-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
-
-
Kimyoviy texnologiya. Kimyo sanoati
-
Qishloq va o‘rmon xo‘jaligi
-
-
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
-
Qurilish. Arxitektura
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
Ekologik monitoring
Ushbu qo`llanma “Ekologik monitoring” fanidan yuzaga kelgan va shakllantirilgan yo`nalishlarning asosiy mazmunini ochib berishga qaratilgan. Unda ekologik monitoringning ilmiy-nazariy asoslari, monitoring turlari, ekologik monitoringning xalqaro jihatlari, O`zbekiston Respublikasining ekologik monitoring tuzilmasi va uni turli ekotizimlarda amalga oshirish kabilar atroflicha yoritilgan. Qo`llanma iqtisodchi-ekolog bakalavrlarga mo`ljallangan. Undan sohaga aloqador boshqa ixtisoslikdagi talabalar, mutaxassis ekologlar ham foydalanishlari mumkin.
-
Hаrаkаt хаvfsizligini tashkil etish asoslari
Ushbu o’quv qo’llanma 5310600 - “Yer usti tarnsport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (avtomobil transporti)” va 5620100-“Tashishlarni tashkil etish va transport logistikasi (avtomobil transporti)” bakalavriyat ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun Oliy va o'rta masxsus ta'lim vazirligining 2019-yil 4- oktyabrdagi 892-sonli va 2020-yil 4-maydagi 285-sonli buyrug'i bilan ma'qullangan va tayanch oliy ta'lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan “Avtomobillarda tashish va harakat xavfsizligini tashkil etish asoslari” va “Hаrаkаt хаvfsizligini tashkil etish asoslari” fanlarining namunaviy dasturlari asosida tayyorlangan.
-
Atrof-muhitni muhofaza qilish va shahar iqlimshunosligi
Ushbu qo‘llanmaning I qismida urbanizasiya sharoitlarida atrof-muhit muammolarining holati, shohorni о'rab turuvchi muhit holatini baholash masalalari atroflicha ко‘rib chiqilgan edi. Bu о ‘quv qo'llanma faqat talabalar uchungina emas, balki shu sohada faoliyat olib borayotgan imitaxassislar uchun ham foydali bo'lishi mumkin.
-
Sport pedagogik mahoratini oshirish
O‘quv qo‘llanmada Sport pedagogik mahoratini oshirish (voleybol, basketbol, gandbol) dan sportchilarning texnik – taktik mahorati va jismoniy tayyorgarligini mukammallashtirish masalalari, sportchilarning nazariy va ruhiy tayyorgarlik masalalari, shuningdek tayyorgarlik jarayonida umumiy mukammallikka erishish masalalari ko‘rsatilgan va sodda tilda bayon etilgan. O‘quv qo‘llanma oliy ta’lim muassasasi talabalari, mintaqaviy malaka oshirish markazi tinglovchilari, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari va sport o‘yinlari bo‘yicha jamoalar murabbiylari uchun mo‘ljallangan.
-
Назарий механика
Ушбу ўқув қўлланма педагогика институтларн учун назарий механика бўйича белгиланган дастур асосида ёзилган. Қўлланмада бутун курс статика, кинематика ва динамика қисмларига ажратилган ҳолда баён этилди. Кўпгина мавзулардан сўнг масалалар ечиб кўрсатилган ҳамда мустақил ечиш учун масалалар берилган
-
Teatr, kino va musiqa san'ati
Mazkur o`quv qo`llanmada teatr, kino va musiqa san'ati tarixi va bu san'at turlarining xususiyatlari atroflicha bayon etilgan. O`quv qo`llanma bu san’at turlarining paydo bo`lgan davrdan to XX asr oxiriga qadar bo`lgan barcha asosiy bosqichlarni bir kitob doirasida qamrab olishga va tahlil etishga qaratilgan. O`quv qo`llanmada talabalar yaratilgan asarlar tarixi; teatr, kino, televidenie, musiqa, san’ati ijodkorlari, asosiy turlari va ularning o`zaro bir biriga ta’siri; janrlar to`g`risidagi to`la-to`kis ma’lumot topishlari mumkin. U talabalarning mustaqil ma’ruzalar tayyorlashlarida, ilmiy izlanishlarida alohida ahamiyat kasb etishi mumkin.
-
Amaliy tarjima (fransuz tili)
Mazkur o‘quv qo'llanma fransuz tili bo'yicha o'z bilimlarini mustahkamlab, yanada chuqurlashtirmoqchi bo'lganlarga hamda taijimonlik fakultetlari o'quv dasturiga binoan 3 - 4 - bosqich talabalariga mo'ljallangan. Qo'llanmaning asosiy maqsadi talabalarda fransuz tilidan o'zbek va rus tillariga, o'zbek va rus tillaridan fransuz tiliga og'zaki taijima qilish bilim, malaka va ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishdir.
-
Нанотехнологии в строительстве и архитектуре ХХI века
В учебном пособии излагается история открытия нанотехнологи приводятся методы получения наночастиц и наноматериалов раскрыты области применения в настоящее время и возможные перспективы развития данного направления в промышленности строительных материалов и стройиндустрии и архитектуре.
-
Agrobiotexnologiya fanidan laboratoriya mashg'ulotlari
Ushbu o'quv qo'llanmada qishloq xo'jaligi ta'lim yo'nalishlarida o'qiyotgan talabalar Agrobiotexnologiya fanini o'zlashtirish jarayonida gen muhandisligining moddiy asoslari, gen va hujayra muhandisligi usularidan foydalanib transgen o'simliklarni olish, o'simliklarni o'sishi va rivojlanishini boshqarish,tuproq unumdorligini oshirishda insonlar hayoti uchun xavfsiz biopreparatlar yaratish kabi muhim muammolarni hal etish bo'yicha bilimlarga ega bo'ladi.
-
Gidrogeologiya
Ushbu o’quv qo’llanmada “Gidrogeologiya” fani, shnungdek, yerning qobiq va qatlamlari, harorati to’g’risida umumiy ma’lumotlar, tabiatda suv, uni paydo bo’lishi va aylanishi, yer osti suvlari, aeratsiya zonasi va grunt suvlari, qatlamlararo bosimsiz va bosimli artezian yer osti suvlari, yoriq va karst suvlari. abadiy muzlagan jinslardagi yer osti suvlari, yer osti suvlari dinamikasi, yer osti suvlarini balansi, rejimi va zaxirasi, gidrogeologik tadqiqot uslublari ularni asosiy turlari, strukturasi, olib borish prinsiplari va bosqichlari, gidrogeologik va injener geologik tadqiqot ishlari to’g’risida hisobotlar tuzish, gidrogeologik s’yomka haqida ma’lumotlar keltirilgan.
-
Хоршунослик
Ушбу ўқув қўлланмада хор ижрочилиги музика санъати турлари, рус хор санъати тарихи, Ўзбекистонда хор санъатининг ривожланиши, хорни сахнада жонлантириш каби мавзулар кенг ёритилган.
-
Cryptography in C and C++
WHY DO WE NEED A book on cryptography whose principal focus is the arithmetic of whole numbers—the integers—and its application to computer programming? Is this not a rather insignificant subject in comparison to the important problems with which computer science generally involves itself? So long as one confines oneself to the range of numbers that can be represented by the standard numerical types of a programming language, arithmetic is a rather simple affair, and the familiar arithmetic operations make their traditional appearances in programs accompanied by the familiar symbols +, −, /, ∗
-
Инвестиционный анализ
Учебное пособие соответствует требованиям Государственного образовательного стандарта по дисциплине «Инвестиционный анализ». Освещаются теоретические и методические вопросы анализа экономической эффективности инвестиционных проектов. Рассматриваются особенности анализа инвестиционных проектов в условиях инфляции и риска, а также методика анализа цены и структуры капитала инвестиционного проекта. Отдельная глава пособия посвящена анализу эффективности лизинговых операций.
-
Qurilish konstruksiyalar
O`quv qo`llanmaning maqsadi va vazifalari: bino va uning elementlariga qo`yiladigan asosiy talablardan foydalana olish, binolar yuk ko`taruvchi va to`suvchi konstruksiyalarini loyihalash umumiy tamoyillarini qo`llash, poydevorlar konstruktiv yechimlarini hal etish, qavatlararo ora yopmalar va tom konstruksiyalarini hal qilish ko`nikmasiga ega bo`lishi kerak. Ma'lum g`oyaning emotsional ta'sirini, badiiy obrazligini qog`ozga tushirish va obrazni buyurtmachi yoki iste'molchilarga yetkazishda “Qurilish konstruksiyalari” fanidan beriladigan nazariy bilim va ko`nikmalarni egallash, egallangan tushunchalami sayqallash va zamonaviy dizayn sohasida qo`llay bilish ushbu fanning asosiy vazifasidir.
-
O'qituvchi-murabbiyning professional pedagogik mahorati
O‘quv qo‘llanma bo‘lajak jismoniy madaniyat mutaxassislarini professional pedagogik mahoratini oshirishdek dolzarb muammoga bag‘ishlangan. O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida aholini sog‘lom turmish tarzini oshirishda jismoniy madaniyat va sport sohasida faoliyat olib borayotgan o‘qituvchi-murabbiylarning faoliyati muhum ahamiyat kasb etadi. Shuni alohida qayd etish lozimki, zamonaviy sportda murabbiyning roli, uning kasbiy va pedagogik mahorati, shaxsiy sifatlari ahamiyati keskin ortib ketdi. Shuning uchun ham aynan bugun o‘zining davlat ishi sifatidagi asosini saqlab qolgan yosh sportchilarni tayyorlash tizimiga, jismoniy madaniyat o‘qituvchi- murabbiylari tarkibi zimmasiga alohida mas’uliyat o‘z shogirdlarining sportdagi yutuqlari uchungina emas, balki mamlakatning kelajak avlodi salomatligi, ma’naviy-axloqiy qiyofasi uchun ham mas’uliyat yuklanmoqda.
-
General English
O’quv qo’llanmaning maqsadi muloqotning ijtimoiy-madaniy sohasidagi ingliz tilida nutq faoliyatining har xil turlarini amalga oshirish va talabalarga dasturga muvofiq texnik mutaxassisliklar sohasida professional aloqa tilini o'zlashtirishga tayyorlashga imkon beradigan kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishdir. O’quv qo’llanma 5340600 -Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi (transport turlari bo‘yicha), 5340800-Avtomobil yo‘llari va aerodromlar, 5610100-Xizmat ko‘rsatish (Avtomobil transporti), 5620100- Tashishni tashkiletish va transport logistikasi (transport turlaribo‘yicha) bakalavriat ta’lim yo’nalishi talabalari uchun mo’ljallangan. Mazkur o`quv qo’llanma xorijiy tildagi maxsus terminlarni o`rganishning asosiy shakllarini tashkil qiluvchi 4 ta ko`nikmaga asoslanadi. U tematik printsipga muvofiq tuzilgan va 12 bobdan iborat: oila, do'stlar, uy, institut, talabalar hayoti, ta'lim, tashrif buyuradigan joylar, ta'tillar, sayohatlar, ish joylari, ish, texnologiya. Chet tilidagi nutq faoliyatining barcha turlarini o'rgatish maqsadida har bir dars to’rtta bo'limni o'z ichiga oladi: I bo'lim "Gapirish", II bo'lim "Amaldagi grammatika", III bo'lim "O'qish", IV bo’lim “Tinglab tushunish”.