-
-
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
PEDAGOGIKA TARIXI
Mazkur pedagogika tarixi fani bo'yicha darslik qadimiy davrlardan to hozirgi kungacha bo'lgan ta'lim-tarbiya jarayonlari, pedagogik fikrlar taraqqiyoti, buyuk mutafakkirlarning pedagogik qarashlari hamda O'zbekistonda va xorijiy davlatlarda ta'lim tizimining shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini qamrab oladi.
-
Pedagogika (pedagogika nazariyasi va tarixi): I qism. Pedagogika nazariyasi
Darslik pedagog kadr tayyorlashga qaratilgan ta’lim yo‘nalishlariga mo‘ljallangan, unda pedagogika fanining asoslari, maqsad, vazifalari, tadqiqot metodlari, didaktika va tarbiya nazariyasining umumiy mazmuni, O‘zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimi, ta’lim muassasasi menejmenti, shuningdek, korreksion (maxsus) pedagogikaning mohiyatlari xususida so‘z yuritiladi. Darslik oliy o‘quv yurtlari talabalari, pedagog-xodimlar hamda ilmiy izlanuvchilar uchun mo‘ljallangan.
-
O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha)
Ushbu darslik IV–XVI asrlar davomida Vatanimiz tarixida kechgan voqealar haqida bo‘lib, unda o‘zbek xalqining shakllanishi, davlatchilik tizimlari, ijtimoiy-iqtisodiy hayot, madaniy yuksalish hamda buyuk mutafakkirlar va vatanparvarlar faoliyati yoritilgan. Darslikda tarixiy jarayonlarning murakkabligi, xalqning bunyodkorlik faoliyati va Vatanga sadoqati, shuningdek, o‘zlikni anglashning ahamiyati tushuntiriladi.
-
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING IJTIMOIY TA'MINOT HUQUQI
Ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy ta'minot huquqi sohasidagi asosiy nazariy va amaliy masalalarni yoritadi. Kitobda mamlakatimizdagi ijtimoiy himoya tizimining rivojlanishi, fuqarolarning pensiya ta'minoti, ijtimoiy zaif qatlamlarni qo‘llab-quvvatlashning huquqiy asoslari va zamonaviy islohotlar keng tahlil qilingan. Darslik yuridik oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, sohaga oid qonunchilik hujjatlari va tahliliy ma'lumotlarni o‘z ichiga oladi.
-
O‘zbekiston Respublikasida yuridik xizmat
Ushbu darslikda O‘zbekiston Respublikasida yuridik xizmat fani tizimli tarzda yoritilgan. Muallif darslikda bilishning tarixiy-huquqiy va dialektik uslublaridan foydalanib, yuridik xizmat haqidagi qonunchilikning rivojlanishi, uning tizimi va tuzilishi, huquqiy holati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat hokimiyati organlarida yuridik xizmatning asosiy yo‘nalishlari va boshqa bir qator mavzularni batafsil yoritib bergan. Darslik yuridik oliy o‘quv yurtlarining talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan magistrantlar, aspirantlar, yuridik xizmat xodimlari va adliya organlari mutaxassislari foydalanishlari mumkin.
-
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish
Darslik O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va u asosida qabul qilingan qonunlarga tayangan holda yozilgan bo‘lib, unda Konstitutsiyaviy institutlar va normalarning ahamiyati, inson huquq va erkinliklari, burchlari va kafolatlari, davlat va jamiyat qurilishi hamda sud-huquq sohasidagi demokratik islohotlar yoritilgan. Kitob barcha oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, yosh avlodning huquqiy ongini yuksaltirish va qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
-
O‘ZBEK XALQ OG‘ZAKI IJODI
Darslikda o‘zbek folklorshunosligining XX asrdagi ilmiy yutuqlari milliy g‘oya konsepsiyasiga muvofiqlashtirilgan holda bo‘lajak filologlarga tushunarli qilib, sodda va ravon uslubda bayon etildi. Darslik o‘zbek va jahon folklorshunosligidagi eng so‘nggi ilmiy-nazariy qarashlarga asoslangan bo‘lib, mavzular mohiyatini aks ettiruvchi jadvallar va talabalar mustaqil o‘qishi uchun ilmiy-badiiy adabiyotlar ro‘yxati bilan ta’minlangan.
-
O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi
Ushbu darslik turkiy (o‘zbek) tili yozma yodgorliklar tilining tahlili asosida yozilgan bo‘lib, universitetlar va pedagogika institutlarining filologiya fakultetlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan. Kitobda o‘zbek tilining tarixiy taraqqiyoti, fonetik, morfologik va sintaktik xususiyatlari qadimgi turkiy yodgorliklar, shuningdek, Devonu lug‘atit-turk va Qutadg‘u bilig kabi asarlar tili bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Darslik amaliy qismida testlar, tekshirish uchun savollar, tayanch tushunchalar va tahlil uchun matnlar o‘rin olgan.
-
O‘ZBEK TILI
Mazkur darslik tibbiyot institutlarining rus guruhlari talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, unda oliy hamshiralik ishining o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olingan holda matnlar, ish yuritish qog‘ozlari, grammatika qismi, qiziqarli testlar, asosiy kommunikativ ehtiyojlar uchun so‘z va so‘z birikmalari, ularning tarjimasi va lug‘at kiritilgan.
-
O‘zbek tili
Darslik filologik yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlarining rusiyzabon guruhlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda talabalarning quyi ta’lim bosqichlarida egallagan bilimlarini chuqurlashtirish, o‘zbek tilida gap tuzilishi va gap bo‘laklari tartibini o‘rganish hamda fikrni ifodalashda turli sintaktik-sinonimik variatsiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish nazarda tutilgan.
-
O‘zbek tili
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida tuzilgan ushbu darslik o‘zaro chambarchas bog‘langan shartli uch qismdan iborat bo‘lib, o‘zbek tilining tovush tizimi, matnlar, faol so‘z va iboralar, dialoglar, mashqlar hamda tilning leksik va grammatik qurilishiga oid nazariy ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, shuningdek, o‘zbekcha-ruscha lingvistik terminlar lug‘ati ilova qilingan.
-
O‘zbek tili
Mazkur darslik umumta'lim maktablarining 3-sinfi uchun mo'ljallangan bo'lib, o'quvchilarga o'zbek tilini o'rgatish, ularning nutqiy savodxonligini oshirish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalashni maqsad qilgan. Darslikda matnlar bilan ishlash, lug'at boyligini oshirish va grammatik qoidalarni o'zlashtirishga qaratilgan topshiriqlar o'rin olgan.
-
ВОПРОСЫ ГЕОЛОГО-ГЕОФИЗИЧЕСКИХ ИССЛЕДОВАНИИ ТАТАРСТАНА И СОПРЕДЕЛЬНЫХ ОБЛАСТЕЙ
В нефтедобывающих районах Татарстана"с точки зрения охраны недр и природы большое беспокойство вызывают загрязнение и засолонение пресных поверхностных и подземных вод за счет возникновения заколонных перетоков жидкости и неполной утилизации попутных соленых вод в системах ППД. Постоянно растет техногенная нагрузка на геологическую среду, что требует совершенствования комплекса природоохранных мероприятий.
-
O‘zbek adabiy tanqidchiligi tarixi
Ushbu darslik o‘zbek adabiy tanqidining fan va san’at sifatidagi estetik mohiyati, paydo bo‘lishi, shakllanishi va taraqqiyot tarixining o‘ziga xos tamoyillarini bosqichma-bosqich o‘rganib umumlashtiradi. Unda o‘zbek adabiy tanqidi rivojiga munosib hissa qo‘shgan qator yetakchi adabiyotshunos-munaqqidlar ilmiy-ijodiy faoliyati yoritilgan, shuningdek, adabiy tanqidning janriy tarkibi tasnif etilib, taqriz, adabiy-tanqidiy maqola, adabiy portret, tanqidiy-biografik ocherk, esse, adabiy-tanqidiy maktub, adabiy suhbat kabi janrlar tahlil qilingan. Har bir mavzu reja, mustahkamlovchi savollar va tayanch tushunchalar bilan ta’minlangan bo‘lib, oliy o‘quv yurtlari va pedagogika institutlari o‘zbek filologiyasi fakultetining talabalari, aspirantlari va o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan.
-
O‘qish kitobi: 2-sinf uchun darslik
Ushbu darslik umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 2-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quvchilarda ona tiliga bo‘lgan muhabbatni tarbiyalash, matnni tushunib o‘qish ko‘nikmalarini rivojlantirish va Vatan tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan. Kitobda badiiy asarlar, she’riy parchalar, maqollar va topishmoqlar jamlangan bo‘lib, ular bolalarning dunyoqarashini kengaytirish, ma’naviy-axloqiy fazilatlarini yuksaltirish hamda mustaqil fikrlash qobiliyatini o‘stirishga xizmat qiladi.
-
Binolar tuzilishi tahlili
Bundan ming yillar oldin buyuk bobokolonimiz Abu - Ali Ibn - Sino o‘zining “Tib qonunlari” kitobida shaharlarning qurilish joyini tanlashda hisobga olish lozim bo‘lgan mahalliy mikroiqlim, tabiiy shart sharoitlarga bog‘liq savollarga katta ahamiyat qaratgan. U turar - joyning mikroiqlimiga e’tiborni qaratib - “Deraza sharq tomonga qarashi va eshiklar shimolga chiqishini ta’minlanishi, shuningdek sharq tomondan esgan shamol albatta binoga kirishi, quyosh nuri binoning barcha xonasiga tushish imkoniyatini berishi lozim. Zero quyosh nuri havoni sog‘lomlashtiradi”- deb, xonalarda insolyasiya va shamollatish albatta bo‘lishi lozimligini ta’kidlagan.