-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
-
-
Siyosat. Siyosiy fanlar
-
Tug’ruq patologiyalari
Ushbu o’quv qo’llanma dard tutish anomaliyasi tasnifi, dardning birlamchi va ikkilamchi sustligi, davolash usullari bo’yicha to’liq ma’lumotlar keltirilgan. O’quv qo’llanmada o’z aksini topgan mashg’ulot bo’yicha talabalar bilimini tekshirishga qaratilgan interfaol usullar, vaziyatli masalalar va test savollari uning mazmunini yanada boyitgan va yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars o’tishga yordam beradi.
-
Zamonoviy lingvistika
Mazkur qollanmada lingvomadaniyatshunoslikning fan sifatida shakllanishi. bu yo’nalish haqidagi dastlabki ilmiy g‘oya va fikrlar, til-madaniyat-etnos triadasining talqini. moddiy va ma'naviy madaniyat haqidagi fikrlar, lingvomadaniyatshunoslik va etnolingvistikaning bir-biri bilan kesishgan nuqtalari, lisoniy shaxs tushunchasi va uning tuzilishi hamda til va madaniyat olam manzarasini ifodalovchi vosita ekanligi yoritilgan. Shuningdek lingvomadaniyatshunoslikning eng muhim tushunchalari lingvokulturema va logoepistema, lingvokulturema va konsept. so‘z va lingvokulturema haqida fikr yuritilgan hamda leksik va frazeologik birliklaming va badiiy matning milliy-madaniy aspektlari kabi mavzular o‘rin olgan. Qollanma lingvomadaniyatshunoslik masalalari bilan shug'ullanuvchi barcha ilm sohiblari.bu yo’nalish haqidagi istagidagi kitobxonlar uchun mo'ljallangan.
-
Botanika yem-xashak yetishtirish agronomiya asoslari
Darslik "Botanika", "Agrоnomiya asoslari", "Yem-xashak yetishtirish" deb nomlanuvchi uch bo'limni o'z ichiga olgan. "Botanika" bo'limida o'simliklarning hujayra tuzilishi, asosiy qismlari va ularning vazifalari haqida ma'lumot berilgan. "Agrоnomiya asoslari" bo'limida esa tuproqshunoslik, dehqonchilik, agrokimyo to'g'risida qisqacha tushunchalar keltirilgan.
-
Analitik geometriya
Bu darslik universitetlarning matematika, meхanika, tadbiqiy matematika va informatika, statistika yo’nalishlari uchun mo’ljallangan va amaldagi yangi bakalavrlar dasturiga muvofiq muallifning O’zbekiston Milliy Universitteida o’qigan ma’ruzalari asosida yozilgan. Darslik oltita qismdan iborat bo’lib, unda vektorlar algebrasi, tekislikda koordinatalar sistemasini almashtirish, to’g’ri chiziqlar va tekisliklar, ikkinchi tartibli chiziqlar va sirtlar nazariyalari yoritilgan.
-
Vatan tarixi
Kitobda sovet mustamlakachiligining o'rnatilishi va unga qarshi o'lkamiz xalqlarining milliy ozodlik kurashlari, O'zbekistonning sovet rejimi sharoitidagi ahvoli, xalqning tortgan zahmatlari, ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki, covetlar istibdodining kuchayishi va unga qarshi milliy uyg'onish va uning bosqichlari, istiqlol uchun kurash keng qo'llamdagi, xilma-xil xujjatli manbalar asosida aks ettitilgan.
-
Hayotiy faoliyat xavfsizligi fanidan ma`ruza kursi
Mazkur ma'ruzalar to'plamida sanoat korxonalarida «Hayotiy faoliyat xavfsizligi» fanining tarixi, kelib chiqishi va uning inson uchun ahamivati keltirilgan. Hayotiy faoliyat xavfsizligi fanining diqqat markaziga qo‘ yilgan maqsad - bu insonni jamiyat taraqqivotidagi roli. Unda sanoat korxonalarida mehnat muhofazasi insonni ishlab chiqarishdagi ahvoli bilan shug‘ullanadi. Hayotiy faoliyat xavfsizligi -bu har qanday sharoitdagi inson faoliyatidir. Insonning barcha faol harakati-mehnat jarayonida, dam olishda, uyda hamda sportdagi faoliyatini tashkil qiladi. Unda mehnat muhofazasiga qisqacha kirish, mehnat qonunchiligi, mehnat gigiyenasi va sanoat sanitariyasi, sexlarni yoritish, shovqin va titrash, elektr xavfsizligi, og‘ir qo‘l mehnatini mexanizatsiyalash, korxona hududini obodonlashtirish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash va boshqa dolzarb muammolar o‘rganiladi.
-
Задачник по программированию
Автор этой книги уверен, что практическое решение разнообразных по содержанию задач дает в обретении программистских навыков гораздо больший эффект, чем только лекционный курс и изучение многочисленных учебников.
-
Олий нерв фаолиияти физиологияси
Ушбу уқув қўлланма педагогика олийгоздарининг биология ва педагогика-психология факултети талабалари учун мулжаллаб ёзилган.
-
Mantiq
Mazkur o‘quv qo‘llanmada tafakkurning shakllari va qonunlari so‘nggi yillarda mantiq fani sohasida erishilgan yutuqlar, uning masalalariga bo‘lgan yangicha yondashuvlar asosida talqin qilinadi. Shuningdek unda mantiqiy qonun-qoidalar, usullar yoshlarning mustaqil va to‘g‘ri fikr yuritishning muhim sharti sifatidagi xususiyati ko‘rsatib beriladi. O‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurti nofalsafiy bakalavriat bosqichi talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, undan falsafa yo‘nalishdagi talabalar hamda barcha mantiq ilmiga qiziquvchilar ham foydalanishlari mumkin.
-
Қил устидаги тақдир. Қ. 1
Қимор - ўртага пул, буюм, кўчмас мулк, ҳатто тирик жон тикиб ўйналадиган ўйин. Миср фиръавнларининг дахмаларини қазиш чоғида қимор ўйинларида ишлатиладиган суяклар, Шумер шоҳлари қабридан эса рақамли кубиклар (нарда тошлари) топилган. Милоддан аввалги V асрда Грецияда тотализатор ўйинлари, яъни пойгачи отларга пул тикиб ўйнаш кенг тарқалди. Илк бор 1861 йилда ҳозирги Монако қироллигининг Монте Карло шаҳрида замонавий қиморхона - казино очилди. Кейинчалик ўйин автоматлари ҳам қимор воситасига айланди. Кимларгадир қарта, ошиқ, ўйин автоматлари, турли лотто ўйинлари эрмак бўлиб туюлиши мумкин. Бироқ бу ўйинлар инсон тақдирига, бахтига, бегуноҳ аёллару болалар ҳаётига таҳдид солиши муқаррар. Шукрки, юртимизда казинолар, турли майда-чуйда қиморхоналар, пул тикиб ўйналадиган бильярдхоналар очиш каби жиноий фаолиятлар тақиқланган. Азамат Коржововнинг "Қил устидаги тақдир" қиссасининг шу вақтгача ўн бир қисми "Бекажон", "Суғдиёна" газеталарида ва "Аъло кайфият" журналида чоп этилган. Қисса илк марта китоб ҳолида нашр этилмоқда. Биринчи китобга уч қисм киритилган бўлиб, унда қимор инсон ҳаётига қандай балолар ёғдириши Лобар исмли аёл ҳаёти мисолида кўрсатиб берилган.
-
Yuz jag' travmatalogiyasi.
Yuz jag' travmatalogiyasi darsligi stamatologiya fakulteti talabalari uchun shu fan bo'yicha tuzulgan namunaviy o'quv dasturi asosida yozildi.
-
Rejissyorning spektakl ustida ishlash jarayoni
Ushbu darslik san`at va madaniyat oliy o`quv yurtlari uchun mo`lallangan bo`lib, III bobdan iborat. Muallif darslikda kurs badiiy rahbari, pedagog rejissor sifatida bitiruvchi kursda sahnalashtirgan N.Qobilning "Na malakman, na farishta" diplom spektakllarida obraz ustida ishlash jarayonalrini to`laqonli yoritishga harakat qilgan.
-
Sahna nutqi
Ushbu o`quv qo`llanma san`at va madaniyat oliy o`quv yurtlari uchun yurtlari uchun mo`ljallangan bo`lib, sahna san`atining asosiy ifoda vositalaridan biri bo`lgan "Birinchi shaxs" nutqining ifodaviyligi. ta`sirchanligini ta`minlashga aloqador dolzarb masalalarga bag`ishlangan. Qo`llanma ommaviy bayramlar rejissurasi talabalari,umuman, teatr san`ati, aktyorlik mahorati, so`z san`ati bilan qiziquvchanlar uchun mo`ljallangan.
-
Соматоневрологические синдромы
В учебном пособии рассматриваются патогенез и основные синдромы поражений нервной системы при заболеваниях внутренних органов, представлены и систематизированы неврологические синдромы, встречающиеся при висцеральной и эндокринной патологии. Синдромы классифицированы в зависимости от патологии того или иного органа или системы, являющейся основным заболеванием. Рассмотрены неврологические синдромы при патологии сердца, аорты и крупных магистральных сосудов головного мозга, бронхо-легочной патологии, патологии желудочно-кишечного тракта, печени и желчевыводящих путей, патологии почек, аллергии, органов малого таза и осложненной беременности, при патологии системы крови, при злокачественных опухолях внутренних органов, при коллагенозах и ревматизме, а также при эндокринной патологии (нейроэндокринные синдромы). В пособии приведены задачи и тесты для контроля исходного и конечного уровня знаний.
-
Suv xo`jaligi qurilishini tashkil qilish, rejalashtirish va ularni boshqarish
Suv xo`jaligi qurilishini tashkil, rejalashtirish va boshqarish nomli darslikda fanga oid asosiy nazariy tushunchalar bayon etilgan. Darslik oliy o`quv yurtlarining Irrigatsiya va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish bakalavriat yo`nalishlari talabalarini o`qitish uchun mo`ljallangan.
-
Миллий мафкуранинг назарий ва методологик масалалари
Миллий мафкура кўпроқ сиёсатшунослик таҳлили предмети сифатида тадқиқ этилади. Муаллиф миллий мафкуранинг шаклланиш назарияси ва методологиясининг барча жиҳатларини ёритиб беришинимақсад қилиб қўймай, тадқиқот объекти сифатида энг долзарб ва баҳс талаб масалаларинигина танлаб олган.