-
Qurilish. Arxitektura
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Texnika va amaliy fanlar
-
-
-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Me'morchilik 2 qism. Fuqarolik binolari
Kitobning ushbu 2 qismi (Fuqarolik binolari) to‘rtta bo‘limni o'z ichiga olgan. Uning 1-bolimida binolarni loyihalash asoslari, 2-bo'limida turar-joy binolari, 3-bo'limida fuqarolik binolarining konstruksiyalari va 4-bo'limida o'ziga xos jamoat binolarining loyiha va konstruktiv masalalari o'rganilgan.
-
Halokatlar tibbiyoti
“Halokat tibbiyoti” darslikning (Bilim soxasi: “Ijtimoiy ta’minot va sog’lik saqlash” - 500000; ta`lim yunalishlar “Kasb ta’lmi”-5111000,“Davolash ishi - 5510100, “Pediatriya ishi” - 5510200, “Ixtisoslik fanlari” o‘quv fanlari bloki) birinchi qismi o‘z ichiga halokatlar tibbiyotiga taluqli bolgan umumiy savollarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, bunda favqulotda vaziyatlar sharoitida shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil qilish prinsiplan tizimlashtirilgan. 0 ‘zbekiston Respublikasida Favqulotda Vaziyatlar Davlat Xizmatining shakllanishi va faoliyat ko’rsatishiga oid savollar darslikda o ‘z yechimini topgan Shuningdek darslikda halokatlaming tibbiy-sanitar oqibatlarini bartaraf etisl), aholini, jabrlanganlarni, xodimlarni halokatlar oqibatlaridan himoya qilish, halokat o'chog'ida va yordam korsatishning keyingi bosqichlarida shoshilinch tibbiy yordamni tashkil qilish masalalari batafsil yoritib o'tilgan va bu boradagi erishilgan yutuqlarga alohida urg‘u berilgan.
-
Bino va inshootlarni ta'mirlash materialshunosligi
Ushbu darslikda bino va inshootlarni, xususan arxitektura yodgorliklarini ta'mirlashda ishlatiladigan tabiiy toshlar,keramika,yog'och, metall,mineral bo'g'lovchi moddalar,qurilish qorishmalari,lak-bo'yoqlar,polimerlar,bitum va qatronlar,betonlar,shisha,issiqlik izolatsiyasi,akustik materiallar va buyumlar strukturasi,asosiy xossalari, an'anaviy va zamonaviy usullarda ishlov berish texnologiyasi,ishlatish sohalari to'g'risida chuqur tahliliy ma'lumotlar berilgan.
-
Issiqlik va atom elektrstansiyalari
Mazkur darslik oliy o’quv yurtlarining Issiqlik elektr stansiyalari, sanoat Issiqlik elktr stansiyalari, kasbiy ta’lim va boshqa yo’nalishlarida o’qiydigan talabalarga mo’ljallangan.
-
Arxitektura ashyoshunosligi
O`zbekiston Respublikasi Davlat standartlariga talablariga ko`ra arxitektura yo`nalishida o`qiyotgan oliy o`quv yurti talabalari uchun ilk bor yaratilgan ushbu darslikda qurilish ashyolarning arxitektura, dizayn sohasida ishlatilishi va tarixiy yodgorliklarni ta`mirlashdagi o`rni hamda ahamiyatli to`g`risida o`quv dasturi doirasida ma`lumotlar yoritilgan.
-
Умумий психология
Дарсликда психологиянинг умумий масалаларини билиш жараёнлари шахснинг хиссий даврий жихатлари, унинг индивидуал хусусиятлари психология педагогика фанининг хозирги пайтдаги ютуқларини хисобга олган холда қараб чиқилади. Дарслик педагогика олий билимгохларнинг талабалари учун ўқув дастурига мувофиқ тарзда ёзилади.
-
Meliorativ tuproqshunoslik
Melioratsiyaga muhtoj yerlarni o'rganish, ulardan samarali foydalanishni o'rganishga qaratilgan ushbu darslikda har xil tabiiy va antropogen omillarni, yerlarning tuproq-meliorativ holatiga ta’siri ilmiy-pedagogik asosda yoritilgan. Bundan tashqari darslikda talaba va mutaxassislarga zarur bo'lgan tahlil namunalarini qayta ishlash, zaharli va zararli tuzlarga hisoblashlar kabilar berilgan. Darslik agrokimyo va agrotuproqshunoslik yo'nalishi talabalari uchun yozilgan bo'lib, undan tuproqshunoslik, agronomiya sohasida ta’lim olayotganlar hamda qishloq va suv xo`jaligi mutaxasisslari ham foydalanishlari mumkin.
-
O'zbekiston tarixi I kitob
Ushbu "O`zbekiston tarixi" darsligining I kitobi eng qadimgi davrlardan boshlab XV asrning o'rtalariga qadar bo'lgan davrni o'z ichiga qamrab olgan. Mazkur darslik mustaqillik yillarida olib borilgan tadqiqotlarning umume'tirof etilgan natijalari bilan boyitilganligi, fan bo'yicha innovatsiyalarni o'quv jarayoniga joriy etilganligi bilan ilgarigi o'quv adabiyotlardan farq qiladi.
-
Pirometallurgiya jarayonlari nazariyasi
Darslikda pirometallurgiya jarayonlarining nazariy asoslari, moddalar suyuq va qattiq holatining tuzilishi va ushbu xossalar bilan turli birikmalar (asosan, oksid va sulfidlar) orasidagi fizika-kimyoviy xususiyatlari bilan uzviy bog`liqligi bayon qilingan. Muhim pirometallurgik jarayonlar: moddalar parchalanishi, metal va sulfidlarning oksidlanishi, moddalarning tiklanishi, moddaning suyuq holati, likvatsion jarayonlar, bug`lanish va kondensatsiyalanish va shu kabi boshqa boshqa jarayonlarning termodinamik tahlili keltirilgan.
-
Oliy maktab pedagogikasi
Darslik O‘zbekistonda Oliy ta’limni isloh qilish sohasidagi tajribalarga tayanib, milliy va umuminsoniy pedagogik qadriyatlar asosida yaratildi. Kitob magistratura ta’limining pedagogik mutaxassislik talabalari uchun darslik sifatida tayyorlangan, ayni paytda undan oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi amaliyotchi pedagoglari, pedagogika institutlari, pedagogik kollejlar, pedagogik xodimlar malakasini oshirish tizimida ham, shuningdek, oliy ta’lim pedagogikasi masalalari bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar foydalanishlari mumkin.
-
Амебиаз толстой кишки : клиника, дифференциальная диагностика и лечение
Амебиаз толстой кишки носит глобальный характер распространения, поражает лиц в наиболее трудоспособном возрасте и характеризуется тяжелыми осложнениями. В Республики Узбекистан амебиаз является одной из краевых паталогий. Снижение внимания к этой инфекции в последние годы привело к росту осложнений кишечного амебиаза и довольно высокой летальности.
-
Qishloq xo`jaligi muhandislik asoslari
Darslikda "Qishloq xo`jaligi muhandislik asoslari" fanining maqsadi va vazifalari, O`zbekiston qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishining hozirgi tizimi va rivojlanish istiqbollari, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarilishining mexanizatsiyalashtirilishida kadrlar tayyorlovchi institut, fakultet va kafedralarining tarixi, O`zbekiston qishloq xo`jaligiga mahsulotlar yetishtirish tizimlari va kelajak istiqboli,mexanizatsiyalashtirishning o`tmishi, buguni va kelajagi, joriy etilish bosqichlari, qishloq xo`jalik texnikalarining tizimlanishi va xavfsizlik texnikasi, qishloq xo`jaligi texnikalaridan samarali foydalanishga bag`ishlangan materiallar keltirilgan.
-
Endokrinologiya
Darslikda gipotalamo-gipofizar tizimining anotomiyasi va fiziologiyasi, bolalarda suyak - bo‘g‘im tizimi embriogenezi kasalliklarini tekshirish usullari, Oshqozon osti bezi kasalliklari va buyrak usti bezi kasalliklari to'g'risida ma'lumotlar berilgan.
-
Kompozitsiya asoslari
Kompozitsiya asoslari fanining asosiy maqsadi badiiy shakl yaratish va uni amaliyotda qo`llash nazariyasi bo`yicha dunyo tajribasini ijodiy o`zlashtirishdan iborat bo`lgan predmetlar majmuini tashkil qiladi. Mazkur darslik dizayn mutaxassisligi bo`yicha bakalavrlar tayyorlash uchun mo`ljallangan
-
Агрономия асослари ва ем-хашак етиштириш
Дарсликда республикамиз қишлок хужалигида амалга оширилаётган ислоҳотлар, ер-сув ресурсларидан унумли фойдаланиш, чорвачилик учун озуқа захирасини кўпайтириш йуллари, ем-хашак экинларни етиштиришга татбик қилинаётган илгор технологиялар зоотехника йуналиши хусусиятларини инобатга олган ҳолда атрофлича баён этилган. Унда назарий ва амалий тажриба машғулотлари ўзаро мутаносибликда берилган.
-
Amaliy va umumiy astrofizika
Astrofizika- zamonaviy astronomiyaning eng yirik bo`limi hisoblanib, u ko`p to`lqinli fandir, ya`ni elektromagnit nurlanish spektrining barcha tashkil etuvchi diapazonlarida tadqiqot olib boruvchi fan, borliqdagi materiyaning esa nafaqat fizikada ma`lum bo`lgan barcha holatlarini Koinotda kuzatib, balki hali "qo`l tekkizilmagan" noma`lum holatlarni ham o`rganish labaratoriyadagi vakuumga nisbatan juda keskin siyrak bo`lgan muhitdan tortib to o`ta zich moddadan iborat jismlarni tahlil qilish bilan shug`ullanadi.