-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Globallashuv va g`oyaviy-mafkuraviy tahdidlar
Mazkur darslik Respublika oliy ta`lim muassasalarida Milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi yo`nalishi bo`yicha tayyorlanayotgan....
-
Концепции современного естествознания
Цель данного учебного пособия — помочь студенту ознакомиться с неотъемлемым компонентом единой культуры — естествознанием и сформировать целостный взгляд на окружающий мир. Рассматриваются специфика естественно-научного познания, его место и роль в развитии культуры.
-
Botanika
Darslikda osimlik hujayrasi va organoidlar osimlik toqmasi hamda uning tuzilishi sistematikasiga doir malumotlar berilgan.
-
Fransuz tili darsligi
Mazkur "Fransuz tili darsligi” oliy o'quv yurtining filologiya yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, til o'rgatishda yangicha yondashuv og'zaki nutq, yozish, o'qish va tinglab tushunish malakalarini shakllantirishga qaratilgan. Darslikning audimatnlari fransuz tomonidan yozib olingan.
-
Ekologiya
Mazkur darslikda Respublikada ekoiogik siyosatning shakllanishi ekologik omillar, ekologik tizimlar, populatsiyalar ekologiyasi, ekotizimlar, biosfera haqida ma’lumot, sanoatdagi ekologik jarayonlar, atrof-muhitni tozalash usullari, atrof-muhitning ifloslanish darajasi va boshqa mavzular tasdiqlangan o‘quv dasturiga muvofiq kiritilgan.
-
Bank ishi va moliya asoslari
«Bank ishi va moliya asoslari» faniga bag‘ishlangan darsligimizda oddiy va sodda tilda, savol va javob tariqasida pul va bank ishini tarixiy va nazariy jihati, bank operatsiyalari, bank risklari va informatsion texnologiya ko‘nikmalari, ma’lumotlar bilan ishlash, statistik ma’lumotlardan foydalanish va sharhlash hamda guruhlarda ishlash va taqdimotlar tayyorlash kabi masalalar yoritilgan. Darslik “Bank ishi va moliya asoslari” fan dasturi asosida tayyorlangan. Darslikda bank ishiga taalluqli savollar va javoblar bilan birgalikda har bir bo‘lim bo‘yicha alohida tayanch iboralar va nazorat savollari keltirilgan. Darslik oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida iqtisodchi mutaxassislar, bank xodimlarini tayyorlovchi o‘quv yurtlari va fakultetlarida hamda biznes maktablarida o‘quv mashg‘ulotlar, ilmiy seminarlar va suhbatlar, treninglar uyushtirish uchun mo‘ljallangan.
-
Moliya
Darslik “Moliya” fani dasturiga muvofiq yozilgan bo‘lib, unda moliyaning mohiyati va funksiyalari, moliyaviy siyosat, moliyaviy tizim, moliyaviy boshqaruv, moliyaviy rejalashtirish va bashoratlash, moliyaviy nazorat, moliyaviy nazariyalar, xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi, davlat byudjeti, byudjet daromadlari va xarajatlari, byudjet defitsiti, byudjet tizimi va tuzilmasi, byudjet jarayoni, davlat krediti, byudjetdan tashqari jamg‘armalar, ijtimoiy ta’minot, sug‘urta, uy xo‘jaliklari moliyasi va xalqaro moliyaga oid masalalar o‘z aksini topgan. Kitob talabalar, magistrantlar, iqtisodiy yo‘nalishdagi oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, mamlakatning moliya-byudjet-soliq tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan amaliyotchi mutaxassislar va moliya muammolari bilan qiziquvchi barcha o‘quvchilarga mo‘ljallangan.
-
Umumiy yer bilimi
Umumiy yer bilimi kursi geografiya fakultetlari talabalari o'rganadigan asosiy fanlardan biridir
-
Moliya va soliqlar
Darslikda moliya tizimi, moliya mexanizzmi, davlat moliyasi, davlat byudjeti, mahalliy byudjetlat va ularning ahamiyati, soliq nazariyasi, soliqqa tortish amaliyoti, umumdavlat va mahalliy soliqlar bo'yicha asosiy masalalar yoritilgan. Har bir bobdan so'ng nazorat savollari, testlar, o'z-o'zini nazorat va muhokama qilish uchun savollar keltirilgan.
-
Kompyuter grafikasi
Ushbu o'quv darslik OO'MTV "Kompyuter grafikasi" fani uchun pedagogik va texnik OTM ta'lim yo'nalishlari bo'yicha 2016 yilda tasdiqlangan dastur asosida yozilgan.
-
Bank ishi
Mazkur «Bank ishi» darsligi kadrlar tayyorlash bo'yicha Davlat ta’lim standard talablariga muvofiq ishlab chiqilgan namunaviy o'quv dasturi asosida yaratilgan. Unda banklar faoliyati turli jihatlardan mujassamlashtirilgan bo’lib, bank tizimi va uning bo’g’inlari. Markaziy bank va tijorat banklari faoliyatini tashkil qilishning huquqiy va iqtisodiy asoslari. tijorat banklari faoliyatining Markaziy bank tomonidan muvofiqlashtirilishi, shuningdek. tijorat banklarining passiv va aktiv opcratsiyalari, ularning rcsurslari, kapitali. aktivlari va ularning sifati, tijorat banklarining valyuta va qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalari, daromadlari va xarajatlari. ularning foydasi kabi mavzular o‘z ifodasini topgan.
-
Moliya
Darslik "Moliya" fani dasturi asosida yozilgan bo'lib, unda moliyaning mohiyati va funksiyalari, moliyaviy siyosat, moliya tizimi, moliyaviy boshqaruv, moliyaviy rejalashtirish va bashoratlash, moliyaviy nazorat, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar moliyasi, davlat byudjeti, byudjet daromadlari va xarajatlari, byudjet defitsiti, byudjet tizimi va tuzilmasi, byudjet jarayoni, davlat krediti, byudjetdan tashqari fondlar, ijtimoiy ta'minot, sug'urta, uy xo'jaliklari moliyasi va xalqaro moliyaga oid masalalar yoritilgan. Kitob talabalar, magistrantlar, aspirantlar, iqtisodiy yo'nalishdagi oliy o'quv yurtlarining professor-o'qituvchilari, mamlakatning moliya- byudjet-soliq tizimida faoliyat ko'rsatayotgan amaliyotchi mutaxassislar va moliya muammolari bilan qiziquvchi barcha o'quvchilarga mo'ljal- langan.
-
Mintaqaviy iqtisodiyot
Ushbu darslikda Oʻzbekistonning iqtisodiy mintaqalari, ularning holati, mavjud ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish infratuzilmasini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish yoʻllari, ijtimoiy hamda demografik holatni oʻrganish, mamlakatimiz aholisi farovonligini yuksaltirish masalalari, shuningdek, aholi turmush darajasi va sifatini oshirishda milliy iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etishning ahamiyati va yoʻllari aks ettirilgan. Darslik oliy oʻquv yurtlaridagi 60310100 – “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishi hamda iqtisod ta’lim sohasidagi bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlari talabalariga mo‘ljallangan. Undan professor-oʻqituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar hamda mintaqalarda ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani rivojlantirish va aholi farovonligini yuksaltirish muammolari bilan qiziquvchi mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.
-
Aholi geografiyasi va demografiya asoslari
Darslik mavzular bo'yicha nazariy bilimlar va seminar mashg'ulotlaridan ma'ruzalar kursini o'zida qamrab olgan
-
Mintaqaviy iqtisodiyot (2-nashr)
Dаrslikdа mintaqaviy iqtisodiyotning nаzаriy va amaliy asoslari ochib berilgan. Shuningdеk, mintaqaviy iqtisodiyotning usullari, maqsadi, vazifalari va davlatning mintaqaviy siyosati, ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va joylashtirish, mintaqalar sanoati, transport kommunikatsiyasi, agrosanoat majmuasining hududiy jihatlari, mintaqalarning mehnat, moliyaviy, tabiiy resurslari hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va imkoniyatlari o`z aksini topgan. Dаrslik оliy o`quv yurtlаrining iqtisоdiyot vа bоshqа tа’lim yo`nаlishlаri tаlаbаlаri, mаgistrаntlаri, kоllеj tаlаbаlаri, lisеy o`quvchilаri, shuningdеk prоfеssоr-o`qituvchilаr hаmdа iqtisоdiyot nаzаriyasi vа аmаliyoti bilаn shug`ullаnаyotgаn mutахаssislаr uchun mo`ljаllаngаn.
-
Makroiqtisodiyot
“Makroiqtisodiyot” fanidan darslik O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim standard talablari va fan bo‘yicha namunaviy dastur asosida yozilgan. Darslikda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining hozirgi rivojlanish bosqichini hisobga olgan holda makroiqtisodiy masalalarni ko‘rib chiqishga alohida e’tibor qaratilgan.’ Darslikda “Raqamli iqtisodiyot”, “Yashil iqtisodiyot”ning mohiyati va ularning makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’siri yoritilgan. Darslikning har bir bobida xulosalar, mavzuni mustahkamlash uchun masalalar berilgan. Darslikning oxirida asosiy iboralari bo‘yicha glossariy va makroi qtisodiy ko‘rsatkichlari ilova shaklida berilgan. Ushbu darslikdan Oliy ta’limning iqtisodiyot yo^nalishlarida ta’lim olayotgan bakalavr, magistrlar va dars berayotgan o‘qituvchilar foydalanishlari mumkin.