-
-
-
Tarix. Tarix fanlari
-
-
-
Tarix. Tarix fanlari
-
Tarix. Tarix fanlari
-
Tarix. Tarix fanlari
-
-
-
-
-
TARIXSHUNOSLIK VA MANBASHUNOSLIK
Ushbu o‟quv-uslubiy majmuada Jahon san‟ati tarixi fanining Jahon miqyosida o`tmishidagi va hozirgacha bo‟lib o‟tgan tarixiy voqealar bilan bir qatorda san‟at to‟g‟risidagi bilimlar berishni maqsad qilib qo`yadi. Jahon san‟atini o`rganish shuning uchun kerakki, u soxta tarixiy tushuncha va tarixiy xotirasizlikka barham beradi, milliy g`oya va mafkura takomillashuvini tezlashtiradi. Yurtboshimiz aytganlaridek: «O`z tarixini bilgan, undan ruhiy quvvat oladigan xalqni yengib bo`lmaydi». Jahon san‟ati tarixi fani ijtimoiy-gumanitar fanlar blokiga kirib, barcha bakalavriat ta'lim yo`nalishlarida Vatanimiz tarixi chuqurroq, ilmiy jihatdan asoslangan holda manbalarga tayanib o`rganiladi.
-
Tarixiy o`lkashunoslik va turizm
Tarixiy ulkashunoslik fani Uzbekiston xududida XIX asr 2-yarmidan paydo buldi. Rus olimlari va sharkshunoslarining mehnatlari evaziga tarixiy ulkashunoslik fanining Uzbekistondagi poydevori vujudga keladi. Bu fan barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan bogliklikda, talabalarda vatanga muxabbat, ulka tarixi va tabiatiga ijobiy munosabatlarining xosil bulishiga amaliy jixatdan yordam beradi. Tarixiy o'lkashunoslik fani dastlab fan sifatida Rossiyada XVII asrda paydo bo'ldi. Rus olimi M.V. Lomonosovning o'z o'lkasini o'rganish haqidagi 30 savolli anketasi ushbu fan haqidagi dastlabki bilimlarni yig'ilishiga sabab bo'ldi. Fanning asosiy maqsadi talabalarga o'zi tug'ilib o'sgan joy haqidagi bilimlarni berish, ularni ilmiy asosda o'rganish tabiiy iqlimi, toponomikasi, arxeologik yodgorliklari haqida bilimlar berishdan iborat.
-
AMIR TEMUR DAVLATINING JAHON TARIXIDA TUTGAN O’RNI
O'zbekiston o'zining davlat mustaqilligiga erishgach, uning bir necha ming yillik ijtimoiy-siyosiy tarixini har taraflama o'rganish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Ayniqsa, markazlashgan Amir Temur saltanati, uning o'zbek davlatchiligi va madaniyatini rivojlantirishdagi o'rni masalalariga oydinlik kiritilib, tarixchi, sharqshunos olimlarimiz ko'plab birinchi manba ahamiyatidagi asarlarni o'zbek tiliga tarjima qilib, nashr ettirdilar.
-
Tarixiy arxeologik dala tadqiqot usullari
Ma’lumki, arxeologlar yodgorliklarni qazib o’rganish jarayonida turli-tuman manbalarga duch keladilar. Bu manbalardan ilmiy foydalanish uchun arxeologlar birinchi navbatda, topilmalarni avaylab yerdan olish, uni qotirish (konservasiya) va qayta ta’mirlash (restavrasiya) hamda boshqa bir qancha ishlarni amalga oshirish kerak. Arxeologik topilmalarni qazib olish va ularga ishlov berish usullari bilan talabalarni tanishtirish bu maxsus kursning asosiy vazifasidir.Talabalar bu maxsus kurs davomida olgan bilimlarini kurs ishi yozish davomida mustahkamlab boradilar. Ular chizmalar chizish, topilmalarni ta’riflash,kartochkalar tayyorlash, ilmiy adabiyotlardan ko’chirma olish usullari bilan tanishib o’zlarining mustaqil ishlarida ulardan amalda foydalanadilar.
-
ТАРИХИЙ ЎЛКАШУНОСЛИК
Ушбу ўқув-услубий қўлланма ўлка тарихини ўрганишга йўналтирилган бўлиб, у асосан тарихий манбалар, адабиётлар ва матбуот материалларидан эълон қилинган маълумотлар асосида тайёрланган. Қўлланма университет талабаларига тарихий ўлкашунослик фанини ўргатишда, шунингдек, академик лицей, касб-ҳунар коллежи ўқувчиларига махсус курс сифатида ўқитилишида кўмак беради.
-
Tarix o`qitish uslubiyoti
Тарих ўқитиш методикасинининг предмети, мақсад ва вазифалар Ўзбекистон Республикаси «Таълим тўғрисидаги Қонун», «Кадрлар тайёрлаш Миллий дастури» га биноан тарих фанини ўқитишда ўтказилаётган ислохатлар. Умумий ўрта таълим, академик лицей ва касб-ҳунар коллежлар учун яратилган Давлат Таълим стандарти, дастурлар, дарсликлар ва ўқув қўлланмалар. Ўзбекистон Республикаси мустақиллиги даврида ва унгача умум ўртатаълим, Ўрта Махсус таълим тизимида тарих фанининг мазмун ва моҳияти. Тарих ўқитиш методикасининг предмети ва унинг вазифалари. Тарих ўқитиш жараёнининг таркибий қисмлари ва улар ўртасидаги алоқалар. Тарих ўқитиш методикасининг бошқа фанлар билан боғлиқлиги.
-
TARIX FANINI O`QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR
O`quv-uslubiy qo`llanmada tarixni o`qitishda innovatsion texnologiyalar fani bo`yicha ma’ruzalar matni, interfaol pedagogik texnologiyalar, mavzular yuzasidan test savollari, izohli lo`g`at, mustaqil ta’lim mavzulari va uni bajarish bo`yicha uslubiy ko`rsatmalar o`z ifodasini topgan. Mazkur o`quv-uslubiy qo`llanma tarix yo`nalishi bakalavriat bosqichi talabalarining tarixni o`qitishda innovatsion texnologiyalar fani bo`yicha bilim va ko`nikmalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O`quv-uslubiy qo`llanma barcha yo`nalish bakalavriat bosqichi talabalari va Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari tarix fani o`qituvchilari uchun mo`ljallangan.
-
SAMARQAND TARIXI (QADIMGI DAVRDAN HOZIRGI KUNGAChA)
O’zbekistonning davlat mustaqilligini qo’lga kiritishi tufayli xalqimizning asriy orzusi ushaldi, o’z taqdiri va kelajagini o’zi yaratadigan bo’ldi. Tarixan qisqa davrda jamiyatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida keskin burilish yasaldi. Mamlakatimizni modernizasiya qilish, faol demokratik yangilanishlarni amalga oshirish bilan bog’liq qator islohotlar o’tkazildi. Jumladan, ana shu buyuk o’zgarishlarni asrlar davomida orzu qilgan xalqimizning ko’hna tarixiga bo’lgan munosabati tubdan o’zgardi. Zero, Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek: “O’z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo’q”. Ayniqsa, bugungi murakkab globallashuv davrida ma’naviyat sohasida vujudga kelayotgan dolzarb muammolar, xalqimiz ma’naviyatini asrash va yanada yuksaltirish, yosh avlodning qalbi va ongini turli zararli g’oya va mafkuralar ta’siridan saqlash va himoya qilishda Vatan tarixini har tomonlama va chuqur tadqiq etish, birlamchi manbalarga tayanib talqin etish, kelajak avlodga haqiqiy tariximizni o’qitish orqali ularni yuksak ma’naviyatli shaxslar etib tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimiz tarixida yangi davr – mustaqil taraqqiyot davri boshlandi. Xalqimiz demokratik huquqiy davlat va ochiq fuqarolik jamiyati qurish yo’lida dastlabki sinovlardan o’tdi.
-
SAMARQAND MADANIYATI TARIXI KO’XNA ILDIZLARI
Shahar tushunchasi, shaharlar shakllanishi va taraqqiyotining tabiiygeografik va ijtimoiy asoslari. Shaharning tarkibiy qismlari va ularning vazifalari,hamda asosiy belgilari. Shaharlar tarixiy topografiyasini o’rganish usullari. O’rta Osiyoning bronza va ilk temir davrlari shahar tipidagi yodgorliklari va ularning topografiyasi. O’rta Osiyoning antik davri shaharlari to’g’risidagi yozma manbalar tahlili va arxeologik yodgorliklar bilan solishtirish. Antik davri shaharlarining tarixiy topografiyasi. O’rta Osiyoda o’rta asr shaharlarining qaror topishi va taraqqiyoti. Samarqand, Buxoro, Kesh va Naxshab vohalarining o’rta asrlar davri shaharlari tarixiy topografiyasi asosiy xususiyatlari. Shimoliy Toxariston, Janubiy Turkmaniston, Toshkent vohasi, Xorazmning o’rta asr shaharlari. Farg’ona,Yettisuv, Janubiy-sharqiy Qozog’istonning o’rta asr shaharlari.
-
Inson evolyutsiyasi va old tarix
Odamzod bugungi aql-idrok va taraqqiyot darajasiga birdaniga erishgan emas. Bu bir necha million yillik taraqqiyotning natijasidir. Bir necha million yillik taraqqiyot davrida odam avstralopitek va zinjantrop, yava odami, sinantrop, farg'ona odami, neandertal va kramonon odamlari deb bir-biridan farqlanuvcli bosqichlarni bosib o'tgan. Ular o'zlarining matonatli mehnatlari bilan hayot to'kinchiligiga intilganlar. Aynan mehnat tufayli odamzod o'zini saqlab qolgan. Uning bugungi qiyofadagi odamga aylanishiga sabab bo'lgan.
-
IMON VA MASLAK TARIXI
Ushbu fan "Ma'naviyat asoslari" fanining bir tarmog'i sifatida "Ma'naviyat asoslari" mutaxassislikning magistratura bosqichi uchun muljallangan. Malakaviy talablarga magistratura talabalarining ushbu sohani chuqur va har taraflama o'zlashtirishlari zarurligini nazarda tutgan holda yondashildi. Asl insoniy fazilatlar va xislatlarni o'zida mujassam etgan, vijdonli, or- nomusli, vatanparvar, go'zallikni seva oladigan va uning qadriga etadigan shaxsni tarbiyalab voyaga etkazish uchun zarur bo'lgan fanlar orasida "Imon va maslak tarixi" fani alohida o'rin egallaydi. Muayyan dunyoqarash asosida inson ongi va axvoli ruhiyati (psixologiyasi)da vujudga keladigan nodir hodisa imon tufayli odam jamiyat konun-koidalariga, tartib-intizomlari, tarixan shakllangan odob- axlok normalariga qattiq rioya kilib yashash irodasiga ega bo'lgan, o'zi mansub imonga nogahon zarracha-da xilof ish qilsa, o'zini o'zi sira kechira olmaydigan barkamol avlod yetishib chiqishi mumkinligi ushbu o'quv uslubiy majmuani umumiy mazmunini tashkil etadi.
-
QO’QON XONLIGI TARIXI
Қўқон ҳақидаги энг дастлабки маълумотлар. «Шарқдан ғарбга қараб жойлашган мамлакатларнинг чегаралари», «Ернинг сурати», «Манас»,«Мамалакатлар рўйхати» каби асарлардаги маълумотлар. Хонлик тарихига оид «Тарихи жадиди Тошканд», «Тарихи Шоҳрухий», «Тарихи Туркистон»,«Фарғона тарихи» каби манбалар ҳақида. Рус сайёҳ ва элчиларининг кундаликлари. Набиев, Бобобеков, Бейсенбиев, Қосимов каби тарихчиларнинг асарлари.
-
ҚАДИМГИ ТАРИХЧИЛАР ЎРТА ОСИЁ ҲАҚИДА
Сизга тақдим этилаётган ушбу мажмуада юртимизнинг 2500-3000 йил аввалги қиёфаси - халқимизнинг яшаш тарзи, юрт ҳимояси учун олиб борган урушлари, маиший турмуши, турли диний эътиқодлари, жанг қуроллари, умуман, қадимги аждодларимиз турмушига доир жамики фазилатлар баён этилган тарихий маълумотлар жамланган. Шубҳасиз, бу асар халқимизга ўз она тилида биринчи марта тақдим этилаётган маънавий бойликдир. Китоб халқимизнинг бўлажак тарихчиси, файласуфи, тилчиси баркамол ёш авлоднинг билим - чўққиларини эгаллаши учун ўзига хос қўлланма бўлади, деган умиддамиз.
-
Ўзбек давлатчилиги тарихи
Ушбу ўқув-услубий мажмуа ―Ўзбек давлатчилиги тарихи фани бўйича яратилган бўлиб, унда мазкур фаннинг ўқув дастури, ишчи дастури, маъруза машғулотларининг таълим технологияси ва семинар машғулотларининг таълим технологияси жамланган. Мазкур ўқув-услубий мажмуа олий ўқув юртларининг бакалавр таълим йўналиши талабалари учун мўлжалланган.
-
2017-2021 йилларда Узбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йуналиши буйича Харакатлар стратегиясини «Халк билан мулокот ва инсон манфаатлари йили»да амалга оширишга оид Давлат дастурини урганиш буйича
Ушбу рисолада 2017-2021 йилларда Узбекистон Республикасини ривожлантиришнинг бешта устувор йуналиши буйича Харакатлар стратегиясини «Халк билан мулокот ва инсон манфаатлари йили»да амалга ошириш буйича белгилаб берилган вазифалар, устувор йуналишларнинг шархи уз аксини топган. Харакатлар стратегиясида акс этган бешта йуналишнинг мазмун-мохияти турли фактик материаллар, киёсий тахлиллар оркали изохлаб берилган, шунингдек, истикболда мамлакатимизни ижтимоий-иктисодий жихатдан янада ривожлантириш буйича чора-тадбирларнинг туб мохияти схема ва жадваллар оркали баён этилган.
-
ҒАРБ МАМЛАКАТЛАРИНИНГ ЭНГ ЯНГИ ТАРИХИ (1918-1945 ЙИЛЛАР) 1-қисм
«Энг янги тарих» фанидан мазкур ўқув-услубий мажмуа 3-блокка кириб, тарих мутахассислиги 4-босқич талабалари учун мўлжалланган. Ўқув услубий мажмуа амалдаги дастур асосида тайёрланиб, унда курс бўйича маърузалар тўплами, семинар машғулотлар ишланмалари, мустақил иш топшириқлари, тавсия этилган адабиётлар рўйхати жамланган. Мазкур ўқув-услубий мажмуа ўқитувчилар учун мўлжалланган.