-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
Ҳаёт фаолияти хавсизлиги
Республикамиз учун нисбатан янги ҳисобланган «Ҳаёт фаолияти хавфсизлиги» дарслиги ўқув модулининг мазмун ва моҳиятини кўргазмали тарзда ёритиб берувчи чизмалар, жадваллар, тушунчалар, фактлар ва рақамлардан иборат. Уни тайёрлашда халқаро ва миллий тажриба ютуқлари, фонд материаллари, адабиёт ва Интернет маълумотларидан атрофлича фойдаланилди. Дарсликдаги мавзулар мазкур масаланинг долзарб илмий-амалий муаммолари ва ечимлари, таълим муассасалари раҳбар ходимлари ва педагогларининг кундалик меҳнат фаолиятлари мобайнида ёки кўзда тутилмаган ҳолатда дуч келадиган вазиятларда хавфсизлигини таъминлаш нуқтаи назардан ёритилган.
-
Petrografiya
Darslikda magmatik,cho`kindi va metamorfik to`g jinslarining ta`rifi berilgan.Har bir turning strukturasi, teksturasi, mineral tarkibi, hosil bo`lish sharoiti va ular bilan bog`langan foydali qazilma konlari berilgan.Darslik 5311700 "Foydali qazilmalar geologiyasi, qidiruv va razvedkasi" uchun mo`ljallangan.
-
Қишлоқ хўжалик фитопотологияси
мазкур дарслик барча қишлоқ хўжалиги экинлари касалликлари, уларни қўзғатувчиларининг биологияси, морфологик хусусиятлари, кўпайиш усуллари,шунингдек келтириладиган зарари ва уларга қарши уйғунлашган курашиш тадбирлари тўғрисидаги батафсил маълумотларни ўз ичига олади.
-
Inson huquqlari
Ushbu darslik "Inson huquqlari" fani predmetini o'rganishga bag'ishlangan bo'lib, unda inson huquqlan tushunchasi, tarixi va rivojlanish bosqichlari, inson huquqlari kategoriyalari, inson huquqlari bo'yicha xalqaro va milliy huquqiy normalar va ularni amalga oshirish mexanizmlari, inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlik kabi masalalar qamrab olingan. Darslik inson huquqlari masalalarini o'rganuvchi talabalar, o'qituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar va mutaxassislar hamda keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Industrial iqtisodiyot
Darslikda "Industrial iqtisodiyot" fanining predmeti va vazifalari, iqtisodiyotning eng muhim, yetakchi tarmog'i bo'lgan sanoatning milliy iqtisodiyotdagi roli, o'rni va ahamiyati, tarkibiy muammolari, boshqarish va rejalashtirishning ilmiy asoslari, fan-texnika taraqqiyoti, kadrlar va mehnatga haq to'lash, asosiy va aylanma fondlar, mahsulot sifati va raqobatbardoshlik, qiymat va tannarx, foyda va rentabellik hamda baho masalalari yoritilgan.
-
Тупроқшунослик ва деҳқончилик
Ушбу дарсликда «Ер тузиш ва Ер кадастри», «Гидромелиорация», «Қишлоқ хўжалигини механизациялаш», «Қишлоқ ва сув хўжалиги энергетикаси», «Агроиқтисодиёт ва менежмент», йўналишлари бўйича фанларга оид асосий назарий тушинчалар, шунингдек мавжуд методик қўлланмалар асосида лаборатория ва амалий машғулотларни ўтказиш услублари ҳам баён этилган.
-
Чорвачилик
Дарсликда қишлоқ хўжалик ҳайвонлари ва паррандаларнинг биологик хусусиятлари, уларни боқиш, маҳсулдорлигини ошириш ва бошқа масалалар ёритилган.
-
Бетон ишлари технологияси
Китобда монолит бетон ва темир - бетон ишларини бажариш технологияси масалалари : бетон тайёрлашга керакли материаллар, қоришма тайёрлаш ва ташиш усуллари ёритилган. Қишда ва жазирама иссиқда бетонларнинг турлича усуллари ҳақида маълумот берилган. Турли механизация воситаларидан фойдаланиб, ишни оқилона ташкил этишга доир тавсиялар келтирилади. Китоб қурилиш ташкилотларининг инженер-техник ходимлари учун мўлжалланган.
-
Java tilida obyektga yo'naltirilgan dasturlash
Xozirgi paytda eng samarali ishlayotgan dasturlash tillaridan biri bu Java dasturlash tilidir. Java dasturlash tilini chuqur o'zlashtirish va uning imkoniyatlarini turli sohalarga qo'llay bilish AT mutaxassislarning mehnat bozoridagi mavqiyesini keskin oshiradi. Zamonga mos, raqobatbardosh mutaxassis bo'lib yetishish imkonini beradi.
-
Гармония
Мазкур дарслик умумий гармониянинг бошланғич қисми мавзуларини ўз ичига олган. Дарсликда назарий мавзулар амалий машғулотлар билан бирга қўшиб баён қилинган бўлиб, улар талабалар ўрганиши лозим бўлган назарий мавзуларни фортепианода чалиш учун берилган гармоник чизма ва секзенцияларни гармониялашга мўлжалланган куй ва гармоник тахлил машқларидан иборатдир.
-
Ilmiy tadqiqot asoslari
Ushbu darslikda o‘zlikni anglash uchun ilmiy tadqiqot metodologiyasi va uni egallashning zarurligi, yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatilgan. Ilm barcha ezguliklarning onasi ekanligi asoslanib uning annotatsiya tezis, maqola, taqriz, referat, dissertatsiya, monografiya, darslik, o‘quv qo‘llanma kabi yigirmaga yaqin ranglari o'rganilgan.
-
Логистика
В учебнике изложены современная концепция и задачи логистики, охарактеризованы участники логистического процесса, описаны методы, обеспечивающие повышение эффективности хозяйственной деятельности за счет рациональной организации материальных потоков.
-
Umumiy psixologiya
Umumiy psixologiya darsligi inson shaxsidagi psixologik xolatlar,xususiyatlar, jarayonlar haqidagi dastlabki bilimlar majmuasini berishga qaratilgan. Darslik psixologiyaga kirish, muloqot, faoliyat, shaxs, bilish jarayonlari shaxsning hissiy-irodaviy motivatsion sohasi, shaxsning individual psixologik xususiyatlari nomli bo`limlardan iborat. Darslikdan oliy o`quv yurtlari pedagogika va psixologiya yo`nalishi bo`yicha ta`lim olayotgan talabalar, magistrantlar, o`qituvchilar, ilmiy xodimlar, umuman shu sohaga qiziqqan keng kitobxonlar ommasi foydalanishlari mumkin.
-
Nazariy elektrtexnika 2-qism
Darslikning 2-qismida, nosinusoidal davriy toklar, chiziqli elektr zanjirlaridagi o`tkinchi jarayonlar, to`rtqutbliklar, elektr filtrlar, tarqoq parametrli zanjirlar, nochiziqli elektr zanjirlarni hisoblash usullari mavzulari batafsil yoritilgan.
-
Чорвачилик
Дарсликда қишлоқ хўжалик ҳайвонларини озиқлантириш асослари, қорамолчилик, қўйчилик, йилқичиликка доир масалалар ёритилган.
-
Adabiy tahrir
Mazkur darslikda adabiy tahrirning ilmiy asoslari bayon etiladi. Darslik 15 bobdan iborat bo`lib, ularda adabiy tahrir bilan bog`liq jarayonlar, adabiy tahrirning mantiqiy asoslari kompozitsiya, asos (faktik) materiallar, matn tahlili muallif va muharrir munosabati, muharrirning nashr jarayonidagi o’rni, ayrim tur adabiyotlar, matbuot, radio va telematnlar tahriri va boshqalar xususida so’z yuritiladi.