-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
-
Qurilish. Arxitektura
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
Проектирование алгоритмов. Часть 2
Проектирование алгоритмов является основой для развития у студентов таких навыков И компетенций, как алгоритмическое мышление, проектирование и анализ эффективных алгоритмов, которые необходимы для решения различных задач программирования
-
Aqlli ta'limga kirish
Mazkur mahalliylashtirilgan o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi xulosasi asosida takomillashtirildi.
-
Python dasturlash tilida tabiy tilni qayta ishlashning amaliy usullari
Mazkur o‘quv qo‘llanma Python dasturlash tilining NLTK (Natural Language Toolkit) kutubxonasi yordamida tabiiy tilni qayta ishlashning amaliy usullarini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda matnlarni oldindan qayta ishlash, tokenlarga ajratish, stemming, lug‘aviy shaklga keltirish, so‘z turkumlarini aniqlash, nomlangan obyektlarni tanish, xususiyatlarni ajratib olish hamda matnlarni tahlil qilish va tasniflash masalalari yoritilgan. Qo‘llanmada NLTK kutubxonasining asosiy imkoniyatlari misollar asosida tushuntirilgan hamda tabiiy tilni qayta ishlash texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan. O‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasalarining 70230101 – Kompyuter lingvistikasi magistratura mutaxassisligi talabalari, magistrantlari, ilmiy tadqiqotchilar va tabiiy tilni qayta ishlash texnologiyalariga qiziquvchi mutaxassislar uchun mo‘ljallangan.
-
Moliya va soliqlar. (I qism moliya).
Moliya va moliya tizimining umumiy xususiyatlari, xususan, moliyaviy resurslar, moliyaviy menejment, moliyaviy nazorat masalalari ko'rib chiqiladi. Moliya bozori muammolari yoritilgan va uning dinamikasi ko'rsatilgan. Umuman O'zbekistonning moliya tizimi va korxonalarning moliya tizimi taqdim etilgan. Moliya nazariyasi bo'yicha turli mualliflarning qarashlari o'rganilgan. Mamlakat rivojlanishining turli bosqichlarida va moliyaviy inqiroz sharoitida moliyaviy siyosat ko'rib chiqiladi. Byudjet tizimi, uning daromadlari va xarajatlarini shakllantirish tartibi tahlil qilingan. Davlat krediti va davlat qarzi, byudjetdan tashqari fondlarni yaratish va ulardan mablag'larni sarflash masalalari ochib berilgan. Hududiy moliya xarakteristikasi berilgan. Glossariy, tarkibiy va mantiqiy sxemalar berilgan.
-
O'zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasidan amaliy mashg'ulotlar
O'zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasidan amaliy mashg'ulotlar o'quv qo'llanmasi namunaviy dastur asosida tuzilgangan bo'lib, unda fanning o'quv mashg'ulotlari, amaliy topshiriqlar, nazorat savollari, test topshiriqlari zamonaviy pedogogik metodlardan foydalangan holda tayyorlangan. Shuningdek, amaliy mashg'ulotlarda O'zbekiston geografik o'rni, tabiiy sharoiti, aholisi, sanoat va qishloq xo'jaligi ixtisoslashuv tarmoqlari, tashqi iqtisodiy aloqalari hamda respublika iqtisodiy rayonlarining hududiy xususiyatlari bo'yicha topshriqlar berilgan
-
Binolarning muhandislik kommunikatsiyalari
Ushbu o‘quv qo‘llanmaning asosiy maqsadi talabalarni turar joy, jamoat va sanoat binolarida qo‘llaniladigan muhandislik kommunikatsiya tizimlarining tuzilishi, ishlash prinsipi, loyihalash asoslari, qurilishi hamda ekspluatatsiyasi bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar bilan tanishtirishdan iborat. Fan orqali talabalar binolarning suv ta’minoti, kanalizatsiya, isitish, ventilyatsiya, gaz a’minoti, elektr ta’minoti va boshqa muhandislik tizimlarini loyihalash hamda ulardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini egallaydilar.
-
Moliya asoslari
Mazkur o'quv qo'llanmada moliyaning asoslari sifatida pulning funksiyalari va uning harid qobiliyati, inflyatsiya va deflyatsiya bilan bog'liqligi, uy xoʻjaliklarining daromadlari va xarajatlari, jamg'armalari va qarz olish holatlari keltirilgan. asosiy e'tibor shaxsiy byudjet va unda moliyaviy rejalashtirishning o'rni, to'lov va hisob-kitoblar, moliyaviy xizmatning iste'molchilarining huquqlari va uni himoya qiluvchi tashkilotlar hamda moliyaviy flribgarlik turlari va ulari bartaraf etish, shuningdek, uy xo'jaliklarida ijtimoiy ta'minot masalalari va solitqlarning ahamiyati bilan bog'liq munosabatlar o'z aksini topgan.
-
Qurilish mexanikasi
O'quv qo'llanma qurilish mexanikasi fanidan amaliy masalalarni yechishga qaratilgan. Bu masalalarni yechishga kerakli nazariy materiallar ham qisqacha yoritilgan. Oliy o'quv yurtlarining 60730300-"Qurilish muhandisiligi", va 60730200-"Shahar qurilishi hamda kommunal infratuzilmani tashkil etish va boshqarish" yo'nalishi talabalari uchun o'quv qo'llanma. Qo'llanmada statik aniq va statik aniqmas sistemalarni hisoblashning klassik usullari bilan birga kompyuter dasturlarini qo'llash, muhandislik inshootlarini matritsalar yordamida hisoblash, hamda zo'riqishlar epyuralarini EXCEL paketida chizish namunalari keltirilgan. Barcha masalalar uchun topshiriq variantlari namunalari berilgan.
-
Ishlab chiqarish uskunalari xavfsizligi
Ushbu o'quv qo'Ilanma “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi" mutaxassisIigi hamda texnika sohasining boshqa sohalarida tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, ishlab chiqarish uskunalaridan xavfsiz foydalanish, xavflarni boshqarish va texnik tizimIarning barqaror ishIashini ta`minlashga qaratilgan tizimli bilimlarni beradi.
-
Sun'iy intellekt va ta'lim amaliyoti:Gumanitar fanlar nashri
Mazkur mahalliylashtirilgan o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi xulosasi asosida takomillashtirildi.
-
Botanikadan amaliy mashg'ulotlar
Mazkur o'quv qo'llanma 60510100 Biologiya bakalavriat ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan bo'lib, botanika fanidan egallangan nazariy bilimlarni amaliy jihatdan mustahkamlash hamda ularni amaliyotda qo'llash ko'nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Unda tuban o'simliklar, jumladan, suvo'tlar, zamburug'lar va lishayniklarning umumiy xususiyatlari, morfologik va anatomik tuzilishi, sistematik o'mi, ko'payishi, rivojlanishi, yashash muhiti va ekologik xususiyatlarini amaliy jihatdan o'rganish masalalari yoritilgan.
-
Arbeit mit Liebe Deutsch mit Spaß
Arbeit mit Liebe Deutsch mit Spaß bu nemis tilini chet tili sifatida o'rganmoqchi bo'lganlar uchun zamonaviy va amaliy qo'llanma. Bu kitob o'z til ko'nikmalarini tizimli ravishda va zavq bilan rivojlantirmoqchi bo'lgan o'quvchilar uchun mo'ljallangan. Unda nazariya va amaliyot uyg'unlashgan bo'lib, o'rganish jarayonini samarali va qiziqarli tashkil etishga yordam beradi
-
Chorvachilik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi
Ushbu o'quv qo'llanma, «Qishloq xo`jalik mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi» yo'nalishida ta'lim olayotgan bakalavrlarga o'quv qo'llanma sifatida foydalanishga mo'ljallangan. Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetining 2026-yil 4-iyuldagi 341-sonli buyrug'iga asosan, O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun o'quv qo'llanma sifatida tavsiya etilgan
-
FITOPATOLOGIYA
Qishloq xo‘jaligi dunyo iqtisodiyotining strategik tarmoqlaridan biri bo‘lib, insoniyatni oziq-ovqat mahsulotlari, chorvachilikni yem xashak, sanoatni esa qimmatli xomashyo bilan ta’minlaydi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining prognozlariga ko‘ra, 2050-yilga borib, yer yuzi aholisi 9,7 milliard kishiga yetadi. Bu esa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kamida 60–70 foizga oshirishni talab qiladi.
-
Sun'iy intellekt va ta'lim amaliyoti:Gumanitar fanlar nashri
Mazkur mahalliylashtirilgan o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi xulosasi asosida takomillashtirildi.
-
ISSIQXONA EKINLARINI HIMOYA
Mazkur o'quv qo'llanmada magistr va bakalavr talabalari uchun issiqxonadagi o'simliklarning zararkunandalari va kasalliklari tur tarkibi, ulaming biologik xususiyatlari hamda ularga qarshi kurashishda pestitsidlardan to'g'ri foydalanishning ahamiyati yoritilgan. Qo'llanmada atrof-muhit va oziq-ovqat xavfsizligini muhofaza qilgan holda, zararli organizmlarga qarshi qo'llaniladigan zamonaviy ekologik xavfsiz vosita va usullar batafsil bayon etilgan. Issiqxonalarda eng ko'p iqtisodiy zarar keltiradigan oqqanotlar, o'rgimchakkanalar, tripslar, shiralar (shira bitlari) va nematodalarning morfologiyasi, hayot sikli hamda o'simlikni shikastlash xususiyatlari batafsil tushuntirilgan. Issiqxona ekinlari zararkunandalari va ularga qarshi kurash choralari o'quv qo'llanmasi oliy ta'lim muassasalarining qishloq xo'jaligi, agrobiologiya, agronomiya va o'simliklar himoyasi va karantini yo'nalishlarida tahsil olayotgan bakalavriat hamda magistratura talabalari, shuningdek, issiqxona xo'jaliklari rahbarlari va agronom-mutaxassislari uchun fundamental manba sifatida mo'ljallangan.