-
GIDROTEXNIKA INSHOOTLARI
Mamlakatimizning iqtisodiy yuksalishi suv xoʻjaligi va meliorat- siyaning bundan keyingi rivojlanishni bilan chambarchas bogʻliqdir. Shu boisdan Respublikamizda yer-suv resurslaridan oqilona foydalanish, gidrotexnika inshootlarini ishlatishni to'g'ri yo'lga quyish hamda yirik gidromeliorativ inshootlar xavfsizligini ta'minlash, sugʻoriladigan yerlar unumdorligini oshirish, ularning sho'rlanish va botqoqlanishiga, sug'orish suvini suv manbayidan dalalargacha yetkazib beruvchi sug'orish tarmoqlarida hamda sug'orish jarayonida suvning behuda isrof bo'lishiga yo'l qo'ymaslik kabi muammolarga jiddiy e'tibor qaratilmoqda. Keyingi yillarda qabul qilingan bir qator <<Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida», «Yer kodeksi», «Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) to'g'risida», «Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida», «<Fermer xo'jaligi to'g'risida»>, <<Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi toʻgʻrisida» kabi qator qonun hujjatlari fikrimizning yorqin dalilidir. Gidrotexnika - texnika fanlarining bir sohasi boʻlib, suv resurslari (daryo, ko'l, dengiz, okean, yer osti va atmosfera suvlari) dan xalq xoʻjaligi ehtiyojlari uchun foydalanish va suv keltiradigan zararlarga qarshi kurashish hamda shu maqsadlar uchun ishlatiladigan gidrotexnika inshootlarini loyihalash va qurish masalalari bilan shugʻullanadigan fan. Gidrotexnika qurilishi bilan qamrab olingan xalq xoʻjaligining tarmoqlari ko'p sonli va kengdir. Ular qatoriga, zax qochirish, sug'orish, suv ta'minoti, suv transporti, suv energiyasidan foydalanish
-
Oila pedagogikasi
Oila pedagogikasi» darsligida oilaning bola tarbiyasidagi muhim o‘rni, maqsad vazifalariga, e’tibor qaratilgan bo‘lib, u o‘z ichiga zamonaviy oila, uning o‘ziga xos xususiyatlari, madaniy saviyasi, oilada bola tarbiyasidagi muammolar, ularning yechimi, uslubiy, shakl va tamoyillarini olgan. Shuningdek, oilada sog'lom avlodni tarbiyalashning innovatsion texnologiyasi, ota-onalarning burchi, obro'si, vazifalari, tarbiyachilik san’ati sirlari, mustaqil oilaning ijtimoiy jamoalar bilan hamkorligi, oilada bolalarni maktabga tayyorlashda ota-onaning o‘rni qanday bo'lishi kerakligi chuqur tahlil qilib berilgan.
-
Gidravlika
Juda kichik miqdordagi kuchlar ta'sirida o'z shaklini o'zgartiruvchi, lekin siqilishga qattiq qarshilik ko'rsatuvchi fizik jismlar suyuqliklar deb ataladi. Ular qattiq jismlardan oʻz zarrachalarining juda harakatchanligi bilan ajralib turadi va oquvchanlik xususiyatiga ega boʻladi. Shuning uchun ular qaysi idishga quyilsa, o'shaning shaklini oladi. Gidravlikada suyuqliklar ikki gruppaga: tomchilanuvchi suyuqliklarga va gazsimon suyuqliklarga ajraladi. Suyuqlik deganda tomchilanuvchi suyuqlikni tuchunishga odatlanilgan bo'lib, ular suv, spirt, neft, simob, turli moylar va tabiatda hamda texnikada uchrab turuvchi boshqa har xil suyuqliklardir. Tomchilanuvchi suyuqliklar bir qancha xususiyatlarga ega: 1) hajmi bosim ta'sirida juda kam oʻzgaradi va siqilishga qarshiligi juda katta; 2) harorat oʻzgarishi bilan hajmi oz miqdorda oʻzgaradi; 3) choʻzuvchi kuchlarga deyarli qarshilik ko'rsatmaydi; 4) sirtida molekulalararo oʻzaro qovushqoqlik kuchi yuzaga keladi va u sirt taranglik kuchini vujudga keltiradi. Tomchilanuvchi suyuqliklarning boshqa xususiyatlari toʻgʻrisida keyinchalik yana to'xtalib o'tamiz. Gazlar tomchilanuvchi suyuqliklardagiga nisbatan ham tezroq harakatlanuvchi zarrachalardan tashkil topgan bo'lib, ular bosim va temperatura ta'sirida o'z hajmini tez o'zgartiradi. Ularda cho'zuvchi kuchga qarshilik va qovushqoqlik kuchi tomchilanuvchi suyuqliklarga nisbatan juda ham kam. Gazlar bilan gaz dinamikasi, termodinamika va aerodinamika fanlari shug'ullanadi
-
CHIZMA GEOMETRIYA
Darslikda nuqta . to 'g 'r i chiziq va tekisliklan to 'g 'ri burchakli proyeksivalarini vasashiiing nazariy asoslari, sJjun/ngdek, egri cliiziq va sirtlamijig hosil bo'lishi vachizmada tasvirlanish usuilari bayort etilgan. Geometrik shakllaniing o'zaro va proyeksiyalar tekisliklariga nisbatan vaziyatlari bilan b o g 'liq pozitsion vametrikmasalalarni yechish.
-
Geometriya
O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan va hozirda amalda bo‘lgan „Ta’lim to‘g‘risida“gi Qonun va ,,Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi“ uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilishning yangi davrini ochganligi tabiiydir. Uzluksiz ta’lim tizimi har bir bosqichining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, ular uchun o‘quv adabiyotlari yaratish zarurati tug‘ildi. Ana shu maqsadda respublikamizda uzluksiz ta’lim tizimi uchun o‘quv adabiyotlarining yangi avlodini yaratish konsepsiyasi ishlab chiqildi va hozirgi vaqtda amalga oshirilmoqda. Uzluksiz ta’lim tizimining biz uchun yangi mazmun kasb etgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida o‘quv adabiyotlari yaratish jadal bormoqda. Kitob mazmunini imkoni boricha akademik litseylar uchun amaldagi „Geometriya“ fani dasturiga yaqinlashtirishga harakat qildik.
-
CHIZMA GEOMETRIYA
Darslikda chizma geometriyaning nazariy asoslari, proyeksiyalash usullari, nuqta va to‘g‘ri chiziqning ortogonal proyeksiyalari, tekislik, tekislik va to‘g‘ri chiziq, ikki tekislik, proyeksiyalarini qayta tuzish usullari, sirtlar va ularning yoyilmalari, aksonometrik proyeksiyalarni qurish, tayanch iboralar, masalalar yechish algoritmi, nazorat variantlari bayon qilingan.
-
CHIZMA cVA MUHANDISLIK GRAFIKASI
Ushbu darslik O’zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta mahsus talim vazirligi tomonidan 9 ta ta'lim yo‘nalishi (pedagogika. san'at muhandislik ishi, ishlab chiqarish texnologiyalari, xizmat ko'rsatish sohasi, aloqa va axborotlashtinsh, telekommunikatsiya texnologiyalari, transport, atro£muhit muhotazasi va hayotiy faoliyat xavfsizligi) uchun 25- avgust 2016-yilda tasdiqlanganlan dasturi asosida vozildi.
-
CHIZMA GEOMETRIYA
Darslikda nuqta . to'g'ri chiziq va tekislik lan iin g to 'g 'ri burchakli proyeksivalarini vasashiiing nazariy asoslari, shuningdek, egri cliiziq va sirtlamijig hosil bo'lishi vachizmada tasvirlanish usullari bayon etilgan.
-
Geodezik o'lchamlarni matematik ishlash
Tasodifiy hodisa deb shartlar to'plami S bajarilganda ro'y berishi ham, ro'y bermasligi ham mumkin bo'lgan hodisaga aytiladi. Lekin, tasodifiy hodisa ommoviy ro'y berganda qandaydir aniq qonuniyat amal qiladi. (tangani tashlaganda taxminan gerb va raqam tomonining teng tushishi, o'q otilganda nishonning chekkasidan ko'ra uning markaziga ko'proq tegishi va hokazolar). Sinash natijalarini sonli va sifat jihatidan ifodalash mumkin. Har qanday sinashning sifatli xarakteristikasi hodisa deyiladi. Masalan, nishonga o'q otganda ikkita hodisa bo'lish mumkin: nishonga tegish va tegmaslik. Tajribaning har qanday sonli xarakteristikasi tasodifiy miqdor deyiladi. Qandaydir miqdorning o'lchash natijasi, otishmadagi koordinataga tushishi va boshqalar tasodifiy miqdorlarga misol bo'la oladi. Hodisalar shartli ravishda oddiy va murakkab hodisalarga boʻlinadi. Oddiy hodisalar bu bo'lib bo'lmaydigan hodisalardir. Murakkab hodisalar bir - nechta oddiy hodisani o'z ichiga oladi. Masalan, bir o'lchashda bitta xatolikning paydo bo'lishi oddiy hodisa, 10 marta o'lchashda 5 xatolikning paydo bo'lishi murakkab hodisadir. Hodisalar lotin alifbosining bosh harflari A, B, C yoki A₁, Az, A, deb belgilanadi. Belgilangan kompleks shartlarni bajarganda hodisalar quyidagilarga boʻlinadi: ishonchli, imkonsiz va tasodifiy. Albatta sodir bo'ladigan hodisaga ishonchli hodisa deyiladi. Masalan, oq sharlarga to'ldirilgan qutidan bitta sharni olganda oq shar chiqish ishonchli hodisadir. Ishonchli hodisalar U xarfi bilan belgilanadi.
-
Binova inshootlar konstruksiyasi
Ushbu darslikda bino va inshootlar kategoriyalari, turlari, ularning vazifaviy belgilari, olovbardoshlilik, zilzilabardoshlik klasslari, imoratlami loyihalash texnologiyasi — avtomatlashtirish tizimi, ijro etishda konstruktiv yechimlartopish, poydevor turlari va ularni loyihalash amaliyoti, turli materiallardan: mahalliy xomashyolardan, beton va temir-beton, po'lat, yog'och hamda kompozit materiallardan tayyorlangan konstruksiyalar xarakteristikalari, ulardan foydalanish haqida bilixnlar berilgan.
-
ГНОСЕОЛОГИЯ
Учебник подготовлен на основе учебной программы III блока философских спициальностей и соответствует государственным стандартам. Автор стремился отойти от традиционного подхода к проблеме и поновому осмыслить и изложить как историю гносеологии, так и актуальные проблемы современной теории познания. Предназначен для студентов философских факультетов и философских отделений вузов, аспирантов, соискателей, преподавателей вузов, а также для всех, кто интересуется проблемами гносеологии и современной науки.
-
Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi 2-qism
“Bino va inshootlar qurilishi” yunalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan bakalavrlar “qurilish texnologiyalari” deb o‘mumiy nomga ega, ketma-ket o‘tiladigan fanlarni o‘rganadilar. Bunga qurilish konstruksiyalarini ishlab chiqarish texnologiyasi, qurilish jarayonlari texnologiyasi, bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi va qurilishni tashkil etish va rejalashtirish fanlari kiradi. Oldin bu qurilish texnologiyasiga mansub o‘tiladigan fanlar yagona majmuaning bosqichlari sifatida ko‘rilmagan va bu o‘tiladigan fanlarda izchillik prinsipiga u qadar amal qilinmagan.
-
Bino vа inshootlarni Ta’mirlash Materialshunosligi
Ushbu darslikda bino va inshootlarni, xususan arxitektura yodgorliklarini ta ’mirlashda ishlatiladigan tabiiy toshlar, keramika, yog‘och, metall, mineral bog'lovchi moddalar, qurilish qorishmalari, lok-bo‘yoqlar, polimerlar, bitum va qatronlar, betonlar, shisha, issiqlik izolatsiyasi va akustik materiallar va buyumlar strukturasi, asosiy xossalari, a n ’anaviy va zamonaviy usullarda ishlov berish texnologiyasi, ishlatilish sohalari to ‘g‘risida chuqur tahliliy ma’lumotlar berilgan.
-
Bino vа inshootlarni ta’mirlash materialshunosligi
Ushbu darslikda bino va inshootlarni, xususan arxitektura yodgorliklarini ta’mirlashda ishlatiladigan tabiiy toshlar, keramika, yog‘och, metall, mineral bog'lovchi moddalar, qurilish qorishmalari, lok-bo‘yoqlar, polimerlar, bitum va qatronlar, betonlar, shisha, issiqlik izolatsiyasi va akustik materiallar va buyumlar strukturasi, asosiy xossalari, an’anaviy va zamonaviy usullarda ishlov berish texnologiyasi, ishlatilish sohalari to ‘g‘risida chuqur tahliliy ma’lumotlar berilgan.
-
Технический анализ при отделки тканей и трикотажных изделий
В книге приведены вопросы технического анализа текстильно-вспомогательных химических веществ, применяемых в красильно-отделочных производствах текстильной и трикотажной отраслях промышленности. Изложены требования, предъявляемые к качеству химических материалов, их применение, условия хранения, а также методика расчетов техническом анализе, техника приготовления растворов и подготовки аппаратуры для анализов. Книга предназначена в качестве учебника для учащихся техникумов и может быть полезна инженерно-техническим работникам текстильной и трикотажной отраслей промышленности.
-
Bino va inshootlar rekonstruksiyasi
Mazkur darslikda bino va inshootlar rekonstruksiyasini loyihalash masalalari majmui yoritilgan. Unda bino konstruksiyalarini tekshirish, ularning holatini va rekonstruksiya qilishning iqtisodiy maqsadga muvofiqligini baholash usul va vositalari ko'rilgan. Konstruksiyalarni kuchaytirish va binolarni qayta tuzishni loyihalash boʻyicha tavsiyalar berilgan.