-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Mamlakatlar va hududlarni kompleks o‘rganish
-
Menejment, tashkilot va boshqaruv
-
-
-
-
-
OLIY MATEMATIKA
Ushbu o'quv qo'llanma texnika oliy o'quv yurtlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, oliy matematika fanidan nazariy ma'lumotlar, yozma ish variantlarining namunaviy yechimlari va topshiriqlarni o'z ichiga oladi. Qo'llanma bakalavr mutaxassislarini tayyorlashning davlat standartlariga mos ravishda tuzilgan bo'lib, talabalarning mustaqil ta'lim olish jarayonini samarali tashkil etishga va texnik fanlarni o'zlashtirishda zarur bo'lgan matematik bilim va ko'nikmalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
-
NUTQ MADANIYATI VA NOTIQLIK ASOSLARI
Mazkur qo'llanma Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti o'zbek filologiyasi fakulteti talabalariga “Notiqlik san'ati” kursini o'tish jarayonida o'qilgan ma'ruzalar asosida yaratildi. Qo'llanma respublikamizdagi barcha Oliy o'quv yurtlari va kollej talabalarini, litsey va maktab o'quvchilarini nutqiy kamchiliklarsiz ona tilida to'g'ri va ravon so'zlab fikrini etkazishda yordam beradi. Kitob filolog va jurnalistlarga, teleradio jurnalistlariga, huquqshunoslarga, huquqni himoya qilish idoralari xodimlariga, shifokor va hamshiralarga hamda shifo maskanlari xodimlariga, shuningdek, Notiqlik san'ati bilan qiziquvchilarga, idora rahbarlari va professor-o'qituvchi hamda maktab muallimlari uchun ham zarur.
-
Mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasi
Ushbu o'quv qo'llanma uzluksiz ta'lim tizimi uchun o'quv adabiyotlarining yangi avlodi konsepsiyasi asosida yozilgan bo'lib, unda turli xil ko'rinishdagi ta'lim faoliyatlarining o'quv-metodik ta'minoti, ta'lim jarayonini tashkil etish hamda mazkur jarayonda zamonaviy ta'lim metodlaridan samarali foydalanish metodikalari batafsil yoritilgan, shuningdek, maxsus fanlardan ta'lim jarayonini tashkil qilish va texnik vositalardan foydalanish usullari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
-
Muloqot psixologiyasi
Ushbu o'quv qo'llanma pedagogika-psixologiya bo'limi talabalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda muloqot shakllari, vositalari, turli yoshdagi bolalarning boshqa kishilar bilan o'zaro munosabatlari, pedagogik muloqotni to'g'ri amalga oshirish usullari, ijtimoiy-psixologik trening orqali muloqot sifatlarini shakllantirish omillari bayon etilgan hamda mavzularni mustahkamlash uchun savollar, testlar va metodikalar keltirilgan.
-
Moliyaviy menejment
Mazkur o‘quv qo‘llanmada moliyaviy menejmentning nazariy va konseptual asoslari, moliyaviy menejmentning maqsadi va funksiyalari, korxonalarda moliyaviy menejmentni tashkil etishning asosiy xususiyatlari, moliyaviy menejmentning axborot ta’minot tizimi, aktivlarni boshqarish siyosati, korxonalarda moliyaviy menejmentni tashkil etishdagi muhim elementlardan biri sanalgan risk menejmentini tashkil etish va uning o‘ziga xos xususiyatlari, korxonalarda moliyaviy barqarorlikni ta’minlash jarayonlari va bugungi kunda dolzarb masalalardan biriga aylanib borayotgan korxonalarda inqirozga qarshi moliyaviy boshqaruvni tashkil etishning nazariy jihatlari kabi masalalar yoritilgan.
-
Moliyaviy menejment
Ushbu o‘quv qo‘llanmada bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy menejmentning maqsadi, mohiyati va roli hamda moliyaviy menejment hisobotlarida foydalanish uchun zarur bo'lgan asosiy ko‘rsatkichlar va koeffitsiyentlar orqali korxona, firma, tashkilotlar, kompaniyalarning moliyaviy barqarorligini aniqlash usullari ko‘rsatilgan. Shuningdek, moliyaviy va investitsion-innovatsion loyihalarni tayyorlash, strategik rejalashtirish, pul oqimi va qimmatli qog‘ozlar bozorini boshqarish, faktoring va lizing kabi zamonaviy moliya vositalari hamda bank ishini modellashtirish masalalari yoritilgan.
-
MILLIY HARAKATLI O‘YINLAR
Ushbu o‘quv qo‘llanma talabalarni harakatli o‘yinlar nazariyasi, milliy harakatli o‘yinlarning kelib chiqish tarixi, ularning tavsiflari, shuningdek, milliy harakatli o‘yinlarni tashkil etish va o‘tkazish uslubiyatlari hamda ajdodlarimiz o‘ynab kelgan o‘yinlar haqida bilim, ularning ijtimoiy-tarbiyaviy mohiyatlari haqida qisqacha ma’lumotlar, ko‘nikma va malakalar bilan ta’minlashni ko‘zda tutadi.
-
METHODICAL TEXT-BOOK ON THE THEME OF ALL ABOUT UZBEKISTAN
This methodical text-book is designed for students of non-philological faculties as material for regional studies. The main task of the manual is to improve logical thinking, expression of thoughts, and oral speech in students. It contains comprehensive information about Uzbekistan, along with various exercises and questions to facilitate the learning process. The author pays special attention to the problem of sorting out linguistic materials in the process of working with texts.
-
MENEJMENT
Ushbu o‘quv qo‘llanma namunaviy va ish dasturlari asosida tuzilgan bo‘lib, unda menejmentning umumiy tavsifi, uslubiy asoslari, rivojlanishi, maqsadlari, vazifalari, menejment tizimida tashkilot turlari, tashkilot madaniyati, rahbar rollari, qarorlar, menejmentda axborot va kommunikatsiya, menejment samaradorligi, ishlab chiqarish menejmenti, sohaga oid boshqaruv tamoyillari, marketingni boshqarish to‘g‘risidagi mavzular yoritilgan. Qo‘llanma oliy ta’lim tizimida iqtisodiy yo‘nalishda ta’lim olayotgan bakalavrlar uchun mo‘ljallangan hamda menejmentning sir-asrorlarini o‘rganuvchilar, o‘qituvchilar, iqtisodiyot mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash markazlarining tinglovchilari uchun ham tavsiya etiladi.
-
Ma’naviyat asoslari
Ushbu o‘quv qo‘llanma uzluksiz ta’lim tizimini insonparvarlashtirish texnologiyalariga bag‘ishlangan bo‘lib, unda milliy tarbiyani yuksaltirish, ma’naviyat va mafkurani rivojlantirish masalalari tahlil etiladi. Muallif ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishda ta’lim va tarbiyani uzviy bog‘lash usullarini yoritib beradi, shuningdek, barkamol avlodni shakllantirishda insonparvarlik g‘oyalarining ahamiyatini ilmiy-metodik jihatdan asoslaydi.
-
Matn tahlili
«Matn tahlili» o'quv qo'llanmasi nemis filologiyasi bo'yicha bakalavr yo'nalishida ta'lim olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, nazariy va amaliy qismlardan iborat. Nazariy qismda badiiy matnni lingvistik tahlil qilish usullari, kompozitsiya, perspektiva, nutq shakllari va stilistik vositalar yoritilgan. Amaliy qism esa nemis adabiyotining taniqli namoyandalari (J. V. Gyote, aka-uka Grimmlar, V. Borxert va boshqalar) ijodiga mansub matnlar ustida ishlash uchun mo'ljallangan mashqlar va tahliliy materiallarni o'z ichiga oladi. Qo'llanma qo'shimcha metodik adabiyot sifatida foydalanish uchun tavsiya etiladi.
-
Mathematical Linguistics
This manuscript provides a comprehensive mathematical overview of the traditional main branches of linguistics, including phonology, morphology, syntax, and semantics. Written for readers with sufficient general mathematical maturity, the book examines linguistic structures through the lens of formal methods, spanning from the axiomatic approaches of Euclid and Pāṇini to modern techniques in signal processing, pattern recognition, and information theory. The volume covers topics such as string rewriting, optimality theory, Markov processes, and Kolmogorov complexity, while selectively addressing the linguistic concerns of speech recognition and document classification, emphasizing mathematical content over algorithmic detail.
-
Matematikadan qo‘llanma
Ushbu o‘quv qo‘llanma mualliflarning 2006-yilda nashr etilgan «Matematikadan qo‘llanma» kitobining II qismi bo‘lib, geometriya fani bo‘yicha akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun tasdiqlangan dasturlar asosida yozilgan. Qo‘llanma 10 bobdan iborat bo‘lib, geometriyaning planimetriya va stereometriya bo‘limlari bo‘yicha asosiy mavzularni o‘z ichiga oladi. Unda geometrik tushunchalar, ta’riflar va teoremalar masalalarni yechish namunalari bilan bayon qilingan, shuningdek, har bir bob oxirida mustaqil yechish uchun testlar javoblari bilan keltirilgan.
-
Matematikadan qo'llanma
Mazkur qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi tasdiqlagan dasturlar asosida yozilgan bo'lib, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o'quvchilari uchun mo'ljallangan. Qo'llanma matematika fani bo'yicha o'quv dasturidagi algebra va analiz asoslari bo'yicha 15 bobdan iborat bo'lib, nazariy ma'lumotlar, masala va misollarning yechilish namunalari hamda har bir bob oxirida mustaqil yechish uchun test topshiriqlarini o'z ichiga oladi.
-
Matematika
Ushbu o‘quv qo‘llanma universitet va pedagogika institutlarining «Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi», «Musiqa ta’limi», «Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat» yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u dastur asosida yozilgan. Qo‘llanmaning asosiy vazifasi matematikadan tushunchalar berishdan iborat bo‘lib, unda to‘plamlar va mantiqiy mulohazalar, vektorlar va chiziqli algebra elementlari, analitik geometriya elementlari, differensial va integral hisobi, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika elementlari bayon etilgan. Nazariy materiallar qisqa va aniq bayon qilinib, mavzular bo‘yicha misollar va mustaqil yechish uchun savollar keltirilgan.
-
Matematik analizdan mustaqil ishlar
Qo‘llanma matematik analiz fanini chuqur o‘rganiladigan universitetlarning talabalari tomonidan mustaqil ishlarni bajarish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u bakalavriatning «Matematika», «Tatbiqiy matematika va informatika» va «Mexanika» yo‘nalishlari Davlat ta‘lim standartlariga mos keladi. Qo‘llanma ketma-ketlik va funksiya limiti, bir o‘zgaruvchili funksiyaning differensial va integral hisobi, ko‘p o‘zgaruvchili funksiyaning limiti, uzluksizligi va differensial hisobi, sonli qatorlar, funksional ketma-ketlik va qatorlar, xosmas integrallar, parametrga bog‘liq xos hamda xosmas integrallar, karrali integrallar, egri chiziqli va sirt integrallari, maydonlar nazariyasi elementlari va Furye qatorlari mavzularini o‘z ichiga oladi. Qo‘llanmada 8 ta mustaqil ish, 2667 ta misol va masalalar keltirilgan bo‘lib, ulardan 127 tasi batafsil yechim bilan ta‘minlangan.