-
-
Geodeziya. Kartografiya
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Инвестицион лойҳалаштириш
Ўзбекистонда бозор иқтисодиётининг шаклланиши иқтисодий ўсишининг бир қатор макроиқтисодий омилларини кескин даражада кучайтирилишини тақазо этади. Бу соҳада рўй бераётган жараёнлар воқеаларнинг шиддатли алмашинуви билан изоҳланади. Мамлакатнинг иқтисодий ўсишини қўллаб қувватлаш ва жадаллаштиришда хал қилувчи ролни ишлаб чиқариш инвестициялари ўйнаши керак.
-
Ўзбек тилининг тараққиёт босқичлари
Тил—бу тарих. Тил—бу халқ. Зеро, тилга шу нуқтаи назардан қарамоғимиз даркор. Тилидан ажралган халқ тарихидан ажралади, демакдир. Тил жамиятга хизмат қилади. Жамиятда, ижтимоий хаётда бўладиган ўзгариш эса тилда у ёки бу даражада ўз аксини топади. Вироқ, тилда бўладиган ўзгариш жамиятда бўладиган ўзгаришлардан фарқли ўлароқ жуда секинлик билан содир бўлади.
-
Диалектология корейского языка
В данном учебном пособии авторы попытались раскрыть сущность социальных, литературных и территориальных диалектов, основные черты этапов развития диалектов в корейском языке, а также была предпринята попытка показать историческую взаимосвязь корейского языка с историей, культурой, литературой, искусством, философией и религией страны изучаемого языка. Данное учебное пособие рекомендовано магистрантам, изучающим корейскую филологию, а также тем, кто интересуется наследием художественной культуры дальневосточного региона.
-
Injenerlik geodeziyasi
Mazkur o`quv qo`llanmada injenerlik geodezik ishlarning quyidagi asosiy turlari: topografik-geodezik qidiruv, chiziqli inshootlarni trassalash, inshootlar deformastiyasini kuzatish, gidrotexnik, yerosti hamda noyob inshootlarni loyihalash va qurishdagi geodezik ishlarning nazariyasi va amaliyoti bayon etilgan. Oliy o`quv yurtidagi 5111000-Kasbiy ta'lim:(5450200-Suv xo'jaligi melioratsiyasi), 5111000-Kasbiy ta'lim: (5450400-Gidrotexnika inshootlari va nasos stantsiyalaridan foydalanish), 5141100-Gidrologiya (suv omborlarida), 5340700-Gidrotexnika qurilishi (suv xo'jaligida), 5450100-Irrigatsiya tizimlari va suv energiyasidan foydalanish, 5450200-Suv xo'jaligi va melioratsiya, 5450300-Suv xo'jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalashtirish, 5450400-Gidrotexnika inshootlari va nasos stantsiyalaridan foydalanish bakalavriat ta`lim yo`nalishlari talabalari uchun mo`ljallangan.
-
Iqtisodiy statistika
O’zbekiston iqtisodiyotini modernizasiyalash sharoitida, mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash hozirgi zamon dolzarb masalasi bo’lib, u barcha fanlar bo’yicha mazmunli darsliklar yaratishni taqozo qiladi. Ushbu darslikda statistika yagona fan sifatida qaralib, unda milliy hisoblar tizimi – iqtisodiy statistikaning uslubiy negizi sifatida qaralgan va barcha masalalar shu asosda yoritilgan. Aholi, mehnat bozori va milliy boylik statistikasiga butun iqtisodiy faoliyatning muhim omillari sifatida qaralgan. Makroiqtisodiy faoliyat natijasi sifatida yalpi ichki mahsulot statistikasi o’rganilgan.
-
ХХ аср Ўзбек ҳикояси антологияси
Йиллар ва асрлар якуни ҳар ҳандай соҳада сарҳисобга имкон беради. Сарҳисоб эҳтиёжи заруратга айланади. Шу маънода ХХ асрда ёзилган ҳикояларнинг эстетик қиймати, мавзу кўлами, бадиий савия, ютуқлари ва бошқа қирраларини тасаввур этиш учун ушбу антологияга тартиб берилди .
-
Ўзбек тилининг назарий грамматикаси (синтаксис)
Ҳозирги даврда ўзбек тилининг барча сатҳлари бўйича қатор илмий-тадқиқот ишлари мавжуд. Олий ўкув юртларининг ўзбек тили ва адабиёти факультети талабалари учун тавсифий характердаги дарслик ва қўлланмалар яратилди. Бу дарслик ва қўлланмаларда ўзбек тилининг фонетикаси, морфемикаси, сўз ясалиши, лексикологияси, морфологияси ва синтаксиси юзасидан изчил маълумотлар берилди. Китоб ҳажмидан келиб чиқиб, мавжуд дарслик ва қўлланмаларда изчил баён қилинган баъзи мавзулар бу грамматикада ихчамроқ шаклда ўз аксини топди.
-
Vokal
O‘quv qo‘llanma birinchi bobida vokal asoslari, ovoz apparati, nafas, ovozlar tavsifi, vokal ijrochilik imkoniyatlarini rivojlantirish, ariya va duetlar ustida ishlash bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar, musiqali drama tarixi hamda musiqiy asarlarga annotatsiyalar berilgan. Ikkinchi bobda o‘zbek kompozitorlarining musiqali drama va komediyalardan ariyalar, duetlar, talabalar mustaqil darslari uchun mavzular, testlar hamda vokal faniga taaluqli glossariy keltirilgan.
-
An'anaviy xonandalik
Mazkur o'quv qo'llanma an'anaviy qo'shiqchilik san'ati yoshlar tomonidan o'zlashtirishiga mo'ljallab tuzilgan. Unda xalqimizning qon-qoniga singib ketgan va ko'plab san'atkorlar tomonidan sevib kuylanadigan, an'anaviy yo'nalishda ijod etuvchi bastakorlarimiz tomonidan yaratilgan qo'shiq va ashulalar, oddiy xalq qo'shiqlari, shuningdek mamlakatimizning hududlariga xos folklor qo'shiqlaridan namunalar keltirilgan.
-
Fortepiano darsligi
Mazkur darslik 1971 yilda chop etilgan „Fortepiano darsligi“ kitobining to‘ldirilgan va qayta ishlangan nashri bo‘lib, asosan o‘zbek xalq kuy-ohanglari negizida yaratilgan asarlardan tuzilgan. Ular yosh sozandalaming fortepiano chalish ko‘nikmalarini hosil qilishiga, ijro malakalarini tobora oshirib borishiga qaratilgan.
-
Vokal
“Vokal (yakka qо‘shiqchilik san’ati)” sir-asrorlarini atroflicha о‘rgatishga oid barcha nazariy va amaliy ma’lumotlar kо‘p yillik tajribadan kelib chiqib bayon etilgan. Kuylash uchun taqdim etilgan О‘zbekiston kompozitorlari asarlaridan namunalarga annotatsiya, uslubiy kо‘rsatmalar ham о‘rin olgan.
-
Orkestr sinfi
Ushbll o'quv qo'llanma orkestr ijrochiligi ko'nikmalarini o'rgatish uslubiyotiga bag'ishlangan bo'lib, unda orkestr sinfida ko'p ovozli ijro, tirli guгuh уа jamoalaming xususiyatlari, gammamashq hamda badiiy asarJami o'rganish usullarj tahliJ etilgan.
-
Yakkaxon qo'shiqchilik
Mazkur о‘quv qо‘llanmada muallif о‘z pedagogik tajribasidan kelib chiqqan holda о‘zbek musiqa san’atidagi an’anaviy xonandalikning о‘rni haqida fikr yuritadi. Talabani ustoz-shogird an’anasi asosida xonandalikka tayyorlash, unda hofizlik mahoratini shakllantirish masalalari kо‘rib chiqiladi.
-
Vokal
Ushbu o‘quv-metodik qo‘llanma vokal ijrochiligida ovozni to‘g’ri tarbiyalash, to‘g’ri nafas olish va undan foydalanish, to‘g’ri tovush hosil qilish, artikulyatsiya apparati hamda tovush hosil bo‘lishida ishtirok etadigan barcha organlarni tanishtirish va ularning faoliyati haqida ma’lumotlar beradi.
-
100 английских предлогов
Цель пособия — формирование л совершенствование навыков и умении практического применения английских предлогов. Форма по дачи материала, основанная на оригинальной авторской методике, по может не только выучить основные значения предлогов в течение короткого периода времени, но л существенно повысить грамотность и беглость речи.
-
Ривожланишнинг ўзбек модели: Тинчлик ва барқарорлик-тараққиёт асоси
Ушбу китобда тинчлик ва барқарорлик, изчил ривожланишга интилиш, мамлакатнинг ўсиб бораётган халқаро обрў-эътибори унинг жаҳон иқтисодиётига интеграциялашуви ва чет эл инвестицияларини жалб этиш учун катта имкониятлар тўғрисида батафсил баён этилган.