-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
-
-
O`simliklarni biologik himoya qilish
Darslikning birinchi qismida o'simliklar biologik himoyasida qo'llaniladigan organizmlar tasnifi va ularni qo`llashning nazariy asoslari berilgan bo'lsa, uning maxsus qismi o'simliklar biologik himoyasi sohasida olimlarning, jumladan, respublika olimlarining uzoq yillar davomida olib borgan ilmiy va amaliy tadqiqotlarining natijalari, chop etgan ilmiy asarlari va tavsiyanomalari hamda mualliflar bevosita tadqiqotlarining yakunlari asosida tayyorlandi. Bulardan tashqari darslikda biologik himoya vositalari, zararkunandalarning entomo va akarifaglarini ommaviy ko‘paytirish ham da ularni qo'llash usullari to'g'risida ham batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Bu darslik oliy va o ‘rta maxsus o'quv yurtlari talabalari, magistrantlar, aspirantlar va o'qituvchilarga mo‘ljallangan bo'lib, uning amaliy qismidan ilmiy xodimlar, o ‘simliklarni himoya qilish sohasidagi mutaxassislar va fermerlar ham foydalanishi mumkin.
-
Patologik fiziologiyadan amaliyot darslari uchun qo'llanma
Qo'lingizdagi ushbu qo'llanma ikki qismdan iborat bo'lib, uning birinchi Umumiy patofiziologiya qismida davolash va pediatriya fakultetlari talabalarining mustaqil ishlashlari uchun 18 mavzu bo'yicha materiallar keltirilgan. Qo'llanmaning ikkinchi qismida a'zolar va tizimlar patofiziologiyasi bayon qilinadi. U xususiy patofiziologiyaning 14 darsini o'z ichiga oladi. Qo'llanmada asosiy bilimlar darajasini aniqlash uchun savollar va ulaming javoblari, mustaqil tayyorlanish uchun adabiyotlar keltirilgan. Ushbu qo'llanma ilgari rus va o'zbek tillarida chop qilingan qo'llanmalar asosida qayta ishlangan va qisman to'ldirilgan.
-
Ҳозирги замон рақобат назарияси
Ушбу ўқув қўлланма кадрлар тайёрлаш миллий дастури, Ўзбекистон Республикаси Давлат таълим стандарти ҳамда шу фан бўйича намунавий ва ишчи ўқув дастурлари асосида магистрантлар учун тайёрланган. Унда ҳозирги замон рақобат назариялари, Ўзбекистон иқтисодиётида рақобат муҳитини шакиллантиришнинг стратегик мақсадлари ва жаҳон бозоридаги рақобат усулларидан фойдаланиш механизмлари ўз аксини топган.
-
Секцион курс
Дарсликда патологик анатомия хизмати тўғрисида маълумотлар келтирилган бўлиб, у 10 боб, адабиётлар рўйхати ва иловалардан ташкил топган. Дарсликда патологик хизматнинг аҳамияти, таркиби, текшириш усуллари (аутопсия, биопсия), касаликлар классификацияси ва номенклатураси (ХКК-10), диагноз тузилиши ва унинг клиник-анатомик тахлили ҳамда патологоанатомик муассасаларда тиббий ҳужжатлар юритилишига алоҳида эътибор қаратилган. Дарслик тиббиёт ОТМлари даволаш ва тиббий-педагогика бакалавриат талабалари учун мўлжалланган. Шунингдек, китоб магистрлар, клиник ординаторлар, патологоанатомлар ва клиницистлар учун ҳам фойдали бўлади, деган умиддамиз.
-
San'at menejmenti
Mazkur o‘quv qo‘llanmada san’at menejmenti zamonaviy menejment va san’atshunoslikning tarkibiy qismi sifatida ko'rilib, uning doirasida san’at sohasini boshqarishning ob'yektiv qonuniyatlari, san’at sohasi boshqaruvi samaradorligini oshirish yo‘llari, san’at muassasalarining bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat yuritish tamoyillari o‘rganilgan.
-
Ҳайвонлар биокимёси
Дарслик қишлоқ хўжалик институтлари ва техникумларининг чорвачилик мутахассисликлари бўйича таълим олаётган талабалар учун мўлжалланган. Унда одам организимининг асосини ташкил этадиган углевод, липид, оқсил каби бирикмалар, фермент ва гормонлар ҳақида батафсил маълумот берилган.
-
Otorinolaringologiyada zamonaviy tekshirish usullari
Yuqori nafas yo'llari va quloq kasalliklarida davolash taktikasini to'g'ri tanlash uchun bemor shikoyatlari, kasallik tarixi, anamnez ma’lumotlari, asosiy va qo'shimcha tekshiruv usullari, tashxis va qiyosiy tashxisot asosiy mezon hisoblanadi. Ushbu qo'llanmada otorinolaringologiyada zamonaviy tekshirish usullari, bajarish texnikasi, kc'rsatmalari, qarshi ko'rsatmalari, natijalar tahlili, natijalarga ta’sir etuvchi omillar va asoratlari batafsil, tushunarli bayon etilgan. Shuningdek, o'quvchi o‘z bilimini sinashi uchun nazorat savollari keltirilgan. 0 ‘quv qo'lanma otorinolaringolog mutaxassisligi bo'yicha shifokorlar, magistrantlar, klinik ordinatorlarga mo'ljallangan.
-
Kompozitsiya va maket
Ushbu uslubiy qo‘llanma, asosan o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, kelgusida yosh mutaxassis kadrlarni "Kompozitsiya va maket" fanini o‘qitishda loyihalarni o‘qish, chizish, tahlil qilish kabi vazifalarni nazariy hamda amaliy bajarishni o‘z ichiga qamrab olgan bo‘lib, "dizayn", "interyer" haqida batafsil ma’lumotlar berib boradi.
-
Эволюция назарияси
Мазкур қўлланма университетлар учун нашр этилган биология йўналиши бўйича ўқув дастури асосида ёзилди. Китобда эволюция назарияси фанининг мазмуни ва вазифалари, эволюцион ғояларнинг пайдо бўлиш тарихи, органик эволюциянинг объектив жараён эканлиги, микроэволюция ва макроэволюция муаммолари, эволюция назариясининг назарий ва амалий баён этилган.
-
Археология фанига муқаддима
Қадимги топилмалар хақидаги дастлабки тасаввурлар ва тушунчалар. Топилмалар сирининг аён бўлиб бориши. Археология номланишининг вужудга келиши ва дастлабки қадамлари. Ер ўз бағрида нималарни сақлаб келиши сирларининг намоён бўлиш одимлари
-
Биогеография
Мазкур ўқув-услубий қўлланма Давлат университетлари ва педагогика институтларининг география, экология ва биология йўналиши бўйича таълим олаётган бакалавр талабалари ҳамда зоология ихтисослиги магистлари учун мўлжалланган биогеографиядан дастлабки ўқув-услубий қўлланмадир.
-
Teatr maketi
O'quv qo'llanmada sahnaning umumiy ko'rinishi, undagi anjomlar, asbob-uskunalar, bezaklar haqida so'z yuritiladi. Sahna xususiyatini tushunish uchun teatr taraqqiyoti tarixi kuzatiladi va sahnaning hozirgi ko'rinishga kelgunga qadar bosib o'tgan yo'liga nazar solinadi. Bezaklar sahnaning muhim tarkibiy qismi bo'lganligi uchun ularni tayyorlash texnikasi va texnologiyasiga to'la to'xtalinadi. Qo'llanma madaniyat va san'at talabalariga mo'ljallangan.
-
Yoritish rejissurasi
O‘rta maxsus o‘quv yurtlari uchun mo'ljallangan mazkur o‘quv qo‘llanmada yoritish rejissurasining maqsadi, teatr, televideniya va kino ishlab chiqarishda yorug‘lik uskunalari yordamida sifatli tasvirga olish va ommaga uzatish, yoritish bo‘yicha rejissorning roli, yoritish uskunalarini o‘rnatish singari masalalarga to‘xtalindi. Yoritish rejissurasida yoritish uskunalarini o‘rnatish vazifa bo'libgina qolmay, yoritish texnika asoslari va yoritish manbalari va uskunalarini bilish zarur bo‘ladi. Bu bilimlar yoritish rejissurasida yoritish uskunalaridan to‘g‘ri va profes sional darajada foydalanishga ko‘maklashadi.
-
O`simliklar sistematikasidan amaliy mashg`ulotlar
Ushbu o‘quv qo`llanma yangi o‘quv dasturi va mahalliy flora asosida yozilgan. Unda tuban va yuksak o‘simliklar sistematikasiga oid amaliy mashg'ulotlar uchun moMjallangan ma’lumotlar berilgan.Qo`llanmada ishni bajarish tartibi, uslubi va har bir mavzudan so‘ng talabalar o‘z bilimlarini sinab ko‘rishi uchun savollar berilgan. Qo‘llanmani tayyorlashda o‘simliklar sistematikasi bo‘yicha keyingi yillardagi fan yangiliklari hisobga olingan. Mazkur o‘quv qo`llanma pedagogika universiteti va institutlaming biologiya mutaxassisliklari uchun moMjallangan. Undan boshqa oliy o‘quv yurtlarining talabalari va o‘qituvchilari ham foydalanishlari mumkin.
-
Ўсимликлар биоэкологияси
Табиий флора ва ўсимликлар оламидан самарали фойдаланиш масалалари тобора катта аҳамият касб этмоқда. Ёввойи ҳолда ўсадиган ўтлар ва ўсимликлар жамоасини ўрганиш методлари бўйича тақдим этилаётган мазкур қўлланма кириш, асосий қисм ва хулосадан иборат бўлиб. унда ўсимлик турлари ва жамоаларини биоэкологик ўрганишга оид кузатиш ва тажрибалар олиб бориш методлари баён этилган.
-
Sotsiologiya tarixi
Ushbu o'quv qo'llanma talabalar uchun tayyorlangan bo'lib, sotsiologiya ta'lim yo'nalishi bakalavrlariga mo'ljallangan. Sotsiologiyadagi asosiy oqimlar, maktablar nazariyalarini va ular qo'llagan uslublarni ilmiy tahlil qilishga bag'ishlangan. Qo'llanmada XIX-XX asr G'arbiy Evropa sotsiologlarning qarashlari o'z aksini topgan. Ushbu qo'llanma Sotsiologiya tarixi bo'yicha Davlat ta'lim andozalariga muvofiqdir.