-
Jing'il (LYCIUM L.) turkum turlarining morfobiologiyasi va foydalanish istiqbollari
monografiyada Jing`il (Lycium L.) turkum turlarning tarqalishi, morfologik, biologik va ekologik xususiyatlari keng yoritilgan. Lycium L. turkumi turlarining vegetativ va generativ organlarining morfologik xususiyatlari, o'zgaruvchanligi, urug'lari va qalamchalaridan ko'paytirish usullari, ontogenezi davr va bosqichlari, fenologik fazalari, sutkalik gullash dinamikasi, urug' mahsuldorligi, mevalarining kimyoviy tarkibi to'g'risidagi batafsil ma'lumotlar keltirilgan. Monografiya biolog mutaxassislari, oliy oʻquv yurtlari talabalari, magistrantlar, doktorantlar, tabiatni muhofa qilish, oʻrmonchilik, dorivor oʻsimliklarini etishtirish bilan shugʻullanuvchi mutaxassislar hamda tabiatshunoslar uchun moʻljallangan.
-
IJTIMOIY ISH NAZARIYASI
Mazkur oʻquv qoʻllanma 5520100 — “Ijtimoiy ish (Oila va bolalar bilan ijtimoiy ish)” mutaxassisligi bakalavr talabalari uchun mo`ljallab yozilgan. Qo`llanma Ijtimoiy ish nazariyasi fanidagi ijtimoiy ishning faoliyatini mustaqil shakli sifatida yuzaga kelishi, “Ijtimoiy ish” tushunchasining mohiyati va mazmunini chuqurroq anglashda talabalarga metodik manba vazifasini o`taydi. Shuningdek, qo`llanmada ijtimoiy ishning maqsad va vazifalari, obyekti va subyekti, qadriyatlari, faoliyat sohalari bilan o`zaro bog`liqligi, ijtimoiy ish darajalari, funksiyalari, ijtimoiy ish xodimining shaxsiy va kasbiy sifatlari, faoliyatning mustaqil sohasi shaklida rivojlanishi, tizim va jarayon sifatidagi oʻrni tahlil qilingan.
-
Topinambur
Monografiyada topinamburga oid adabiyotlar keng koʻrib chiqildi, tadqiqotning metodologiyasi, oʻrni va shartlari tavsiflandi. Topinamburning biologik xususiyatlari va amaliy ahamiyati ochib berilgan. Ildiz tizimining o'sishi va rivojlanishining xususiyatlari oʻrganilgan. Topinamburni ekishning maqbul muddati, stolonlari va tuganaklari shakllanishi, topinamburning yer usti organlarining oʻsishi va rivojlanishi xususiyatlari, yer usti organlarining qayta oʻsishi aniqlandi. Topinambur gullashining biologiyasi va ekologik xususiyatlari ochib berildi, gulning morfologiyasi, gulchanglarning morfologiyasi va sifati, antekologiyasi oʻrganildi. Topinambur yem-xashak mahsulotlarining hosildorligi va kimyoviy tarkibi aniqlandi. Ushbu monografiya ma'lumotlaridan biologiya va oʻsimliklar introduksiyasini oʻrganish tizimida, shuningdek, tegishli profildagi universitetlarda biologiya va ekologik fanlar boʻyicha umumiy va maxsus kurslarni ishlab chiqishda foydalanish mumkin.
-
Academic Skills Reading, Writing, and Study Skills
Each reading section contains one or more texts which students use to develop different study skills. These study skills are clearly detailed in Study Skill boxes and are linked to specific practice exercises. The texts are of various types and styles which students will come across during the course of their academic studies, including scientific reports, articles, biographies, web pages, and data presented through graphics.
-
Oliy matematika Mustaqil ishlar va ularni tashkil etish metodikasi
Sotsiologiya ta'lim yo'nalishlari bo'yicha hamda oliy o'quv yurtlari pedagogika ta'lim yo'nalishlarida ta'lim oluvchi talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Botanika fanlaridan mustaqil ta`lim topshiriqlari
Oʻquv qoʻllanma biologiya yo`nalishining bakalavr talabalariga botanika fanlaridan mustaqil ishlarni bajarishda yordam beradi. Nazoratlarning namunaviy rejalari keltirilgan, ular talabalarga nazorat ishlariga tayyorgarlik koʻrishga yordam beradi.
-
Mahmud Koshg'ariyning DEVONU LUG'ATI-T-TURK asaridagi olamning lisoniy manzarasi
Mazkur monografiya antroposentrik paradigma tamoyillariga tayanib toʻng'ich turkologimiz Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug 'ati-t-turk" asarida ifodalangan "inson", “goʻzallik", “sog ʻlik”, "turarjoy" hamda bolalar dunyosining lisoniy manzarasiga oid konseptlarni lingvomadaniy va lingvokognitiv metodlar asosida tadqiq qilishga bag ‘ishlangan. Monografiya til materialini zamonaviy tilshunoslikning lingvomadaniy va lingvokognitiv aspektlari tadqiqiga hamda millat va til tarixi, xususan, Mahmud Koshg'ariyning“Devonu lug'ati-t-turk” asariga qiziquvchi ilmiy izlanuvchilar, magistr va doktoranrlarga mo 'ljallangan.
-
GREAT WRITING 3 From Great Paragraphs to Great Essays
Framed by engaging National Geographic images, the new edition of the Great Writing series helps students write better sentences, paragraphs, and essays. The new Foundations level meets the needs of low-level learners through practice in basic grammar, vocabulary, and spelling, while all levels feature clear explanations, student writing models, and meaningful practice opportunities. The new edition of the Great Writing series is perfect for beginning to advanced learners, helping them develop and master academic writing skills.
-
Umumiy kimyo
O'quv qo'llanmadan oliy o'quv yurtlarining talabalari, umumta'lim maktablarining o'qituvchi va o'quvchilari hamda oliy o'quv yurtlariga kiruvchi abituriyentlar ham foydalanishlari mumkin.
-
O‘zbek tilidagi somatik iboralarning semantik-pragmatik tahlili (ko‘z, qo‘l va yurak komponentli iboralar misolida).
Ushbu monografıya o‘zbek tilidagi somatik iboralarning shakllanishi, ularning idrok etish jarayonidagi o‘rnini aniqlash, bunday iboralarning falsafiy-gneseologik asoslarining belgilanish tarixini ko‘zdan kechirish, bunday birliklarning matnda qo‘llanish xususiyatlarini semantik-pragmatik jihatdan tahlil etishga bag‘ishlangan. Shuningdek, ishda o‘zbek tilida faol qo‘llanuvchi inson tana a’zolari bilan bog‘liq somatik frazemalarning pragmatik, lingvokulturologik, kognitologik, paradigmatik va sintagmatik xususiyatlari ko‘z, qo‘l va yurak komponentli somatik frazemalar misolida ochib berilib, muayyan ilmiy xulosalarga kelingan. Mazkur monografiya oliy o‘quv yurtlarining filologiya fakultetlari bakalavr talabalari, magistrantlari, ilmiy tadqiqotchilari hamda o‘zbek frazeologiyasi muammolari bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.
-
Falsafa
Falsafa darsligi davlat ta’lim standartlarida berilgan talablar asosida tayyorlangan. Darslik tarkibiga falsafa tarixi, ontologiya, gnoseologiya, antropologiya, ijtimoiy falsafa masalalari kiritilgan. Avvalgi "Falsafa" adabiyotlaridan farqi, unda falsafa fani iqtisod bilan bog'lab yoritilgan. O'zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning iqtisodiy-siyosiy va ijtimoiy - huquqiy mexanizmlari berilgan.
-
Botanika. Oʻsimliklar anatomiyasi va morfologiyasi
Mazkur oʻquv qo`llanma bakalavriatning “60510100-Biologiya (turlari boʻyicha)”, “60110900-Biologiya” ta'lim yo`nalishlari talabalari uchun O`zbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy o`quv reja va fan dasturi asosida yozilgan boʻlib, unda oʻsimliklar hujayrasi, to`qimalari, vegetativ va generativ organlari, oʻsimliklar ekologiyasi asoslari, fitotsenologiya, oʻsimliklar geografiyasi haqida bilim, koʻnikma va malakalarni berish ko`zda tutilgan.
-
Германская филология и общее языкознание
Сборник содержит статьи из научного наследия известного филолога-германиста, стоявшего также у истоков отечественной психолингвистики — В. М. Павлова (1925—2011). Его труды не утратили своего значения ни для истории и теории немецкого языка, ни для размышлений над общелингвистической проблематикой.
-
FITOTSENOLOGIYA
O`quv qoʻllanma biologiya yo`nalishining magistrlariga botanika fanining bir qismi boʻlgan fitotsenologiyani o`rganishda yordam beradi. O`quv qo`llanmada mavzular hamda rasm va jadvallar keltirilgan. Ushbu o`quv qo`llanmada geobotanika fanini o`rganishda va ma'ruzalardan keyin imtihon topshirishda asosiy qo`llanma, shuningdek, amaliy mashg`ulotlarda, uni oʻtkazishda doimiy qoʻllanma sifatida xizmat qiladi.
-
ИНВЕСТИЦИИ
Рекомендовано Министерством образования Российской Федерации в качестве учебника для студентов высших учебных заведений, обучающихся по экономическим специальностям.
-
Odam anatomiyasi va fiziologiyasi
Odam anatomiyasi va fiziologiyasidan amaliy mashgʻulotlar oʻquv 'llanmasida odam organizmining tuzilishi: hujayra, toʻqima, organlar joylashuvi a funksiyalari hamda embrional rivojlanishi toʻgʻrisida ma'lumotlar keltirilgan. Amaliy mashg'ulotlarni olib borishda odam skletini tuzilishi xillari va vazifai, muskullarning joylashivi, gavdani harakatga keltirishdagi va nafas olishdagi ishtiroki, ovqat hazm, nafas olish, qon, yurak-qon tomir, ichki sekritsiya, sensot, ayirish, markaziy va oliy nerv tizimlarini anatomik-fiziologik funksiyalari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Yuqorida keltirilgan tizimlar boʻyicha amaliy mashg'uloularni bajarish boʻyicha koʻrsatma va metodlar yoritilgan. Qoʻllanmaning so'ngida foydalanuvchilar uchun testlar va glossariy (izohli lugʻat) bilan boyitilgan.