-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Gidrotexnika inshootlarining filtratsiya hisobi. (2-qism)
O'quv qo'llanmada "Gidrotexnika inshootlarining loyihalashda va qurishda gidravlik va filtratsiya hisoblari" fani dasturi asosida yozilgan bo'lib, unda gruntli to'g'onlardagi noturg'un filtratsiya, yuvma to'g'onlardagi filtratsiya va uni hisoblash usullari, gruntlarning filtratsiyaga qarshi mustahkamligi, inshoot qirg'og'idagi filtratsiya, kanallar tubidan uning zaminiga yuz beradigan filtratsiya, filtratsiyani laborotoriyada va inshootni haqiqiy holatida tekshirish masalalari bayon etilgan.
-
Gidrotexnika inshootlari
Mazkur o‘quv qo'llanma suv dimlovchi va suv o'tkazuvchi inshootlar, gidrotexnika inshootlarining zatvorlari, mexanik jihozlari, to'g'onlar, suv omborlari va gidrouzellarda inshootlaming joylashuvi haqida batafsil ma’lumotlar beradi. Qo'llanmada tegishli mavzular bo'yicha amaliy va laboratoriya mashg'ulotlariga doir misol va masalalar ham keltirilgan. Qo'llanma amaldagi dastur asosida yozilgan bo'lib, kasb-hunar kollejlarining «Suv xo'jaligi va melioratsiya, «Gidrotexnika qurilishi» yo'nalishlari bo'yicha ta’lim olayotgan talabalariga mo'ljallangan bo'lib, undan mazkur sohaga qiziquvchi mutaxassislar ham foydalanishlari mumkin.
-
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari
O‘quv qo‘llanmada «Gidrogeologiya» va «Injenerlik geologiyasi» fanlarining asoslari bayon qilingan. Qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida «Geologiya qidiruv ishlari» bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash uchun ishlab chiqilgan o‘quv reja va dastur asosida yozilgan.Yer osti suvlari, tog‘ jinslari, ularni o‘rganishning gidrogeologik, injenergeologik usullari berilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanma geologiya yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari va talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, undan shuningdek, oliy o‘quv yurtlarining shu sohadagi bakalavrlari, magistrlari hamda ilmiy tekshirish institut xodimlari, aspirantlar ham foydalanishlari mumkin.
-
Foydalanishdagi transport inshootlarining ishonchliligi
O'quv qo'llanmada bino va inshootlar konstruksiyalari ishonchlilik nazariyasining asosiy qoidalari,elementlarni ishonchlilikka amaliy hisoblashda foydalanilgan asosiy terminologik tushuncha va ta'riflar berilgan.Qo'llanmaning hamma bo'limlarida amaliy ahamiyatga ega bo'lgan,murakkabligi har xil darajadagi masalalarni yechish misollari keltirilgan.
-
Elektrotexnikaning nazariy asoslari
O'quv qo'llanmaning ushbu birinchi kitobida elektrotexnikaning nazariy asoslariga tegishli bo'gan tayanch tushunchalar, atamalar, o'zgarmas va bir fazali sinusoidal tok chiziqli elektr zanjirlarini hisoblash usullari haqida tegishli bakalavriat yo'nalishlarida ta'lim olayotgan talabalar uchun yetarli ma’lumotlar keltirilgan bo'lib, unda elektrotexnika tarixiga. uning rivojlanish bosqichlariga va boshqa texnik fanlarni o'zlashtirishdagi o'rniga alohida e’tibor berilgan. Har bir bob tegishli masalalar, referat mavzulari va o‘z- o‘zini sinash savollari bilan to'ldirilgan.
-
Логопедия
Қўлланмада ҳар хил нутқ бузилишлари таърифланади, нутқ бузилишидаги типик ҳолатлар таҳлил қилинади, мактабгача тарбия ва мактаб ёшидаги болалар билан олиб бориладиган логопедик тузатиш ишлари ёритилади.
-
Boshlang'ich ta'limning integratsiyalashgan pedagogikasi
O'quv qo'llanmada boshlang'ich ta'limni integratsiyalashning vujudga kelishi, uning ilmiy va ijtimoiy jihatlari, integratsiyalashdan ta'lim mundarijasi va yo'nalishlarining asosiy negizi, mohiyati ta'riflanadi.
-
Himoyalangan joy sabzavotchiligi
Ushbu darslikda O'zbekistonda himoyalangan yer sabzavotchiligining ahamiyati va xususiyatlari, rivojlanish tarixi, hozirgi davrdagi holati, uni oldida turgan masalalari va tafsiloti bayon etilgan.
-
Ўсимликлар физиологияси ва микробиология асослари
Ушбу ўқув қўлланмада ўсимликлар ҳужайрасининг физиологияси, ўсимликларнинг сўв режими, карбонат ангидриди ва минерал моддаларни ўзлаштириши, моддалар алмашинуви, ўсимликларнинг ўсиш ва ривожланиш масалалари кўриб чиқилади. Шунингдек, микроорганизмларнинг морфологияси ва физиологиясига оид материаллар ҳам келтирилган.
-
O‘simliklar fiziologiyasi
Ushbu o‘quv qo‘llanmani tayyorlash jarayonida ko'pgina soha mutaxassislarining fikrlari inobatga olindi. Shuning uchun ham fiziologiyaning hozirgi kundagi yutuqlari va rivojlanish tarixi batafsil yoritilib, fanning umumnazariy ahamiyatiga alohida o‘rin berilgan. O‘quv qo‘llanmada qishloq xo‘jaligidagi asosiy ekinlarning fiziologiyasi haqida ma’lumotlar va tahlillar berilganligini, uning yutug‘i deb hisoblash mumkin.
-
O`simlikshunoslik
O‘quv qo`lIanma Respublika Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Oliy va o ‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi ilmiy metodik birlashmalar faoliyatini muvofiqlashturivchi kengashi tomonidan bakalavriaturaning 5620200-Agronomiya, 5620300-O‘simliklar himoyasi, 5620500-Qishioq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi, 5850200-Ekologiya va tabiatdan foydalanish, 5340900-Agroinjeneriya, 5541000-Fermer xo‘jaligini tashkil etish, 5340100-Iqtisodiyot va boshqaruv, 5340900-Buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan.
-
Dvigatellar va avtomobil nazariyasi. (2-nashr)
Kasb-hunar kollejlarining avtomobilsozlik, avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan o'quv qo‘llanmaning birinchi qismida ichki yonuv dvigatellarida sodir bo'ladigan jarayonlarning nazariyasi hamda ularning ish sikli, quwati va yonilg'ining kam sarflanishiga ijobiy ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan; yonilg'i va uning kimyoviy reaksiyalari bayon etilgan. Karburatorli dvigatellarda yonilg'i va havo aralashtirish apparatining ishlash prinsipi, dizellarda yonilg‘i berish apparatlarining ishlashi hamda yonuvchi aralashma hosil qilish jarayonlari ko‘rib chiqilgan. Dvigatellarni sinash usullari va bu maqsadda qo'llaniladigan asboblar, sinash natijasida olinadigan xarakteristikalar (tavsiflar), shuningdek, dvigatel konstruk-siyalarining kelajakda rivojlanishi bayon etilgan.
-
Dvigatellar va avtomobil nazariyasi
Kasb-hunar kollejlarining avtomobilsozlik, avtomobillarga texnik xizmat ko'rsatish va ta’mirlash yo'nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan o'quv qo‘llanmaning birinchi qismida ichki yonuv dvigatellarida sodir bo‘ladigan jarayonlarning nazariyasi hamda ulaming ish sikli, quvvati va yonilg'ining kam sarflanishiga ijobiy ta’sir etuvchi omillar tahlil qilingan; yonilg‘i va uning kimyoviy reaksiyalari bayon etilgan. Karbyuratorli dvigatellarda yonilg'i va havo aralashtirish apparatining ishlash prinsipi, dizellarda yonilg‘i berish apparatlarining ishlashi hamda yonuvchi aralashma hosil qilish jarayonlari ko‘rib chiqilgan. Dvigatellarni sinash usullari va bu maqsadda qo‘llaniladigan asboblar, sinash natijasida olinadigan xarakteristikalar (tavsiflar), shuningdek, dvigatel konstruksiyalarining kelajakda rivojlanishi bayon etilgan.
-
Bino va inshootlarni ta'mirlash hamda qayta qurish texnologiyasi
Qo'llanmada bino va inshootlarni ta’mirlash va qayta qurish, umumqurilish, montaj va maxsus ishlarning ilg‘or texnologiyasi, tashkiloti hamda ilmiy nazariy asoslariga tayangan holda ko'rib chiqilgan. Qurilishda ta’mirlash va qayta qurish ishlarining asosiy turlarini bajarish texnologiyalarining xususiyatlari va quruq issiq iqlimli hududlarda tabiiy-iqlimiy omillarning noqulay ta’sirlari sharoitlarida bino va inshootlarning chidamliligini oshirish qo‘llanmada atroflicha bayon etilgan.
-
Avtotransportda qonunchilik asoslari
Mazkur o'quv qo'llanma «Avtotransportda qonunchilik asoslari» fani bo'yicha 3521200-Transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash hamda 3521203-Transportlarda tashish va boshqarishni tashkil etish tayyorlov yo'nalishlarining o'quvchilari uchun namunaviy fan dasturi asosida tayyorlangan. Ushbu o'quv qo'llanmadan avtomobil transporti yo'nalishidagi kasb-hunar kollejlarining o'quvchilari, oliy o'quv yurti talabalari, transport sohasida faoliyat yuritayotgan yuridik va jismoniy shaxslar ham foydalanishlari mumkin.
-
Avtotransportda hisob va hisobot
Mazkur o'quv qo'llanma «Avtotransportda hisob va hisobot» fani bo'yicha avtomobil, transport va qishloq xo'jaligi mashinalari, muhandislik, ishlov berish va qurilish tarmoqlari, transport vositalarini ishlatish va ta'minlash, transportda tashish va boshqarishni tashkil etish yo'nalishidagi kasb-hunar kollejlari talabalari uchun namunaviy dasturlar asosida tayyorlangan. Ushbu o'quv qoMlanmada mamla- katimizdagi avtokoi'xonalarda statistik kuzatish, olingan kuzatuv ma'lumotlarini tahrirlash, ulaming o'rtacha miqdori, nisbiy miqdorlar bo'yicha o'rganish, ma'lumotlarni dinamika qatorlari bo'yicha o'rganish, transport korxonasida tashish statistikasi kabi statistik ma'lumotlar ham da korxonalarda hisob va hisobotlarni tuzilishi batafsil yoritib berilgan.