-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
Asab kasalliklarida hamshiralik ishi
Ushbu darslikda umumiy nevrologiyaning asoslari shuningdek asab tizimining klinik-anatomik tuzilishi, tekshiruv usullari va turli patologik jarayonlardagi semiotikasi hamda topik diagnostikasi to'liq bayon etilgan. Darslikni yaratishda ilmiy,metodik va ilmiy-tibbiy adabiyotlarning zamonaviy ma'lumotlari, oliy tibbiy ta'lim tizimidagi amaldagi namunaviy va ishchi dasturlardan foydalanilgan.
-
Harbiy epidemiologiya
Ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus ta'lim hamda Sog‘liqni saqlash vazirliklari tomonidan tasdiqlangan harbiy epidemiologiya fani dasturiga va respublikamizda sog'liqni saqlash tizimini isloh qilish jarayonida o‘qitilayotgan umumiy amaliyot vrachlarini tayyorlash dasturiga binoan yozilgan. Darslikni tayorlashda Oliy ta’lim tizimiga ilg‘or xalqaro tajribalarni joriy etish, yetakchi xorijiy ta ’lim m uassasalari bilan hamkorlikda yangi avlod o ‘quv adabiyotlarini yaratish kabi hozirgi zamonning dolzarb muammolari ham inobatga olingan.
-
Вирусли инфекциялар
Вирусли юқумли касалликлар хозирда хам тиббиётнинг долзарб муаммоларидан биридир. Ер юзида хозирги вақтда миллиардлаб одамлар у ёки бу турдаги вирусли юқумли касалликлар билан касалланадилар. Тиббист ходимларининг самарали харакатлари натижасида баъзи касалликлар амарали (полиомиелит) бутунлай бартараф килинган бўлсада, айрим касалликлар билан касалланиш даражаси юқорилигича қолмокда. Эбол иситмасининг катта эпидемияси Шарқий Африка мамлакатлари (Гвинея, Сьерра-Леоне ва Либерия) да 2014 йил феврал ойидан 2015 феврал ойи охиригача давом этиб 23,5 мингдан кўп олам зарарланди ва 9,5 минг нафардан ортиқ ўлим кузатилди.
-
Yuqumli kasalliklar
Mazkur darslik o'quv dasturiga muvofiq yozilgan bo'lib, unda bugungi kunda ko‘proq uchrab turadigan yuqumli kasalliklar, xususan, o‘tkir yuqumli ichak kasalliklari, virusli gepatitlar, havo-tomchi infeksiyalari va boshqa infeksiyalar hamda ularning kelib chiqish sabablari yoritilgan. Shu bilan birga kasallik ta’rifi va boshqa materiallar oddiy va ravon tilda bayon qilingan. Darslik tibbiyot oliy o'quv yurtlari magistrlariga mo'ljallangan. Shuningdek, ushbu o'quv adabiyotidan yuqumli kasalliklar shifokorlari va boshqa tor mutaxassislar ham foydalanishlari ham mumkin.
-
Yuqumli kasalliklarda hamshiralik ishi
XXI-asr boshidan parranda grippi epidemiyasi Sharqiy Osiyo mamlakatlari (Xitoy, Laos) hududida qayd qilingan bo‘lsa, 2005-yilga kelib Rossiya va Yevropa mamlakatlarida (Ruminiya, Italiya) tarqaldi. 2006-yilda esa kasallik Turkiya va Ozarbayjonda ro‘yxatga olingan, Turkiyada odamlar orasida kasallanish kuzatilib, o‘lim holatlari qayd qilindi. Yuqumli kasalliklar muammosi tibbiyot xodimlari (vrachlar, hamshiralar) oldida qiyinchiliklar tug'dirmoqda. Oliy o‘quv yurti talabalariga yuqumli kasalliklarni o'qitish muhim masalalardan biridir. Talabalarga bilim berish va o ‘qitishda zamonaviy adabiyotlar va internet ma’lumotlaridan keng foydalanilmoqda, ammo oliy malakali hamshiralar uchun mo'ljallangan adabiyotlar juda kam
-
Bolalarda havo-tomchi yo'li bilan yuquvchi yuqumli kasalliklar
Ma'lumki, bolalarda havo-tomchi yo'li bilan yuquvchi kasalliklarning turlari ko'p bo'lib ular keng tarqalgan hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasida qabul qilingan emlash jadvaliga asosan bo'g'ma, qizamiq infeksiyalari tugatilish arafasida. Qisman havo-tomchi yo'li bilan yuquvchi poliomielit O'zbekiston hududida butunlay tugatiladi. Ushbu kasalliklar bo'yicha barqarorlikni ta'minlash uchun faol immunizatsiya doimo o'tkazilib turilishi shart. Faol immunizatsiya o'tkaziladigan ko'k yo'tal, parotit infeksiyasi ancha kamayganligiga qaramay baribir uchrab turibdi. Ular ichida koʻkyo'tal kasalligi bir yoshgacha bo'lgan bolalarda og'ir o'tib, ayrim hollarda o'lim bilan tugashi mumkin. Parotit infeksiyasi o'g'il bolalada orxit keltirib chiqarib, bepushtlikka sabab bo'lishi mumkin. Virusli gripp kasalligi ham bolalarda ko'p uchrab, og'ir kehishi, keng tarqalishi bilan izohlanadi.
-
Yuqumli kasalliklarda hamshiralik ishi
Darslikda Yuqumli kasalliklar haqida umumiy ma’lumot, uning tarixi, tasnifi, yuqumli kasalliklaming tashxisot usullari va uslublari. Yuqumli kasalliklaming tashxisot usullari va uslublari, Yuqumli kasalliklaming davolash tamoyillari va usullari, Yuqumli kasalliklaming profilaktikasi, Yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlar parvarishining umumiy qoidalari, kasaxona ichi infeksiyalarining epidemiologik xususiyatlarini aniq va ravshan bayon qilingan. Shu bilan bir qatorda parazitar (bakterial, virusli va parazitoz) kasalliklarining etiologiyasi epidemiologiyasi, patogenezi.klinikasi, tashxisoti, davosi va profilaktikasi sodda til bilan zikr qilingan.
-
Bolalar yuqumli kasalliklari
O'tgan asrning ikkinchi yarmiga kelib, yuqumli kasalliklar tomonidan keltiriladigan talafotlaming keskin kamayishi tibbiyotning tez rivojlanishi antibiotiklarning topilishi, zardoblar va vaksinalaming, anatoksinlarning ishlab chiqilishi bilan bog'liqdir.Vaksina, anatoksin va immunoglobulinlar yordamida boshqarish imkonivatiga erishilgan bo'lib, bunday kasalliklar yuqumli kasalliklaming bir qisminigina tashkil qiladi. Ammo boshqarish imkoni bo'lmayotgan shunday yuqumli kasalliklar borki, ular odamlar, ayniqsa, bolalar hayotiga xavf solib kelmoqda. Yuqumli kasalliklar tibbiyotning hamma sohasida o'zining asoratlari va oqibatlari bilan namoyon bo'lib kelmoqda. Bir qator somatik kasalliklaming kelib chiqishi va rivojlanishida asosiy sabablardan biri ekanligi hccli kimga sir emas.
-
Болаларнинг юқумли касалликлари
Болалар орасида бу касалликларнинг атипик (ноаниқ), субклиник шакллари учрамоқда.Бу келтирилган далиллар юқумли касалликларнинг олдини олиш ва уларни уз вақтида даволашни тақозо этади.
-
Асаб касалликлари
Ушбу дарслик «Асаб касалликлари фани давлат таълим стандартига» асосланиб тайёрланди ва унинг мавзулари хусусий неврологияга оид материаллардан иборат. Дарслик замонавий илм-фан ютуқларига асосланган холда ёзилган бўлиб, унда касаллик номи, этиологияси, патогенези, клиникаси, ташхиси, қиёсий ташхис, даволаш алгоритма, прогнози ва профилактикаси анъанавий йўсинда ёритилган. Дарслик мавзуларининг бундай ёритилиши талабалар томонидан уни узлаштиришни осонлаштиради. Хар бир мавзуда келтирилган ташхис куйиш ва даволаш алгоритми Жахон соғликни сақлаш ташкилоти экспертлари томонидан ишлаб чиқилган стандартларга катъиян амал қилган холда тузиб чиқилди. Барча бўлимларда замонавий нейровизуализация усуллари, яъни КТ, MPT, МРА, ПЭТ, транскраниал доплерография, дуплексли сканерлаш, иммунологик ва вирусологик текширувлар буйича олинган маълумотлар келтирилган. Ташхис қўйиш ва даволаш босқичлари кетма-кет равишда кўрсатиб берилди. Бу эса беморга қайси босқичда умумий амалиёт шифокори ва қайси босқичда невролог ёрдам кўрсатиши зарурлигини кўрсатиб беради. Дарслик изохли жадваллар ва расмлар билан бойитилган. Шунингдек, барча мураккаб атамаларнинг изохи келтирилган. Хар бир мавзунинг сўнгида назорат учун саволлар мавжуд. Дарслик сўнгида неврологик шкалалар ва улардан фойдаланиш йўллари ёритилган.
-
Тупроқ муҳофазаси
Тупроқларни эрозия ва ифлосланиш жараёнларини ўрганиш усуллари ва услубиятига алоҳида эътибор берилган.
-
Meliorativ tuproqshunoslik
Darslik agrokimiyo va agrotuproqshunoslik yo'nalishi talabalari uchun yozilgan bo'lib,undan tuproqshunoslik, agronomiya sohasida ta'lim olayotganlar hamda qishloq va suv xo'jaligi mutaxasisslari ham foydalanishlar mumkin.
-
Асаб касалликлари пропедевтикаси
Дарслик талабаларга марказий ва периферик асаб тизими тузилишпаршrnнг хусусиятлари ҳамда физиологnяси ҳақида маълумот бериш билан бирга патологик жараённи аниқлаш асосларини ўрганишrа имкон беради. Бунинг асосида топик диагноз шаклланади, Сўнг касалликни келтириб чиқарувчи сабаб ва омиллар таҳлили аниқлангач топик диагноз билан боғланиб нозологик диагноз устида фикр юритилади. Шу ва шунга ўхшаш клиник белгилар билан кечувчи бошқа касалликлар билан солиштирилиб дифференциал диагноз асосида охирги клиник диагноз аниқланади ва даволаш тамойиллари белгиланади.
-
Agrokimiyo
Darslik universitet va qishloq xo'jalikoliy oliy o'quv yurtlarining tuproqshunoslik, Agrokimiyo va agrotuproqshunoslik ta'lim yo'nalishlari talabalari uchun mo'ljallangan
-
Агрокимё
Ўғитлар самарадорлиги одатда экинлардан олинадиган қўшимча ҳосил миқдори билан белгиланган.