat. Ushbu vazifalar investitsion loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta'minlash va investorlar uchun maksimal daromad olish imkoniyatini yaratishga xizmat qiladi. Investitsion loyihalarni tahlil qilish nafaqat foyda olishni, balki bozor talablariga moslashish va xatarlarni boshqarishni ham o'z ichiga oladi, bu esa har bir investor va loyiha boshqaruvchisi uchun zarurat tug'diradi.
-
Institutsional iqtisodiyot
Ushbu o'quv qo'llanmada hozirgi dunyoda yuzaga kelyotgan globallashuv sharoitida mamlakatimizda iqtisodiyotni rivojlantirishga bog'liq strategik maqsadlar haqida umumiy tushuncha berilgan, jamiyatimizdagi institutlar, ularning shakllanishi, institutsional iqtisodiyotni rivojlanish bosqichlari, nazariy qarashlari, iqtisodiyotni davlat tamonidan tartibga solish, uni boshqarish bo'yicha ustuvor yo'nalishlar, mamlakatimizni drayver sohalarini yanada rivojlantirish, soha va tarmoqlarni samarali faoliyatini ta'minlash shuningdek, mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlanish tarixi va undan zarur xulosalar olgan holda keljak uchun strategik maqsadlar belgilab olish imkoniyatlari keltirilgan. Davlatimiz iqtisodiyotni rivojlantirish uchun institutsional, iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va qonuniy siyosat yuritish strategiyalari batafsil keltirilgan. O'quv qo'llanma materiallaridan "Iqtisodiy o'sish", "Innovatsion iqtisodiyot", "Siyosiy iqtisodiyot va boshqa fanlami o'rganishda foydalanish mumkin.
-
Amaliy matematika 2
Mazkur o'quv qo'llanma Samarqand iqtisodiyot va servis instituti o'quv-uslubiy Kengashi tomonidan tasdiqlangan "Amaliy matematika 2" fani amaldagi dasturiga mos bo'lib, u 60410500- Moliya va moliyaviy texnologiyalar, 60410600-Bank ishi, 60411000-Inson resurslarini boishqarish, 60411200-Marketing, 60410800-Menejment va 61010400 Logistika ta'lim yo'nalishlari bo'yicha bilim oladigan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, undan boshqa ta'lim yo'nalishdagi bakalavriatlar ham foydalanishlari mumkin. Mazkur o'quv qo'llanmada ehtimollar nazariyasi, funksional, statistik va korrelyatsion bog'lanish, chiziqli programmalashtirish masalasi, o'yinlar nazariyasi bo'limlari keltirilgan. O'quv qo'llanmada oldin fanning nazariy qismlari qisqacha ayrim boblarda esa kengroq berilgan bo'lib, qulay usullarni qo'llab misol va masalalar yechilgan. Misol va masalalar yechilgandan so'ng, tahlil qilingan
-
Aholi va turistlar ovqatlanishini tashkil etish
O'quv qo'llanma ovqatlanish korxonalari faoliyatini tashkil etish hamda aholi va turistlarga ovqatlantirish xizmatlarini ko'rsatish jarayonlarining nazany jihatlarını qamrab olgan. Shuningdek, o'quv qo'llanmada restoranlar faoliyatidagi jarayonlarni tashkil etish va amalga oshirish bilan bog'liq amaliy bilimlar keng yoritilgan. Ushbu o'quv qo'llanma aholi va turistlarning ovqatlanishini tashkil etish servisi ta'lim yo'nalishi bakalavr bosqichi talabalari uchun mo'ljallangan. Qolaversa, turizm va mehmondo'stlik industriyasi sohasida ta'lim oluvchi talabalar uchun ham muhim qo'llanma sifatida tavsiya etiladi.
-
Бухгалтерский учет
Учебное пособие «Бухгалтерский учет» предназначен для бакалавров обучающихся B высших учебных заведениях по направлениям оброзования 60411200 Менеджмент, 60412500 Маркетинг.В учебном пособии отражены теоретические и практические аспекты дисциплины «Бухгалтерский учет», как введение в дисциплину, учет денежных средств и валютных операций, учет труда и заработной платы, учет товарно-материальных запасов, учет инвестиций, учет основных средств, учет нематериальных активов, учет готовой продукции и ее реализации, учет собственного капитала, учет финансовых результатов, составление и представление финансовой отчетности.
-
Turizm iqtisodiyoti
Mazkur o'quv qo'llanmada turizmning milliy iqtisodiyotda tutgan o'rni, turistik industriyaning iqtisodiy asoslari, turistik mahsulotning iqtisodiy tabiati va uning sifati, turistik bozor va uni segmentasiyalashtirish, turistik korxonalarida narxlashtirish, turistik korxonalar resurslari va ulardan samarali foydalanish, tarmoqga investisiyalar jalb etish va investision loyihalar samaradorligini baholash kabi masalalar yoritilgan.O'quv qo'llanmadan professor-o'qituvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil-izlanuvchilar, magistrlar, malaka oshirish kurslari tinglovchilari, rahbarlar, mutaxassislar va talabalar foydalanishi mumkin.
-
Xorijiy investitsiya
O'quv qo'llanmada xorijiy investitsiyalarning mohiyati, funksiyalari va ilmiy konsepsiyalari, xorijiy investitsiyalarga ta'sir ko'rsatuvchi omillar, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarning nazariy asoslari, xorijiy investitsiyalarni tartibga solish usullari, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni rag'batlantirishda banklarning roli, xalqaro korporatsiyalar va ularning vujudga kelish sabablari, funksiyalari, erkin iqtisodiy hududni tashkil etish va boshqarishning xorij tajribasi, xalqaro lizing munosabatlarini rivojlanishi, xorijiy investitsiyalarni samaradorligini aniqlashning asosiy yo'nalishlari, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va texnikaviy qayta qurollantirishda xorijiy investitsiyalarning dolzarbligi yoritib berilgan. O'quv qo'llanma biznes va boshqaruv ta'lim sohasidagi bakalavriyat yo'nalishlari talabalariga tavsiya etiladi.
-
Туристик корхоналар фаолияти таҳлили
Ўқув қўлланмада туристик корхоналар фаолиятини таҳлил қилишнинг назарий ва амалий масалалари ёритилган. Ушбу иш мазкур мавзуга бағишланган биринчи ўқув қўлланма бўлиб, унда туристик корхоналар таҳлилининг мазмуни, предмети, объекти, вазифалари, методи, турлари, боскичлари, қўлланиладиган усуллари, кўрсаткичлари, таҳлил жараёнида қўлланиладиган ахборот манбалари, туристик корхоналарнинг рақобатбардошлиги каби муҳим масалалар ёритилган. Шунингдек, ушбу ишда туристик корхоналар молиявий хўжалик фаолияти таҳлилининг бошқа айрим назарий ва амалий жиҳатлари ҳам ўз аксини топган.
-
ИҚТИСОДИЁТ НАЗАРИЯСИ
Дарслик бир-бири билан мантиқан боғланган тўрт қисмдан иборат бўлиб, уларда иқтисодиётнинг умумий асослари, бозор иқтисодиёти, макроиқтисодиёт ва жаҳон хўжалигига оид мавзулар кенг ўрин олган. Айниқса, ҳозирги замонда ривожланган бозор иқтисодиётининг қонун-қоидаларига, молия, кредит, банк ва пул тизимининг ролига катта эътибор берилган.