-
5341100-"Хорижий мамлакатлар иқтисодиёти" мутахассислиги учун магистрлик диссертациясини тайёрлаш ва ҳимоя қилиш бўйича услубий қўлланма
Ушбу услубий қўлланмада юқори малакали мутахассислар тайёрлашни таъминлаш, қонун хужжатлари ва давлат таълим стандартларига мувофиқ олий таълим муассасаларида 5341100-"Хорижий мамлакатлар иқтисодиёти" мутахассислиги учун магистрлик диссертациясини тайёрлаш ва ҳимоя қилиш бўйича тартибини белгилайди.
-
Mening birinchi ensiklopediyam Texnika dunyosi
Ushbu kitobda texnika va ilmiy kashfiyotlar, mashinalar, poyga avtomabillari ixtirolari haqida malumot berilgan.
-
Инглиз тили фанидан замонавий таълим технологияси
Ушбу ўқув қўлланмада инглиз тили ўқув предмети бўйича ўқитиш технологияси ишлаб чиқилган. Бу услубий кўрсатмада инглиз тилида ўқитишнинг назарий асослари тўлиқ баён қилинган.
-
Рангтасвир
Маскур ўқув қўлланма, педагогика университетларининг Бадиий -графика факультети бакалавр йўналишидаги талабалари учун тузилган бўлиб, тасвирий санъатнинг етакчи бўғини ҳисобланган рангтасвир фани бўйича назарий ва амалий билимларни кенгроқ беришни ўз олдига мақсад қилиб қўйган.
-
Hayot faoliyati xavfsizligi
Ushbu darslikda favqulodda vaziyatlarning klassifikatsiyasi, sodir bo'lish sabablari, aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilishning usullari va boshqa dolzarb masalalar bilazn birga Markaziy Osiyo mamlakatlarida, shu jumladan O'zbekistonda sodir bo'lishi mumkin bo'lgan tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarning tasnifi, ularning sodir bo'lish sabablari, favqulodda vaziyatlarni oldini olish, talofatlarini bartaraf qilishning zamonaviy usullari to'g'risidagi ma'lumotlar keltirilgan.
-
Asalarichilik asoslari
Mazkur o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlari, asalarichilik ixtisosligi bo‘yicha bakalavriyat tayyorlaydigan yo‘nalishlar dasturi asosida yozilgan bo‘lib, o‘quv qo‘llanmada respublikada asalarichilikning rivojlanish bosqichlari, asalari oilasining biologiyasi, asalarilari oilalarini zamonaviy texnologiyalar asosida rivojlantirish va oziqlantirishni zamonaviy mexanizatsiya vositalari asosida asalari oilasini boqishning tezkor texnologiyasidan foydalanish muammolari o‘rin olgan.
-
Кимёвий технология асосий жараён ва қурилмалари
Дарсликда кимёвий технология асосий жараёнлари, уларнинг назарияси, типик қурилмалар конструкциялари ва ишлаш принциплари ҳамда уларни ҳисоблаш услублари баён этилган.
-
Abstrakt algebra
Qo’llanmada har bir mavzuga oid nazariy ma’lumotlar va ta'riflar keltirilib. ta'riflar va xossalar to'liq isbotlari bilan berilgan. Har bir mavzudan keyin misol va masalalar ishlab ko'rsatilgan hamda talabalarga mustaqil ishlashlari uchun mashqlar keltirilgan. O’quv qo'llanma gruppalar. halqalar va maydonlar nazariyasini chuqur o‘rganishni rejalashtirgan stajer-tadqiqotchi va tayanch doktorantlar uchun ham foydali hisoblanadi.
-
Analitik geometriyadan masalalar to'plami (Uchinchi qayta ishlangan nashri)
Analitik geometriya fani bakalavriyatning matematika. mexanika, amaliy matematika va fizika yo’nalishlarida o'qitiladi. Ushbu tarjima qilingan o'quv qo’llanma analitik geometriya fanidan mashq va masalalar to'plamlari ichida mukammal va ko’p yillar davomida sinovdan o'tgan bo’lib, u bir necha marta rus tilida nashr etilgan. Bu qo'llanma mazmuni bo'yicha ham bizning Davlat ta'lim standartlarimizga mos keladi.
-
Кимё озиқ-овқат саноатларнинг жараёнлари ва қурилмалари фанидан ҳисоблар ва мисоллар
Ушбу ўқув қўлланмага гидромеханик жараёнлар, гидравлика асослари, насослари, вентилятор, компрессорлар, ценгрифугалаш, фильтрлаш, мавҳум қайнаш гидродинамикаси, аралаштириш, иссиқлик алмашиниш жараёнлари, буғлатиш, конденсациялаш, модда алмашиниш жараёнлари, абсорбция, ҳайдаш, ректификация, экстракциялаш, қуритиш, адсорбция, ҳамда совитиш жараёнлари киритилган. Ҳар бир бобнинг бошида масалаларни ечиш учун асосий ҳисоблаш тенгламалари ва формулалари берилган.
-
Чизма геометрия курси
Дарслик педагогика институтларининг бадиий-графика факультетлари студентлари учун мўлжалланган
-
Баҳорнинг ўн етти лаҳзаси
1945 йил баҳор. Гитлерчилар Германиясининг сўнгги кунлари. Фашизм ўлим ёқасида ётибди, аммо кураш тугаганича йўқ.
-
Oddiy differensial tenglamalar nazariyasiga kirish
Darslik o'zbek, rus va boshqa xorijiy tillarda yozilgan adabiyotlar asosida oliy o'quv yurtlarida 5130100-matematika, 5140300-mexanika, 5130200-amaliy matematika va informatika hamda 5140200-fizika ta'lim yo'nalishlari o'quv rejalari va Davlat ta'lim standartlari talablariga mos ravishda tuzilgan. Darslik oddiy differensial tenglamalar nazariyasining asosiy tushunchalari bilan bir qatorda amaliyotida uchraydigan differensial tenglamalarni yechish usullari batafsil yoritilgan.
-
Ўзбекистон Республикаси Қуролли Кучларининг Интизом Низоми
Ушбу Низом ҳарбий интизомнинг моҳиятини, ҳарбий хизматчиларнингунга риоя қилиш бўйича мажбуриятларини, рағбатлантириш ва интизомий таъзирларнинг кўринишларини, командирнинг (бошлиқларнинг) уларни қўллаш бўйича ҳуқуқларини, шунингдек, таклиф ариза ва шикоятлар бериш ва уларни кўриб чиқиш тартибларини аниқлаб беради.
-
Jismoniy tarbiya va sport fanidan nazariy va amaliy mashg‘ulot materiallari
O‘quv qo‘llanma ”Jismoniy tarbiya va sport” fani dasturiga asoslangan bo‘lib, unda har bir sport turining kelib chiqish tarixi, taraqqiyoti haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, mashg‘ulotlarni tashkil etish va o‘tkazish qoidalari, metodlari, mashq qilishning marom va me’yorlari, ularni to‘g‘ri bajarish yuzasidan kerakli maslahatlar berilgan.
-
Xalq cholg‘ularida ijrochilik
Mаzkur o‘quv qo‘llanma “60211500 – Chоlg‘u ijrоjiligi, 601111300-Musiqiy tа’lim yо‘nаlishi tаlаbаlаri uchun mо‘ljаllаngаn bо‘lib, undа tаlаbаning ushbu fаn bо‘yichа еgаllаshi lоzim bо‘lgаn bilim, ko‘nikmа vа mаlаkаlаri bеrilgаn. “Xаlq chоlg‘ulаridа ijrоchilik” fаnidа milliy musiqiy qаdriyаtlаrimizni chuqur о‘rgаnish, milliy xаlq kuylаri vа zаmоnаviy musiqаni аlоxidа yuksаk bаdiiy did bilаn ijrо еtish mаlаkаlаrini tаkоmillаshtirishgа аlоxidа е’tibоr bеrish nаzаrdа tutilgаn.