-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
-
-
-
-
Минг қуёш шуъласи
Таниқли америкалик афғон адиби Холид Ҳусайний қаламига мансуб, жуда катта шов-шувларга сабаб бўлган асарни ҳукмингизга ҳавола этмоқдамиз. Асарда яқин ўтмишда, биздан атиги бир неча юз чақирим йироқда юз берган ҳаққоний воқеалар тилга олинган. Асар қаҳрамонларининг фожиавий қисмати билан танишаркансиз, уларга нисбатан ҳамдардлик ҳиссини туйиш баробарида тинчлик, осойишталик, фаровонлик сингари неъматларнинг қанчалик бебаҳо эканини англаб етасиз. Қалбингизда биз яшаётган замон ва макон учун беҳад шукроналик жўш уради.
-
Avlodlar dovoni
0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlan-tirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi qaro-rida yosh avlodning ma’naviy intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg'usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos aha-miyatga ega bo'lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ulug‘ adib, 0‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning «Avlodlar dovoni» romanini mutolaa qilgan yosh kitobxonlarning ma’naviy olami shunga yarasha bo'ladi. Ushbu nashming o‘ziga xos jihatlaridan biri shundaki, unda bugungi yosh kitobxonlarga ayrim so‘z hamda iboralar yanada tushunarli bo‘lmog‘i uchun tegishli va zarur izohlar ham berilgan. Asarda Boburiylar sulolasining davomchilari Humoyun va Akbar shohlar hayoti, hayotiy sarguzashtlari tasvirlangan.
-
Ko‘hna dunyo
Odil Yoqubovning ushbu asari 1982-yilda yozilgan. Oradan o‘ttiz uch yil o‘tib, uni qayta nashr etishimizdan maqsad – ulug‘ allomalarimiz Al-Beruniy hamda Ibn Sino hayoti va faoliyatini bugungi kun o‘quvchisiga tanishtirish, ulardan hayotiy va ma’naviy saboq olishga qaratilgan. Adib asarda ikki buyuk olimning bolaligi, ijtimoiy muhit, yoshlik yillari, ilk sevgisidan tortib, daho ijodkorga aylanguncha bo‘lgan davrni jonli va rangli bo‘yoqlarda tasvirlaydi. Ularning ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan buyuk ishlarini umumlashtirishga harakat qiladi. Har ikki ulug‘ ajdodimizning hayoti va fojiali taqdiri bugungi kun o‘quvchisini befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz.
-
Chinor
Asqad Muxtorning bu romani sharq adabiy an’analarini eslatuvchi yangi bir shaklda yozilgan. Chinorning azim shoxlariday har tomonga tarvaqaylab ketgan qissalar jonli voqelikni aks ettirsa, uning teran ildizlari – hikoyatlar yaqin o‘tmish haqida, rivoyatlar esa pildirab uchgan yaproqlar singari yengil, ular badiiy tafakkur qanotida qadim afsonalarga borib tutashadilar... Bularning hammasi ham bir o‘zbek oilasi haqida. Bu oila katta, qadimiy, madaniy, mehnatkash va shu ma’noda «tagli-zotli». Uning har bir a’zosi xalq hayotida ma’lum bir mas’uliyatli yukni o‘z zimmasiga olgan. Jonajon tuproqqa chuqur tomir yoygan, baquvvat va qadimiy Chinor mangulik ramzi, xalqimiz timsolidir. Oila boshi Ochil buvaning safari bilan shartli ravishda o‘zaro bog‘langan qissalarning har biri mustaqil axloqiy-estetik fikrni ilgari suradi. Hikoyatlar va rivoyatlar esa bu fikrni quvvatlab, yanada mustahkamlaydi.
-
100 mumtoz faylasuf
Qo‘lingizdagi kitobda jahon falsafasining XX asrgacha yashab ijod kelgan mumtoz vakillari hayoti va quyma fikrlari imkon darajasida jamlangan. Majmua nafaqat falsafa ixlosmandlari, balki o‘quvchilarning keng ommasi uchun ham tushunarli, foydali va qiziqarli. Chunki majmuadagi ibratli hayot yullari haqidagi ma’lumotlar va purma’no fikrlar o‘zini o‘zi isloh qilish istagida bo‘lgan, haqiqatning rang-barang manzaralaridan zavq olishga qodir hech bir kimsani befarq qoldirmaydi.
-
Избранное. Стихотворения
Здесь нет ни малейшей позы. Стихи действительно рож- дались в огне, который в последнем танковом бою был беспощаден к С. Орлову.
-
100 jumboqli hikoya
Mazkur kitob yuzta hikoyadan iborat. Hikoyalar asosan rivoyatlar, qiziqarli faktlar asosida yozilgan. Va har bir hikoyada bir sir yashiringan. Hikoya so'nggida keltirilgan savolga to'g'ri javob topish hammaning ham qo'lidan kelavermaydi.
-
Ўзбекистон Республикасида анорчилик иқтисодиёти ва ишлаб чиқаришни ташкил этиш
Мазкур китобда асосан, анорчиликка ихтисослаштирилган хўжаликларда ишлаб чиқаришни йўлга қўйиш, шунингдек Ўзбекистонда анор етиштиришнинг инновацион технологияларини жорий этишнинг назарий-услубий асослари ёритилган.
-
Urushning so'nggi qurboni
Mazkur to'plamdan O'tkir Hoshimovning turli yillarda yozilgan eng sara hikoyalari o'rin olgan. Hikoyalarda turfa taqdirlaru voqealar adibning o'ziga xos uslubida jilo topgan. Ularni o'qirkansiz, go'yo oramizda odamlar bor samimiyati bilan sahifalarga ko'chgandek tasavvur uyg'otadi.
-
Sevgi qissalari
Elimizning ardoqli va atoqli adibi O'tkir Hoshimov muhabbat haqida talaygina hikoya, qissa, romanlar yozgan va ular kitobxonlar tomonidan katta qiziqish bilan mutolaa qilib kelinmoqda. Bu asarlarda sevgining sehr va quvonchlari, iztirob va armonlari g'oyat ta'sirchan, hayotiy aks ettirilgan. Ushbu kitobga adibning eng hayajonli asarlari jamlangan.
-
Hajviy hikoyalar
Ushbu asarda yozuvchi O'tkir Hoshimovning o'nlab hajviy hikoyalar, komediyalar, ichakuzdi hangomalari jamlangan. Ular insonning kayfiyatini ko'tarishga, madaniy dam olib, hayotdan zavqlanishiga yordam beradi.
-
Ikki eshik orasi
Ushbu asarda yozuvchi II jahon urushi yillarida o'zbek xalqining hayoti, front ortidagi insonlarning jasorati hamda Ikrom, Robiya, Umar zakunchi kabi insonlarning xarakteri yoritib beriladi.
-
O'zbegim
0 ‘zbekiston Qahramoni, sevimli shoirimiz Erkin Vohidovning ko‘p jildlik asarlari nashriyotimizda chop etilgan edi. Siz aziz o'quvchilarga taqdim etilayotgan ushbu she’rlarni muallifning o‘zlari saralab berdilar. 0 ‘qing, ko'ngil mulkingizni boyiting. She’rlar hayotingiz mazmuniga, qalb qo‘shig‘mgizga aylangusidir.
-
Табассум
Ўзбекистон Қаҳрамони, Халқ шоири Эркин Воҳидовнинг қўлингиздаги «Табассумт ҳам ана шундай кўз тутилган китоблардан. Унга шоирнинг халқимиз орасида машҳур «Ёшлик девониядан ғазаллар, «Донишқишлоқ латифалари» шеърий мутойиба ва лутфлар, нақл ва масаллар, кўпчилик ёд биладиган ўша пародия ва бошқа ҳажвий асарлари киритилган бўлиб, улар она тилимизнинг ўзига хос бойликлари — ибора, юмор, киноя, қочиримлари воситасида ҳаётга муносабатимизга бағрикенглик бағишлайди, шарқона донишмандлик намуналари сифатида завқ-шавқ беради, ибратли хулосалар чиқаришга чорлайди.
-
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг "Юксак маънавият-енгилмас куч" асарини таълим муассасаларида ўқитишни ташкил этиш бўйича факультатив ўқув курси дастури
Мазкур факультатив ўқув курси дастури Президент Ислом Каримовнинг "Юксак маънавият-енгилмас куч" асарини олий таълим муассасаларида ўқитиш учун ишлаб чиқилди. Дастурда асарнинг барча боблари ва фасллари қамраб олинган.
-
Devildom (book 1)
I express gratitute towar God for assimilating one desire to my heart to say you - dear my readers.