-
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
-
-
-
-
-
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
-
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
-
Халқ тиббиёти
Дарсликда халқ тиббиётининг умумий ва хусусий масалалари ёритилган, унинг классик ва замонавий шакллари берилган. Шунингдек, китоб асосий вақт экстремал ҳолатларда амалий кўникмаларни қўллаши шакллантириш масалаларига ҳам бағишланган.
-
Tuproq meliorasiyasi va gidrologiyasi
Darslikda: fanning asoslari, tuproq sifati, bug`lanish, sarflanish, qurg‘oqchilik va uning kelib chiqish sabablari, sug‘orish melioratsiyasi, tuproqning namlik rejimi, gidromodel rayonlashtirish, qishloq xo‘jalik ekinlarining sug'orish texnikasi, suv balansi, sug‘orish turlari va usullari, sug‘orishni rejalashtirish, sug'orish texnikasi, tuproqlarning sho‘rlanishi va tuz to ‘planish sabablari, zovurlar tiplari va ulardan foydalanish, yerlani sho‘rlanishini va botqoqlanishini oldini olish hamda unga qarshi kurashish chora tadbirlari, qumlarni melioratsiya qilish va ulardan oqilona foydalanish, sho‘rlangan tuproqlar, ularning melioratsiyasi, tuproq meliorativ izlanishlar melioratsiya qilinadigan maydonlarda tajriba o‘tkazish mavzulari yoritilgan.
-
Ekonometrika
Darslik «Ekonometrika» fani o‘quv dasturiga muvofiq yozilgan. Unda ekonometrika fani predjmeti, maqsadi, vazifalari hamda ekonometrik modellar va ekonometrik modellashtirish bosqichlari, modelni yechish ketma-ketligi, yechimni tahlil qilish yo'llari ko'rsatilgan. Darslikda matematik statistika usullari asoslari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini chiziqli va chiziqli bo'lmagan regressiya-korrelatsiya tahlili, ko‘p O‘zgaruvchili regressiya modeli va unda paydo bo'ladigan multikolleniarlik, avtokorreliatsiya muammolari ularni bartaraf qilish yollari hamda prognoz modellarini tuzish, ularning haqqoniyligini baholash usullari misollar bilan ko‘rsatib berilgan. Darslik iqtisodiyot sohasi taiim yo'nalishlari bakalavriat va magistratura dasturi bo'yicha ta'lim olayotgan talabalar, magistrlar, o'qituvcliilar, tadqiqotchilarga mo'ljallangan.
-
Iqtisodiy tahlil va audit
Darslik davlat ta’lim standartining talablariga muvofiq tayyorlangan bo‘lib, iqtisodiy tahlil va auditning nazariy asoslari, predmeti, vazifalari, mazmuni, metodi, maxsus usullari, iqtisodiy matematik usullari, axborot manbalari, tashkillashtirish, turlari, kompleks tizimi, auditorlik tekshiruvlarini tashkil etish, rejalashtirish, o‘tkazish va ularning natijalarini rasmiylashtirish tartiblarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Darslik O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi iqtisodiyot ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Iqtisodiyot nazariyasi
"Iqtisodiyot nazariyasi" fani bo'yicha tayyorlangan mazkur darslikni yozishda kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va oliy o'quv yurtlarida bakalavrlar tayyorlash davlat andozasining talablari hisobiga olingan. undagi har bir mavzuni yoritishda respublika prezidenti I. A. Karimov asarlaridan, Respublika qonunlari va boshqa me'yoriy hujjatlardan keng foydalanilgan.
-
Ichki audit
Mazkur darslik- "Buxgalteriya hisobi va audit" bakalavriat ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan.
-
Petrografiya
Darslikda magmatik, cho‘kindi va metamorfík tog‘ jinslarining ta’rifi berilgan. Har bir turning strukturasi, teksturasi, mineral tarkibi,hosil bo`lish sharoiti va ular bilan bog‘langan foydali qazilma konlari berilgan.
-
Ахборот технологиялари
Ушбу дарслик ахборот технологиясини ташкил этган гиперматни, мултимедиа, интернет, интранет, электрон почта, WEB технологияси, сунъий интеллект тизимлари ҳақидаги маълумотларни ўзида мужассамлаштирган.
-
Servis korxonalari ishini tashkil qilish va texnologiyasi
Boshqa sohalardagi kabi, transport sohasida ham xizmat ko'satish darajasi qat'iy ravishta tadbirkorlik faoliyatining predmentiga aylanib bormoqda va uning asosiy vazifasi tashish sifati hamda yuk jo'natuvchilar, yuk qabul qiluvchilar, yo'lovchilarni tashish sifatini va xizmat ko'rsatish darajasini oshirish va qolaversa transport xizmatlari bozorida zarur ulushini egallash borasida texnik va iqtisodiy asoslangan chora-tadbirlarni amalga oshirishdir. Darslikda temir yo'l transport orqali yuk va yo'lovchilar tashishda transport xizmatlarini ko'rsatuvchi servis korxonalari ishini tashkil etishning nazariy asoslari bilan bir qatorda tashkiliy texnologik va huquqiy masalalari ham ko'rib chiqilgan.
-
Korxona iqtisodiyoti
Ushbu darslikda bozor iqtisodiyotining shakllanishi sharoitida korxonalar iqtisodiyoti va faoliyatining tashkil etishi bilan bog'liq masalalar ko'rib chiqilgan. Darslik kirish va o‘nikkita bobdan iborat bo'lib, ularda kursning mazmuni va vazifalari, korxonalaming xo'jalik yurituvchi subyekt sifatida tashkil etilishi va faoliyat yuritishi bilan bog'liq tashkiliy, huquqiy va iqtisodiy masalalar bayon etilgan.
-
Kompleks iqtisodiy tahlil
Darslikda bozor munosabatlariga asoslangan erkin iqtisodiyot sharoitida kompleks iqtisodiy tahlilning maqsadi, vazifasi, tahlil etish metodi, korxonaning resurs potensiali, asosiy va aylanma kapitalidan samarali foydalanish, moliyaviy barqarorlik, ishbilarmonlik faolligini boshqarish yo'llari, ularning tizimi nazariy va amaliy jihatdan ochib berilgan.
-
DALA EKINLARI MAHSULOTLARINI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI
Ushbu darslik talabalar, magistrlar, aspirantlar, ilmiy xodimlar, qishloq xo'jaligida faoliyat yurituvchi mutaxassislar va kasb-hunar kollejlarining o'qituvchilari uchun mo'ljallangan.
-
Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari
Mazkur darslikda avtomatlashtmshning konscptual fomonlari o‘rganilgan. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, axborot xavfsizligi, ulaming tasniflari ко'rib chiqilgan. Buxgalteriya, soliq va soliqqa tortish, bank ishi, menejment, g'aznachilik va sug‘urta faoliyatlarida avtomatlashtirilgan axborot texnologiyalari, ularda qoilamladigan dasturiy ta’mmotlar haqida alohida to'xtalib o'tilgan. Raqamli iqsodiyotda mavjud bank elektron to‘lov tizimlarining axborot xavfsizligiga e’tibor berilgan. Iqtisodiyotdagi axborot komplekslarida raqamli platformalaridan foydalanishning asosiy yo'nalishlari, jumladan elektron tijorat, elektron hukumat, kriptovalyuta va raqamli pullar keng talqin qilingan. Masaqoviy ta’lim olish kuislari o‘rganib chiqilgan LMS va CMS tizimlari atroflicha, batafsil yoritib berilgan. Darslik iqsodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari fanini o'rganayotgan talabalar, magistrantlar, doktorantlar va o‘qituvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Экономика труда. Теория и практика
В учебнике раскрыты теоретические положения о труде, даны характеристики рынка труда, занятости, виртуальной занятости и удаленной работы. Рассмотрены вопросы организации и планирования трудовых процессов, условий труда и трудосбережения, производительности труда.
-
Klinik allergologiya
Darslik umumiy va xususiy allergologiya qismlaridan iborat. Umumiy qismida allergik kasalliklarning rivojlanish mexanizmlari, diagnozlash va umumiy davolash batafsil yoritilgan.
-
G'aznachilik
Ushbu darslik O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan oliy ta'lim yo'nalishlari va mutaxassislarning takomillashtirilgan davlat ta'lim standartlari, o'quv rejalari va namunaviy fan dasturlari bo'yicha yangi avlod o'quv adabiyotlarini yaratish vazifasini bajarish doirasida tayyorlandi. Darslik davlat budjeti g'azna ijrosini tashkil etishning nazariy va amaliy masalalarini qamrab olgan bo'lib, unda davlat budjeti g‘azna ijrosining mohiyati va ahamiyati, g'aznachilikning davlat budjeti, davlat maqsadli jamg'armalari va budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag'lari g'azna ijrosini tashkil etish bo'yicha faoliyati tegishli bob va paragraflarda yoritilgan.