-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Metrologiya standartlashtirish va o`zaro almashuvchanlik
O`quv qo`llanma ikki qismdan iborat bo`lib, birinchi qism o`zaroalmashinuvchanlik bo`yicha talabalar olgan bilimlarini mustahkamlash uchun asosiy tushunchalar va amaliy mashg`ulotlardan tashkil topgan. Ikkinchi qism esa metrologiyadan tarixiy ma`lumotlar, asosiy tushunchalar, texnik o`lchash usullari, texnik o`lchash vositalari va universal o`lchash asboblarining tuzilishi hamda ulardan foydalanishni o`rganish bo`yicha tajriba mashg`ulotlariga bag`ishlangan.
-
Biofizika
Mazkur darslik O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus la'lim vazirligining 2009-yil 27-oktabrdagi 373-sonli buynig‘i bilan tasdiqlangan. «Biofizika» Tanining namunaviy o'quv dasturi asosida yozilgan. Unda veterinariya va chorvachilik sohalari uchun kalta ahamiyatga ega bo'lgan biomexanika, bioakustika, gidrodinamika, biologik tizimlarda ko'chish hodisalari, termodinamikaning biologik asoslari, bioelektromagnetizm, kvant biofizikasi, atom nurlari, radiobiologiyaga oid ma'lumotlar bayon etilgan.
-
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg'armalari hisobi
Ushbu o’quv qo’llanmada byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg’armalarining har bir turi bo’yicha mablag’larning shakllanishi va sarflanishi tartibi, hisobining yuritilishi alohida mavzu sifatida yoritilgan. Har bir mavzu yuzasidan tayanch tushunchalar, nazorat savollari va olingan bilimlarni tekshirish uchun nazorat test savollari berilgan.
-
Алгоритмы и структуры обработки информации
В книге рассмотрены фундаментальные структуры и алгоритмы обработки данных. Изложены основы асимптотического анализа вычислительной сложности итеративных и рекурсивных алгоритмов. Приведены классические методы сортировки и поиска информации. Значительная часть материала посвящена подходам к реализации абстрактных типов данных: списков, множеств, ассоциативных массивов и очередей с приоритетами. В конце каждого раздела приведены упражнения.
-
Эпидемиология. Ҳарбий эпидемиология. Юқумли касалликлар эпидемиологияси
Ушбу ўқув қўлланмада эпидемиология фани тарихи, эпидемик жараённи юзага келиши, қонуниятлари, касалликларни тарқалиши ва олдини олишга қаратилган чора тадбирлар батафсил ёритилган. Шунингдек ўқув қўлланмада касалликларга қарши курашишнинг махсус профилактика усулларига кенг тўхталиб ўтилган. Ушбу ўқув қўлланма амалий йўналишга эга бўлиб, талабаларга эпимедиология фанидан юзага келган саволларга ойдинлик киритишга ёрдам беради. Ушбу ўқув қўлланма педиатрия, стоматология факультети талабалари учун мўлжалланган
-
Военная токсикология и защита от ядерного и химического оружия
В пособии рассматриваются вопросы токсикологии отравляющих веществ, состоящих на вооружении ряда иностранных армий, компонентов ракетных топлив, технических жидкостей и зажигательных веществ, поражающего действия ядерного оружия, действия ионизирующей радиации на организм, средства защиты, радиационной и химической разведки, специальной обработки от радиоактивных и отравляющих веществ, вопросы медицинской защиты.
-
Oliy matematika masalalar to`plami, nazorat topshiriqlari
Qo`lanmada zarur nazariy tushunchalar, qoidalar, teoremalar va formulalar keltirilgan va ularning mohiyati misol va masalalar yechimlarida tushuntirilgan, mustahkamlash uchun mashqlar, nazorat ishi va talabalarning mustaqil ishlari uchun topshiriqlar berilgan. Har bir mustaqil ish topshirig‘iga oid misol va masala namuna sifatida yechib ko‘rsatilgan.
-
O'zbekiston geosiyosati
Mazkur o'quv qo'llanma O'zbekistonning Markaziy Osiyo va Afg'oniston yo'nalishidagi geosiyosatiga bag'ishlangan. Unda geosiyosatning klassik va zamonaviy paradigmalari, O'zbekiston geosiyosatining nazariy asoslari, Markaziy Osiyo mintaqasida yirik va mintaqaviy kuchlarning geosiyosiy raqobati hamda mintaqadagi O'zbekiston geosiyosati, shuningdek, afg'on muammosini hal etish jarayonlarida O'zbekiston geosiyosiy yondashuvlari masalalari o'z aksini topgan. O'quv qo'llanma jahon siyosati va halqaro munosabatlar yo'nalishlarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, namunaviy dastur asosida tuzilgan.
-
Landshaft arxitekturasi
Darslikda landshaft arxitekturasi va bog'dorchilikning ilk shakllanish asoslari va genezisi, bog' park san'ati va landshaft arxitekturasining tarixi, landshaft arxitekturasining zamonaviy yo'nalishlari va tajribalari, landshaft arxitekturasining shaharsozlik asoslari va nazariyasi ularni bajarish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar bayon qilingan.
-
Zamonaviy koreys nasri antologiyasi
Zamonaviy koreys nasri antologiyasi o'z ichiga birinchi marotaba o'zbek tiliga tarjima qilingan asarlarni oladi. Mazkur asarlar koreys mualliflari tomonidan XIX asrning oxiri-XX asrning 50-yillariga qadar yaratilgan.To'plam Koreya tarixi, tili va adabiyotini o'rganiyotgan hamda badiiy tarjima nazariyasi va amaliyoti bilan shug'ullanayotgan, Koreya madaniyati va san'atiga qiziquvchi talabalarga mo'ljallangan.
-
Суицидология асослари
Қўлланмада ўз жонига қасд қилиш ва унга алоқадор ҳодисаларни таҳлил қилишда фойдаланилаётган асосий тушунчалар келтирилган. Аутоагрессия ҳатти-ҳаракатларнинг айрим кўринишларини аниқлайдиган шахсларга индивидуал ёндошиш принципи тасдиқланган. Асосий эьтибор ўз жонига қасд қилишга уринган ва ўзларига боғлиқ бўлмаган ҳолатлар туфайли омон қолган шахсларни таҳлил қилишга қаратилади. Суицидологик таҳлил жараёнида ўз жонига қасд қилишга уринишнинг барча босқичлари, шу жумладан ўз жонига қасд қилишгача бўлган даврдаги ҳиссий тажрибаларнинг хусусиятлари кўриб чиқилади. Руҳий касалликларга чалинган ёки руҳан соғлом одамларнинг ўз жонига қасд қилишга урунишларини баҳолашда норма ва нозоцентрик ёндашувларнинг етарли нисбати зарурлиги таькидланган.
-
Қишлоқ хўжалиги маҳсулотларини стандартлаш, метрология ва сертификациялаш асослари
Мазкур дарсликда стандартлаш,метрология ва сертификациялаш турли жиҳатларининг халқ хўжалигида аҳамияти,уларнинг илмий-техник тараққиётни жадаллаштириш ва қишлоқ хўжалиги ишлаб чиқариши самадорлигини оширишдаги аҳамияти кўрсатилган.Унда ўсимликшунослик ва чорва маҳсулотларининг ҳамда қишлоқ хўжалигига етказиб бериладиган маҳсулотларнинг сифатини назорат қилиш воситаси ва услублари қисқача баён етилган.
-
Yordamchi tarixiy fanlar
Tarix fanining yuzaga kelishida ―Yordamchi tarixiy fanlar‖ning o‗rni beqiyos darajada muhim. ―Yordamchi tarixiy fanlar‖ deganda, paleografiya, epigrafika, numizmatika, tarixiy toponimika, sfragistika, geraldika, tarixiy toponimika, tarixiy atamashunoslik kabi bir qator ilmiy yo‗nalishlar tushuniladi. Bu sohalarning beradigan ma‘lumotlari tarix tadqiqotlarining asosiy material zamini hisoblanadi. Bugungi kunda ―Yordamchi tarix fanlari‖ ko‗lami kengayib, kodikologiya, berestologiya, bonistika, faleristika, veksillologiya, emblematika, filokartiya, filumeniya, uniformologiya, arxontologiya, nekropolistika, stavrografiya, medalerika, kliometrika, prosopografiya, psixoistoriya, tarixiy imformatika kabi fan tarmoqlari tarix fanining sohasi sifatida Yevropa mamlakatlari oliy ta‘lim tizimida mutaxassis tayyorlash jarayonida o‗qitilmoqda. Ushbu tajribadan kelib chiqib tayyorlangan o‗quv qo‗llanma oliy ta‘lim muassasalarining ijtimoiy-gumanitar, xususan tarix yo‗nalishlari bakalavriatura bosqichi talabalari uchun mo‗ljallangan.
-
DELPHI tilida dasturlash asoslari
O'quv qo'llanmada bir xil turdagi ishni bajaradigan dasturlarni Basic, Paskal, Ci kabi tillarda yozish mumkin.
-
Psixiatriya asoslari
Psixiatriya - tibbiyotning bir bo`limi bo`lib, u ruhiy kasalliklarning etiologiyasi, patogenezi, uning yuzaga kelish mexanizmlari va ko`rinishi, ularning davolash hamda yordam ko`rsatishni tashkillashtirishni o`rgatadi. Zamonaviy psixiatriya bir necha yo`nalishlardan tashkil topgan: bolalar, o`smirlar, sud va mehnat ekspertizasi, seksopatologiya, chegaraviy psixiatriya, psixoterapiya va boshqalar. Qo`llanmaning asosiy maqsadi tibbiyot institutlarning talabalariga ruhiy kasallliklar etiologiyasi, patogenezi, uning yuzaga kelish mexanizmlari va ko`rinishi, ularni davolash hamda yordam ko`rsatishni usullarini o`rgatishdan iborat. Qo`llanma psixiatriya yo`nalishi bo`yicha magistr rezidentlari va klinik ordinatorlar tayyorlash uchun ham foydalanish mumkin.
-
Чилангарлик ишлари
Ушбу амалий ишлар қўлланмасида 30 та ўқув-ишлаб чиқариш машғулоти берилган бўлиб уларда асосий умумчилангарлик амалларининг усулларини бажариш тартиби ва ўқув-ишлаб чиқариш курсатмалари шунингдек амалларнинг бажарилиш сифатини текшириш.ишлаб чиқаришда оид масалалар.машқлар ҳамда уларга жавоблар ва изоҳлар.ҳисоблаш техникаси усуллари тўғрисидаги маьлумотлар келтирилган