-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
-
-
IQTISODIY TA’LIMOTLAR TARIXI
Mazkur darslikda ko‘zda tiitilgan asosiy maqsad turli davrlarda yashab ijod qilgan olim va mutafakkirlaming iqtisodiy fikrlar sohasidagi tarixiy merosi va g‘oyaviy boyliklarini o‘rganishda talabalarga ko‘maklashishdan iborat. Iqtisodiy fanlar tizimida oldin amal qilib kelgan va hozir amal qilayotgan alohida maktab va yo‘nalishlarning konsepsiya va nazariyalarini o‘rganish iqtisodiyot nazariyasidan olgan bilimlarini mustahkamlashga va chuqurlashtirishga, mamlakatimizda sodir bo‘layotgan iqtisodiy hodisalami mustaqil tahlil qilishga va to‘g ‘ri xulosa chiqarishga yordam beradi.
-
Xalqaro huquq
Darslikda xalqaro huquqning asosiy tushunchalari, normalari, prinsiplari, manbalari, subyektlari, xalqaro huquqda aholi va hudud masalalari, shuningdek hozirgi zamon xalqaro ommaviy huquqining asosiy sohalari, ya’ni xalqaro shartnomalar huquqi, xalqaro jinoyat huquqi, xalqaro havo huquqi, xalqaro xavfsizlik huquqi keng yoritib berilgan.
-
BUXGALTERIYA HISOBI NAZARIYASI
Ushbu darslikda buxgalteriya hisobining vazifalari, predmeti, obyekti, usullari, uslubiyoti hamda moliyaviy hisobotlarni tuzish konsepsiyasi kabi nazariy savollar mutaxassislikning davlat ta’lim standartlari va namunaviy dastur talablaridan kelib chiqqan holda yoritilgan. D
-
Texnologiya ta'limi metodikasi
Mazkur darslik 5112100 – Texnologik ta’lim yoʻnalishi talabalari va umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining “Texnologiya” fani oʻqituvchilari uchun moʻljallangan boʻlib, unda fanning maqsad va vazifalari, metodologik asoslari, tarixiy taraqqiyoti, didaktik asoslari, ta’lim metodlarining tasnifi, ilmiy tadqiqot metodlari, amaliy fanlar bilan integratsiyasi, fanni oʻqitish jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalardan foydalanish, texnologiya fanini oʻqitish metodikasi fanidan kurs ishi, bitiruv malakaviy ishi va pedagogik amaliyotga qoʻyiladigan metodik talablar kabi masalalar yoritilgan.
-
Texnologiya ta'limi praktikumi
Ushbu darslik 5112100 – “Texnologik ta’lim” yo’nalishi talabalari uchun tavsiya etiladi.
-
O`zbekiston tarixi
Mazkur darslik O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi tomonidan tasdiqlangan "O'zbekiston tarixi" fani o'quv dasturi asosida tayyorlandi.
-
Fizika Kursi
Oliy uquv yurti uchun darslik. Darslikda oliy uquv yurti uchun tasdiqlangan o'quv dasturi asosida umumiy oliy texnik o'quv yurtlari uchun tasdiqlangan.
-
Analitik geometriya
Bu darslik universitetlaming matematika, mexanika, tadbiqiy matematika va informatika, statistika yo'nalishlari uchun mo'ljallangan va amaldagi yangi bakalavrlar dasturiga muvofiq muallifning O'zbekiston Milliy Universitetda o'qigan ma’ruzalari asosida yozilgan. Darslik oltita qismdan iborat bo‘Iib, unda vektorlar algebrasi, tekislikda koordinatalar sistemasini almashtirish, to‘g‘ri chiziqlar va tekisliklar, ikkinchi tartibli chiziqlar va sirtlar nazariyalari yoritilgan.
-
San'at, arxitektura va shaharsozlik tarixi
Darshkda zamonaviy arxitektura va shaharsozlik: shaharlarning qayta tiklanishi, turar-joy va jamoat binolari, arxitektura yodgorliklari va arxitekturaviy majmualar, muhandislik inshootlarining shakllanishi va tarixi yoritilgan.
-
Texnologiya ta'limi praktikum
Ushbu o'quv qo’llanma oliy ta’lim bakalavriat 5112100-Texnologik ta'lim hamda 60112300-Texnologik ta'lim yo’nalishlari talabalari uchun “Texnologiya ta’limi praktikumi'’ fanidan “Servis xizmati” bo'limi bo’yicha tikuvchilik ustaxonalarida ish o'rnini to'g’ri tashkil qilish, xavfsizlik texnikasi qoidalari, gazlamaga ishlov berish, mahsulot (kiyim) yaratish uchun bolalar, ayollar, erkaklar kiyimlari namunalarini tikish xaqidagi nazariy va amaliy bilimlarni egallashlarida zarur manba hisoblanadi.
-
Virusologiya asoslari
Virusologiya tadqiqotlari fundamental va amaliy tadqiqotlarga bo'linadi. Virusologiya fundamental tadqiqotlarining predmeti-virionlar shakli va arxitekturasi, ularning tarkibi, virus va hujayra orasidagi munosabat, irsiy axborotni o‘tkazish yo'llari, virus zarrasi tarkibiy qismlarini molekulyar sintez mexanizmi va ularning qurilish jarayoni, o‘zgaruvchanligining molekulyar mexanizmi va evolyutsiyasining o‘ziga xosligini o‘rganish bo‘lsa, amaliy (prikladnoy) tomonlari tibbiyot, veterinariya va fitopatologiya fanlari tomonidan ham o‘rganiladi.
-
O`SIMLIKSHUNOSLIKDA ILMIY TADQIQOT ISHLARI
Ushbu kitobda ilmiy tadqiqot asoslarini rejalashtirish, tashkil etish va olib borish masalalari yoritilgan. Tajriba turlari: dala, vegetasion, lizimetrik va laboratoriya tajribalari keltirilgan.
-
Vektor va tenzor tahlil
«Vektor va tenzor tahlil» darsligi oliy o'quv yurtlarining fizika va astronomiya yo‘nalishlari bo'yicha bakalavrlar tayyorlash uchun bu fanning tasdiqlangan namunaviy o‘quv dasturi asosida yaratilgan.
-
Umumiy tabiiy geografiya
Mazkur darslik “Umumiy tabiiy geografiya” fanidan 5140600 - Geografiya ta’lim yo'nalishi uchun mo‘ljallangan bo'lib, Mirzo Ulugbek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Tabiiy geografiya” kafedrasida tayyorlangan. Umumiy tabiiy geografiya darsligidan talabalar, magistrlar, doktorantlar, ilmiy izlanuvchilar, professor-o'qituvchilar hamda shu sohaga qiziquvchilar ham foydalanishlari mumkin
-
Jahon tarixi 1-qism
Ushbu darslikda jahon tarixining qadimgi dunyo hamda o‘rta asrlar davri tarixiga oid eng muhim mavzular qamrab olingan. O‘rganilayotgan davrda jahon mamlakatlari rivojlanishining alohida va umumiy xususiyatlari, jumladan, shakllanishi, taraqqiyoti, inqirozga yuz tutishi kabilar tarixiy ranbalar asosida tahlil qilingan.