-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
-
-
-
-
Oliy matematika masalalar to`plami, nazorat topshiriqlari
Qo`lanmada zarur nazariy tushunchalar, qoidalar, teoremalar va formulalar keltirilgan va ularning mohiyati misol va masalalar yechimlarida tushuntirilgan, mustahkamlash uchun mashqlar, nazorat ishi va talabalarning mustaqil ishlari uchun topshiriqlar berilgan. Har bir mustaqil ish topshirig‘iga oid misol va masala namuna sifatida yechib ko‘rsatilgan.
-
O'zbekiston geosiyosati
Mazkur o'quv qo'llanma O'zbekistonning Markaziy Osiyo va Afg'oniston yo'nalishidagi geosiyosatiga bag'ishlangan. Unda geosiyosatning klassik va zamonaviy paradigmalari, O'zbekiston geosiyosatining nazariy asoslari, Markaziy Osiyo mintaqasida yirik va mintaqaviy kuchlarning geosiyosiy raqobati hamda mintaqadagi O'zbekiston geosiyosati, shuningdek, afg'on muammosini hal etish jarayonlarida O'zbekiston geosiyosiy yondashuvlari masalalari o'z aksini topgan. O'quv qo'llanma jahon siyosati va halqaro munosabatlar yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, namunaviy dastur asosida tuzilgan.
-
Landshaft arxitekturasi
Darslikda landshaft arxitekturasi va bog'dorchilikning ilk shakllanish asoslari va genezisi, bog' park san'ati va landshaft arxitekturasining tarixi, landshaft arxitekturasining zamonaviy yo'nalishlari va tajribalari, landshaft arxitekturasining shaharsozlik asoslari va nazariyasi ularni bajarish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar bayon qilingan.
-
Zamonaviy koreys nasri antologiyasi
Zamonaviy koreys nasri antologiyasi o'z ichiga birinchi marotaba o'zbek tiliga tarjima qilingan asarlarni oladi. Mazkur asarlar koreys mualliflari tomonidan XIX asrning oxiri-XX asrning 50-yillariga qadar yaratilgan.To'plam Koreya tarixi, tili va adabiyotini o'rganiyotgan hamda badiiy tarjima nazariyasi va amaliyoti bilan shug'ullanayotgan, Koreya madaniyati va san'atiga qiziquvchi talabalarga mo'ljallangan.
-
Суицидология асослари
Қўлланмада ўз жонига қасд қилиш ва унга алоқадор ҳодисаларни таҳлил қилишда фойдаланилаётган асосий тушунчалар келтирилган. Аутоагрессия ҳатти-ҳаракатларнинг айрим кўринишларини аниқлайдиган шахсларга индивидуал ёндошиш принципи тасдиқланган. Асосий эьтибор ўз жонига қасд қилишга уринган ва ўзларига боғлиқ бўлмаган ҳолатлар туфайли омон қолган шахсларни таҳлил қилишга қаратилади. Суицидологик таҳлил жараёнида ўз жонига қасд қилишга уринишнинг барча босқичлари, шу жумладан ўз жонига қасд қилишгача бўлган даврдаги ҳиссий тажрибаларнинг хусусиятлари кўриб чиқилади. Руҳий касалликларга чалинган ёки руҳан соғлом одамларнинг ўз жонига қасд қилишга урунишларини баҳолашда норма ва нозоцентрик ёндашувларнинг етарли нисбати зарурлиги таькидланган.
-
Қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини стандартлаш, метрология ва сертификациялаш асослари
Мазкур дарсликда стандартлаш,метрология ва сертификациялаш турли жиҳатларининг халқ хўжалигида аҳамияти,уларнинг илмий-техник тараққиётни жадаллаштириш ва қишлоқ хўжалиги ишлаб чиқариши самадорлигини оширишдаги аҳамияти кўрсатилган.Унда ўсимликшунослик ва чорва маҳсулотларининг ҳамда қишлоқ хўжалигига етказиб бериладиган маҳсулотларнинг сифатини назорат қилиш воситаси ва услублари қисқача баён етилган.
-
Yordamchi tarixiy fanlar
Tarix fanining yuzaga kelishida ―Yordamchi tarixiy fanlar‖ning o‗rni beqiyos darajada muhim. ―Yordamchi tarixiy fanlar‖ deganda, paleografiya, epigrafika, numizmatika, tarixiy toponimika, sfragistika, geraldika, tarixiy toponimika, tarixiy atamashunoslik kabi bir qator ilmiy yo‗nalishlar tushuniladi. Bu sohalarning beradigan ma‘lumotlari tarix tadqiqotlarining asosiy material zamini hisoblanadi. Bugungi kunda ―Yordamchi tarix fanlari‖ ko‗lami kengayib, kodikologiya, berestologiya, bonistika, faleristika, veksillologiya, emblematika, filokartiya, filumeniya, uniformologiya, arxontologiya, nekropolistika, stavrografiya, medalerika, kliometrika, prosopografiya, psixoistoriya, tarixiy imformatika kabi fan tarmoqlari tarix fanining sohasi sifatida Yevropa mamlakatlari oliy ta‘lim tizimida mutaxassis tayyorlash jarayonida o‗qitilmoqda. Ushbu tajribadan kelib chiqib tayyorlangan o‗quv qo‗llanma oliy ta‘lim muassasalarining ijtimoiy-gumanitar, xususan tarix yo‗nalishlari bakalavriatura bosqichi talabalari uchun mo‗ljallangan.
-
DELPHI tilida dasturlash asoslari
O'quv qo'llanmada bir xil turdagi ishni bajaradigan dasturlarni Basic, Paskal, Ci kabi tillarda yozish mumkin.
-
Psixiatriya asoslari
Psixiatriya - tibbiyotning bir bo`limi bo`lib, u ruhiy kasalliklarning etiologiyasi, patogenezi, uning yuzaga kelish mexanizmlari va ko`rinishi, ularning davolash hamda yordam ko`rsatishni tashkillashtirishni o`rgatadi. Zamonaviy psixiatriya bir necha yo`nalishlardan tashkil topgan: bolalar, o`smirlar, sud va mehnat ekspertizasi, seksopatologiya, chegaraviy psixiatriya, psixoterapiya va boshqalar. Qo`llanmaning asosiy maqsadi tibbiyot institutlarning talabalariga ruhiy kasallliklar etiologiyasi, patogenezi, uning yuzaga kelish mexanizmlari va ko`rinishi, ularni davolash hamda yordam ko`rsatishni usullarini o`rgatishdan iborat. Qo`llanma psixiatriya yo`nalishi bo`yicha magistr rezidentlari va klinik ordinatorlar tayyorlash uchun ham foydalanish mumkin.
-
Чилангарлик ишлари
Ушбу амалий ишлар қўлланмасида 30 та ўқув-ишлаб чиқариш машғулоти берилган бўлиб уларда асосий умумчилангарлик амалларининг усулларини бажариш тартиби ва ўқув-ишлаб чиқариш курсатмалари шунингдек амалларнинг бажарилиш сифатини текшириш.ишлаб чиқаришда оид масалалар.машқлар ҳамда уларга жавоблар ва изоҳлар.ҳисоблаш техникаси усуллари тўғрисидаги маьлумотлар келтирилган
-
Kurashchilarni tayyorlash texnologiyasi
Ushbu o ‘quv qo‘llanma sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) ta’lim yo ‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. O'quv qo‘llanmada sportning kurash turi bo‘yicha sportchilarni tayyorlash jarayonini uslubiy va amaliy asoslari negizida tushunchalar berilgan.
-
Графика композицияси
Қўлланмада графика техникалари, китоб графикаси, дастгоҳли графика, композиция асосларига таъриф бериб ўтилган. Ўқув қўлланмадан олий ўқув юртлари рассомлик факультетлари, рассомлик, коллежи талабалари ва ўқитувчилари фойдаланишлари мумкин.
-
Микро макро экономика
Данная книга является приложением для практической работы с широко известными в России курсами по экономике: Макконнел Брю "Экономикс", 1990 год; Самуэльсон и Нордхауз "Экономика", 1990 год, а также Э. Доллана и другие.
-
Kurash turlari nazariyasi va uslubiyati
Darslik jismoniy tarbiya va sport hamda sportning barcha turlari inson- ning sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash uchun muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Mazkur darslik kurash turlari nazariyasi va usuliyati bo'yicha jismoniy tarbiya va sport sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashning amaldagi o'quv dasturiga muvofiq ishlab chiqilgan. Darslik asosan kurash turlari bo'yicha ixtisoslashgan.
-
Xitoy tili grammatikasi
Darslik xitoy tili filologiyasi fanidan O'zbekiston Respublikasi oliy o'quv yurtlari uchun qabul qilingan davlat standartlariga muvofiq ilmiy-texnika dasturlar doirasida YoF-8-08-"Xitiy tili" loyihasi bo'yicha yaratilgan. Har bir dars nazariy va amaliy qismlarga bo'lingan.Darslarni nazariy qismida xitoy tili grammatikasining morfologiya va sintaksisga tegishli ma'lumotlar berilgan. darslarni amaliy qismida esa har bir mavzuni mustahkamlashga qaratilgan mashqlar to'plami keltirilgan. "Xitoy tili grammatikasi" Toshkent davlat sharqshunoslik instituti "Xitoyshunoslik" fakulteti o'quv-uslubiy kengashining 2017 yil 20-apreldagi 9-sonli qarori bilan xitoy filologiyasi mutaxassisligi sohasida bakalavriatura va magistraturada tahsil olayotgan talabalar uchun darslik sifatida nashrga tavsiya etilgan.
-
Diyetologiya
Darslikda unumli ovqatlanish va diyetologiyaning zamonaviy omillari, tamoyillari va ularni tashkil qilishda qo'llaniladigan yangi texnologiyalar ifodalangan bo'lib, alohida e’tibor O'zbekiston Respublikasi iqlimi, ob-havo sharoitlarini inobatga olgan holda dolzarb mavzular keng ko'lamda yoritilgan. Alohida e ’tibor parhez ovqatlanishning turli holatlar va kasalliklarda qo'llanishi asoslariga qaratilgan. Shuning bilan birga ovqatli mahsulotlarga ishlov berish, ularning tarkibini tuzish, taomlardagi asosiy ozuqaviy moddalarning miqdorlari, ularning beradigan quwati, tayyorlash jarayonlariga oid ma’lumotlar keltirilgan.