-
-
Mehnat muhofazasi
-
-
-
Электр схемаларини ўқиш
Ўқув қўлланма саноат касб-ҳунар коллежлари талабалари учун мўлжалланган. Қўлланма электр схемаларини тузиш ва уларнинг бўлакларини ўрганиш, шулар асосида андозавий схемаларни ўқиш имконини беради.
-
Biokimyo
Mazkur darslikning statik biokimyo qismida tirik organizmning kimyoviy tarkibi, tirik organizmdagi suv, karbonsuvlar, lipidlar, oqsillar, nuklein kislotalar, vitaminlar, gormonlarning tuzilishi, xossalari va vazifalari; dinamik biokimyo qismida moddalar almashinuvining umumiy qonuniyatlari, karbonsuvlar, lipidiar, oqsil va nuklein kislotalar, suv va mineral moddalar almashinuvi; sport biokimyosi qismida esa muskul va muskul qisqarishi biokimyosi, organizmda kechadigan biokimyoviy jarayonlar dinamikasi, charchashning kelib chiqishi, sportchilar ovqatlanishining biokimyoviy asoslari, sportchilarning maxsus ish qobiliyatini oshirish va tiklash davrida dorivor moddalardan foydalanish, har xil yoshdagi odamlar jismoniy mashq mashg‘ulotlarining biokimyoviy asoslari yoritildi.
-
«Biokimyo» fanidan laboratoriya ishlari uchun uslubiy ko‘rsatma
«Biokimyo» fanidan laboratoriya ishlari uchun uslubiy ko‘rsatmalar namunaviy va ishchi o‘quv dasturlari asosida tuzilgan bo‘lib, oziq-ovqat mahsulotlari (turlari) mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim olayotgan bakalavriat talabalari uchun tavsiya etilgan. Uslubiy ko‘rsatmalarda oddiy oqsillarni mahsulotlardan ajratib olish, oqsillarga xos rangli sifat reaksiyalari, uglevodlar, kraxmalning miqdorini aniqlash bilan birga laboratoriya uskunalarini amaliy tomondan o‘rganib, ular yordamida mahsulotlarida, va boshqa sharoitlarda oqsillarning ularga ta’sirini o‘rganiladi.
-
Основные формулы по высшей математике.
В учебно-методическом пособии по математике описаны формулы, уравнения, понятия, соотношения и другие выражения, необходимые в повседневной жизни любого человека. Учебно-методическое пособие предназначено для широкого круга читателей: студентам высших учебных заведений, учащимся школы и средних специальных учебных заведений, инженерам, преподавателям, физикам, биологам, экономистам и другим специалистам, использующим в своей повседневной жизни
-
Favqulotda vaziyatlarni bartaraf etish.
Ushbu uslubiy ko‘rsatma 71031902 - “Favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligi” mutaxassisligi magistratura talabalari uchun mo’ljallangan. Kurs ishi magistratura talabasi tomonidan “Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish” fanini eshitish bilan parallel olib boriladi. Va bundan asosiy maqsad talabaning bilimini chuqurlashtirish, favqulodda vaziyatlarda aholi xavfsizligi ta’limi sohasida mamlakatda va xorijda mavjud uslubiy tajribalarni sistemalashtirish, umumlashtirish va tarqatishni bilish, ularning rasional sxemalarini mustaqil qabul qilishga о‘rgatadi.
-
Yong‘in xavfsizligi
Ushbu kurs loyiha 5640100 - “Hayotiy faoliyat xavfsizligi” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, talabalarni yong‘in xavfsizligi fanidan olgan bilimlarini mustahkamlashga asoslangan. Kurs loyihasini bajarish vaqtida talaba egallagan nazariy bilimlari va mavjud me’yoriy hujjatlar, ma’lumotlar, maxsus adabiyotlar, zamonaviy axborot texnologiyalaridan va boshqa manbalardan foydalanib, amaliy masalalarni mustaqil ravishda yechish hamda o‘z g‘oya va yechimlarini jamoada himoya qilish ko‘nikmasini egallashi lozim.
-
Ingliz tili: o`quv-uslubiy qo`llanma
Mazkur Ingliz tili o`quv-uslubiy qo`llanmasi oliy o`quv yurtlarining texnika yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, yangicha yondashuv og`zaki nutq, yozuv, o`qish va tinglab tushunish malakalarini shakllantirishga qaratilgan
-
English writing and reading for academic purposes.
O‘quv-uslubiy qo‘llanma ingliz tilida o‘qish va yozuvga o‘rgatishga qaratilgan qoidalar, texnikaning turli sohalariga oid matnlar, grammatik ma’lumotlar, o‘qish va yozuv bo‘yicha qoida va mashqlarni o‘z ichiga olgan. Texnika yo‘nalishida o‘qituvchi va talabalarga mo‘ljallangan.
-
Gidrotexnika inshootlari
Mazkur darslik (l-jild)da suv resurslari, suv xo'jaligi va uning tarmoqlari, gidrotexnika inshootlari haqida umumiy ma’lumotlar, ularning zaminlari va ishlash sharoitlari, gidrotexnika inshootlarining zaminlarda va qirg'oqqa tutashgan qismlaridagi filtratsiya, dimlovchi betonli gidrotexnika inshootlarini ustivorlikka va mustahkamlikka hisoblashning umumiy masalalari, kanallar va ulardagi gidrotexnika inshootlari, gidrotexnika inshootlarining mexanik jihozlari, o'zanlami rostlash, daryodan suv olish inshootlari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.
-
Gidrotexnika inshootlari. 2-jild
Mazkur darslik (2-jild) da “Daryodan suv olish inshootlari”, “Tindirgichlar”, “Gruntli va boshqa materiallardan quriladigan to‘g‘onlar”, “Ustidan suv o'tkazmaydigan gruntli to‘g‘onli gidrouzellaming suv o'tkazuvchi inshootlari”, “Suv o'tkazuvchi inshootlar loyihalashning umumiy masalalari”, “Beton va temir beton to'g'onlar”, “Maxsus gidrotexnika inshootlari”, “Daryodagi gidrouzellar va suv omborlari”, “Gidrotexnikada ilmiy tadqiqot”, “Gidrotexnika inshootlari ishonchliligi va xavfsizligi” haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan.
-
Гидротехника иншоотлари
Мазкур ўвув қўлланма талабаларга Гидротехника иншоотлари ва унга яқин фанларни ўрганишга ёрдам беради.
-
Quyosh energetikasi fanidan laboratoriya mashg`ulotlarini bajarishga oid uslubiy ko`rsatmalar.
Uslubiy ko`rsatmalar o`quv rejasidagi Quyosh energetikasi fani bo`yicha ToshDTUning 5312400-Muqobil energiya manbalari ixtisosliklari bo`yicha kunduzgi bo`lim bakalavrlariat talabalariga laboratoriya mashg`ulotlarini bajarish uchun mo`ljallangan.
-
«Termodinamika» fanining “Issiqlik uzatilishi”
Ushbu o‘quv qo‘llanma issiqlik almashinuvi turlari: issiqlik o‘tkazuvchanlik, issiqlik beruvchanlik, nurlanish va ularning qonunlari, koeffitsiyentlari, qaynash va kondensatsiyada issiqlik beruvchanlik, issiqlik almashinuvi apparatlari va ularning turlari, ularning issiqlik va gidravlik hisoblari to‘liq bayon etilgan.
-
Metallarni kesish nazariyasi asoslari, metall kesuvchi stanoklar va asboblar
O‘quv qo‘llanmasida metallarni kesish nazariyasining asoslari, metall kesuvchi asboblaming materiallari va konstruktiv elementlari hamda geometrik parametrlari, metall kesuvchi stanoklarning konstruktiv tuzilishi va asosiy tiplari, ularning texnik xarakteristikalari hamda bajaradigan ishlaridan namunalar, ishlov berish sxemalari keltirilgan.
-
So`ngi o`q savohil
Tohir Malikning Savohil va So`ngi o`q qissalari o`zbek kitobxonlari uchun yaqin o`tmishimizga biz nazar bo`lib, voqealar asnosida inson ruhiyatiga qilinadigan benazir sayohat hamdur.
-
Педагогик маҳорат
Ушбу қўлланмада миллий ва умум инсоний кадриятлар асосида мухдaндис-педагог кадрларни тайёрлаш, педагогик олий ўқув юртларида «Педагогик махорат» фанини янада такомиллаштириш масалалари ёритилгаи.