-
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Baliq xo‘jaligi. Akvakultura
-
English-Uzbek-Russian phrase-book
Мазкур уч тиллик қўлланма айни мана шу муоммони ҳал этишга қаратилган бўлиб, у инглиз тилада сўзлаша оладига, аммо тадбиркорлик фаолиятига хос бўлган тилнинг расмий ва норасмий аклларини бир-биридан фарқ қиладигансўзларни ишлатишда қийналадиган, расмий йиғилиш ва музокаралардаиштирок этиш учун махсус инглиз тилини етарли даражада ўзлаштирмаган мутахассислар учун мўлжалланган.
-
TIZIMLI TAHLIL ASOSLARI
Ushbu darslikda tizimli tahlil asoslari bayon etilgan. Tizimli yondashuv metodologiyasi, matematik modellashtirish asoslari, alternativ to'plamlardan tanlab olish masalalarini yechish uchun, optimallashti- rish masalalarini dinamik dasturlash usuli yordamida yechish uchun misollar ko‘rib chiqilgan.
-
УПРАВЛЕНИЕ КАЧЕСТВОМ
Рассмотрены наиболее актуальные проблемы управления качеством, включающие его основы, квалиметрию и ее практическое использование, вопросы сертификации и обеспечения эффективного управления качеством. Обобщен и систематизирован теоретический и практический опыт по управлению качеством в условиях рыночных отношений в нашей стране и за рубежом.
-
AVTOMATIKA ASOSLARI VA ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARINI AVTOMATLASHTIRISH
Darslikda suv xo`jaligi tizimlarida ishlatiladigan zamonaviy avtomatika elementlari va vositalari, ularning turlari, tuzilishi va ish printsiplari haqida umumiy ma'lumotlar, suv xo`jaligi texnologik jarayonlarini avtomatlashtirish ob'ekti sifatidagi masalalari bayon etilgan.
-
Dasturlash texnologiyalari
Dasturlash texnologiyalarining asosiy tushunchalari, uning hayotiy sikli, dasturiy vositalar va ulardagi xatolar manbalari, dasturiy vositalar sifatini ta'minlash yo'llari afzalliklari bayon etilgan.
-
Astroflzika 1 qism
Ushbu darslik universitetlar va pedagogika institutlari «fizika-stronomiya» bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun mo`ljallangan «Astroflzika» kursining birinchi qismi bo‘lib, u yettita bobga bo'lingan va ularda hozirgi zamon astrofizik teleskoplarining turlari va ulami qo‘llashdan maqsad, shuningdek, astrofizik tekshirish usullari bayon etilgan.
-
Elektron hisoblash mashinalarini kimyo texnologiyasida qo'llash
Kitobda kimyoviy texnologiya jarayonlarini matematik modellashtirish va optimallashtirishda elektron hisoblash mashinalarini qo'llashning asosiy tushunchalari qulay shaklda bayon qilingan hamda gidromexanik, massa va issiqlik almashuvi jarayonlari ko'rib chiqilgan. Bayon qilingan materiallar talabaga matematik tavsif tuzish, yechish usulini tanlash, modellarni dasturiy amalga oshirish va ularni real ob'yektga monandligini tekhirish, matematik modellashtirish usuli orqali jarayonlarni tadqiq qilish imkoniyatlarini beradi.
-
ПЕДАГОГИКА
Мазкур дарсликда Ўзбекистон Республикасининг "Таълим тўгрисида"ги Қонуни ва Кадрлар тайёрлаш миллий дастури талаблари асосида таълим тизимини ривожлантиришнинг янги босқичида касбий педагогиканинг ўрни ва вазифалари; илк болалик давридаги ривожланиш, ўрта-махсус, касб-ҳунар таълими кадрлар тайёрлаш жараёнидаги касбий-малакавий ўзгаришлар: касб- ҳунар таълимининг ривожланиш тарихи; узлуксиз таълимнинг мақсади. мазмуни, тузилиши; узлуксиз касбий таълим тушунчалари: ўрта-махсус касб- ҳунар таълими тизимида кадрлар ва мутахассисликлар классификацияси, касб-ҳунар коллежи битирувчиларига талаблар, ўрта-махсус касб-ҳунар таълими мазмуни, касб-ҳунар таълими стандартлари, касбий таълим мазмуни, уни танлаш ва таҳлил қилишнинг илмий-методик асослари; кичик мутахас- сисларнинг касбий билим, кўникма ва малакаларини шакллантириш қону ниятлари: касбий таълим соҳасида халкаро тажриба: касб-ҳунар таълими ва таълим муассасасини бошқариш ва шу каби масалалар ёритилган.
-
МАТЕМАТИЧЕСКАЯ ЛОГИКА
В учебнике изложены основные понятия математической логики, язык и средства математической логики, в том числе системы логических функций и их применение в информатике. Рассматриваются основные разделы математической логики: алгебра высказываний; исчисления высказываний и логика предикатов. Алгоритмическим подходом по шагам представлено доказательство теорем из аксиоматической теории L. Помимо теоретических и практических материалов учебник содержит задания для самостоятельной работы
-
Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar
Darslik texnik va dasturiy vositalar bilan ishlashning umumiy tartiblarini o`rganish hamda ularni iqtisodiy masalalarni yechish jarayonlarida foydalanish bo`yicha ko`nikmasini hosil qilishdan hamda o`z kasbiy faolyatlarida foydalana olish malaka va ko`nikmasini hosil qilishga qaratilgan materiallarni o`z ichiga oladi.
-
МЕТРОЛОГИЯ СТАНДАРТЛАШТИРИШ ВА СЕРТИФИКАТЛАШТИРИШ
"Метрология, стандартлаштириш ва сертификатлаштириш" фани техника, менежмент ва маркетинг сохдлари йуналишларида бакалаврлар ва мухандислар тайёрлашда утилиши лозим булган асосий умумтехникавий фанлардан хисобланади.
-
ЭЛЕКТР УСКУНАЛАР ЭКСПЛУАТАЦИЯСИ ВА ТАЪМИРЛАШ
Дарсликда Агросаноат мажмуа ишлаб чиқаришларидаги электрлаштирилган ва автоматлаштирилган технология ва технологик қурилмалар келтирилган.
-
MOLЕKULYAR FIZIKA
Ushbu o‘quv darsligi umumiy fizika kursining molеkulyar fizika va tеrmodinamika bo‘limidan iborat bo‘lib, fizika fanidan mutaхassis bo‘lib yetishuvchi talabalar uchun mo‘ljallangan. O‘zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o‘rta maхsus ta’lim tizimini qaytadan isloh qilinishi va bakalavr, magistrlar tayyorlash davlat dasturiga binoan oliy o‘quv yurti rеjalariga ham ma’lum o‘zgartirishlar kiritildi. Bu esa o‘z navbatida umumiy fizika kursida o‘tiladigan prеdmеtlar strukturasi va mavzular kеtma-kеtligi o‘zgarishini ham taqozo etadi. Mazkur kitobda shu o‘zgartirishlar ham inobatga olindi.
-
Elektromexanik tizimlarning elementlari
Ushbu darslikda sanoat korxonalarida keng qo'llanilayotgan zamonaviy elektromexanik tizimlarning tarkibiy tuzilishi, boshqariluvchi o'zgaruvchan va o'zgarmas tok o'zgartkichlarning turları, ishlash asoslari va asosiy tavsiflari, boshqaruv tizimlarining analog hamda raqamli qurilma va bloklarining tuzilishi va ishlash asoslari hamda elektromexanik tizimlarni boshqarishda mikroprotsessorli tizimlarni qo'llashning asoslari bayon qilingan. Shuningdek, asinxron elektr yuritmali elektromexanik tizimlarda boshqariluvchi o'zgartkichlarni qo'llash negizida energiya tejamkorligiga erishish usullari kabi mavzular ham yoritilgan.
-
TIBBIY VA BIOLOGIK FIZIKA
Hozirgi zamon tibbiyotining yutuqlari ko‘p jihatdan fizika, texnika va tibbiy asbobsozlikdagi muvaffaqiyatlarga asoslangan. Kasalliklaming tabiati va sog‘ayish mexanizmi ko‘p hollarda biofizika tushunchalari asosida tushuntiriladi. Shuning uchun tibbiyot oliygohining talabalari 1 - kursdanoq “Tibbiy va biologik fizika” kursida fizika, texnik, biologik fizika va matematikadan umumiy holda maxsus bilimlarni egallaydilarki, bu fanlarning asosi fizika bo‘lib, u tibbiy-biologik masalalarni hal qilishga yo'naltiriladi.
-
Балиқчилик иқтисодиёти
Дарслик балиқчилик иқтисодиёти фанининг назарий ва амалий асослари Олий таълим тизимини 2030 йилгача ривожлантириш Концепцияси талабалари асосида баён этилган бўлиб ,аграр иқтисодий ислоҳатлар, модернизация ва диверсификация қилиш, таркибий ўзгартиришлар натижасида балийчилик соҳасида хўжалик юритишнинг эркин бозор шаклларига ўтиш ва мустақил товар ишлаб чиқарувчилар салмоғининг ўсиб бориши ва қабул қилинган қонунлар , қонунлар, фармонлар ҳамда бошқа меъёрий ҳужжатларга асосланган.