-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
-
NAVOIYSHUNOSLIK
Mazkur darslik respublika oliy oquv yurtlari o'zbek filologiyasi va ozbek tili va adabiyotini o'qitishyo’nalishidagi talabalar uchun mo'ljallangan bolib, unda Alisher Navoiy hayoti va ijodi hamda asarlaripoetikasi bilan bog'liq engmuhim ma’lumotlar qamrab olingan, buyuk mutafakkir ijodiga doiryangicha talqinlar berilgan. Darslik navoiyshunoslikda qo'lga kiritilgan eng so'nggi yutuqlarni ozida aks ettirganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
-
O‘ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI TARIXI
Мазкур қўлланма илк бор яратилган бўлиб, олий таълимнинг бакалавриат босқичи учун мўлжалланган. Қўлланма ўзбек мумтоз адабиётнинг энг қадимги давридан ХV асрнинг биринчи ярмигача бўлган даврини қамраб олади. Қўлланмада исломгача бўлган давр щзбек адабиётига алоҳида эътибор берилган. Шунингдек, Х1- ХV аср ўзбек адабиётининг янги қирралари, тарихий-адабий манбалар чуқур ёритилган.
-
NAVOIYSHUNOSLIK
Ushbu o‘quv qo‘llanma uch bo‘limdan iborat bo‘lib, dastlabki qism “Alisher Navoiy asarlari badiiyati” deb nomlanadi. Unda Alisher Navoiyning hayoti, ijodining spetsifikasi, lirik asarlari hamda dostonlari badiiyatiga doir ba’zi jihatlar tahlilga tortiladi. Qo‘llanmaning ikkinchi qismida shoirning “Xazoyinu-l-maoniy” kulliyotidagi 63 ta g‘azal, uchinchi qismida esa 63 ta qit’a mumtoz poetik ilmlar – ilmi aruz, ilmi qofiya, ilmi bade’ asosida tahlil qilinadi, ularga nasriy bayon va sharhlar beriladi. Foydalanuvchilar ushbu qo‘llanma mutolaasi natijasida quyidagi bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar: – Alisher Navoiyning fenomeni, shaxsiyati, tafakkur dahosi haqida ma’lumotlar oladilar; – Navoiyning komil inson ma’naviyati haqidagi qarashlarini ilmiy jihatdan asoslangan dalillar bilan chuqur o‘rganish va hayotga tatbiq etish usul va vositalari bilan tanishadilar; – badiiy ijod namunalarini o‘rganish orqali badiiy so‘z shukuhi, o‘zbek tilining keng imkoniyat- laridan foydalanish malakasi shakllanadi; – Navoiy asarlarining o‘zbek xalqi ma’naviyati shakllanishi va rivojiga ko‘rsatgan ta’siri haqida ma’lumot olish orqali milliy ma’naviyatimizning teran ildizlari haqida tasavvur hosil qiladilar; – Alisher Navoiyning badiiy olami tabiati va qonuniyatlarini tadqiq etish, asarlari mohiyatini teran anglash, xususan, g‘azal va qit’alarini to‘g‘ri tahlil va tadqiq etish ko‘nikmasini hosil qiladilar; – egallangan bilim va ko‘nikmalarni jamiyatda ezgu insoniy fazilatlarning barqaror bo‘lishiga yo‘naltirish malakasi hosil bo‘ladi.
-
MUSTAQILLIK DAVRI O‘ZBEK ADABIYOTIDA ALISHER NAVOIY OBRAZI
o‘zbek xalqining buyuk mutafakkiri, daho shoiri Alisher Navoiy siymosining mustaqillik davri o‘zbek adabiyotidagi badiiy talqini muammosi o‘rganilgan. Muallif mazkur ilmiy mavzu tadqiqida bir nechta dolzarb masalalar, jumladan, badiiy adabiyotda tarixiy shaxs tasvirining mezonlari, prototip va estetik ideal, Alisher Navoiy obrazining lirik, epik va dramatik turga xos talqinlari tadriji, tarixiy manbalar haqiqati, obrazga zamonaviy yondashuv kabi masalalar tahlil qilingan. Navoiy obrazining yangi davr o‘zbek adabiyotidagi talqinlarining o‘ziga xos jihatlariga e’tibor qaratilgan. Monografiyada mustaqillik davri adabiyoti Alisher Navoiy obrazini yaratish, uni badiiy ifodalashda erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar zarur darajada, ilmiy asosda ko‘rsatib berilgan. Yangi talqinlar kitobxonni mushohadaga chorlaydi. Ushbu monografiya mustaqillik davri navoiynomasining ilmiy-badiiy tadqiqi sifatida ahamiyatli bo‘lib, kitob ilmiy xodim, soha mutaxassislari, filologiya fakulteti talaba-magistrlari, hamda Alisher Navoiyning barcha muxlis, muhiblarining foydalanishlari uchun mo‘jallangan.
-
ИСТИҚЛОЛ ДАВРИ АДАБИЁТИ
Филология фанлари доктори, Ннзомий номидаги Тошкентдавлатпедагогика университетининг профессори Ҳакимжон Каримовшзнг ушбу дарслиги “Истиқлол даври адабиёти” курсн учун тузилган намунавий дастур асосида ёзилган. Унда истикдол даврида юзага келган шеърият, хикоя, қисса, роман ва драмалар, улар замирида ётган масала, муаммолар: истиқлол моҳияти, миллий ғоя ва мшший мафкура, модерн йўналишидаги лирика ва достонларнинг ўзга-а хос хусусиятлари, шунингдек, миллийлик ифодаси, миллий характер, фожийлик моҳияти, инсон табиати, маънавияти, руҳияти, янги тамойиллар, тарих ҳамда тарихий шахсларга муносабат юзасидан тадкиқ қилинган ва модерп рухидаги насрий асарларнинг ўзига хослиги очиб берилган. Дарслик олий ўқув юртларининг филолог талабапари - бакалавр, магистрлари, адабиёт ўқитувчилари ва адабиёт масалалари билан қизикувчилар учун мўлжалланган.
-
ТОШКЕНТ ШАХРИ
«Дунё шиддат билан узгариб, баркарорлик ва халкларнинг мустахкам ри- вожланишига рахна соладиган турли янги тахдид ва хавфлар пайдо булаётган бугунги кунда маънавият ва маърифатга, ахлокий тарбия, ёшларнинг билим олиш, камолга етишга интилишига эътибор каратиш хар качонгидан хам мухимдир. Айнан таълим ва маърифат башарият фаровонлигининг асосий омиллари- дан хисобланади, инсонларни эзгуликка даъват этади, саховатли, сабр-каноат- ли булишга ундайди. Бундай ёндашув - давр талабидир».
-
ESKI O‘ZBEK TILI VA YOZUVI PRAKTIKUMI
O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida dunyoga chiqishi, hayotning barcha jabhalarida, shu jumladan, ta’lim sohasida ham tub burilishlarni vujudga keltirdi. Ayniqsa, o‘tmish tariximiz bilan bevosita bog‘liq qo‘lyozma manbaalarni, ilmiy- adabiy asarlarni o‘rganishga imkoniyat yaratdi. Bu esa, allomalarimizning ma’naviy va ma’rifiy merosiga bugungi kun nuqtai nazaridan mehr ko‘zi va cheksiz hurmat bilan qarashga keng yo‘l ochib berdi. Shu bilan birga, oldimizga o‘tmish merosimizni atroflicha o‘rganish bilan bog‘liq muammolarni tezlikda hal etish vazifasini ko‘ndalang qo‘yadi. Milliy ma’naviy meroslarimizni o‘rganish, tadqiq etish, ularni xolisona yoritish, shu bilan birgalikda ilg‘or g‘oyalarimizni butun dunyoga ko‘rsatish uchun «Eski o‘zbek tili va yozuvi praktikumi» fanini, hamda uning arab alifbosiga asoslangan eski o‘zbek yozuvini o‘rganishning o‘rni katta. Bu fan arab yozuvi asosidagi eski o’zbek yozuvining grafik, fonetik, grammatik xususiyatlari bilan tanishtiradi va eski o’zbek yozuvi yodgorliklari matnlarining o’qilishi, o’ziga xos tomonlarini yoritib beradi. Matn tahlilini, izohli o’qishini amalga oshiradi, ayni zamonda o’zbek tili tarixi fanlarining boshlovchi kursi vazifasini ham bajaradi. Qo‘llanma davlat ta’lim standartlari mazmuniga mos ravishda yozilgan.
-
O‘QISH KITOBI
Bu o‘qish kitobi o‘quvchilarning bilim doirasini kengaytirish, ularni o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda fikrlash madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Kitobda turli mavzulardagi qiziqarli hikoyalar, ertaklar va she’rlar jamlangan bo‘lib, ular orqali bolalarda ezgulik, mehr-oqibat va vatanparvarlik tuyg‘ulari tarbiyalanadi.
-
АДАБИЁТШУНОСЛИККА КИРИШ
Ушбу китоб «Адабиётшуносликка кириш» фани буйича Узбек тилила яратилган энг янги дарсликлардан биридир. Унда мазкур фаннинг дастур буйича имкон кддар барча масалалари камраб олин- ган. Аввалги нашрга бадиийлик муаммоси киритилганди. Бу нашрда- ги шундай янгилик «Пафос»дир. Сюжет та\лилидан асар мазмуни баёнига купрок эътибор берилди. Кбайта тахрирдан баъзи кушимча фикрлар чам урин олди. Китоб содда тилда ёзилган. Шу билан бирга, бу масалаларга муаллиф миллий истиклол гояси ва мафкураси нук,- таи назаридан ёнлашади, унда асосан узбек мумтоз ва замонавий адабиёти намояндаларининг ижоди, энг му\им асарлари мисолида муло\аза юритган. Дарслик республикамиздаги уииверситетлар, педагогика, мада- ният ва санъат институтлари, коллежлар, лицейлар талабалари, мак- таб Укувчилари ва Укитувчилари учун мулжалланган. Ундан адабиёт- шунослик масалалари билан киэикувчи барча ихлосмандлар фойда- ланишлари мумкин.
-
АДАБИЁТ НАЗАРИЯСИ
Республика университетларининг Узбек филологияси йуналиши (факультетлари)да «Адабиёт назарияси» бакалавриатнинг 4-курсида урганилади. Унда адабиёт, бадиий асар, ижодий жараённинг му\им крнуниятлари, адабий тур ва жанр, ижодий метод ва услуб муаммо- ларининг мох,ияти, с^з ва сузшуносликнинг се?фу жозибаси )^акдца зарур назарий таълимот берилади. Ушбу дарслик Олий укув юртларининг филолог талаба-бакалавр- лари, магистрлари, тадкик,отчилари, аспирантлари, докторантлари ва адабиётга к,изикувчи барча ижодкорларга мулжалланган.
-
Adabiyotshunoslik nazariyasi
Adabiyotshunoslikka doir mavjud darslik, qo'llanma, lug'atlarga tayanib tayyorlangan mazkur darslikda so‘z san’atining o’ziga xos xususiyatlari. badiiy asar va uning tarkibiy qismlari, adabiy turlar va janrlar, badiiy asar tili, ijodiy uslublar va ijodkor uslubi, adabiy jarayon to’g'risida mulohaza yuritilgan. Mazkur darslik oliy o'quv yurtlari bakalavriat va magistratura bosqichi talabalariga mo'ljallangan.
-
ADABIYOT NAZARIYASI ASOSLARI
Ushbu darslik 2002 yilda Oliy ta’lim vazirligi qoshidagi Oliy o‘quv yurt- lari aro Muvofiqlashtiruvchi kengash tomonidan tegishli ta’lim yomalishlari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan “Adabiyotshunoslikka kirish” dars- ligining to‘ldirilgan va tuzatilgan 4-nashridir. Darslikda nazariy masala- lar bugungi o‘zbek adabiy-nazariy tafakkuri va xorijdagi ilmiy qarashlami uyg‘uniashtirgan holda yoritilgan, material didaktik talablar va o‘quv dasturi- ga muvofiq tarzda, izchillik va ketma-ketlikda taqdim etilgan.
-
АДАБИЁТШУНОСЛИК АСОСЛАРИ
Адабиёт назарияси ва уни урганиш борасида кдлинган ишларни эътироф этганимиз х,олда шу нарсани таъкидла- мок^имизки, XX асрнинг 90-йилларигача яратилган бун- дай китобларнинг аксарияти замона зайли билан бир кдцар “эскириб” к;олди — уларга жидций тузатишлар киритиш ва, хатто, анча-мунча бобларини бутунлай к,айтаёзиш, к^с- к^ртириш-тулдириш зарурати тутилди. Зеро укув-методик адабиётлар к,андайдир консерватив-догматик нарса эмас, улар замон талаблари ва илм-фан равнакде такрзоси билан узгартирилиб-янгиланиб борилаверадиган ижодий ходиса- дир. Бу — табиий. Бу ran каминанинг 1979 йилда чоп крлинган “Адабиётшуносликка кириш курси буйича укув- методик к#лланма”сига \ам тааллук^идир. Негаки, бу ки- тоб нашр кдлингандан бери орадан йигирма бир йилдан ортикрок, вак^ утди.
-
OʻZBEK XALQ MUSIQA IJODI
Darslik 5111100 – 60211400 - Musiqa taʻlimi,Vokal san’ati (an’anaviy xonandalik) bakalavr va sirtqi taʻlimi yoʻnalishlari talabalari uchun moʻljallangan boʻlib, 1-kitob fan dasturidagi 1-modul mavzular qamrab olgan, 2- kitob 2-modul mavzulair qamrab olgan Oʻzbek xalq musiqa ijodi fani – boʻlajak bakalavrlarni kasbiy, axloqiy, estetik va mafkuraviy tayyorlashda an’anaviy qoʻshiqchilik va maqom asoslari, oʻzbek musiqasi tarixi singari asosiy ixtisoslashtiruvchi fanlarga qoʻshimcha fan sifatida oʻqitiladi. Unda xalq jamoalari bilan ishlashning nazariy-metodik asoslari, oʻzbek musiqa folklori bilan ishlash manbalari va tarixi, ishlash uslubiyoti xonanda mahorati va xonandaning ijro uslubini takomillishtirish yoʻllari nazariy-metodik jihatdan yoritilgan boʻlib umumtaʻlim maktablarining “Musiqa madaniyati” fani oʻqituvchilari, musiqa va san’at yoʻnalishidagi folklor toʻgarak rahbarlari uchun ham moʻljallangan.
-
СИНТАКСИС (СБОРНИК УПРАЖНЕНИЙ)
Учебное пособие «Сборник упражнений по синтаксису современного русского языка» предназначено для использования на практических занятиях по курсу «Современный русский язык. Синтаксис» и для самостоятельной работы студентов-филологов. Оно содержит матери- ал для практического изучения, система-тизации и закрепления знаний по всем разделам названного курса. Выполнение практических заданий способствует: – осознанию основных принципов устройства синтаксической системы как высшего уровня языка; – выработке практических навыков анализа синтаксических единиц; – формированию базовых знаний о характере синтаксической сис- темы и реализации данных единиц в речи. Пособие позволяет студентам приобрести лингвистические знания, необходимые для подготовки к практическим занятиям. Каждой синтаксической единице (под темам) посвящён отдельный раздел данного сборника. Помимо упражнений, ориентированных на анализ конкретного языкового материала, в разделе присутствуют зада- ния, предусматривающие осмысление отдельных положений синтак- сической теории. Разделы пособия завершаются перечнем контрольных вопросов.
-
MARKETING ASOSLARI
O‘quv qo‘llanmada marketingning to‘rt elementi - tovar, narx, tijorat va reklamyani bozor doirasida shakllantirish vositalari va usullari keng yoritilgan. Har bir bob uchun tayanch iboralar, test topshiriqlari, takrorlash uchun savollar, vaziyatli masala hamda mustaqil o‘rganish mavzusi keltirilgan. O‘quv qo‘llanma iqtisodchi mutaxassislar tayyorlovchi oliy o‘quv yurtlari va fakultetlari bakalavriat, magistrant, doktorantlari va o‘qituvchilar uchun mo’ljallangan.