-
Kutubxonashunoslik va arxivshunoslik
-
Menejment, tashkilot va boshqaruv
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
Kutubxonachilik ishi tarixi
Ushbu o'quv qo'llanma kutubxonashunoslik va axborot tizimlari ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda kutubxonalar tarixining rivojlanish bosqichlari, qadimiy qo'lyozmalar xazinalari, O'rta Osiyoda kutubxonachilik ishining shakllanishi, buyuk allomalarning kitob to'plashdagi o'rni hamda tarixiy davrlardagi madaniy merosni saqlash va targ'ib qilish masalalari yoritilgan.
-
Kurze deutsche Grammatik
Das vorliegende Lehrbuch ist für Studenten des ersten Studienjahres der Germanistik konzipiert und bietet eine systematische Einführung in die Grundlagen der deutschen Grammatik. Es deckt sowohl morphologische Aspekte, wie die Struktur von Verben, Substantiven, Artikeln, Adjektiven und Pronomina, als auch zentrale Themen der deutschen Syntax ab, einschließlich der Satzarten, Satzformen und der Struktur des zusammengesetzten Satzes. Ergänzt durch nützliche Anhänge mit Listen starker und unregelmäßiger Verben sowie wichtigen Rechtschreib- und Kommaregeln, dient das Buch als zuverlässiges Nachschlagewerk und Arbeitsmittel zur Festigung und Vertiefung der grammatikalischen Kenntnisse.
-
KORPORATIV BOSHQARUV
Mazkur o'quv qo'llanmada korporativ boshqaruvning mazmuni va mohiyati, korporativ boshqaruvning asosiy tamoyillari va korporativ boshqaruvning usullari, korporativ boshqaruvning modellari, davlatning korporativ boshqaruvda qatnashishi, korporativ tuzilmalar tuzishning tashkiliy turlari, korporativ huquq tushunchasi, korxonalarni qayta tarkiblashning mohiyati, korporativ nizo turlari, hissadorlik jamiyatlarida kapitallar tarkibini boshqarish, korporativ madaniyat turlari va O'zbekistonda korporativ boshqaruvning shakllanish muammolari va uni takomillashtirish kabi masalalar o'z ifodasini topgan.
-
KOMPYUTER GRAFIKASI
Ushbu o'quv qo'llanma barcha Oliy o'quv yurtlarida bakalavr muhandislar tayyorlash uchun Oliy va o'rta maktab muammolari instituti tomonidan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida tuzilgan bo'lib, AutoCAD grafik dasturi yordamida muhandislik kompyuter grafikasi asoslarini, grafik axborotlarni ikki va uch o'lchamda modellashtirishni, laboratoriya mashg'ulotlarini bajarish tartiblari va qoidalarini yoritadi.
-
KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK
Ushbu o'quv qo'llanmada kichik biznes va tadbirkorlikning mohiyati, iqtisodiyotda tutgan o'rni, tadbirkorlikning turlari va shakllari, xorijiy mamlakatlarda hamda O'zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanishi, kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rejalashtirish, tahlil etish, boshqarish, kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlariga xizmat ko'rsatuvchi bozor infratuzilmalari, kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlarining moliyaviy faoliyati, kredit bilan ta'minlash shakllari, kichik biznes va tadbirkorlik sub'ektlarining eksport salohiyatini baholash hamda O'zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish istiqbollari bayon etilgan. Shuningdek, zamonaviy iqtisodiy jarayonlarning innovasion yo'naltirilganligi sharoitida kichik biznes sub'ektlarining innovasion faoliyatini rivojlantirish, mazkur faoliyatni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimi samaradorligini oshirish va boshqaruv mexanizmini takomillashtirish masalalari yoritilgan.
-
Kasb ta’limi uslubiyati
O‘quv qo‘llanmada kasb ta’limining metodologik asoslari va ilmiy tadqiqot usullari, tamoyillari va o‘qitish jarayonini tashkil etish, o‘tkazish, bilim, ko‘nikma va malakalarni baholash yo‘llari hamda kasbiy faoliyatni tashkil etish, talabalarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha tavsiyalar bayon etilib, ta’lim-o‘qitish, metod-usul tushunchalaridan sinonim sifatida foydalanilgan hamda kasb-hunar kolleji o‘qituvchisining kasbiy-pedagogik faoliyatini tashkil etishi va pedagogik mahorati bo‘yicha tavsiyalar berilgan.
-
Just Reading and Writing Intermediate
Just Reading and Writing (Intermediate) is part of an integrated series of books designed for you to study on your own, or together with other students and a teacher. It will help you improve your reading and writing skills in English. We have chosen the texts and tasks carefully to offer an interesting and challenging mix of topics and language styles. We have included contemporary uses of English such as email, the Internet and text messaging.
-
Gramatica practica del ESPAÑOL
Ushbu o'quv qo'llanma chet tillari oliy o'quv yurtlari va fakultetlari talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, unda ispan tili grammatikasi, morfologiya, sintaksis, orfografiya va punktuatsiya qoidalari tizimli ravishda yoritilgan. Qo'llanma talabalarga ispan tilining og'zaki va yozma nutqini, shuningdek, tarjima malakalarini egallashda amaliy yordam beradi.
-
INGLIZ TILIDA FE’L ZAMONLARI KO’RINISHI VA NISBATLARI TIZIMI BO’YICHA O’RGATUVCHI VA NAZORAT QILUVCHI DASTURLAR
O’quv qo’llanma barcha yo’nalishdagi 1-3 bosqich bakalavr va magistrlar uchun mo’ljallangan bo’lib, ingliz tilidagi fe’l zamonlari va nisbatlari tizimini o’rganish hamda nazorat qilish bo’yicha amaliy mashg’ulotlarni o’z ichiga oladi, asosiy e’tibor grammatik materiallarni o’zlashtirish va amaliy ko’nikmalarni mustahkamlashga qaratilgan.
-
Informatika. Axborot texnologiyalari. 2-qism
Ushbu o'quv qo'llanmaning 2-qismida dasturlash va dasturlash tillari (Paskal, Delphi), fayllarni arxivlash va kompyuterlarni viruslardan saqlash, elektron jadvallar (MS Excel), ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MS Access), kompyuter grafikasi, lokal va global kompyuter tarmoqlari, WEB-dizayn va axborot qidiruv tizimlari batafsil yoritilgan bo'lib, oliy o'quv yurtlari talabalari va shaxsiy kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Informatika. Axborot texnologiyalari
Mazkur o'quv qo'llanmada Informatika va axborot texnologiyalari fanining nazariy va amaliy asoslari, jumladan, kompyuterning texnik tuzilishi, algoritmlash asoslari, dasturiy ta'minot, MS DOS, Windows 95 va Windows NT operatsion tizimlari, Norton Commander dastur-qobig'i hamda multimedia imkoniyatlari keng miqyosda yoritilgan bo'lib, bakalavriat talabalari va sohaga qiziquvchilar uchun mo'ljallangan.
-
Informatika va axborot texnologiyalari
Ushbu o‘quv qo‘llanma tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda informatika va axborot texnologiyalarining asoslari, oliy matematika elementlari, MS DOS va MS Windows operatsion tizimlari, shuningdek, amaliy dasturlar bilan ishlash yo‘llari yoritilgan. Qo‘llanma zamonaviy axborot texnologiyalari yutuqlari bilan boyitilgan va tibbiyot sohasidagi dolzarb masalalarni hal etishda foydalanishga tavsiya etilgan.
-
How to Write a Successful Science Thesis: The Concise Guide for Students
This concise guide provides students with essential advice on writing a successful science thesis. Covering all aspects of the process, from maintaining a laboratory notebook and literature research to structuring the thesis, writing style, experimental section, and presenting data, figures, and tables, it offers practical and clear guidance for scientists-in-training to document their research effectively and produce high-quality academic work.
-
How to Teach Pronunciation
This book provides a practical guide for teachers on how to teach English pronunciation effectively. It covers the description of speech, physiology of pronunciation, articulation of phonemes, phonemic transcription, phonetics and phonology. The book includes chapters on teaching vowels, consonants, and word/sentence stress, offering a wide range of techniques, activities, and sample lessons to help students improve their pronunciation skills.
-
Маркетинг
В учебнике подробно и со многими информативными примерами изложены основные вопросы изучаемые и курсе Маркетинг.
-
Xorijiy Sharq mamlakatlari geografiyasi. II qism
Mazkur o‘quv qo‘llanmada xorijiy Sharq mamlakatlari geografiyasining maqsadi va vazifalari, jahon mamlakatlarini guruhlash, Janubiy-G‘arbiy Osiyoning geografik o‘rni hamda mintaqadagi mamlakatlarning tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy geografik tavsifi bayon etilgan. Qo‘llanma oliy o‘quv yurti talabalari, sharqshunoslar va mintaqa iqtisodiyoti bilan qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan.