-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
Avtomatika. Hisoblash texnikasi
-
-
-
DEUTSCH 2. ZUM ZIEL
Mazkur nemis tili darsligi barcha akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining turli yo'nalishlaridagi ikkinchi bosqich o'quvchilari uchun mo'ljallangan. U B1, B1+ darajasini egallashga qaratilgan bo'lib, darslikda kommunikativ jarayonga erishishda eshitib tushunish, o'qish, yozish va so'zlash kabi nutq malakalari asos qilib olingan.
-
Yuristning nutq madaniyati
Ushbu darslik yuridik oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda yuristlarning ijtimoiy-huquqiy faoliyatida shaxslararo muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish, turli yuridik vaziyatlarda professional nutqdan ongli foydalanish malakalarini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Kitobda huquq va til, nutq madaniyati, yuridik terminlar tizimi, notiqlik san’ati hamda protsessual hujjatlarni yuritish kabi muhim jihatlarga alohida e’tibor qaratilgan.
-
Yuqumli kasalliklarda hamshiralik ishi
Darslik tibbiyot institutlari oliy hamshiralik ishi bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda yuqumli kasalliklarning etiologiyasi, epidemiologiyasi, tashxisoti, davosi va profilaktikasi masalalari yoritilgan hamda 37 ta rangli rasm ilova qilingan.
-
Yozuv daftari
Ushbu yozuv daftari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinf o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, xat va yozuv ko‘nikmalarini shakllantirish, qo‘l motorikasini rivojlantirish hamda grafik elementlarni to‘g‘ri yozishni o‘rgatishga qaratilgan metodik qo‘llanmadir.
-
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi
Mazkur darslikda bolalar tug'ilganidan balog'at yoshiga yetguniga qadar bo'lgan davrlarda organizmda kuzatiladigan fiziologik, morfologik, immunologik va ayrim biokimyoviy jarayonlarni geteroxronik tarzda kechish mexanizmlari tushuntirib berilgan. Bundan tashqari, bolalarning jadal o'sish va rivojlanish davrlarida ular organizmining mo'tadil rivojlanishi uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlarni ta'minlashda har bir ota-ona, tarbiyachi va pedagog kadrlardan talab qilinadigan sanitariya va gigiyena qoidalariga alohida e'tibor berilgan. Darslik universitetlar, pedagogika institutlarining nobiologik fakultetlarining bakalavrlari, kasbiy ta'lim bakalavrlari, biolog magistrantlar va kasb-hunar kollejlarida mazkur yo'nalishda dars beruvchi o'qituvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Yosh fiziologiyasi va gigiyena
Darslikda organizmning ulg'ayishidagi o'zgarishlar, bolalar va o'smirlarning o'sishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari, barcha tizimlarning o'ziga xos yosh xususiyatlari, organizmni o'rab turgan atrof muhitni sog'lomlashtirish yo'llariga oid ma'lumotlar berilgan bo'lib, oliy o'quv yurtlari bakalavriat bosqichi talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Yengil atletika
Ushbu darslik jismoniy tarbiya instituti va universitetlarning jismoniy tarbiya fakultetlari talabalari, jismoniy tarbiya mutaxassislari, o‘qituvchilar, malaka oshirish fakulteti tinglovchilari va murabbiylar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, yengil atletikaning nazariy asoslari, amaliy mashg‘ulotlar metodikasi, texnik-taktik tayyorgarlik hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalalarini o‘z ichiga oladi.
-
Ўзбекистоннинг шўрланган ерларида интродукция қилинган доривор ўсимликлар
Мазкур китоб уруғчи ва урутшунос мутахассислар, қишлоқ хужалиги институтлари талабалари ҳ,амда шу сох,а кенг китобхон оммасига мулжалланган. Шунингдек кишлоқ хужалик мах,сулотлари ишлаб чиқаришни жадалаштириш х,амда сифатини яхшилашда, мамлакат иқтисодиётини тиклашда мухим рол ўйнайди.
-
XX asr o‘zbek adabiyoti
Ikki qismdan iborat mazkur kitobning birinchi qismida XX asr o‘zbek adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari, shakllanish va rivojlanish yo‘llari, taraqqiyot tamoyillari, o‘sish bosqichlari, erishgan yutuqlari, yo‘l qo‘ygan kamchiliklari tadqiq qilinadi. Ikkinchi qismida XX asr o‘zbek adabiyoti namoyandalari: M. Behbudiy, Fitrat, Hamza, A. Qodiriy, Cho‘lpon, G‘. G‘ulom, Oybek, A. Qahhor, M. Shayxzoda, H. Olimjon, Mirtemir, Zulfiya, Said Ahmad, A. Muxtor, O. Yoqubov, P. Qodirov, E. Vohidov, A. Oripov, O‘tkir Hoshimov, Xayriddin Sulton kabi shoir-yozuvchilar ijodi badiiy-estetik jihatdan tahlil etiladi.
-
Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi (Qadimgi dunyo davlati va huquqi tarixi)
Ushbu darslik Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixining birinchi davri - qadimgi dunyo davlati va huquqi tarixiga bag'ishlanib, unda mazkur o'quv kursi o'rganadigan masalalar doirasi, ularga yondashish usullari, uning vazifasi, davrlarga bo'lib o'rganilishi, ahamiyati, ijtimoiy va huquqiy fanlar tizimida tutgan o'rni va ular bilan o'zaro aloqadorligi, qadimgi Sharq va antik dunyo mamlakatlarida davlat va huquqning kelib chiqishi, rivojlanishi sabablari, xususiyatlari, ijtimoiy va davlat tuzumi, huquqining asosiy belgilari kabi masalalar yoritilgan, xususan Qadimgi Sharq mamlakatlaridan Misr, Mesopotamiya davlatlari, Hindiston va Xitoyning, antik dunyo mamlakatlaridan qadimgi Yunoniston davlatlari (Afina, Sparta) va Rimning davlat va huquq tarixi bayon qilingan.
-
XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYA
Ushbu darslik zamonaviy jahon xo'jaligining muhim tendensiyalaridan biri hisoblangan integratsiya jarayonlarining mohiyati va rivojlanish xususiyatlarini tahlil qiladi. Kitobda jahon iqtisodiyotida integratsion guruhlarning tashkil topishi, ularning rivojlanish bosqichlari, shuningdek, O'zbekiston Respublikasining jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi masalalari atroflicha yoritilgan. Darslik magistr-talabalar, aspirantlar, ilmiy xodimlar va xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlarini o'rganuvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Xalq tibbiyoti
Darslikda xalq tibbiyotining umumiy va xususiy masalalari yoritilgan, uning klassik va zamonaviy shakllari berilgan, shuningdek, kitob asosiy vaqt ekstremal holatlarda amaliy ko‘nikmalarni qo'llashni shakllantirish masalalariga ham bag'ishlangan va tibbiyot institutlari talabalari uchun xalq tibbiyoti bo'yicha dasturga muvofiq yaratilgan.
-
Windows XP для "чайников"
Перед вами замечательная книга о самой последней редакции операционной системы от компании Microsoft, предназначенной для домашних пользователей — Windows XP. Написанная известным автором Энди Ратбоном, эта книга поможет вам сделать первые шаги в освоении новой операционной системы. Из материала книги вы узнаете, что представляет собой Windows XP и на что она способна. Здесь вы встретите описания компонентов Windows XP, среди которых Проигрыватель Windows Media, Internet Explorer 6.0, Outlook Express 6.0, Мастер новых подключений и др. Книга рассчитана на пользователей с различным уровнем подготовки. Легкий и доступный стиль изложения поможет даже начинающим быстро освоить Windows XP.
-
Windows Server 2003 для "чайников"
Эта книга посвящена Windows Server 2003 — одной из наиболее перспективных операционных систем и созданию сетей в этой среде. Она охватывает все вопросы управления компьютерными сетями, дает базовые знания сетевой терминологии, включая аппаратное и программное обеспечение. Вы познакомитесь с подробным описанием процесса установки и настройки сетевой среды Windows Server 2003. Книга представляет собой на редкость удачное сочетание учебного пособия и справочника, ее можно читать от начала до конца или открыть в любом месте и получить нужную информацию. Для чтения книги не требуется специальной подготовки, она написана простым языком, понятным непосвященным. Книга станет незаменимым пособием для тех, кто стремится самостоятельно освоить сложный мир сетевых технологий на примере самой современной сетевой операционной системы — Windows Server 2003.
-
VOLEYBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI
Darslik mazkur fan bo‘yicha tasdiqlangan zamonaviy dastur talablari asosida yozilgan bo‘lib, talabalar, magistrantlar, tadqiqotchilar hamda jismoniy tarbiya instituti malaka oshirish fakulteti tinglovchilari va oliy pedagogika o‘quv yurtlarining jismoniy tarbiya fakulteti uchun mo‘ljallangan bo‘lib, voleybol o‘yini texnikasi, taktikasi, psixologik tayyorgarlik va musobaqalar tashkil etish asoslarini qamrab oladi.
-
Umumiy psixologiya
Mazkur darslikda psixologiya fanining muammolari, bilish jarayonlari, hissiyot va iroda, shaxsning individual psixologik xususiyatlari, ularning nerv-fiziologik mexanizmlari va psixik rivojlanish qonuniyatlari bayon etilgan. Darslik Oliy ta’lim muassasalarining o'qituvchi va talabalariga mo'ljallangan va O'zbekiston Respublikasining Ta’lim to'g'risidagi Qonuni hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida qayta ishlanib, Sharq mutafakkirlarining ruhiy jarayonlar haqidagi fikrlari bilan boyitilgan.