-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Qurilish. Arxitektura
-
Qurilish. Arxitektura
-
-
Avtomatika. Hisoblash texnikasi
-
“Manaviy tarbiyaning tarixiy-nazariy asoslari” fanidan modul-papka
Ma’naviyat O‘zbekistonda yangi jamiyat qurishning iqtisod bidan birga ustun yo‘nalishlaridan hisoblanadi. «Xalqning ma’naviy ruhini mustahkamlash va rivojlantirish — O‘zbekistonda davlat va jamiyatning eng muhim vazifasidir», - deb ta’kidlagan yedi mustaqillikning ilk yillaridayoq Islom Karimov. O‘z fikrini yana davom yettirib u: «Ma’naviyat - insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir», deb baho beradi. «Ma’naviyat» rasmiy hujjatlarda, ilmiy adabiyotlarda, matbuotda tobora keng qo‘llanilishiga qaramasdan, u ilmiy tushuncha sifatida alohida maxsus va atroflicha keyingi yillarda o‘rganila boshlandi. Hattoki sovet davrida o‘zbek tilida chop etilgan «Filosofiya lug‘ati»da bu tushunchaga o‘rin ham berilmagan. Vaholanki, «ma’naviyat» va uning o‘zagidan yasalgan «ma’naviy» tushunchalarining qo‘llanilish doirasi keskin kengayib, ularning lug‘aviy va terminologik mazmunlari shunchalik boyib bormoqdaki, bu ma’naviyatni alohida ilmiy tushuncha sifatida o‘rganishni, uning madaniyat, ong, tafakkur, dunyoqarash, ruhiyat hamda badiiy, siyosiy, axloqiy qadriyatlar va h. k. tushunchalar tizimidagi o‘rnini aniqlashni, ular bilan o‘zaro munosabatlarini tahlil qilishni taqozo yetmoqda.
-
“Arxeologiya” fanidan o’quv uslubiy majmua
Arxeologiyada tadqiqot predmeti va ob’ekti farqlanadi. Arxeologiya fanining predmetini qadimgi dunyoning moddiy, ma’naviy, maishiy, etnogenetik, ijtimoiy tomonlari tashkil etadi. Tadqiqot ob’ekti esa, tarixiy jarayonni tiklashning asosiy vositasi bo‘lgan moddiy manbalardir. Arxeologiya kishilikning o‘tmish tarixini asosan, bizgacha yetib kelgan yodgorliklar va ashyoviy manbalar asosida o‘rganuvchi 8 fandir. Shu nuqtai nazardan ayrim tadqiqotchilar arxeologiyani moddiy madaniyat tarixini o‘rganuvchi fan sifatida talqin qilganlar. Ayrim mamlakatlarda arxeologiyaga antropologiyaning bir qismi sifatida qaraladi.
-
Kasbiy ma’naviyat modul-papka
Bugungi kunda ma’naviyat masalasi dоlzarb muammоlardan biri sifatida talqin qilinib, yоshlarning ma’nan yetuk, barkamоl shaxs sifatida kamоl tоpishida ta’lim-tarbiya jarayоnini uzluksiz tarzda amalga оshirishni yanada kо‘prоq taqоzо etmоqda. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyоyev ma’naviyatga shunday ta’rif berganlar: “Yangi О‘zbekistоnni barpо etish ustunlaridan biri – kuchli ma’naviyatdir. Agar kimdir, ma’naviyat masalasi – bu faqat idоra va Ma’naviyat markazi yоki tegishli vazirlik va idоralarning ishi, deb о‘ylasa xatо qiladi. Bularning barchasi оldimizda turgan eng asоsiy, eng muhim vazifalardan biridir”. Tarixga nazar tashlasak, оta-bоbоlarimiz bir necha asrlar оldin yaratgan tarixiy yоdgоrlik manbalarida, buyuk mutafakkirlarimiz esa о‘zlarining ilmiy asarlarida ta’lim-tarbiya haqidagi pedagоgik ta’limоtlarini kо‘rishimiz mumkin. Ushbu ta’limоtlarda ma’naviy kamоlоt va tarbiya haqida alоhida sо‘z yuritilgan. Dastavval, xalqimizning ilk yоzma yоdgоrligi “Avestо”ga murоjaat qilganimizda, insоn оdоb-axlоqi, ma’naviyati о‘zgacha bayоn etilib ushbu “uchlik”da aks ettirilgan. “Avestо”ning ma’naviy-axlоqiy uchligi, оradan ming yillar о‘tgan bо‘lsada, hali hanuz bu ta’limоtning mоhiyati bugungi davr talabida ham о‘z ahamiyatini yo‘qоtmagan. “Avestо”dagi uchlikning haqiqiy manbalariga yоndashiladigan bо‘lsa, ular qadimgi zamоn – insоnning о‘z xatti-harakatida yaxshi fikr, yaxshi sо‘z, yaxshi amal ilgari surilgan barcha ijоbiy yо‘l yо‘riqlarga оg‘ishmay amal qilishga chоrlaydi.
-
Boshlang‘ich ta’limda innovatsiya va integratsiya fanidan o‘quv-uslubiy majmua
TA’LIM -bilim berish, malaka va ko‘nikma hosil qilish jarayoni, kishini hayotga mehnatga tayyorlashning asosiy vositasidir. Ta’lim jarayonida bilim o‘zlashtiriladi va tarbiya amalga oshiriladi. Ta’lim tor ma’noda o‘qitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli o‘quv yurtlarida o‘qitish jarayoni emas, balki oila, ishlab chiqarish va shu kabi sohalarda ham mahlumot o‘zlashtirish jarayonidir. Ta’lim ilm berish va tarbiyalashni o‘ziga qamrab olib, respublikaning aql zakovat va ilm borasidagi kuch-quvvatini rivojlantirish, jamiyat, oila va davlat oldidagi o‘z mashuliyatini anglaydigan har jihatdan barkamol erkin shaxsni shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. SHuning uchun ham u ustuvor soha hisoblanadi. Ta’lim faoliyati o‘z tarkibiga quyidagilarni qamrab oladi: a) mahlum bir tajriba va amaliy faoliyat turini muvaffaqqiyat bilan tashkil qilish uchun olamning zarur xususiyatlari haqidagi axborotlarni o‘zlashtirish (bu jarayonning mahsuloti bilimlardir); b) mana shu faoliyat turlarini yuzaga keltiradigan usul va vositalarni o‘zlashtirish (bu jarayonlarning mahsuloti malakalardan iborat bo‘ladi); v) ko‘zlangan maqsad va berilgan masala shartiga mos ravishda to‘g’ri yo‘l va usul tanlash hamda nazorat qilish uchun ko‘rsatilgan axborotlardan foydalanish usullarini egallash (bu jarayonning mahsuli – malakadan iborat bo‘ladi). Insonning mahlum bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishida ongli maqsad bilan boshqariladigan barcha harakatlari ta’lim bilan bog’liq bo‘ladi.
-
Pedagogik mahorat fanidan o‘quv-uslubiy majmua
O‘zbekiston Respublikasida o‘qituvchi kadrlarning ma’naviy qiyofasiga, aqliy salohiyatiga hamda kasbiy mahoratiga nisbatan alohida mas’uliyatlar yuklangan. Chunonchi, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni qayd etadi: «Biz yurtimizda yangi avlod, yangi tafakkur sohiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifalarni ado etishda birinchi galda ana shu mashaqqatli kasb egalariga suyanamiz va tayanamiz, ertaga o‘rnimizga keladigan yoshlarning ma’naviy dunyosini shakllantirishda ularning xizmati naqadar beqiyos ekanini o‘zimizga yaxshi tasavvur qilamiz». Ushbu fikrlardan bugungi kun o‘qituvchisiga nisbatan qo‘yilayotgan talablarning mazmun va mohiyati anglaniladi.
-
“Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fanidan modul papka
Fan tushunchasining keng va tor ma`nolari. Fan bilim, faoliyat va ijtimoiy institut sifatida. Fan tarixiga oid yondashuvlar. Fanning mikrokonteksti va makrokonteksti. Fanning intersubyektivligi (olimlarning xalqaro hamkorligi). Fanning funksiyalari. Fan taraqqiyotining asosiy bosqichlari. Fanning diffirentsiyatsiyasi va integratsiyasi. Fanlarning tasnifi. Fanning dinamik va statik qonuniyatlari. Bilim ilmiyligi mezonlari tasnifi. Analitik va sintetik bilim. O`zbekistonda olimlar ilmiy faoliyatini tashkil qilishga yo`naltirilgan chora tadbirlar va ularning ijrosi. O`zbekistonda ilmiy laboratoriyalarni rivojlantirishning ahamiyati va zaruriyati.
-
“Sitologiya, gistologiya va embriologiya” fanidan o‘quv – uslubiy majmua
Oliy ta`lim tizimidagi o`quv jarayoni sifatida ta`minlovchi asosiy omillardan biri-bu o`quv va uslubiy adabiyotlar bilan ta`minlanganlik darajasi, ularning sifati va pedagogik xamda metodik talablarga muvifiqligidir. Yuqoridagilarni amalga oshirish maqsadida ushbu o`quv uslubiy majmua ishlab chiqildi. Mazkur o`quv uslubiy majmua 60510100-Biologiya yo`nalishi talabalari uchun mo`ljallangan. O`quv uslubiy majmua professor-o`qituvchini muayyan fan bo`yicha yaxlit, to`liq va barcha o`quv ishi turlarini qamrab oladigan uslubiy qo`llanmalar. O`quv kursini o`tkazish jarayonida rejali va ongli tarzda yondashuvini ta`minlaydi. O`quv kursi mazmuni va uni o`qitish jarayonini ta`lim standartlariga to`liq muvofiqlashtirishga erishish mukin. Elektron tarzda bajarilgan o`quv-uslubiy majmualar soni va sifatini oshirish orqali zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini qo`llashga doir malaka va ko`nikmalarni shakllantirish. Muayyan fan bo`yicha o`quv–uslubiy adabiyotlar tanqisligi muammosini hal qilishga yordam beradi.
-
“Botanika” fanidan o‘quv – uslubiy majmua
O`quv uslubiy majmua professor-o`qituvchini muayyan fan bo`yicha yaxlit, to`liq va barcha o`quv ishi turlarini qamrab oladigan uslubiy majmuadir. O`quv kursini o`tkazish jarayonida rejali va ongli tarzda yondashuvini ta`minlaydi. O`quv kursi mazmuni va uni o`qitish jarayonini ta`lim standartlariga to`liq muvofiqlashtirishga erishish mumkin. Elektron tarzda bajarilgan o`quv-uslubiy majmualar soni va sifatini oshirish orqali zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini qo`llashga doir malaka va ko`nikmalarni shakllantirish. Muayyan fan bo`yicha o`quv–uslubiy adabiyotlar tanqisligi muammosini hal qilishga yordam beradi.
-
Loyihalash asoslari
Qurilish amaliyotida "inshoot" va "bino" tushunchalari mavjud bo`lib, ular bir-biridan tubdan farq qiladi. Inshootlar inson tomonidan jamiyatning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish uchun bunyod etilgan, ichki hajmga, bo`shliqqa ega bo`lmagan barcha qurilmalar inshootlar deb ataladi. Inshootlar asosan exnik masalalarni hal qilishga mo`ljallangan bo`ladi: to`g`on, damba, GES, yirik irrigatsiya suv taqsimlash qurilmalari, ko`prik, tunel, metroni stansiyasi, tutun minorasi, teleminora, rezervuar va boshqalar. Inshoot o`z ichiga bino tushunchasini ham qamrab oladi.
-
Pedagogik maxorat fanidan o`quv-uslubiy majmua
O’zbеkistоn Rеspublikаsi Vаzirlаr Mаhkаmаsi hаmdа Prеzidеntimiz tоmоnidаn qаbul qilinаyotgаn hаr bir Qаrоrdа bаrkаmоl аvlоd tаrbiyasi vа ulаrning kаsbiy mаhоrаtini аvvаlо tа’lim muаssаsаlаridа оshirib bоrishgа jiddiy e’tibоr qаrаtilmоqdа. Оliy pеdаgоgik tа’lim muаssаsаlаridа ushbu muаmmоlаrning yеchimini tоpishdа “Pеdаgоgik mаhоrаt” fаnini chuqur o’rgаnish muhim аhаmiyat kаsb etаdi. Pеdаgоgik mаhоrаt nimа? Uning mоhiyati nimаlаrdаn ibоrаt? Ulаrni egаllаsh uchun nimаlаrni bilish kеrаk? Hоzirgi zаmоn pеdаgоgikаsi vа psiхоlоgiyasi «pеdаgоgik mаhоrаt» tushunchаsigа turlichа izоh bеrаdi. Jumlаdаn, “Pеdаgоgik entsiklоpеdiya”dа tа’rif quyidаgichа izоhlаngаn: “O’z kаsbining mоhir ustаsi bo’lgаn, yuksаk dаrаjаdа mаdаniyatli, o’z fаnini chuqur bilаdigаn, yondаsh fаnlаr sоhаlаrini yaхshi tаhlil etа оlаdigаn, tаrbiyalаsh vа o’qitish uslubiyatini mukаmmаl egаllаgаn mutахаssis”. Ushbu tа’rifning mоhiyatidаn kеlib chiqib o’qituvchining pеdаgоgik mаhоrаti tushunchаsi mаzmunini shundаy izоhlаsh mumkin: 1. Mаdаniyatning yuqоri dаrаjаsi, bilimdоnlik vа аql zаkоvаtning yuksаk ko’rsаtkichi. 2. O’z fаnigа dоir bilimlаrning mukаmmаl sоhibi. 3. Pеdаgоgikа vа psiхоlоgiya kаbi fаnlаr sоhаsidаgi bilimlаrni puхtа egаllаgаnligi, ulаrdаn kаsbiy fаоliyatidа fоydаlаnа оlishi. 4. O’quv – tаrbiyaviy ishlаr mеtоdikаsini mukаmmаl bilishi.
-
Umumiy psixologiya fanidan o`quv-uslubiy majmua
Psixika yuksak darajada tashkil topgan materiyaning alohida xossasi bo‘lib, u ob’ektiv olamni alohida bir tarzda aks ettiradi. Yuksak darajada tashkil topgan materiya deganda biz miyani tushunamiz. Demak inson va hayvonlar psixikasining moddiy asosini markaziy nerv sistemasining eng yuksak qismi bo‘lmish bosh miya tashkil etadi. Ammo insonlar miyasi hayvonlar miyasiga qaraganda ancha murakkabroq tuzilgan bo‘ladi. Odam miyasi hajmi jihatidan ham katta. Bosh miya orqa miya bilan markaziy nerv tuzilmasini tashkil qilib, odam organizmidagi barcha organlarning o‘zaro faoliyati va bir-biri bilan bog‘lanishini hamda uning tashqi muhit bilan bo‘ladigan aloqasini ta’minlaydi. Psixik faoliyatlarning ko‘pgina qismi bir necha qator bo‘lib, joylashgan nihoyatda ko‘p nerv hujayralaridan (15 milliarddan ko‘p) tashkil topgan, kulrang modda qatlamidan iborat bo‘lgan bosh miya katta yarim sharlari qobig‘ining faoliyati bilan bog‘liqdir. Nerv tizimi nerv to‘qimasidan tashkil topgan bo‘lib, u o‘z navbatida nerv hujayralaridan iborat. Har bir nerv hujayrasi, ya’ni neyron yadrosi bo‘lgan juda ko‘p tarmoqlangan kalta o‘simtalar – dendritlar va bitta uzun o‘simta - aksondan iborat hujayradan tashkil topgan.
-
Oila psixologiyasi fanidan o`quv-uslubiy majmua
Ma`lumki, insoniyat jamiyati taraqqiy etib borgan sari odamlarning o`zlari ham, ularning bir-birlari bilan bo`ladigan o`zaro munosabatlari ham, ayniqsa, shaxslararo munosabatlar orasida eng samimiy, eng yaqin bo`lgan oilaviy munosabatlar ham takomillashib, o`ziga xos tarzda murakkablashib boradi. Sababi: hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish munosabatlari va vositalarining taraqqiyoti, qishloq xo`jaligi, sanoat ishlab chiqarishi, umuman, halq xo`jaligining barcha jabhalarida yangi texnologiya, texnik jarayonlarning jadal joriy etilishi bevosita shu jarayonlarning yaratuvchisi, ishtirokchisi bo`lgan inson omiliga, inson shaxsiga ham o`ziga xos yangicha talablar qo`ymoqda. Ishlab chiqarish munosabatlari, jamiyat taraqqiyoti bir tomondan, odamlarning o`zlarida ro`y berayotgan ijtimoiy-psixologik, fiziologik va boshqa o`zgarishlar o`zaro muloqot munosabatlari doirasining ma`lum darajada chegaralanib qolishiga, ularda o`tmishdoshlarimizda kuzatiladigan tabiiylikning ma`lum darajada buzilishiga va oqibatda inson ruhiyatida mumkin qadar hissiy, emotsional zo`riqishlarning yuzaga kelishiga asos bo`lmoqda. Bularning ta`siri oilaviy hayot va undagi psixologik iqlimda ham o`z ifodasini topadi.
-
Sanoat va fuqaro binolari arxitekturasi
Jamoat binolari va inshootlari shaxarlarning xajm-rejaviy, kompozitsion strukturasida muxim rol uynaydi. Ular shaxarlarning markazlariqurilishida va tashkillanishida asosiy kompozitsion element bo‘lib xizmat qiladi. Ularning ko‘chalar, maydonlar, transport magistrallari bilan rejaviy va funksional bog‘lanishi shaxar rejasining asosini yaratadi.Xar bir arxitektura inshootining asosida uning xayotiy funksiyasi yotadi. Xozirgi zamon odamlari ijtimoiy xayotining shakli xilma-xildir: ijtimoiy-siyosiy, ma’muriy, madaniy, maishiy va boshqalar. Bu xilma-xil protsesslarni tashkil etish uchun esa ashyoviy qobiq bo‘lgan turli xil jamoat binolari xizmatqiladi.Jamiyatning uzluksiz rivojlanishi, xayotiy protsesslarga bo‘lgan talablarning o‘zgarishi, fan va texnikaning rivojlanishi jamoat binolarida kechadigan funksional-texnologik protsesslarni xam o‘zgarishga olib keladi.
-
Raw Material Base of Construction Materials
Construction materials play a very important role in the development of the national economy. The steady growth of industrial and residential construction increases the demand for construction materials day by day. Therefore, knowledge and study of construction materials, the technologies of their production, and the composition of products made from them are essential for every construction specialist. At the same time, a specialist must thoroughly understand the following:
-
Sanoat binolari arxitekturasi.
Fanning asosiy maqsadi arxitektura rivojlanishining asosiy bosqichlari, arxitektura kompozitsiyasi texnikasi va vositalari, dizaynning funksional va fizik texnikaviy tamoyillari haqida bilim berishdan iborat. O'zaro bog'langan yuk ko'taruvchi va o'rab turgan tuzilmalardan tashkil topgan bir butun sifatida sanoat va fuqaro binolari uchun konstruktiv yechimlarni ishlab chiqish qobiliyatini singdirish.
-
“Chizma geometriya va muhandislik grafikasi” fanidan o’quv –uslubiy majmua
“CHizma geometriya va muhandislik grafikasi” fani “bino va inshootlari qurilishi” ta’lim yo’nalishi o’quv rejasiga asosan 1- va 2-semetrlarda mos ravishda 90 va 36 auditoriya soatlarda o’qitiladi. 1-semestrda CHizma geometriya asoslari, proektsiyalash usullari, chizmani qayta tuzish, sirtlar, egri chiziqlar, son belgili proektsiyalar, perspektiva va ortogonal proektsiyalarda soyalar mavzulari qamrab olingan CHizma geometriyani o’qish davrida talaba chizmalarni nazariy asoslarini proektsiyalash usullarini, ularni bir –biridan farqli tomonlarini va jismning fazodagi holatini chizmada aks ettirish ko’nikma va malakaga ko’nikmalariga ega bo’ladi.