-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Qurilish. Arxitektura
-
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Kontaktli payvandlash texnologiyasi va jihozlari
O'quv qo'llanmada bosim ostida payvandlashning asosiy usullari tavsiflari, xususan, kontaktli payvandlash nazariyasi va texnologiyasining asosiy masalalari bayon qilingan. Qo'llanma kasb-hunar kollejlarida «Kontaktli payvandlash texnologiyasi va jihozlari» bo’yicha 010005 — «Payvandlash» yo'nalishi mutaxassislari tayyorlash dasturiga moslab yozilgan. O'quv qo'llanma kasb-hunar kollejlari talabalari uchun mo'ljallangan, undan, shuningdek, mazkur yo'nalishdagi bakalavriat talabalari ham foydalanishlari mumkin.
-
Kompyuter tizimlari va tarmoqlari
Ushbu o‘quv qo‘llanmada kompyuter tizimi va tarmoqlarining tuzilishi, ularning asosiy parametrlari, Harakteristikalari, texnikaviy va dasturiy vositalari, lokal, korporativ va global kompyuter tarmog‘ining tuzilmalari keltirilgan. Global Internet tarmog‘iga ulanish usullari, manzillashtirish, asosiy resurslari, har hil usullarda va tartibda ishlash keng yoritilgan. Qo‘llanma oxirida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish yoki laboratoriya ishlari uchun yo‘riqnomalar keltirilgan. Talabalarning mustaqil tayyorlanishi uchun test savollaridan namunalar ham berilgan. Qo‘llanmadan barcha oliy o‘quv yurtlarining talabalari, kasb hunar kolledjlari va akademik litsey o‘quvchilari ham foydalanishlarii mumkin.
-
Kasbiy ta`lim mеtodikasi
Mazkur o`quv qo`llanmada kasbiy ta`lim metodikasi fanini o`qitishning an`anaviy usullari tahlil qilingan hamda asosiy qonun qoidalari, o`qitish omillari kеltirilgan. O`qitish jarayonida yangi pеdogogik tехnologiyalarni qo`llash usullari va yo`llari, o`qitish natijalarini baholashning ob’еktiv usullari bayon qilingan hamda talabalarni o`qish jarayonida faol qatnashishlari uchun pеdagoglar uchun yo`l-yo`riq va tavsiyalar kеltirilgan. Shu jumladan, talabalarga “Informatika” fanini o`qitish muammolari, хususiyatlari, usul va uslubiyotlari bеrilgan O`quv qo`llanma oliy va o`rta maхsus o`quv yurtlari, akadеmik litsеy va kasbhunar kollеjlari kasbiy ta`lim yo`nalishidagi talabalar va pеdagoglari uchun, hamda mustaqil o`qish uchun foydalanishga mo`ljallangan.
-
Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar
Hozirgi zamon jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar – juda murakkab va dinamik holda rivojlanayotgan tizim bo‘lib, o‘z tarkibida xalqaro iqtisodiy munosabatlar (tashqi savdo aloqalari kapital chiqarish, valyuta - kredit munosabatlari, ishchi kuchlari migratsiyasi, iqtisodiy integratsiya jarayonlari va h.k.) orqali bir-birlari bilan o‘zviy bog‘langan turli xildagi milliy xo‘jaliklarni o‘z ichiga olgan global xo‘jalik mexanizmi bo‘lib hisoblanadi. Ushbu o‘quv qo‘llanmada jahon iqtisodiyoti mohiyati, tarkibi, uning gloabllashuv bosqichlari taraqqiyotning asosiy qirralari va xalqaro iqtisodiy munosabatlarni tarkibiy qismlari yoritilgan.
-
Issiqlik texnikasi ikkinchi nashri to'ldirilgan va qayta ishlangan
Ushbu darslik Oliy ta’limning texnika yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar uchun darslik sifatida tavsiya etilgan. Darslikda asosiy e’tibor termodinamikaning qonun va qoidalariga va ular asosida qurilgan issiqlik mashinalarida sodir bo‘layotgan termodinamik jarayonlarga qaratilgan. Darslikda texnikaviy termodinamika asoslari va issiqlik almashinuvining nazariy asoslari, issiqlik – kuch qurilmalarining ish jarayonlari va yoqilg‘ining yonish jarayonlari, qozon agregatlari va ularning qurilmalari, bug‘ va gaz turbinali qurilmalar, sovitish mashinalari o‘rganilgan.
-
Issiqlik elektr stansiyalarining bug‘ qozon qurilmalari
O‘quv qo‘llanmada qozon qurilmalarining turlari, tasnifi, asosiy texnologik chizmalari va tavsiflari, suv rejimlari, yordamchi uskunalari bayon qilingan. bundan tashqari qo‘llanmada qozon qurilmalarida ishlatiladigan yoqilg‘i turlari, ularning kimyoviy tarkiblari, yonish mahsulotlari, yonishda kechadigan jarayonlar, qozon qurilmasining issiqlik balansi, foydali ish koeffitsiyenti hamda atrof-muhitga ta’siri ko‘rib chiqilgan. O‘quv qo‘llanma «issiqlik energetika qurilmalari» yo‘nalishidagi va shunga yaqin bo‘lgan yo‘nalishdagi kasb-hunar kollejlari talabalari uchun mo‘ljallangan.
-
Isitish. 1-qism Isitish asoslari
O‘quv qo‘llanma uch qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismida isitish asoslari, ikkinchi qismida suv bilan isitish tizimlari va uchinchi qismida esa bug`li, havoli va panel-nurlanishli isitish tizimlari keltirilgan. Isitish asoslarida asosiy e’tibor isitish tizimlarining tafsilotiga, isitilayotgan binoning issiqlik rejimiga, isitish tizimining issiqlik quvvatini aniqlashga, markaziy isitish tizimlarining elementlari tuzilishiga qaratilgan. Bunda isitish asboblariga qo‘yiladigan talablar, ularning tasnifi, tavsiloti bayon etilgan, isitish asboblarini tanlash va joylashtirish, issiqlik uzatish koeffitsiyentini aniqlash, issiqlik oqimining zichligini topish, isitish asboblarining issiqlik qisobini bajarish, issiqlik uzatishni rostlash kabi masalalar ko‘rib chiqilgan. Issiqlik o‘tkazgichlarning tasnifi va materiallari, binoda joylashtirilishi, isitish asboblarga ulanishi, berkitish-rostlash armaturasini joylashtirish, isitish tizimidan qavoni chiqarish, issiqlik o‘tkazgichlarni izolatsiyalash savollari yoritilgan. O‘quv qo‘llanma “isitish, shamollatish, qavoni mo‘tadillash va havo qavzasini muqofaza qilish” mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olayotgan magistrantlar, shuningdek “Muxandislik kommunikatsiyalari qurilishi” yo‘nalishining kunduzgi va sirtqi bakalavriatura talabalari uchun mo‘ljallangan.
-
Iqtisodiyot nazariyasi
Ushbu o'quv qo'llanma «Iqtisodiyot nazariyasi» fani o'quv dasturiga muvofiq tayyorlangan. Bu o'quv qo'llanma qayta ishlangan ikkinchi nashr bo'lib, unda iqtisodiy rivojlanishning umumiy muammolari, makroiqtisodiyot va jahon xo'jaligi rivojlanishi bilan bog'liq mavzular sodda va ravon tilda bayon etilgan. Qo'llanma xorijiy tajriba va iqtisodiyotimizda o'tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar bilan bog'liq o'zgarishlar, milliy g’oya va milliy mafkuralar e’tiborga olingan holda ishlab chiqilgan.
-
Iqtisodiyot nazariyasi.To’ldirilgan 2-nashri
Kitobning mazkur to’ldirilgan nashrida iqtisodiyot nazariyasining asosiy bo’limlari iqtisodiyotning, bozor iqtisodiyotining, mikroiqtisodiyot nazariyasining umumiy asoslari berilgan.Iqtisodiyotni nazariy jixatdan o’rganishda, jahon tajribasidan kelib chiqib, bozor iqtisodiyotining qonuniyatlari, amal qilish mexanizmi, iqtisodiy jarayonlar dinmikasini tushunishni engillashtirish maqsadida grafiklar yordamida tahlil qilish orqali bayon qilingan. Iqtisodiyotdagi asosiy masalalar, muammolar etakchi nazariy maktablar, yo’nalishlar va ularning namoyandalari fikrlari, kontseptsiyalariga qaratilgan holda ko’rib chiqilgan.
-
Inson rеsurslari mеnеjmеnti
Darslikda inson rеsurslarini boshqarish sohasida rivojlangan davlatlar, hususan, AQSh, Yaponiya va G’arbiy Еvropa mamlakatlarining ilg’or tajribalari ilmiy tahlil etilgan. Shuningdеk, korxonada rеsurslarni rеjalashtirish, mеhnat rеsurslari bozorining tеndеntsiyasi, kadrlarni tanlash va yollash usullari, motivatsiya nazariyalari, boshqarish usullari, xodimlarning ish faoliyatini baholash usullari yoritilgan. Olgan bilimlarni konkrеt amaliyotda, mahalliy sharoitni hisobga olgan holda mеnеjmеntni tashkil etish masalalari ham ko’rilgan.
-
Inson rеsurslari iqtisodiyoti
O`quv qo`llanmada «Inson rеsurslari iqtisodiyoti» fani bilan bog`liq nazariy va amaliy masalalarning mohiyati ochib bеrilib, inson rеsurslari to`g`risida tushuncha, ularning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati, ishlab chiqarish tizimida inson rеsurslarining tutgan o`rni, inson rеsurslarining shakllanishi omillari, dеmografik jarayonlar va ularning rеspublikamizdagi o`ziga xos xususiyatlari, inson rеsurslarining xududiy joylashuvi, inson rеsurslarining sifat va miqdor ko`rsatkichlari tahlili, migratsiya jarayonlarining iqtisodiyotni rivojlantirishga ta'siri, mеhnat jamoalarida inson rеsurslari faoliyatining mazmuni va ularni korxona miqyosida tahlil etish, inson rеsurslarining malakasini oshirish kabi muammolar kеng yoritilgan. Ba'zi masalalarni yoritishda O`zbеkiston Rеspublikasi iqtisodiyotini erkinlashtirish davridagi o`ziga xos xususiyatlarni va xorijiy davlatlar tajribalarini e'tiborga olgan xolda bayon etishga xarakat qilingan
-
Иншоотлар динамикаси ва зилзилабардошлиги асослари
Қўлланмада зилзилаларнинг пайдо бўлиш сабаблари, зилзила кучи ва энергияси, геологик ва гидрогеологик шароитнинг сейсмик интенсивликка таъсири, зилзилаларни прогноз (башорат) қилиш усуллари, қурилиш материали ва конструксияларнинг динамик характеристикалари, сейсмик кучларни аниқлаш, сейсмик мустаҳкам биноларни лойиҳалашнинг умумий қоидалари каби мавзулар баён этилган. Булардан ташқари қўлланмага меъморий обидалар қурилишида зилзилабардошлик масалалари, ер ости портлашларининг сейсмик таъсирини баҳолаш ва биноларни сейсмик ҳимоя қилиш қурилмалари мавзулари киритилган.
-
Harakatning turg'unlik nazariyasi
Mazkur o'quv qo'llanmada harakat turg'unlik nazariyasining umumiy tushunchalari va ta'riflari, statsionar harakatlar uchun Lyapunovning ikkinchi usuli, konservativ sistemalar muvopzanat holati va statsionar harakatlarning turg'unligi, statsionar harakatlar uchun yaqinlashish usuli bo'yicha turg'unlik kriteriylar bayon qilingan.
-
Harakat xavfsizligi xizmatlari asoslari
O'quv qo'llanma yuqoridagi bakalavr yo'nalishlar talabalariga, avtotransport, yo'l xo'jaligi va O'zR IIV YHXB mutaxassislariga, shuningdek, harakat xavfsizligini ta'minlash bilan shug'ullanadigan boshqa tashkilot va korxona mutaxassislariga foydalanish uchun tavsiya etiladi.
-
Farmakologiya
Farmakologiya tibbiyot fanlari orasida asosiylaridan biri hisoblanadi, chunki tibbiyotning hamma yo'nalishlarida kasallikning oldini olish va bemorlarni davolashda dori vositalaridan foydalaniladi. Ularning ta’sir etishini o'rganish farmakologiyaning asosiy vazifalaridan biridir.
-
Falsafa
Mazkur darslik o'z ichiga falsafa fanining bahs mavzusi, obyekti, predmeti, qonunlari, o'rganish usullari, dunyoqarash va uning tarixiy shakllari, mustaqillik va falsafiy dunyoqarashning yangilanish zaruriyati, falsafiy tafakkur shakllanishi va rivojlanishining asosiy bosqichlari berilgan.